|
O’zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy
|
bet | 19/30 | Sana | 12.07.2023 | Hajmi | 495.79 Kb. | | #76637 |
Bog'liq 848e41c444f503fb519f14768a12d3d0 IJTIMOIY ISH HUQUQ ma`ruza (1) Axborot xati konf. ADU, Mayers- Briggs qo\'shimcha, 36-qo\'shma qaror, 27.04.2022, Oila tushunchasi, uning turlari va shakillari, fHy1I56Pj1m1Sqci4f9q3e28B9S0AiBM, dars ishlanma, 11-21-ALGORITMIK TILLAR VA DASTURLASH, Мустақил ишни ташкиллаштириш, Иқтибослик учун, Документ Microsoft Word, Calendar plan-RAQAMLI VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI (2), статья, Исмаилова Н С , Шагазатов У У Жахон иқтисодиёти ва халқаро (1), A54.2. O’zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy
muhofaza qilish Vazirligi va uning joylardagi organlari, ularning aholini ijtimoiy himoya qilish sohasidagi asosiy vazifalari
Mehnat bozorini tartibga solish, fuqarolarning mehnat qilish huquqlarini ta’minlash, ijtimoiy himoya siyosatini ro’yobga chiqarish va turli davlat va jamoat organlari, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari faoliyatini o’zaro muvofiqlashtirish , bir xil siyosat yuritilishiga erishish vazifasi funksional davlat boshqaruv organi sanaluvchi O’zbekiston Respublikasining Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish Vazirligiga va uning joylardagi organlari zimmasiga yuklatilgan. Ularning vakolatlari va vazifalari doirasi tegishli maxsus qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 8 maydagi «O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Aholi bandligini oshirish hamda mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida» 2007 yil 6 apreldagi PQ–616-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida»gi 95-son qarori bilan “O’zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish Vazirligi to’g’risida NIZOM tasdiqlangan. Viloyatlarda va Toshkent shahrida ushbu Vazirlik tasarrufiga kiruvchi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish boshqarmalari, tuman (shahar)larda esa tuman (shahar) bandlikka ko’maklashish markazlari hamda ijtimoiy ta’minot bo’limlari faoliyat yuritadi. Ular o’z faoliyatlari davomida qonunlarga, qonun hujjatlariga va ular haqida vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan Nizomlarga amal qiladilar.
O’zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish Vazirligi to’g’risidagi Nizomga ko’ra ushbu idora aholini ijtimoiy himoya qilish sohasida vazifalarni amalga oshiradi hamda tegishli vakolatlardan foydalanadi .
O’zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish Vazirligi mehnat, bandlik, aholini ijtimoiy muhofaza qilish va ijtimoiy ta’minlash sohasidagi siyosatni amalga oshiruvchi Respublika davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.
Vazirlik o’z faoliyatida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga bo’ysunadi hamda o’z faoliyatida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.
Vazirlik tizimiga quyidagilar kiradi:
Qoraqalpog’iston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish Vazirligi;
viloyatlar va Toshkent shahar mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmalari;
bandlikka ko’maklashuvchi tuman (shahar) markazlari;
tuman (shahar) ijtimoiy ta’minot bo’limlari;
hududiy reabilitatsiya markazlari;
nogironlar va qariyalar uchun «Muruvvat» va «Sahovat» uylari;
urush va mehnat faxriylari uchun sanatoriy va pansionatlar;
Toshkent shahrida ishsizlarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish o’quv markazi;
Nogironlarni tibbiy-ijtimoiy ekspertiza va reabilitatsiya qilish Respublika inspeksiyasi;
tibbiy-mehnat ekspertizasi xizmatlari;
Nogironlarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazi;
Toshkent va Farg’ona shaharlarida nogironlar uchun ixtisoslashtirilgan Respublika kasb-hunar kollejlari;
2-son yuridik kollej;
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish Vazirligi tizimi xodimlari malakasini oshirish Respublika kurslari;
Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi;
fuqarolarni chet ellarda ishga joylashtirish bo’yicha xo’jalik hisobidagi mintaqaviy byurolar;
Jo’nab ketishdan oldingi moslashuv va o’qitish markazi;
Axborot-kompyuter markazi;
Respublika aholi bandligi, mehnatni muhofaza qilish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish ilmiy markazi.
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish Vazirligining o’z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlarining davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, tashkilotlar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiydir va u o’ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bevosita, shuningdek hududiy bo’linmalari, tasarrufidagi boshqa tashkilotlar orqali hal qiladi, o’z vazifalari va funksiyalarini amalga oshirishda davlat boshqaruvining boshqa organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan o’zaro hamkorlik qiladi.
