|
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti
|
bet | 18/30 | Sana | 12.07.2023 | Hajmi | 495.79 Kb. | | #76637 |
Bog'liq 848e41c444f503fb519f14768a12d3d0 IJTIMOIY ISH HUQUQ ma`ruza (1) Axborot xati konf. ADU, Mayers- Briggs qo\'shimcha, 36-qo\'shma qaror, 27.04.2022, Oila tushunchasi, uning turlari va shakillari, fHy1I56Pj1m1Sqci4f9q3e28B9S0AiBM, dars ishlanma, 11-21-ALGORITMIK TILLAR VA DASTURLASH, Мустақил ишни ташкиллаштириш, Иқтибослик учун, Документ Microsoft Word, Calendar plan-RAQAMLI VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI (2), статья, Исмаилова Н С , Шагазатов У У Жахон иқтисодиёти ва халқаро (1), A5Nazorat savollari:
1. Ijtimoiy himoyaga oid huquqiy munosabat yuz berish asoslari haqida nimalarni bilasiz ?
2. Ijtimoiy himoyaga oid huquqiy munosabat obektlari bo’lib nimalar sanaladi ?
3. Ijtimoiy himoyaga oid huquqiy munosabatda ishtirok etuvchi shaxslar kimlar ?
4. Ijtimoiy himoyaga oid huquqiy munosabatda qaysi davlat organlari qatnashadi.
5. Nodavlat idoralari ijtimoiy himoyaga oid huquqiy munosabatlarda ishtirok etganlarida qanday vakolatlardan foydalanadilar ?
4-mavzu: Davlat organlari-ijtimoiy himoyaga oid munosabat ishtirokchilari sifatida
4.1. Ijtimoiy himoya bilan shug’ullanuvchi davlat organlari va
ularning tasnifi
O’zbekistonning bozor munosabatlariga o’tishi sharoitida davlatning bosh islohotchi ekanligi va aholining kuchli ijtimoiy muhofaza etilishi yo’lining tanlanganligi mamlakatimiz taraqqiyotining asosiy jihatlaridan sanaladi.
Ma’lumki, ijtimoiy himoya keng ma’noda davlat va nodavlat tashkilotlari tomonidan aholining ijtimoiy zaif hamda ko’makka muhtoj tabaqalarini moddiy va boshqa shakllarda qo’llab-quvvatlashga qaratilgan tashkiliy-huquqiy, iqtisodiy tadbirlar majmuini nazarda tutadi.
Ijtimoiy himoya faoliyati bilan keng ma’noda davlatning barcha hokimiyat, ijroiya va mahalliy organlari ishtirok etadilar. Biroq, o’z vazifasiga ko’ra bevosita ijtimoiy himoya bilan shug’ullanuvchi maxsus vakolatli davlat organlari mavjud hamda ularning o’zlariga xos vakolatlarini bilish, vazifalari doirasini aniq tasavvur qilish bo’lg’usi yurist-mutaxassis uchun muhim ahamiyatga ega bo’lgan ishdir.
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Mehnat va ijtimoiy masalalar qo’mitasi ijtimoiy himoya bilan bevosita shug’ullanmasada, bu sohadagi Qonunchilikni rivojlantirilishi, qonunlarga amal qilinishini nazorat etilishida yetakchi o’rin tutadi.
Vazirlar Mahkamasi zimmasiga ijtimoiy himoya sohasidagi ishlarni muvofiqlashtirish, bu sohadagi Davlat dasturlari ijrosini ta’minlash, tegishli nazoratni amalga oshirish vakolati va vazifasi yuklatilgan.
“O’zbekitson Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to’g’risida”gi qonunining 1-moddasiga ko’ra: Vazirlar Mahkamasi - O’zbekiston Respublikasining Hukumati - O’zbekiston Respublikasida iqtisodiyotning, ijtimoiy va ma’naviy sohaning samarali faoliyatiga rahbarlikni, O’zbekiston Respublikasi qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini ta’minlovchi ijro etuvchi hokimiyat organidir.
