Xo’jalik yurituvchi subektlar tomonidan amalga




Download 495.79 Kb.
bet21/30
Sana12.07.2023
Hajmi495.79 Kb.
#76637
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   30
Bog'liq
848e41c444f503fb519f14768a12d3d0 IJTIMOIY ISH HUQUQ ma`ruza (1)
Axborot xati konf. ADU, Mayers- Briggs qo\'shimcha, 36-qo\'shma qaror, 27.04.2022, Oila tushunchasi, uning turlari va shakillari, fHy1I56Pj1m1Sqci4f9q3e28B9S0AiBM, dars ishlanma, 11-21-ALGORITMIK TILLAR VA DASTURLASH, Мустақил ишни ташкиллаштириш, Иқтибослик учун, Документ Microsoft Word, Calendar plan-RAQAMLI VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI (2), статья, Исмаилова Н С , Шагазатов У У Жахон иқтисодиёти ва халқаро (1), A5
5.2. Xo’jalik yurituvchi subektlar tomonidan amalga
oshiriladigan ijtimoiy himoya va uning o’ziga xos xususiyatlari
Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov ko’rsatib o’tganidek: «Bozor munosabatlariga o’ta borilgani sari, mehnatkashlarning o’zlariga va xo’jalik yurituvchi subektlarga ko’proq iqtisodiy erkinliklar berila borilgani sari davlat ijtimoiy muhofazaga oid vakolatlarni muqobil tuzilmalarga topshirishi lozim”.
Aholini ijtimoiy himoyalash chog’ida davlat, uning organlari, davlat budjeti mablag’lari bilan bir qatorda xo’jalik yurituvchi subektlarining ushbu sohadagi faoliyatlari ham muhim o’rin tutadi. Zeroki, keng qamrovli ijtimoiy himoya yordamga muhtoj va nochor aholi qatlamlari turmush darajasini yaxshilash, ijtimoiy himoyalash chora-tadbirlarini ko’rish chog’ida ana shunday qo’llab-quvvatlashning barcha shakl hamda vositalaridan, barcha moliyaviy manbalardan keng va samarali foydalanishni taqozo etadi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yildagi “Homiylar va shifokorlar yili dasturi to’g’risida”gi Qarorining 4-bandi, 2-qismida ta’kidlaganidek: “Nodavlat tashkilotlari, birinchi navbatda fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlarini, biznes, firmalar, kompaniyalar, xalqaro xayriya tuzilmalarining vakillarini homiylik ishlariga keng jalb etishi va shu asosida homiylikni ommaviy ijtimoiy harakatga aylantirish, mazkur harakat nafaqat ushbu dastur doirasida cheklanib qolmasdan, mamlakat ijtimoiy munosabatlar tizimida o’zining doimiy o’rniga ega bo’lishini ta’minlashga qaratilgan barcha zarur shart-sharoitlar yaratilishi” lozim.
O’rta va kichik biznes subektlarining daromadlari eng yuqori bo’lganlari ham o’z huzurida ijtimoiy himoyaga ixtisoslashgan fondlar tashkil etishdek qudratga ega bo’la olmasligi ma’lum. Binobarin, bunday majburiyatni faqat ulkan (gigant) korxonalargina o’z zimmasiga olishi mumkin.
