|
-mavzu: Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari, korxona va tashkilotlar ijtimoiy himoyalash subekti sifatida
|
bet | 20/30 | Sana | 12.07.2023 | Hajmi | 495.79 Kb. | | #76637 |
Bog'liq 848e41c444f503fb519f14768a12d3d0 IJTIMOIY ISH HUQUQ ma`ruza (1) Axborot xati konf. ADU, Mayers- Briggs qo\'shimcha, 36-qo\'shma qaror, 27.04.2022, Oila tushunchasi, uning turlari va shakillari, fHy1I56Pj1m1Sqci4f9q3e28B9S0AiBM, dars ishlanma, 11-21-ALGORITMIK TILLAR VA DASTURLASH, Мустақил ишни ташкиллаштириш, Иқтибослик учун, Документ Microsoft Word, Calendar plan-RAQAMLI VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI (2), статья, Исмаилова Н С , Шагазатов У У Жахон иқтисодиёти ва халқаро (1), A55-mavzu: Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari, korxona va tashkilotlar ijtimoiy himoyalash subekti sifatida
5.1. Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari tomonidan
ko’rsatiladigan ijtimoiy himoya shakllari va ularning
huquqiy asoslari
Fuqarolik jamiyatini shakllatirish va rivojlantirish yo’llaridan biri - fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlarini, mahalla institutining mavqyei hamda ta’sirini muntazam ravishda oshirib borishdan iboratdir.
Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov mahallaning jamiyat hayotidagi ahamiyatini oshirish haqida quyidagilarni ta’kidlagan edi: «Mahallaning hayotimizdagi mavqyei yuksak. Uning qonuniy, huquqiy asoslari har tomonlama mustahkam bo’lib rivoj topsa, bu idorani jamiyatimiz siyosiy-iqtisodiy va ma’naviy hayotining ajralmas bir qismi, quyi boshqarish tizimi sifatida nechog’li kuchaytirsak, buning uchun barcha moddiy-moliyaviy sharoitlarni tashkil qilib bersak, o’ylaymanki, bu o’z oldimizga qo’ygan oliy maqsadlarga erishish yo’lida katta odim bo’ladi».
«Obod mahalla yili» deb e’lon qilingan 2003 yilda amalga oshirilgan Davlat dasturining bajarilishi natijasida mahalla mavqyeining yanada mustahkamlanishiga, uning jamiyat hayotidagi ahamiyatini yuksaltirishga xizmat qildi. 2003 yil davomida 1200 mln. so’mlik xayriya yordami, 400 ming ayolga va 1800 ming kam ta’minlangan oilaga qariyb 4 mlrd. so’mlik moddiy yordam ko’rsatildi.
Fuqarolar yig’inlarining quyi boshqaruv organi sifatidagi huquqiy holati O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 105- moddasida mustahkamlangan bo’lib, unga ko’ra: “Shaharcha, qishloq va ovullarda, shuningdek ular tarkibidagi mahallalarda hamda shaharlardagi mahallalarda fuqarolarning yig’inlari o’zini-o’zi boshqarish organlari bo’lib, ular ikki yarim yil muddatga raisni (oqsoqolni) va uning maslahatchilarini saylaydi.
O’zini-o’zi boshqarish organlarini saylash tartibi, faoliyatini tashkil etish hamda vakolat doirasi qonun bilan belgilanadi”.
Fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlari huquqiy maqomi 1999 yil 14 aprelda yangi tahrirda qabul qilingan «Fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlari to’g’risida»gi qonunda belgilangan bo’lib, unda fuqarolar yig’inlariga ijtimoiy, iqtisodiy-madaniy, siyosiy-tarbiyaviy sohalarda yuritiladigan faoliyatni amalga oshirilishi yuzasidan berilgan vakolatlar batafsil ko’rsatib qo’yilgandir.