Ushbu qonuning 5-moddasiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi: O’zbekiston Respublikasida pul va kredit tizimini mustahkamlash chora-tadbirlarini amalga oshirishga ko’maklashadi, yagona narx siyosatini o’tkazish, mehnatga haq to’lash miqdorining belgilangan kafolatlarini hamda ijtimoiy ta’minot darajasini ta’minlash chora-tadbirlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
O’zbekiston Respublikasi Davlat budjetini, shuningdek O’zbekiston Respublikasini iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish istiqbol ko’rsatkichlarini va eng muhim dasturlarini ishlab chiqishni hamda ularning ijrosini tashkil etadi;
fuqarolarning huquq va erkinliklarini, ularning mehnat qilishga, ijtimoiy va huquqiy himoyalanishga bo’lgan huquqlarini ta’minlash hamda himoya qilish chora-tadbirlarini ko’radi, ijtimoiy ta’minot tizimini takomillashtiradi;
sog’liqni saqlash, xalq ta’limini rivojlantirish va takomillashtirishning asosiy yo’nalishlarini belgilaydi, madaniyatni rivojlantirishga ko’maklashadi;
Ijtimoiy himoya sohasidagi ishlarni bevosita malga oshiruvchi markaziy boshqaruv organi va funksional idora- Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish Vazirligi bo’lib, uning vakolatlarini quyida batafsil ko’rib o’tamiz
O’zbekiston Respublikasining Moliya Vazirligi davlat budjetidan ijtimoiy himoya maqsadlari uchun mablag’ ajratar ekan va bu mablag’lardan maqsadli foydalanilishini kuzatib borar ekan, ijtimoiy himoya siyosatining amalga oshirilishida bevosita qatnashadi. Uning faoliyati qonunlar, qonunosti hujjatlari va uhaqdagi Nizom bilan tartibga solinadi.
Ushbu ngizomning 7-bandiga ko’ra Moliya Vazirligi o’z faoliyatida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O’zbekiston Respublikasi qonunlariga, O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining boshqa qarorlariga, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, mazkur Nizomga va boshqa me’yoriy aktlarga amal qiladi.
Moliya Vazirligi Respublikada moliyaviy faoliyatning huquqiy asoslari mustahkamlanishini ta’minlaydi, qonun loyihalari bo’yicha moliyaviy xulosa beradi va o’z huquqi doirasiga kiruvchi masalalar bo’yicha Qonunchilikni qo’llanish amaliyotini umumlashtiradi, bu Qonunchilikni takomillashtirishga qaratilgan takliflarni ishlab chiqadi va ularni Vazirlar Mahkamasiga kiritadi, shuningdek, o’z huquq doirasida idoraviy me’yoriy aktlar chiqaradi.
Moliya Vazirligi o’z faoliyati jarayonida Respublikaning moliyaviy manfaatlariga, korxonalar, birlashmalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolarning huquqlariga rioya etilishini, shuningdek, Vazirlik tizimida Qonunchilik to’g’ri qo’llanishini ta’minlaydi.
Sog’liqni saqlash Vazirligi aholi salomatligini muhofaza qilish, zaif va yordamga muxtoj fuqarolarga imtizli tarza tibbiy xizmatlar ko’rsatish, bu sohada tegishli normativ huquqiy bvazani rivojlantirish yshli bilan ijtimoiy himoya ishlarida ishtirok qiladi.
O’zbekiston Respublikasining 1996 yil 29 avgustdagi “ Fuqarolar sog’lig’ini saqlash to’g’risida”gi qonuni 3-moddasiga ko’ra:
Fuqarolar sog’lig’ini saqlash to’g’risidagi qonun hujjatlarining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
fuqarolarning sog’liqni saqlashga doir huquqlari davlat tomonidan kafolatlanishini ta’minlash;
fuqarolarning sog’lom turmush tarzini shakllantirish;
davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalarining fuqarolar sog’lig’ini saqlash sohasidagi faoliyatini huquqiy jihatdan tartibga solish.
Fuqarolar sog’lig’ini saqlashning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
sog’liqni saqlash sohasida inson huquqlariga rioya qilinishi;
aholining barcha qatlamlari tibbiy yordamdan bahramand bo’la olishi;
profilaktika chora-tadbirlarining ustunligi;
sog’lig’ini yo’qotgan taqdirda fuqarolarning ijtimoiy himoya qilinishi.
O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash Vazirligi zimmasiga aholi sog’lig’ini saqlash va ularni tibbiy-ijtimoiy himoya qilish yuzasidan quyidagi vazifalar yuklatiladi :
O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash Vazirligi:
sog’liqni saqlash va tibbiy sug’urtaning normativ bazasini, tibbiy yordam sifati va hajmi davlat standartlarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;
barcha tibbiy muassasalarning fuqarolar sog’lig’ini saqlash to’g’risidagi qonun hujjatlariga rioya etishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
fuqarolar sog’lig’ini saqlash sohasida maqsadli davlat dasturlarini amalga oshiradi;
davlat tomonidan kafolatlangan hajm doirasida aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami ko’rsatilishini tashkil etadi;
tibbiyot va farmasevtika faoliyatini lisenziyalashni belgilangan tartibda amalga oshiradi;
davlat sog’liqni saqlash tizimi muassasalarida tibbiy xizmatlar tariflari darajasini tartibga soladi;
O’zbekiston Respublikasi hududida qo’llanilishiga ruxsat etilgan dori vositalari va preparatlarini standartlashtirish hamda sertifikatlashtirishni amalga oshiradi;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash Vazirligi o’z vakolatlari doirasida davolash-profilaktika, sanitariya, epidemiyaga qarshi, radiasiya, ekologiya masalalari yuzasidan chiqaradigan normativ-huquqiy hujjatlar O’zbekiston Respublikasi hududidagi davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari hamda jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi majburiydir.
