• 6-mavzu: Aholini ijtimoiy himoyalashning shakllari. Ayrim fuqaro va oilalar ijtimoiy yordam oluvchi subektlar sifatida
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti




    Download 495.79 Kb.
    bet22/30
    Sana12.07.2023
    Hajmi495.79 Kb.
    #76637
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   30
    Bog'liq
    848e41c444f503fb519f14768a12d3d0 IJTIMOIY ISH HUQUQ ma`ruza (1)
    Axborot xati konf. ADU, Mayers- Briggs qo\'shimcha, 36-qo\'shma qaror, 27.04.2022, Oila tushunchasi, uning turlari va shakillari, fHy1I56Pj1m1Sqci4f9q3e28B9S0AiBM, dars ishlanma, 11-21-ALGORITMIK TILLAR VA DASTURLASH, Мустақил ишни ташкиллаштириш, Иқтибослик учун, Документ Microsoft Word, Calendar plan-RAQAMLI VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI (2), статья, Исмаилова Н С , Шагазатов У У Жахон иқтисодиёти ва халқаро (1), A5
    Nazorat savollari
    1. Ijtimoiy himoyalash bilan bog’liq huquqiy munosabatlar tushunchasi va ularning turlari?
    2. Ijtimoiy himoyalash bilan bog’liq huquqiy munosabatlar yuz berish asoslari nimalardan iborat?
    3. Ijtimoiy himoyalash bilan bog’liq huquqiy munosabatlar obekti, subekti va mazmuni deganda nimalarni tushunasiz?
    4. Oila va oila a’zolarining ijtimoiy himoya subekti sifatidagi maqomi?
    3. O’zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo’lmagan shaxslar qanday hollarda va tartibda ijtimoiy himoya subekti bo’ladilar?
    4. Korxona va tashkilotlar ijtimoiy himoyalash bilan bog’liq huquqiy munosabatlar subekti sifatida qanday huquqiy maqomga ega?
    5. Fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlari ijtimoiy himoyalash subekti sifatida.
    6-mavzu: Aholini ijtimoiy himoyalashning shakllari.
    Ayrim fuqaro va oilalar ijtimoiy yordam oluvchi subektlar sifatida
    6.1. Aholiga ko’rsatiladigan ijtimoiy himoya shakllarining
    umumiy tavsifi
    Mamlakatimizda o’tkazilayotgan ijtimoiy–iqtisodiy islohotlardan ko’zlangan bosh maqsad – odamlarning turmush sharoitlarini yaxshilashdan iborat. Shunga muvofiq kuchli ijtimoiy himoyalash, nogiron, keksa va beva-bechoralarga yordam ko’rsatish taraqqiyotimizning ustuvor yo’nalishlaridan biridir.
    Fuqarolarga ijtimoiy himoya choralari turli shakllarda amalga oshiriladi. Biz avvalgi boblarda pensiyalar, nafaqalar kabi shakllardagi ijtimoiy himoya to’g’risida batafsil to’xtalib o’tdik. Lekin, bugungi kunda fuqarolarimizga boshqa ko’plab shakllarda ham ijtimoiy yordamlar ko’rsatib kelinmoqda.
    Ijtimoiy yordam deganda amaliy yordam va qo’llab-quvvatlashga muhtoj bo’lgan fuqarolarga, oilalarga, ularni qo’llab-quvvatlash maqsadida beriladigan ko’maklar nazarda tutiladi. Ijtimoiy yordam pensiyalar va nafaqalarga qo’shimcha tarzda amalga oshiriladi hamda muayyan aniq maqsadga qaratilgan bo’ladi.
    Ijtimoiy yordam ko’rsatish moliyaviy manbalariga ko’ra: davlat (budjet) mablag’laridan va o’zga nodavlat manbalaridan (korxona va tashkilotlar, jamoat tashkilotlari, hayriya, fuqarolar mablag’lari hisobidan) amalga oshiriladigan shakllarda bo’lishi mumkin. Davlat mablag’laridan ko’rsatiladigan ijtimoiy yordam uning asosiy turi bo’lib, u o’nlab ko’rinishlarda amalga oshiriladi.