Qonunning 11-moddasiga ko’ra: “Shaharcha, qishloq va ovuldagi mahalla fuqarolar yig’ini tegishli ravishda shaharcha, qishloq va ovuldagi mahalla fuqarolar o’zini o’zi boshqarish organlarining vakolatlariga qonun hujjatlari bilan berilgan istalgan masalani o’zi ko’rib chiqish uchun olish va hal etish huquqiga ega.
Kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam ko’rsatish va bolali muhtoj oilalarga nafaqalar tayinlash masalalarini hal etadi, oilalarni davlat tomonidan ijtimoiy qo’llab-quvvatlash maqsadlari uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ajratiladigan mablag’lardan o’z o’rnida va samarali foydalanilishini ta’minlaydi;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi”.
Aholining kam ta’minlangan ko’rsatmalarini ijtimoiy himoyalashda fuqarolar yig’ini kengashlariga ham keng vakolatlar berib qo’yilgan.
O’zbekiston Respublikasi «Fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlari to’g’risida»gi Qonunining 12- moddasiga ko’ra, fuqarolar yig’ini kengashi: «Ikki yoshga to’lmagan bolalari bor, ishlamaydigan oilalarga nafaqalarni shu maqsadda ajratilgan davlat budjeti mablag’laridan belgilangan tartibda tayinlaydi va to’laydi;
boshqalarning parvarishi va yordamiga muhtoj keksa fuqarolarga shafelik (patronaj) yordami shu maqsadda ajratilgan davlatga ko’maklashadi;
mazkur hududda yashovchi fuqarolarni ish bilan ta’minlashga, shu jumladan, kasanachilikni tashkil etishga ko’maklashadi;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kichik korxonalar tashkil etilishiga ko’maklashadi».
Bu qonun bilan bog’liq tegishli me’yoriy huquqiy hujjatlarning yuzaga kelishiga sabab bo’ldi.
Misol qilib oladigan bo’lsak, Prezidentimizning 1992 yil 8 sentyabrda «Respublika «Mahalla» xayriya jamg’armasini tashkil etish to’g’risida»gi, «Kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy himoyalashni kuchaytirishga oid tadbirlar to’g’risida»gi, «Ko’p bolali oilalarni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish to’g’risida»gi, «Aholini aniq yo’naltirilgan ijtimoiy madad bilan ta’minlashda fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari rolini oshirish to’g’risida»gi qator maqsadli farmonlari yuzaga keldi.
Bundan tashqari, «1994 yil 1 oktyabrdan boshlab kam ta’minlangan oilalarga har oyda amaldagi eng kam ish haqining 1,5dan 3 baravarigacha to’lovlar yordam sifatida to’lana boshlandi hamda mahalliy davlat hokimiyati idoralari, tashkilot, korxona va tadbirkorlik faoliyatidan tushgan mablag’ hisobiga kam ta’minlangan oilalarga qo’shimcha yordam ko’rsatish yo’lga qo’yildi».
Prezidentimiz Farmoni asosida Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 23 avgustdagi «Kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy himoya qilishni tashkil etish masalalari to’g’risida»gi 434-sonli qarori qabul qilindi. Qaror bilan kam ta’minlangan oilalarni hisobga olish, ularga moddiy yordam tayinlash va to’lash to’g’risidagi Nizom tasdiqlandi.
Nizomga muvofiq, «Kam ta’minlangan oilalarni hisobga olish, ularga moddiy yordam tayinlash va to’lash tartibi» belgilab qo’yildi va fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlariga yuklatildi, ya’ni fuqarolar vakillari yig’ilishi qarori bilan amalga oshiriladigan bo’ldi.
Shuningdek, Nizom asosida «Fuqarolar o’zini o’zi boshqarish organlarining kam ta’minlangan oilalarni hisobga olish, ularga moddiy yordam berish va to’lash ishlarini tashkil etish bo’yicha 1995 yil 17 noyabrda “Yo’riqnoma” ishlab chiqilib, Hukumatimiz tomonidan tasdiqlangan.