Biroq O’zbekistonda, milliy xo’jalik yurituvchi subektlar o’rtasida bunday darajaga o’sib yetishgan korxonalar deyarli yo’q. O’zbekistonda faoliyat yuritayotgan «UzDayewoo», «Samsung», «Nestle» va boshqa shu kabi transmilliy korxonalar, Uzbat, Sovplastital kabi qo’shma korxonalar bunday mas’uliyatni o’z zimmasiga olishlari mumkin. Xorijiy davlatlardagi yirik kompaniyalar, transmilliy kompaniyalarning ba’zilari bir emas, balki bir necha ijtimoiy fondlar tashkil etadilar va ularni ta’minlab turadilar. Masalan, «General motors», «Ford» korxonalari mana shular jumlasidandir. Odatda ular tashkil etadigan ijtimoiy fondlar aholining turli qatlamlarini ijtimoiy muhofaza qilishni o’z faoliyatining bosh maqsadi deb biladilar. Gap bu o’rinda zaif, ojiz yoki kam ta’minlangan hisoblangan qatlamlar-nogironlar, yetimlar, yolg’iz keksalar va sh.k.larni ijtimoiy himoya qilishga qaratilgan ijtimoiy fondlar to’g’risida bormoqda. So’nggi vaqtlarda muayyan turdagi kasallikka chalingan bemorlarni ijtimoiy himoyalash bo’yicha fondlar tashkil etish keng tarqalmoqda. Masalan, SPID kasalligi bemorlari, leykemiya kasalligi bemorlarini himoya qilish fondlari va h.k. Eng asosiysi yirik kompaniyalarni ijtimoiy fondlar tashkil etish orqali ijtimoiy himoya jarayonida ishtirok etishni o’ziga xos doimiylik, barqarorlik kasb etmoqda. Biroq bu o’rinda yirik kompaniyalarning barcha xayriya faoliyati ijtimoiy himoya maqsadi doirasiga kiravermaydi. Xayriya faoliyati tushunchasi o’z mazmuniga ko’ra ijtimoiy himoya tushunchasidan kengroqdir. Ba’zi xayriya faoliyatlari ijtimoiy himoyaga yo’naltirilmagan bo’lishi mumkin. Masalan ilmiy-tadqiqotlar o’tkazishga yo’naltirilgan, madaniy-ma’rifiy tadbirlarga yo’naltirilgan xayriya faoliyati bunga misol bo’la oladi. Shuni unutmaslik kerakki, ijtimoiy himoya markazida inson va uning manfaatlari yotadi, ijtimoiy himoya qilinuvchi inson muayyan darajada ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlam doirasiga kirishi lozim. Xorijiy kompaniyalarning xayriya faoliyatini ijtimoiy fondlar orqali amalga oshirish tajribasi aynan hozirgi kunda mamlakatimizda keng ommalashish imkoniyatlari mavjud emas. Biroq, kelgusida bunday imkoniyatlar vujudga kelishi shubhasiz.
Aholini ijtimoiy himoyalash, odamlarning moddiy ahvolini yaxshilash vazifalarini hal qilishda davlat manbalari bilan bir qatorda mehnat jamoalarining, jamoat tashkilotlari va xayriya tashkilotlarining («Navro’z», «Mahalla», «Mehr-muruvvat» va boshqa xayriya jamg’armalarining) mablag’lari faol ishga solinmog’i kerak. Ijtimoiy himoyalash davlatning ham, jamoat tashkilotlarining, turli xayriya jamg’armalarining ham asosiy vazifasi bo’lmog’i lozim».
Ushbu rahbariy ko’rsatmaga muvofiq ravishda aholi ijtimoiy himoyasining amalga oshirilishida mehnat jamoalari, korxona, muassasa, tashkilotlar, barcha xo’jalik yurituvchi subektlar oldiga muhim vazifalar qo’yildi.
Aholini ijtimoiy himoyasida barcha turdagi (tijoratchi va notijorat tashkilotlari) korxonalar, muassasalar, tashkilotlar o’zlarining mulkchilik shakllaridan, hamda xo’jalik yuritish usullaridan qat’iy nazar keng ishtirok etsalarda, ushbu tadqiqotda ularning barchasi haqida emas, balki tadbirkorlik subekti sanaluvchi (tijoratchi) yuridik shaxslar-xo’jalik subektlari tomonidan amalga oshiriladigan ijtimoiy himoya shakl hamda usullari haqida fikr yuritishga harakat qilinadi.
«Xo’jalik yurituvchi subektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonunida xo’jalik yurituvchi subektlarning shartnomaviy munosabatlar sohasidagi asosiy vakolatlari, huquqlari hamda javobgarliklari belgilab qo’yilgan bo’lsada, ammo «Xo’jalik yurituvchi subekt» tushunchasiga ta’rif berilgan emas. Bunday ta’rif «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi qonunida ham mavjud emas va ushbu qonunning 4-moddasida tadbirkorlik subektlariga ta’rif berilgan bo’lib, unga ko’ra: «Tadbirkorlik faoliyati subektlari (tadbirkorlik subektlari) belgilangan tartibda ro’yxatdan o’tgan hamda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik va jismoniy shaxslardir».