Mahalliy davlat hokimiyati organlariga ham ijtimoiy himoya sohasida keng vakolatlar berilgan va ular tomonidan ham keng miqyosli ishlar qilinmoqda.
O’zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati” to’g’risida”gi qonuniga ko’ra xalq deputatlari Kengashlari va xokimliklarga ijtimoiy himoyani o’z xududlarida tashkil etish, amalga oshirilishini nazorat qilish va bu sohada qonuniylikni ta’minlash yuzasidan zarur vakolatlar berilgan, vazifalar yuklatilgandir.
Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari tomonidan o’z xududlarida yashovchi fuqarolar va oilalarni ijtimoiy himoya qilish yuzasidan vazifa va vaolatlar berilgan bo’lib, bu vakolatlar O’zbekiston Respublikasining “Fuqaprolarni o’zini o’zi boshqarish organlari to’g’risida”gi qonunida, Respublika Prezidenti Farmon va qarolrlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlarida mustahkamlab qo’yilgan.
Jumladan, “Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari to’g’risidagi qonuninning 10 moddasiga ko’ra fuqarolar yig’inlari obodonlashtirish ishlarini o’tkazish, umumiy foydalanishdagi joylarni ta’mirlash, shuningdek kam ta’minlangan oilalarning uylari va kvartiralarini ta’mirlashda yordam ko’rsatish uchun aholidan ixtiyoriylik asosida mablag’ yig’ish to’g’risida qarorlar qabul qiladi;
obodonlashtirish, ko’kalamzorlashtirish va sanitariya-tozalash ishlari o’tkazish uchun tegishli hududda joylashgan korxonalar va tashkilotlarning mablag’laridan shartnoma asosida foydalanish to’g’risida qarorlar qabul qiladi;
o’z hududidagi ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish uchun yuridik va jismoniy shaxslarning mablag’larini ixtiyoriylik asosida birlashtirish masalalari yuzasidan qarorlar qabul qiladi;
Bozor munosabatlari barpo etishning o’zbek modelining asosiy tamoyillaridan bo’lgan davlatning bosh islohotchi ekanligi va kuchli ijtimoiy himoyaning amalga oshirilishi ijtimoiy himoyada davlatning hukmron mavqyeini belgilab beradi.
Davlat moddiy va moliyaviy resurslarni o’z qo’lida eng ko’p konsentrasiyalaydigan, bu mablag’larni to’plash, taqsimlash va yetkazib berish sohasida maksimal tashkiliy imkoniyatga ega, ijtimoiy himoya bilan bog’liq bo’lgan munosabatlarning bosh subektidir. Darhaqiqat, aholini ijtimoiy himoya qilishda davlat va nodavlat tizimlarining salmog’i taqqoslangudek bo’lsa, ham moliyaviy jihatdan, ham tashkiliy jihatdan davlat ijtimoiy himoyasi o’z hukmron mavqyeini saqlab turganligiga ishonch hosil qilish unchalik qiyin emas. Davlat aholini ijtimoiy himoya qilish ishlarini ehtiyojmand shaxslarni moliyaviy hamda moddiy jihatdan ta’minlab turish majburiyatidan tashqari, keng qamrovli tashkiliy-boshqaruv tadbirlarni amalga oshiradiki, bu tadbirlar ham bevosita fuqarolar moddiy ahvoli, turmush sharoitlari, daromad olish imkoniyatlarini yaxshilanishiga, mamlakatda insonning ijtimoiy-iqtisodiy huquqlari kafolatlarini yanada kengaytirishga olib keladi. Ana shunday tadbirlar qatoriga quyidagi yo’nalishlarda amalga oshiriladigan ishlar kiritilishi mumkin:
1) mehnat bozorini tashkil etish va samarali boshqarish, mehnat resurslaridan to’liq foydalanish uchun sharoitlar yaratish, ishsizlikka qarshi ta’sirchan choralar ishlab chiqish va amalga oshirish, qo’shimcha ish joylari barpo etish, yangi kasblarga o’qitish,mehnat bozoridan teng raqobatlashishga qodir bo’lmagan ijtimoiy zaif shaxslar uchun ish joylarini kvotalash;
2) mamlakatda aholi sog’lig’ini saqlash tizimlari ishini samarali tashkil qilish, qariyalar, nogironlar va boshqa ijtimoiy nochor qatlamlar salomatligi muhofazasini tashkil etish, ijtimoiy ahamiyatga molik kasalliklar yuz berishini oldini olish, samarali davolash, dispanserizasiya tadbirlarini o’tkazish;
3) kommunal-maishiy xizmatlar, transport va aloqa xizmati sohalarida imtiyozlarning belgilanishi (masalan, shahar jamoat transportidan foydalanishda nogironlar, pensionerlar uchun arzon narxlarda yo’l-transport kartochkalarining joriy etilganligi);
4) fuqarolarga soliq va boshqa majburiy to’lovlar sohasida imtiyozlar (soliq va boshqa majburiy to’lovlardan to’liq yoki qisman ozod qilish) berish. O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining qator normalari ijtimoiy nochor aholi guruhlariga (nogironlar, pensionerlar) imtiyozlar berishlikni nazarda tutadi;
5) ijtimoiy infratuzilmaning soz holda bo’lishi va bir maromda ishlab turishini ta’minlash.