Aholining ehtiyojmand toifalarini ijtimoiy himoya qilish bo’yicha amaliy chora-tadbirlarning amalga oshirilishini ta’minlash, kamxarj oilalar, nogironlar va yolg’iz keksalarga yordam ko’rsatishda tabaqalashtirilgan tarzda va aniq yondashuvni kuchaytirish vazirlikning muhim vazifalaridan sanaladi.
Vazirlik ijtimoiy himoya sohasida quyidagi funksiyalarni amalga oshirshi lozim :
muhtoj oilalar, pensionerlar, nogironlar, yolg’iz keksa fuqarolarga ko’rsatilayotgan ijtimoiy qo’llab-quvvatlashning tabaqalashtirilganligi va aniqligini kuchaytirishga yo’naltirilgan ijtimoiy siyosatni amalga oshirish mexanizmlarini takomillashtirishga doir takliflar tayyorlashda qatnashadi;
davlat ijtimoiy siyosatini amalga oshirish va ijtimoiy muhofaza qilish mexanizmining ishlashi bo’yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda qatnashadi;
manfaatdor vazirliklar, idoralar, tashkilotlar va muassasalar bilan birgalikda pensionerlar, nogironlar va yolg’iz keksa fuqarolarga qonun hujjatlarida belgilangan imtiyozlar, sanatoriy-kurortda davolanishga yo’llanmalar va maxsus harakatlanish vositalari berilishida qatnashadi;
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda muhim ijtimoiy-mehnat normalari va normativlari ro’yxatini belgilaydi hamda ularning ishlab chiqilishini muvofiqlashtiradi;
Iqtisodiyot Vazirligi hamda boshqa vazirliklar va idoralar bilan birgalikda aholi turmush darajasi va farovonligini tadqiq etadi, uni yuksaltirishga doir takliflar ishlab chiqadi;
manfaatdor vazirliklar va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari ishtirokida pensionerlar, nogironlar, ko’p bolali va kam ta’minlangan oilalarni, aholining davlat tomonidan qo’llab-quvvatlashga muhtoj bo’lgan boshqa ijtimoiy nochor guruhlarini ijtimoiy muhofaza qilish bo’yicha takliflar ishlab chiqadi;
Bandlikka ko’maklashish davlat jamg’armasi mablag’larini belgilangan tartibda tasarruf etadi;
ishsizlar va ularning oila a’zolarini Bandlikka ko’maklashish davlat jamg’armasi mablag’lari hisobiga ijtimoiy qo’llab-quvvatlashning ta’minlanishini tashkil etadi;
Bandlikka ko’maklashish davlat jamg’armasi mablag’laridan maqsadli foydalanilishi ustidan nazoratni ta’minlash ishlarini tashkil etadi;
yeng kam ish o’rinlarining ajratilishi va ularning ijtimoiy muhofazaga muhtoj shaxslar bilan butlanishi masalalarini o’rganadi va tahlil etadi;
dehqon va fermer xo’jaliklarida ishlayotgan fuqarolar, shuningdek tadbirkorlar uchun belgilangan ijtimoiy kafolatlar va ijtimoiy muhofaza chora-tadbirlari ro’yobga chiqarilishini tashkil etadi;
Iqtisodiyot Vazirligi, Moliya Vazirligi va Davlat soliq qo’mitasi bilan birgalikda aholi daromadlarini davlat tomonidan tartibga solish mexanizmini takomillashtirishga doir takliflarni tayyorlashda qatnashadi;
Iqtisodiyot Vazirligi, Moliya Vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ish haqi, pensiyalar, nafaqalar, stipendiyalarning eng kam miqdorini belgilashga doir takliflar tayyorlaydi.