Xo’jalik yurituvchi subektlar amaldagi Qonunchilik normalariga muvofiq o’zlari olgan sof daromad (foyda)ni (soliqlar, majburiy badallar va boshqa to’lovlar to’lab bo’linganidan so’ng qolgan daromadni) mustaqil tasarruf etadilar. Shu jumladan, ushbu mablag’lar hisobida ijtimoiy himoyalash tadbirlari amalga oshirilishi mumkin.. Umuman olganda, xo’jalik yurituvchi subektlar tomonidan amalga oshiriladigan ijtimoiy himoya biz nazarda tutayotganimizdan ancha keng va uning manbai nafaqat olingan sof foyda (daromad), balki boshqa shakldagi mablag’lardan ham iborat bo’lishi mumkin.
Xo’jalik yurituvchi subektlar tomonidan amalga oshiriladigan ijtimoiy himoya turli xususiyatlariga ko’ra guruhlanishi-tasniflanishi mumkin. Bunda korxonaning ichida (o’z xodimlari va ularning oila a’zolarini himoyalashga qaratilgan) yoki tashqarida (boshqa shaxslarga nisbatan) amalga oshiriladigan ijtimoiy himoya o’zaro farqlanmog’i lozim.
Amaldagi qonunchilik («Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to’g’risida»gi, Xo’jalik faoliyatining ayrim shakllariga oid bo’lgan boshqa qonunlar, O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi), Xo’jalik subektlarining ta’sis shartnomalari, Ustav (Nizom)lari, ichki lokal normativ hujjatlari (jamoa shartnomasi, jamoa kelishuvi, ish beruvchi va xodimlar vakillik organi o’rtasidagi boshqa kelshuvlar) korxona xodimlari hamda ularning oila a’zolariga nisbatan ijtimoiy himoyalash choralarini qo’llashda xo’jalik subektlariga amalda cheksiz huquqlar va keng vakolatlar beradi.
Zamonaviy korxonalarda mehnatga haq to’lashning tabaqalashgan tizimidan tashqari, ijtimoiy ta’minlashning xilma-xil usullari keng qo’llanib kelinadi. Ular orasida tibbiy xizmat haqini xodim uchun to’lashdan boshlab xodimlar farzandlari ta’limi uchun haq to’lashgacha bo’lgan ijtimoiy himoya choralari mavjud».
O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 4-moddasi, 2-qismiga ko’ra: «qonunlardagiga nisbatan qo’shimcha mehnat huquqlari va kafolatlari boshqa normativ hujjatlar (jamoa kelishuvlari, jamoa shartnomalari, boshqa lokal hujjatlar), shuningdek xodim va ish beruvchi o’rtasida tuziladigan mehnat shartnomalari bilan belgilanishi mumkin».
Mehnat kodeksining 33-moddasida jamoa shartnomasi mazmuni belgilangan va ushbu mazmunni tashkil etuvchi ko’pgina qoidalar xodimlarni ijtimoiy jihatdan himoya qilishga bevosita yoki bilvosita qaratilgandir.
Jumladan, Mehnat kodeksining jamoa shartnomasi mazmuniga oid normalarida ijtimoiy himoyaga taalluqli bo’lgan hamda xodimlar va ish beruvchi majburiyatlaridan iborat bo’lgan quyidagi qoidalar nazarda tutilgan: narxlarning o’zgarib borishi, inflyatsiya darajasi, jamoa shartnomasi bilan belgilangan ko’rsatkichlarning bajarilishiga qarab mehnatga haq to’lashni tartibga solish mexanizmlari;
1) korxona va idoralarga qarashli turar joyni xususiylashtirish vaqtida xodimlar huquqlariga rioya qilish;
2) ishni ta’lim bilan qo’shib olib boruvchi xodimlar uchun imtiyozlar;
3) ixtiyoriy va majburiy tarzdagi tibbiy hamda ijtimoiy sug’urta va boshqalar.