2002 yil 24 yanvardagi Vazirlar Mahkamasining 30- sonli qarori bilan «Qariyalarni qadrlash yili» davlat dasturi qabul qilindi hamda ushbu dasturga muvofiq, aholining ijtimoiy nochor qatlamlarini qo’llab-quvvatlash maqsadida 2002 yil 1 mayda «Keksalar va mehnatga layoqatsiz fuqarolar, nogiron bolalar va bolalidan nogironlarning dafn marosimi uchun bir yo’la beriladigan nafaqalar to’g’risida» qarori qabul qilindi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 7 fevralda «Obod mahalla yili Davlat dasturi to’g’risida»gi qarori qabul qilindi va «Obod mahalla yili» dasturi tasdiqlanib, uni amalga oshirish uchun 375,9 milliard so’m mablag’ ajratilgan.
Mamlakatimizda bozor munosabatlarining rivojlanayotgani va chuqur ildiz otayotganligi jamiyat hayotida ham tub sifat o’zgarishlarini yuzaga keltirmoqda, demokratik jarayonlar rivojiga kuchli turtki bermoqda. Bularning barchasi taraqqiyotimizning strategik yo’li – kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyatiga o’tish uchun zarur moddiy-huquqiy baza bo’lib xizmat qilmoqda.
Fuqarolik jamiyatini shakllantirish va rivojlantirish yo’llaridan biri – fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlarini, mahalla institutining mavqyei hamda ta’sirini muntazam ravishda oshirib borishdan iboratdir.
Mahalla – odamlarning uyushib yashashlari shakli sifatida qadimgi davrlardan mavjud bo’lib kelgan. Abu Nasr Forobiyning «Fozil odamlar shahri» nomli asarida kishilar jamoasining ko’rinishlari tasvirlab berilgan. Mahmud Qoshg’ariyning «Devonu lug’atit turk» asarida, Narshaxiyning «Buxoro tarixi» va boshqa asarlarda mahalla haqida fikrlar yoritilgan.
Bizdagi mahallalarga o’xshash bo’lgan o’zini o’zi boshqarish organlari tizimi jahonning boshqa ba’zi davlatlarida ham uchraydi. Masalan, AQShda mahalliy o’zini o’zi boshqarish organlarining federal miqyosdagi yagona tizimi mavjud emas va bu masala har bir shtatda o’ziga xos tarzda hal etiladi. Ko’pchilik hollarda ular aholi tomonidan saylash asosida tashkil etiladi va mahalliy shtat budjeti hisobidan moliyalashtiriladi. Avstriya Respublikasi Konstitutsiyasiga ko’ra, har bir o’lka jamoalarga bo’linadi va u o’zini o’zi mustaqil boshqaradi. Ularga xo’jalik mustaqilligi berilgan.
Rivojlangan mamlakatlardagi o’zini o’zi boshqarish organlariga huquq miqyosida kommunal-ijtimoiy masalalarni hal etish vazifasi yuklatilgan. Ularning bizdagi mahalla fuqarolar yig’inlaridan farqi – davlat tomonidan tashkil etilishi va nazorat qilinishidir. Bizning mamlakatimizda shakllangan va takomillashtirib borilayotgan fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish tizimi asosini mahallalar tashkil qiladi va ular o’z faoliyatida qonunlar bilan bir qatorda ming yillar davomida yuzaga kelgan milliy an’analar, urf-odat qoidalariga ham amal qiladilar.
Bizning fikrimizcha, mahalla o’zini o’zi boshqaruv sohasidagi unikal idora tizimi bo’lib, Qonunchilik imkoniyatlari mahalliy an’analar bilan o’zaro qo’shilgani holda samarali boshqaruvni ta’minlaydigan, huquqiy va ma’naviy axloqiy imkoniyatlar birlashtiriladigan tizimdan iboratdir.
Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov mahallaning jamiyat hayotidagi ahamiyatini oshirish haqida quyidagilarni ta’kidlagan edilar: «Mahallaning hayotimizdagi mavqyei yuksak, uning qonuniy, huquqiy asoslari har tomonlama mustahkam bo’lib rivoj topsa, bu idorani jamiyatimiz siyosiy-iqtisodiy va ma’naviy hayotining ajralmas bir qismi, quyi boshqarish tizimi sifatida nechog’lik kuchaytirsak, buning uchun barcha moddiy-moliyaviy sharoitlarini tashkil qilib bersak, o’ylaymanki, bu o’z oldimizga qo’ygan oliy maqsadlarga erishish yo’lida katta odim bo’ladi».
Kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyatiga o’tish davrida fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari aholining ijtimoiy himoya qilishda tobora ko’proq ahamiyat kasb etib bormoqda.
Ko’pchilik tadqiqotchilar tomonidan bu jarayonda mahalla rolini oshirilishida barcha vositalardan, shu jumladan islom dini va uning ta’limotidan keng foydalanish lozimligi uqtirilmoqda.
Respublikamiz Prezidentining shaxsan tashabbusi bilan o’tgan 2003 yilni «Obod mahalla yili» deb e’lon qilinishi va bu masalada davlat dasturini qabul qilinib, ro’yobga chiqarilishi mahalla mavqyeini yanada mustahkamlanishiga, olib borilayotgan ishlar ko’lamining oshirilishiga xizmat qildi.
Respublikamizdagi o’n mingga yaqin mahallalarning 5630 tasida ko’plab kichik va o’rta biznes korxonalari barpo etilib, shu hisobdan 155 mingta qo’shimcha ish joylari tashkil etildi, 1 milliard 745 million so’m mablag’ sarflanib, 310 ta mahalla guzari bunyod qilindi, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadlarida 1700 million so’mlik imtiyozli kreditlar berildi.
«Obod mahalla yili» davlat dasturi doirasida amalga oshirilgan ijtimoiy himoya va xayr-yehson tadbirlari ayniqsa diqqatga sazovor va savobli ishlarning eng salmoqlisi sifatida alohida ta’kidlanmog’i lozim. Jumladan, 2003 yil davomida 1200 mln. so’mlik xayriya yordami, 400 ming ayolga va 1800 ming kam ta’minlangan oilaga qariyb 4 mlrd. so’mlik moddiy yordam ko’rsatildi.
O’tgan yilda «Mahalla» jamg’armasi hisobidan 509 mln. so’mlik mablag’ ajratildi. Natijada ko’p bolali va kam ta’minlangan oilalarning 240 ming nafar farzandlari yozgi oromgoh va sihatgohlarda dam oldilar. Bularning barchasi mahalla, fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlari nufuzi va salmog’i uzluksiz ortib borayotganligidan guvohlik beradi.
Fuqarolar yig’inlarining quyi boshqaruv organi sifatidagi faoliyatining huquqiy asosi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 105-moddasida mustahkamlangan bo’lib, unga ko’ra: «Shaharcha, qishloq va ovullarning, shuningdek ular tarkibidagi mahallalar yig’inlari o’zini-o’zi boshqarish organlari bo’lib» sanaladi.
O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 78-moddasida qayd etilishicha: «Fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlari yuridik shaxs sifatida fuqarolik huquqiy munosabatlarining qatnashchilaridir.
Fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlari yaratgan yoki sotib olgan mol-mulk ularning mulkidir».
Fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlari huquqiy maqomini va kundalik faoliyati huquqiy asoslarini batafsil belgilovchi qonun, bu 1999 yil 14 aprelda yangi tahrirda qabul qilingan «Fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlari to’g’risida»gi Qonun bo’lib, unda fuqarolar yig’inlariga ijtimoiy, iqtisodiy-madaniy, siyosiy-tarbiyaviy sohalarda yuritiladigan faoliyatni amalga oshirilishi yuzasidan berilgan vakolatlar batafsil ko’rsatib qo’yilgandir.