Davlat ijtimoiy himoyasi keng ma’noda mehnatga to’lanadigan ish haqining adolatli bo’lishida ham, tovarlar va xizmatlar narxining oqilona bo’lishi, mahsulot sifatining talab darajasida bo’lishi kabilarda ham ifodalanadi.
Yuqorida sanab o’tilgan yo’nalishlarda izchil va muntazam amalga oshiriladigan rejali tadbirlar odamlar moddiy ahvolining yaxshilanishini, turmush darajasining yuksalishi, ijtimoiy himoyalanganlik darajasining ortishiga olib keladi.
Yu.P.Kokinning fikricha: «Juda ko’pchilik xodimlar ish haqining turmush kechirish uchun zarur eng kam ko’rsatkichdan ham kam bo’lishi mehnatga salbiy munosabatning shakllanishiga olib keladi, aholi kambag’allashuvi jarayonining kuchayishiga, iste’mol talabining pasayishiga sabab bo’ladi va ishlab chiqarishning rivojlanishiga to’sqinlik qiladi.
Do’kon va bozorlarning mahsulotlar bilan to’lib-toshib turganligini islohotlarning yutug’i sifatida izohlashadi. Aslida mahsulotlarning to’lib-toshib yotganligi mehnat daromadlarining juda ham pastligi, xarid quvvatiga ega emasligi va aholi qashshoqligidan nishonadir». Bu fikrlarga to’la qo’shilmaslik mumkin emas va davlat avval qashshoqlarni ko’paytirib, keyin ularni ijtimoiy himoyalash haqida bosh qotirishi g’ayrioddiy yo’ldir. Davlat qashshoqlarning bo’lmasligi, loaqal ularning soni kamayishi haqida qayg’urmog’i lozim.
Davlat ijtimoiy himoya subektlari orasida yetakchi o’rinni egallashi yana shunda ko’rinadiki, o’zga subektlarning aholini ijtimoiy himoyalash sohasidagi faoliyat yuritish tartiblari va doirasi davlat tomonidan belgilab beriladi, ularning xatti-harakatlari o’zaro muvofiqlashtiriladi, boshqariladi hamda ijtimoiy himoyaning ustuvor yo’nalishlariga yo’naltirilib boriladi.
Ijtimoiy himoyaning asosiy tamoyillari va mezonlari davlat tomonidan belgilanadi. Davlat ijtimoiy himoya mezonlarini belgilar ekan, bunda xalqaro standartlar va qoidalar, milliy omillar, iqtisodiy ko’rsatkichlarga tayanadi.
Bugungi kunda davlat ijtimoiy himoyasini yanada yaxshilash va samaradorligini oshirishning yo’llaridan biri – ijtimoiy himoya davlat tizimlarini takomillashtirish, ixchamlashtirish hamda odamlar uchun tushunarli va shaffof holga keltirishdan iborat. Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy himoyalash sohasida bir qator suiiste’mol va talon-taroj qilish bilan bog’liq bo’lgan jinoyatlar sodir etilishi hollari ma’lum. Ularning ko’pchiligi ijtimoiy himoya tizimlarining nomukammalligi, shaffof emasligi va bu tizimdagi davlat idoralari ishining samarador emasligi bilan bog’liq.
Bizningcha, ushbu muammoning muvaffaqiyatli hal etilish yo’llaridan biri ijtimoiy himoyaga oid maxsus qonun qabul qilinishi va unda barcha savollarga aniq-ravshan javob berilganligidadir.
Ijtimoiy himoyani tashkil etish, boshqarish hamda aholiga bunday yordamni ko’rsatish bilan shug’ullanuvchi davlat organlarining huquq layoqati ularning oldiga qo’yilgan vazifalarga muvofiq qonun hujjatlariga ko’ra berilgan vakolatlari bilan belgilanadi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti
|