Mulkchilik shaklidan qat’iy nazar korxona, muassasa, tashkilotlar o’z xodimlari, ular oila a’zolarini ijtimoiy ta’minlashda faol qatnashadilar va qatnashish shakllari quyidagilardan iborat:
a) pensiya jamg’armasiga muntazam ravishda belgilangan ijtimoiy sug’urta badallarini to’liq va o’z vaqtida o’tkazib turish;
b) mehnatda mayib bo’lib qolgan, kasb kasaliga duchor bo’lib qolgan xodimlarini o’z mablag’lari hisobidan pensiyalar bilan ta’minlash;
v) Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa, kasb kasalliklari tufayli vafot etgan xodimlar qaramog’ida bo’lgan oila a’zolariga o’z hisobidan pensiya to’lash, boshqa moddiy yordamlar ko’rsatish;
g) ijtimoiy sug’urta nafaqalarini o’z xodimlariga to’lanishini tashkil etish;
d) me’yoriy hujjatlardagidan imtiyozliroq va qo’shimcha ijtimoiy ta’minot berishni ko’zda tutib ta’minotni amalga oshirish;
ye) o’z tashabbusi bilan qo’shimcha ijtimoiy yordamlar tashkil etish (faxriylar, nafaqaxo’rlar, ularning oila a’zolariga);
j) o’z xodimlarini pensiyaga chiqishlarida ko’maklashish, zarur hujjatlarni rasmiylashtirish va boshqalar.
Fikrimizcha, qonunchilikdagi ushbu progressiv normalarni amalda to’la ro’yobga chiqarilishiga oid samarali mexanizmlar yetarli darajada yaratilgan emas.
Tadbirkorlikning ayrim ko’rinishlarini tartibga soluvchi qonunlar va qonun hujjatlarida korxonalarning ijtimoiy ta’minotni amalga oshirishda ishtirok etishlari belgilab qo’yilgan bo’lib, uning turli shakllari qayd etilgan. Shu o’rinda qonun hujjatlariga to’xtalib o’tsak. 1995 yil 21 dekabrda qabul qilinib, 1996 yil 1 apreldan e’tiboran amalga kiritilgan Mehnat kodeksida ham aholini ijtimoiy himoya qilish ko’rsatilgan. Xususan, 16-moddaga binoan, xodimning asosiy mehnat huquqlari ko’rsatilgan bo’lib, ushbu moddaning 2-qismi 7-bandida, har bir xodim qariganda, mehnat qobiliyatini yo’qotganda, boquvchisidan mahrum bo’lganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy ta’minot olish huquqiga egadir, deb ko’rsatilgan.
Ushbu kodeksning 68-moddasida aholining ayrim toifalari uchun ishga joylashishdagi qo’shimcha kafolatlar berilgan.
Mehnat kodeksining 14-bobida (224-258-moddalar) ayrim toifadagi xodimlarga beriladigan qo’shimcha kafolat va imtiyozlar belgilab berilgan. Bunga ayollarga va oilaviy vazifalarni bajarish bilan mashg’ul shaxslarga beriladigan qo’shimcha kafolatlar, yoshlar uchun qo’shimcha kafolatlar, ishni ta’lim bilan birga qo’shib olib borayotgan shaxslar uchun imtiyozlar kiradi. Bu ham aholini ijtimoiy himoya qilishning ma’lum choralaridan biridir. Bu talablarni korxonalar, xo’jalik yurituvchi subektlar amalga oshiradilar va bu borada aholini ijtimoiy himoya qilinishini ta’minlaydilar.
2004 yil 26 avgustda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining «Fermer xo’jaligi to’g’risida»gi Qonunning 16-moddasida fermer xo’jaligining majburiyatlari ko’rsatilgan. Ushbu moddaning 1-qismining 8-bandida fermer xo’jaligining barcha a’zolari hamda mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan shaxslar uchun qonun hujjatlariga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi huzuridagi Pensiya jamg’armasiga majburiy badallar to’lash majburiyati ko’rsatilgan.
1998 yil 30 aprelda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasi “Dehqon xo’jaligi to’g’risida”gi Qonunning 14-moddasida qonun hujjatlariga muvofiq davlat ijtimoiy sug’urtasidan o’tkazilish va ijtimoiy ta’minlash, shuningdek tovar qishloq xo’jaligi mahsuloti yetishtirish uchun dehqon xo’jaligida sarflangan ish vaqti O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi huzuridagi Pensiya jamg’armasiga badallar to’lab borilgan taqdirda mehnat stajiga kiritilishi huquqiga ega, degan qoida berilgan.