Mazkur qonunning 11-moddasiga ko’ra, shaharcha, qishloq va ovuldagi mahalla fuqarolari yig’ini vakolatlari jumlasiga: «Kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam ko’rsatadi va bolali muhtoj oilalarga nafaqalar tayinlash masalalarini hal etadi, oilalarni davlat tomonidan ijtimoiy qo’llab-quvvatlash maqsadlari uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ajratiladigan mablag’lardan o’z o’rnida va samarali foydalanishni ta’minlaydi.
Aholining kam ta’minlangan qatlamlarini ijtimoiy himoyalashda fuqarolar yig’ini kengashlariga ham keng vakolatlar berib qo’yilgan.
«Fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlari to’g’risida»gi qonunning 12-moddasiga ko’ra, fuqarolar yig’ini kengashi: «Ikki yoshga to’lmagan bolalari bor, ishlamaydigan oilalarga nafaqalarni shu maqsadda ajratilgan davlat budjeti mablag’laridan belgilangan tartibda tayinlaydi va to’laydi;
boshqalarning parvarishi va yordamiga muhtoj keksa fuqarolarga shafelik (patronaj) yordami shu maqsadda ajratilgan davlatga ko’maklashadi;
mazkur hududda yashovchi fuqarolarni ish bilan ta’minlashga, shu jumladan, kasanachilikni tashkil etishga ko’maklashadi;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kichik korxonalar tashkil etilishiga ko’maklashadi».
Fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlari o’z hududidagi kam ta’minlangan va ko’p bolali oilalar, aholining ijtimoiy jihatdan zaif bo’lgan qatlamlarini qo’llab-quvvatlash yuzasidan o’z faoliyat doiralarini muntazam ravishda kengaytirib bormoqdalar, aholini, aniq yo’naltirilgan tarzda himoyalashda asosiy bo’g’in sifatida baholanmoqdalar.
Ammo, shu bilan birgalikda mamlakatimizda yashovchi fuqarolarning muayyan qismining ijtimoiy-siyosiy loqaydliklari, o’z haq-huquqlarini amalga oshirilishi uchun qayg’urmasliklari davlat va jamoat organlari ishining susayishiga, u yerlarda turli suiiste’molliklar uchun qulay shart-sharoit yaratilishiga imkon tug’diradi. M.G’ulomovning ta’kidlashicha: «Afsuski, ko’pchilik fuqarolarimiz o’z haq-huquqlarini, ularni qay tartibda, qaysi idora orqali amalga oshirishni yaxshi bilishmaydi. Bilganlari ham rad javobi olishganda, sud darajasigacha nizolashish tartibidan, ya’ni o’z haq-huquqlarini talab qilib, qaysi idoraga, qay tartibda shikoyat qilishdan bexabar».
Bizning nazarimizda, ana shunday ijtimoiy-siyosiy loqaydlik, huquqiy nigilizm hayotimizning barcha sohalaridagi islohotlar jarayoniga, ilgari tomon taraqqiy etishimizga g’ov bo’lmoqda.
Fuqarolar o’rtasida, eng avvalo mahallalarda ijtimoiy-siyosiy ishlarni faollashtirish, kishilarimiz huquqiy madaniyati va huquqiy savodxonliklarini oshirish; ulardagi ijtimoiy siyosiy faollikni oshirishning eng ma’qul yo’llaridan bo’lib sanaladi.
Fuqarolar yig’inlari o’z hududlaridagi nochor aholi qatlamlarini ijtimoiy himoyalashga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirishlari chog’ida insonlarda yalqovlik, tayyorga ayyorlik his-tuyg’ularga barham berish, ularning ijtimoiy-siyosiy faolliklari bilan bir qatorda mehnat sohasidagi, tirikchilik o’tkazish uchun mustaqil kurashish, bozor munosabatlari talablariga tezroq moslashish ko’nikmalari hosil etilishiga har tomonlama ko’maklashishga ham alohida e’tibor berishlari lozim.
Fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlari tomonidan ular hududidagi aholining zaif qatlamlarini aniq yo’naltirilgan holda ijtimoiy himoyalash faoliyati sohasida amalga oshirilishi lozim bo’lgan dolzarb muammolardan biri – ular tomonidan nafaqalar tayinlash, moddiy yordam ko’rsatish va boshqacha shakllarda qo’llab-quvvatlash chog’ida ijtimoiy adolatning to’liq qaror topishiga, qonuniylikning ta’minlanishiga, turli-tuman suiiste’mol hamda talon-torojlarning oldi olinishiga erishishdir.
O’zbekiston Respublikasining “Fuqarolar yig’ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi to’g’risida”gi Qonunining qabul qilinishi hamda shu asosda 2006 yilda mamlakatimizdagi o’n mingga yaqin mahalla fuqarolar yig’inlari raislari hamda ularning maslahatchilariga saylovlar o’tkazilayotganligidan ko’zlangan bosh maqsad – ular ishini yanada faollashtirish, davlat va jamiyat hayotiga, boshqarish ishlariga ularni yanada kengroq jalb etishdan iboratdir.
Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlab o’tganlaridek: «Shu bilan birga, mahalla tizimiga doir ayrim muammolar hali-hozir o’z yechimini topmaganini hal e’tirof etish lozim. Bu masalalarni hal qilish ustida tinimsiz ish olib borish bundan buyon ham bizning doimiy e’tibor markazimizda bo’lishi kerak».
Fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlari tomonidan amalga oshirilayotgan ijtimoiy himoya ishlarini takomillashtirish, bunday himoya samaradorligini oshirish, ijtimoiy adolat va qonuniylikni ta’minlash maqsadida bizning nazarimizda ularga bu sohada berilgan vakolatlarni yanada kengaytirish, 1994-1995 yillarda qabul qilingan hamda ijtimoiy yordam ko’rsatish masalalariga bag’ishlangan normativ huquqiy hujjatlarni yangi tahrirda qabul qilish, mahalla fuqarolar yig’ini mansabdor shaxslari kundalik faoliyati ustidan real davlat hamda jamoat nazoratini ta’minlash dolzarb vazifalardan sanaladi.
Jamiyatimizning ilgari tomon ildam rivojlanishini ta’minlash maqsadida mahalla demokratik institut, hamda mahalliy sharoitga eng ko’p moslashgan quyi boshqaruv tizimi sifatida fuqarolik jamiyatining muhim tarkibiy qismi sifatida to’liq shakllantirish va davlat funksiyalarining muayyan qismini o’z zimmasiga olishga tayyor bo’lish lozim.
Ma’lumki, taraqqiyotning har bir bosqichida muhim va dolzarb muammolar mavjud bo’ladi, hamda ushbu muammolarni, dolzarb bo’lib hisoblangan masalalarni yechish uchun jamiyat hayotida nodavlat jamoat tuzilmalari va fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlarining faoliyatini yanada kengaytirishni taqozo etadi.
Shu nuqtai nazardan fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organi–mahalla institutini rivojlantirish, uning huquqiy mexanizmlari va qonunchilik asoslarini shakllantirish talab etiladi.
Aholini ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga g’amxo’rlik qilishda mahalla o’ziga xos o’rin egallaydi. Mahalla ma’lum hududda istiqomat qiluvchilarning shunchaki oddiy uyushmasi emas. An’anaviy o’zbek mahallasi asrlar davomida jamiyatning oiladan keyingi o’ziga xos bo’g’ini, ijtimoiy o’zini o’zi boshqarish tuzilmasi ham bo’lib kelgan. Milliy davlatchiligimiz tiklanganidan keyin va an’anaviy qadriyatlarimiz yana o’z o’rniga qaytarilishi natijasida mahallani o’zini o’zi boshqarish organi sifatidagi funksiyasi davlat tomonidan tan olindi va huquqiy jihatdan mustahkamlab qo’yildi. Bu «Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari to’g’risida»gi Qonunda, «Mulkchilik to’g’risida»gi Qonunda va Respublika Prezidentining qator farmonlarida o’z ifodasini topdi. Binobarin, mahalla hozir ham o’z maqomiga ko’ra ikki xil tabiatga ega. Bir jihatdan u davlat tomonidan ma’lum vakolatlar berib qo’yilgan, davlat mablag’lari hisobidan ta’minlanib turiladigan boshqaruv tizimining o’ziga xos bo’g’ini. Ikkinchi tomondan, mahalla o’z vakolatlarini mahalla aholisi umumiy yig’ini va ular tomonidan saylab qo’yiladigan rahbariyat tomonidan amalga oshiruvchi, nafaqat davlat mablag’lari, balki boshqa manbalar hisobidan o’z mol-mulkini vujudga keltirib, uni o’z faoliyatini amalga oshirishda tasarruf etuvchi jamoa uyushmasi bo’lib hisoblanadi.