Pensiya xizmati ko’rsatish va davlat ijtimoiy sug’urtasi bo’yicha nafaqalar bilan ta’minlash sohasida vazirlik zimasiga quyidagi funksiyalar yuklatilgan
pensiyalar, nafaqalar va kompensatsiya to’lovlarini (kompensatsiya to’lovlari bo’yicha — budjet tashkilotlaridan tashqari) o’z vaqtida tayinlash va to’lashni amalga oshiradi;
yuridik shaxs bo’lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanayotgan shaxslarga, shuningdek dehqon xo’jaliklarining ijtimoiy sug’urta badallarini to’layotgan a’zolariga homiladorlik va tug’ruq, chaqaloq tug’ilganligi bo’yicha nafaqalarni hisoblab yozish va to’lashni hamda dafn marosimi uchun to’lovni amalga oshiradi;
mehnatda mayib bo’lganligi yoki kasb kasalligidan nogironlik bo’yicha «Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining 15-moddasiga muvofiq tayinlangan pensiyalarni to’lash uchun mablag’larni aybdor yuridik va jismoniy shaxslardan regressiv da’volar bo’yicha belgilangan tartibda undirib olishni amalga oshiradi;
yuridik shaxs bo’lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanayotgan shaxslarning, shuningdek shaxsiy yordamchi va dehqon xo’jaliklarining qoramol boqish hamda qishloq xo’jaligi faoliyatining boshqa turlari bilan shug’ullanayotgan a’zolarining mehnat daftarchalarini yuritish va saqlashni amalga oshiradi;
budjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi mablag’larining maqsadli sarflanishini nazorat qilish monitoringini olib boradi;
mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan pensiyalar, nafaqalar va kompensatsiyalarning o’z vaqtida to’lanishi bo’yicha o’zaro yaqin aloqani amalga oshiradi;
yuridik shaxs bo’lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanayotgan shaxslarga va dehqon xo’jaliklari a’zolariga ijtimoiy sug’urta bo’yicha nafaqalarni olish huquqini beruvchi hujjatlarning ishonchliligini tekshiradi;
pensiyalar, nafaqalar hamda kompensatsiya to’lovlarining to’g’ri tayinlanishi va to’lanishini nazorat qiladi;
budjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi budjeti loyihasini ishlab chiqishda qatnashadi;
ijtimoiy ta’minot bo’limlari tomonidan pensiyalar hamda ijtimoiy sug’urta bo’yicha nafaqalarning to’g’ri tayinlanishi va to’lanishini tekshirishga doir nazorat-taftish ishlarini amalga oshiradi va tashkil qiladi;
ishlamayotgan va ishlayotgan fuqarolarga pensiyalar, nafaqalar hamda kompensatsiya to’lovlarini to’lash uchun mablag’larga bo’lgan ehtiyoj hajmini aniqlaydi va har oyda, belgilangan muddatlarda budjetdan tashqari Pensiya jamg’armasining ijro etuvchi direksiyasiga buyurtmanoma taqdim etadi;
O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligiga budjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi budjetining ijrosi to’g’risidagi yig’ma hisobotlarni belgilangan tartibda taqdim etadi;
pensiyalar, nafaqalar hamda boshqa ijtimoiy to’lovlarni tayinlash va to’lash ishlarini tashkil etadi va ularga metodik rahbarlik qiladi;
imtiyozli pensiyalarni tartibga solish to’g’risida takliflar ishlab chiqilishini tashkil etadi;
imtiyozli pensiya ta’minoti uchun huquq beruvchi ishlab chiqarishlar, ishlar, kasblar, lavozimlar va ko’rsatkichlar ro’yxatlarini qo’llash masalalari yuzasidan davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari bilan o’zaro hamkorlik qiladi, ularni takomillashtirish bo’yicha kelishilgan takliflar tayyorlaydi;
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda pensiya ta’minotining nodavlat tizimini yaratish va rivojlantirish chora-tadbirlarini ishlab chiqishda qatnashadi.
Ijtimoiy xizmat ko’rsatish masalalarini muvofiqlashtirish va nazorat qilish ham vazirlik zimmasiga yuklangan bo’lib, bu sohada u quyidagi ishlarni amalga oshiradi:
ijro etuvchi hokimiyat Respublika, viloyat, tuman, shahar organlari ishtirokida yolg’iz keksa fuqarolar, nogironlar va davlatning qo’llab-quvvatlashiga muhtoj bo’lgan boshqa aholi guruhlariga ijtimoiy-maishiy xizmat ko’rsatishni tashkil etadi;
ijtimoiy ta’minot muassasalarida («Muruvvat» va «Sahovat» uylarida, pansionatlarda, sanatoriylarda) yashayotgan keksa fuqarolar va nogironlarga maishiy, tibbiy va madaniy xizmat ko’rsatishni tashkil qiladi, ushbu muassasalarning moddiy-texnika bazasi mustahkamlanishini ta’minlaydi;
yolg’iz keksa fuqarolarga ijtimoiy yordam ko’rsatish xizmatlarining kompleks tarmoqlarini tashkil etadi va ularning ishini nazorat qiladi;
aholiga ijtimoiy yordam berish dasturlarini moliyalashtirish uchun mablag’lar jalb etish ishlarida nodavlat notijorat tashkilotlarining va boshqa tashkilotlarning o’zaro hamkorlik qilishini ta’minlaydi;
yolg’iz keksa fuqarolar, pensionerlar va nogironlarga ijtimoiy yordam ko’rsatuvchi nodavlat xizmatlar tashkil etishga ko’maklashadi hamda ularning ishi ustidan nazoratni ta’minlaydi;
o’ziga qarashli tashkilotlarning aholiga ijtimoiy yordam ko’rsatish dasturlarini moliyalashtirish ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladigan ishlarini, shu jumladan ularning tijorat faoliyatini muvofiqlashtiradi.