1998 yil 1 mayda (yangi tahrirda) qabul qilingan «Aholini ish bilan ta’minlash to’g’risida»gi qonunning o’zi mohiyatan aholini ijtimoiy himoya qilish chora-tadbirlaridan biri sifatida ekanligini ko’rish mumkin.
Ushbu qonunning 2-moddasida aholini ish bilan ta’minlash ko’rsatilgan. 7-moddasida aholining ayrim toifalarini ishga joylashtirishdagi qo’shimcha kafolatlar nazarda tutilgan.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994 yil 23 avgust kuni qabul qilingan 938-sonli «Kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy himoyalashni kuchaytirishga oid chora-tadbirlari to’g’risida»gi Farmonida kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy yordam berish tardbilari va ularni amalga oshirish choralari ko’rsatilgan. Shuningdek, 1994 yil 16 iyundagi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining PF 871-sonli «Bolali oilalarga davlat ijtimoiy yordami tizimini takomillashtirish to’g’risida»gi Farmonida bozor munosabatlari shakllanayotgan sharoitda bolali oilalarga davlat yo’li bilan madad berishni kuchaytirish chora tadbirlari berilgan.
Aholini ijtimoiy himoya qilishdagi yana bir qadam, bu 1999 yil 14 aprel kuni qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining «Xotin-qizlarga qo’shimcha imtiyozlar to’g’risida»gi qonunning qabul qilinishi va unda xotin-qizlar ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirilishidir.
1999 yil 14 aprel kuni qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining «Nodavlat notijorat tashkilotlari to’g’risida»gi qonunining 2-moddasida nodavlat notijorat tashkiloti tushunchasi» berilgan. Ushbu moddaning 2-qismida nodavlat notijorat tashkiloti jismoniy va yuridik shaxslarni, boshqa demokratik qadriyatlarni himoya qilish, ijtimoiy, madaniy va ma’rifiy maqsadlarga erishish, ma’naviy va boshqa nomoddiy ehtiyojlarni qondirish, xayriya faoliyatini amalga oshirish uchun hamda boshqa ijtimoiy foydali maqsadlarda tuziladi, deb ko’rsatilgan. 11-moddada jamoat birlashmasi, 12-ijtimoiy fond, 13-muassasa tushunchalari berilgan.
Shundan ham bu nodavlat notijorat tashkilotlari aholini ijtimoiy himoya qilishda ishtirokini ko’rish mumkin.
Xullas, aholini ijtimoiy himoya qilishda xo’jalik yurituvchi subektlarining roli va ahamiyati kattadir. Biz yuqorida ularning qanday amalga oshirilishi, xo’jalik subektlarini aholini ijtimoiy himoya qilishda qanday choralarni ko’rishi, shularga to’xtalib o’tdik. Shuningdek, davlat xo’jalik yurituvchi subektlardan soliqlar undirib olib, ularning qayta taqsimlab, kerakli sohalar uchun ishlatadi. Bu davlatning asosiy sohalariga qayta taqsimlanadi, ya’ni, mudofaa, xavfsizlik va aholini ijtimoiy himoya qilish sohalariga qayta taqsimlanadi, xo’sh, davlat xo’jalik subektlaridan soliq yig’ib olib aholini ijtimoiy himoya qilishga sarflandi.
Shunday qilib, biz xo’jalik subektlarini aholini ijtimoiy himoya qilishda ishtirokini 2 xil shaklda ko’rishimiz mumkin.
1. Xo’jalik subektlarining o’z xodimlarini ijtimoiy himoya qilishlarini;
2. Xo’jalik subektlari soliq to’lab, boshqa aholi qatlamlarini ham ijtimoiy himoya qilishda ishtiroklarini ko’rishimiz mumkin.
Kasaba uyushmalari va ularning organlari ham aholini ijtimoiy himoya qilishda ishtirok etadilar.