Binobarin, mahallani shu hududda istiqomat qiluvchi kam ta’minlangan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga g’amxo’rligi davlat faoliyatining tarkibiy qismi, ham jamiyat g’amxo’rligi sifatida qaralishi lozim.
Ko’rinib turibdiki, kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordamni mahalla fuqarolari yig’ini ko’rsatadi. Shunday ekan, davlat bu yordamni nima uchun bevosita o’zining organlari – hokimlik yoki ijtimoiy ta’minot bo’lishi orqali emas, balki fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari, mahallalar orqali amalga oshiradi degan savol tug’ilishi tabiiy. Biroq, bunda chuqur ma’no bor – bunday tartib ijtimoiy adolatni eng yuqori darajada ta’minlay oladi. Ma’lumki, har bir oilaning mulkiy ahvoli, yashash sharoitlari bevosita mahalla ahliga ko’proq ma’lum. Kim nimaga muhtoj, kim nochor – bu haqda ham mahalla eng yaxshi xabardor, chunki o’sha oilalar yoki shaxslar bevosita mahallada, hammaning ko’z o’ngida yashaydi. Agar moddiy yordam davlat idorasi tomonidan fuqarolarning yakka tartibdagi murojaatlari asosida berilganida edi, bu masalani hal etuvchi idora yoki mansabdor shaxs yordam so’rovchining real ahvoliga qarab emas, u olib kelgan turli xil ma’lumotnomalari, iltimosnomalariga qarab (bu hujjatlar ko’pincha rasmiy mazmunga ega bo’ladi) xulosa chiqarishi tabiiy. Afsuski, oramizda hali boqimandalik kayfiyatida yurgan, har xil hujjatlar to’plab, o’zini yordamga muhtoj qilib ko’rsatuvchi shaxslar uchrab turadi. Binobarin, bunday shaxslar davlat idorasini aldashi mumkin, biroq mahallani alday olmaydi. Mahalla, aksincha, tortinib yoki har xil andishalar qilib yordam so’rashdan iymanadigan nochorlarga yordam ko’rsatish haqida tashabbus ko’rsatadi. Shu sababli ham mahalla orqali yordam ko’rsatish bu borada ijtimoiy adolatni ta’minlashning ishonchli kafolatidir.
Mahallaning muhtojlarga yordam berish mezonlari davlatning bu borada belgilangan mezonlaridan kengroq va adolatliroq. Davlatning asosiy mezoni – tirikchilik uchun zarur eng kam miqdor doirasida shaxsning o’zini ta’minlashdan iborat. Biroq shaxsni faqat tirikchilik uchun eng zarur darajada ta’minlash uning to’laqonli shaxs sifatidagi holatini ta’minlash uchun yetarli emas.
Fuqarolar yig’ini moddiy yordam ko’rsatishga oid o’z faoliyatida quyidagi asosiy qoidalarga amal qilishi lozim:
qonunga so’zsiz, qat’iy rioya qilishi;
moddiy yordamning haqiqatan muhtoj bo’lgan oilalarga berilishini ta’minlashi;
ijtimoiy yordam berishda boqimandalikka yo’l qo’ymasliklari kerak.