nogironlarni tibbiy-ijtimoiy ekspertizadan o’tkazish va reabilitatsiya qilish ishlariga rahbarlikni amalga oshiradi;
nogironlarning kasb-hunar-texnika ta’limi va ularni qayta o’qitish bo’yicha idoraviy ta’lim muassasalariga rahbarlik qiladi;
infratuzilma obektlarining nogironlar va keksa fuqarolar uchun qulayligini ta’minlovchi shaharsozlik sohasida davlat siyosatini shakllantirishda qatnashadi;
nogironlar uchun ish o’rinlari tashkil etishda va ularni ishga joylashtirishda nogironlarning nodavlat va boshqa tashkilotlariga yordam beradi;
nogironlarning mehnatidan foydalanish bo’yicha ixtisoslashtirilgan korxonalarni tashkil etish va rivojlantirishga, mehnatning kasanachilik turlarini va ish bilan ta’minlashning boshqa shakllarini rivojlantirishga ko’maklashadi;
nogironlarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish bosqichi sifatida ularning jismoniy tarbiya va sport harakati rivojlantirilishiga ko’maklashadi;
harakatlanishning maxsus vositalariga, ishlab chiqarish va maishiy tusdagi moslamalarga, nogironlarni reabilitatsiya qilish va ularni parvarishlashning boshqa texnik vositalariga bo’lgan ehtiyojni aniqlaydi va ularni ishlab chiqarish uchun buyurtmalar beradi;
aholiga protez-ortopediya yordami ko’rsatishni tashkil etishni, davlat boshqaruvi boshqa organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va tashkilotlar bilan birgalikda protez-ortopediya buyumlari va nogironlarning hayot faoliyatini ta’minlash vositalarini ishlab chiqarishni ko’paytirish hamda tayyorlash texnologiyasini takomillashtirish, ularning yangi turlarini ishlab chiqarish ishlari amalga oshirilishini ta’minlaydi;
nogironlarni protez-ortopediya buyumlari va harakatlanish vositalari bilan ta’minlash tartibini belgilaydi.
Vazirlik tizimida reja-moliya ishlarini, tasarrufidagi tashkilotlar tomonidan o’tkaziladigan tadbirlarni, shuningdek ushbu sohadagi ilmiy tadqiqotlarni mablag’ bilan ta’minlashni belgilangan tartibda tashkil etadi;
aholiga ijtimoiy yordam berishning har xil turlarini tashkil etishni iqtisodiy jihatdan asoslab beradi;
Vazirlik tizimi xodimlari mehnatini normalashning tashkil etilishini takomillashtirish tadbirlarini o’z vakolatlari doirasida amalga oshiradi;
tasarrufidagi tashkilotlarning moliya-xo’jalik faoliyati bo’yicha balanslar va hisobotlarni ko’rib chiqadi;
davlat markazlashtirilgan kapital qo’yilmalaridan tasarrufidagi tashkilotlar tomonidan samarali foydalanilishini ta’minlaydi, Vazirlik tizimidagi obektlarni qurish va rekonstruksiya qilish bo’yicha istiqbolli dasturlarning ishlab chiqilishini tashkil etadi.
Fuqarolik jamiyati barpo etila borilgani sari aholini ijtimoiy himoyalashda davlat tizimlari va manbalari bilan bir qatorda nodavlat ijtimoiy himoyasi ham kuchayib borishi tendensiyasi yuz berishi tabiiy hol. Ammo, ayni paytda davlat ijtimoiy himoyasi ham yanada kengaytirilishi, takomillashtirilib borilishi lozim. Zero, bozor munosabatlariga o’tish sharoitida aholi turmush darajasining past ekanligi ana shunday yo’l tutish lozimligini taqozo etadi.
Nazorat savollari.
1. Qonunchilik hokimiyati organlarining ijtimoiy himya sohasidagi vakolatlari haqida nimalarni bilasiz?
2. Ijtimoiy himoya bilan shug’ullanuvchi davlat boshqaruv organlarini sanang va ularning vakolatlarini so’zlab bering
3. Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari vazifalarini so’zlab bering
4. Ijtimoiy himoya vazifasini bajaruvchi qaysi nodavlat organlarini bilasiz ?
|
| |