O’zbekiston Respublikasining «Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari to’g’risida»gi 1992 yil 2 iyuldagi qonunning 10-moddasida kasaba uyushmalarining barcha bo’g’inlariga mehnatkashlarni ijtimoiy jihatdan himoya qilish va ijtimoiy ta’minotni amalga oshirishda faol qatnashish vakolati berilgan va vazifasi yuklatilgan.
Kasaba uyushmalarining Respublika va hududiy birlashmalari o’z vakolatlari doirasida mehnatkashlarni ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan himoya qilish tadbirlarini ishlab chiqishda, turmush darajasining asosiy mezonlarini, narx-navo indeksi o’zgarishiga qarab tovon to’lash miqdorini aniqlashga qarab tovon to’lash miqdorini aniqlashda qatnashadilar, qonunda belgilab qo’yilgan kun kechiktirishning eng past darajasiga ham pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdoriga rioya etilishini nazorat qiladilar, deb ko’rsatilgan.
Shuningdek, ushbu qonun va boshqa qonun hujjatlarida kasaba uyushmalarining fuqarolarni ijtimoiy ta’minlashda, ijtimoiy himoya qilishda ishtirok etish shakl va usullari belgilab qo’yilgan.
Biz yuqorida aholini ijtimoiy himoya qilish, uning subektlarining aholini ijtimoiy himoya qilishdagi roli va ahamiyati to’g’risida fikr yuritdik. Shu yerda o’rinli bir savol tug’iladi «aholi» deganda biz kimni nazarda tutayapmiz.
Xulosa qiladigan bo’lsak, ijtimoiy jihatdan yo’naltirilgan bozor iqtisodiyoti yo’lini tanlashdan ko’zlangan maqsad aholini eng nochor, muhtoj tabaqalariga iqtisodiy madad berish orqali fuqarolar osoyishtaligi va millatlararo totuvlikni ta’minlash, islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirishning kafolati bo’lib qolishi hisobga olingan.
Xo’jalik yurituvchi subektlar amaldagi qonunchilik normalariga muvofiq o’zlari olgan sof daromad (foyda)ni mustaqil tasarruf etadilar. Shu jumladan, ushbu mablag’lar hisobidan ijtimoiy himoyalash tadbirlarini amalga oshirishlari mumkin.
Xo’jalik subektlari aholini ijtimoiy himoya qilishda 2 xil shaklda ishtirok etadilar:
1. Xo’jalik subektlarining o’z xodimlarini ijtimoiy himoya qilishlari;
2. Xo’jalik subektlari soliq to’lab, boshqa aholi qatlamlarini ham ijtimoiy himoya qilishda ishtirok etadilar.
Xo’jalik yurituvchi subektlar tomonidan amalga oshiriladigan ijtimoiy himoya turli xususiyatlariga ko’ra guruhlanishi-tasniflanishi mumkin. Bunda korxonaning ichida yoki tashqarida amalga oshiriladigan ijtimoiy himoya o’zaro farqlanmog’i lozim.
O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 4-moddasi, 2-qismiga ko’ra: «Qonunlardagiga nisbatan qo’shimcha mehnat huquqlari va kafolatlari boshqa normativ hujjatlar (jamoa kelishuvlari, jamoa shartnomalari, boshqa lokal hujjatlar), shuningdek xodim va ish beruvchi o’rtasida tuziladigan mehnat shartnomalari bilan belgilanishi mumkin».
Mehnat kodeksining 33-moddasida jamoa shartnomasi mazmuni belgilangan va ushbu mazmunni tashkil etuvchi ko’pgina qoidalar xodimlarni ijtimoiy jihatdan himoya qilishga bevosita yoki bilvosita qaratilgan bo’lib, bu bilan korxona, muassasa, tashkilotlarga ularning o’z xodimlarini moddiy va moliyaviy qo’llab-quvvatlash yoki boshqacha tarzdagi ko’mak berish imkoniyatini nazarda tutadi.
Mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, korxona, muassasa, tashkilotlar o’z xodimlari, ular oila a’zolarini ijtimoiy ta’minlashda faol qatnashadilar va qatnashish shakllari quyidagilardan iborat:
a) pensiya jamg’armasiga muntazam ravishda belgilangan ijtimoiy sug’urta badallarini to’liq va o’z vaqtida o’tkazib turish;
b) mehnatda mayib bo’lib qolgan, kasb kasalligiga duchor bo’lib qolgan xodimlarini o’z mablag’lari hisobidan pensiyalar bilan ta’minlash;
v) ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa, kasb kasalliklari tufayli vafot etgan xodimlar qaramog’ida bo’lgan oila a’zolariga o’z hisobidan pensiya to’lash, boshqa moddiy yordamlar ko’rsatish;
g) ijtimoiy sug’urta nafaqalarini o’z xodimlariga to’lanishini tashkil etish;
d) me’yoriy hujjatlardagidan imtiyozliroq va qo’shimcha ijtimoiy ta’minot berishni ko’zda tutib ta’minotni amalga oshirish;
ye) o’z tashabbusi bilan qo’shimcha ijtimoiy yordamlar tashkil etish (faxriylar, nafaqaxo’rlar, ularning oila a’zolariga);
j) o’z xodimlarini pensiyaga chiqishlarida ko’maklashish, zarur hujjatlarni rasmiylashtirish va boshqalar.
Xullas, aholini ijtimoiy himoya qilishda xo’jalik yurituvchi subektlarining roli va ahamiyati kattadir. Ammo, shu bilan birgalikda bu sohadagi Qonunchilikda begilangan progressiv normalarni amalda ro’yobga chiqarilishiga oid samarali mexanizmlar to’liq va yetarli darajada yaratilgan deb bo’lmaydi.
Yuqorida aholini ijtimoiy himoya qilish, uning subektlarining ijtimoiy himoya qilishdagi roli va vazifalari to’g’risida fikr yuritdik.
Shu yerda o’rinli bir savol tug’iladi, «aholi» deganda kimni nazarda tutayapmiz? Aholi deganda biz ijtimoiy himoya munosabatlarida qatnashuvchi va O’zbekiston Respublikasida doimiy istiqomat qiluvchi jismoniy shaxslar, Respublika fuqarolari, chet el fuqarolari, fuqaroligi bo’lmagan shaxslar hamda oila (uning a’zolari)ni nazarda tutiladi.
Fuqarolar aholini ijtimoiy himoya qilishga oid munosabatlarning qatnashchilari ekanlar, bunda ular fuqarolik qonun hujjatlarida belgilangan huquq va muomala layoqatiga ega bo’lishlari lozim. Fuqarolik huquq layoqati va muomala layoqati tushunchasi, mazmuni O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 17, 18, 22, 23, 30, 31, 32- moddalarida ko’rsatilgangan.
Shunga muvofiq, fuqarolarning ijtimoiy himoya sohasidagi huquqiy layoqatlari deganda Konstitutsiya va uning asosida qabul qilingan qonunlarda belgilab qo’yilgan shakl hamda turlardagi ijtimoiy yordam olishga va ijtimoiy himoyaga oid bo’lgan huquqlari tushuniladi. Bunda O’zbekiston Respublikasi fuqarolari, tegishli hollarda chet el fuqarolari va fuqaroligi bo’lmagan shaxslar teng huquqli hisoblanadilar.
Aholining eng kam daromadli tabaqalariga: nogironlarga, nafaqadorlarga, ko’p bolali oilalarga, o’quvchi-yoshlarga amaliy yordam ko’rsatish, ijtimoiy himoyalash tizimining asosiy yo’nalishi bo’lib qolmoqda. Ijtimoiy himoyaga muhtoj odamlar davlat nazaridan chetda qolmaslik uchun, insonlarning moddiy ahvolini yaxshilash uchun bir qator jamoat tashkilotlari va xayriya tashkilotlari tashkil etilgan bo’lib, «Navro’z», «Mahalla», «Sog’lom avlod» va boshqa qator jamg’armalar shular jumlasidandir. Ular aholini ijtimoiy himoyalashda davlat tomonidan berilayotgan moddiy yordamga qo’shimcha ravishda aholining muhtoj qatlamlarini himoyalashda namunali ishlarni amalga oshirib kelmoqda.

Download 495.79 Kb.
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   30




Download 495.79 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Xo’jalik yurituvchi subektlar tomonidan amalga

Download 495.79 Kb.