Shuningdek, mazkur Nizom asosida «Fuqarolar o’zini o’zi boshqarish organlarining kam ta’minlangan oilalarni hisobga olish, ularga moddiy yordam berish va to’lash ishlarini tashkil etish yuzasidan 1995 yil 17 noyabrda “Yo’riqnoma» ishlab chiqilib, Hukumatimiz tomonidan tasdiqlandi.
Shu bilan bir qatorda «1996 yil 10 dekabrda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Bolali oilalarni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish to’g’risida»gi Farmoni qabul qilindi.
Ushbu Farmonda ham bolali oilalarga aniq ijtimoiy yordam berilishini kuchaytirish, aholini ijtimoiy himoya qilishda fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlarining roli va mas’uliyatini oshirishga qaratilgan aniq chora-tadbirlar belgilangan.
Keyinchalik ham mahalla fuqarolar yig’inlarining huquqiy mavqyeini mustahkamlash, aholi ijtimoiy himoyasidagi vakolatlari va ishtirokini kengaytirishga qaratilgan zarur tadbirlar izchil amalga oshirib kelindi.
Respublika oqsoqollar Kengashi mahalla jamg’armasi faoliyati ish rejasida aholini ijtimoiy himoyalashga yo’naltirilgan tadbirlar nazarda tutildi. Ular :
Birinchidan, kam ta’minlangan, 16 yoshgacha (o’qiydigan 18 yoshgacha) bolalari bo’lgan oilalarni ijtimoiy qo’llab-quvvatlash, 2 yoshgacha bolasi bo’lgan ishlamaydigan onalarga nafaqa tayinlash, yolg’iz nafaqaxo’rlarni asosiy oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashga oid mahallalarga muntazam amaliy yordam ko’rsatib borish;
Ikkinchidan, mahallalarda 2000-2005 yillarda O’zbekiston Respublikasida yolg’iz keksalarni, nafaqaxo’rlar va nogironlarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar dasturini amalga oshirilishini ta’minlash;
Uchinchidan, yil davomida yolg’iz oilalar, urush va mehnat faxriylari, nogironlar, yetim-yesirlarga doimiy muruvvat yordami ko’rsatib borilishini ta’minlash kabilarni o’z ichiga oladi.
O’zbekiston Respublikasining Prezidenti O’zbekiston Konstitutsiyasining 11 yilligiga bag’ishlangan tantanalarda so’zlagan nutqida “Obod mahalla yili” yakunlari hamda 2004 yilni “Mehr-muruvvat yili” deb e’lon qilish haqida so’zlar ekan: “Mahallalarimizni va mahallada yashayotgan odamlar hayotini tom ma’noda obod etish, og’irini yengil qilish uchun hali oldimizda yana talay vazifalar turibdi. Boshlangan ko’pgina xayrli ishlarimizni davom ettirish va oxirigacha yetkazish bir yil yoki bitta dastur bilan tugallanmaydi” deya ta’kidlagan edi.
Bugungi kunda jamiyatimizda amalga oshirib kelinayotgan islohotlar sur’atiga mutanosib ravishda fuqarolik jamiyatining asosiy elementi, tayanch nuqtalaridan biri sifatida fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari huquqiy asoslari yanada takomillashtirilishi, ular ish samaradorligi yuksaltirilishi, turli suiste’molliklar sodir etilishi imkonini yaratuvchi shart-sharoitlarga barham berilishi, mahallalarning shaffof holda ish yurituvchi haqiqiy xalq organiga aylanishlari ta’minlanmog’i lozim.
Ana shu maqsadda hozirgi kunda ommaviy tarzda o’tkazilayotgan mahalla fuqarolar yig’ini raislari va ularning maslahatchilari saylovlari oshkoralik, erkin bahs-munozaralar asosida tashkil etilishi, ushbu vazifalarga yuksak madaniyatli, insof-diyonatli, odamlar haqida qayg’urayotgan, yuksak fuqarolik pozitsiyasiga ega bo’lgan olijanob insonlar saylanishiga erishmoq muhimdir.
|
| |