    2004 yilni “Mehr-muruvvat yili” deb e’lon qilinishi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 24 yanvardagi 40-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Mehr-muruvvat yili” Davlat dasturidagi chora-tadbirlarga ko’ra aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash maqsadlari uchun 167136,1 mln. so’m mablag’ ajratildi hamda ijtimoiy himoya maqsadlari uchun sarf-harajat qilindi. Bundan tashqari 100 mlrd. so’mga yaqin nodavlat (korxonalarning) mablag’lari ham ana shu maqsadlar uchun sarflandi.
    Fuqarolarga ko’rsatiladigan ijtimoiy yordam shakllari xilma-xil bo’lib, ularning quyidagi asosiy turlari ko’rsatib o’tilishi mumkin:
    a) Yolg’iz qariyalar, yolg’iz nogironlar va ota-ona parvarishidan mahrum bo’lgan shaxslarga davlat ta’minoti berish, qariyalar uylari, nogironlar uylari, bolalar uylarida saqlash;
    b) Yolg’iz qariya, yolg’iz nogironlarga ularning uylarida sosial yordamlar, maishiy ro’zg’or ishlarida yordamlar ko’rsatish;
    v) qariyalar va nogironlarni oromgoh hamda sihatgohlarga yo’llash orqali yordam ko’rsatish;
    g) fuqarolarga protez-ortopediya, harakatlanish vositalari, reabilitatsiya vositalarim bilan yordam ko’rsatish;
    d) maktab yoshidagi (o’quvchilar) bolalari bo’lgan oilalarga natural va boshqa yordamlar ko’rsatish;
    ye) yolg’iz qariyalar va nogironlarni belgilangan normalarda bepul eng zarur oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash;
    j) nogiron fuqarolarga protez-ortopediya vositalarini berish;
    z) nogiron fuqarolarni harakatlanish vositalari bilan ta’minlash;
    i) Pensioner va nogiron fuqarolarga sihatgoh va oromgohlarga bepul yo’llanmalar berish, u yerda davolash;
    k) maktab yoshidagi bolalarni moddiy va boshqa shakllarda qo’llab-quvvatlash;
    l) fuqarolarning (pensioner va nogironlar) muayyan toifalariga tibbiy xizmat, dori-darmonlar bilan ta’minlash sohasida imtiyozlar berish;
    m) fuqarolarning ayrim toifalariga maishiy turar-joy, transport, aloqa va boshqa xizmatlar ko’rsatilishi sohasida imtiyozlar berish;
    n) fuqarolarning ayrim toifalariga soliqlar sohasida imtiyozlar berish va boshqalar.
    Qariyalar uyi yoki nogironlar uyiga joylashtirish ijtimoiy yordam turlaridan biri sifatida kimsasiz yoki yaqin qarindoshlari yo’q, bo’lsa ham parvarishlash hamda moddiy ta’minlashga qodir bo’lmagan keksa shaxslarni maxsus muassasaga joylashtirish orqali to’liq davlat ta’minotiga olishga qaratilgan. Bugungi kunda Respublikamizda 40 taga yaqin qariyalar va nogironlar uylari mavjud bo’lib, u yerda bir necha ming keksa fuqarolar farovon yashamoqdalar.
    Qariyalar uyiga yuborish, joylashtirish tartibi, ularni u yerda parvarishlash hamda moddiy ta’minlash masalalari qonun hujjatlari bilan begilab qo’yilgandir.
    Bolalar (mehribonlik) uylari – ota-ona parvarishi va ta’minotidan mahrum bo’lgan yetim bolalar uchun mo’ljallangan maxsus muassasa bo’lib, u yerda yosh bolalar davlatning to’liq ta’minotida bo’lishlaridan tashqari o’qitiladi va kasbga o’rgatiladilar.
    Mamlakatimizda bugungi kunda ko’pgina bolalar uylari bo’lib, u yerda ota-ona mehridan mahrum bo’lgan ko’plab bolalar muhtojlik nimaligini bilmay yashamoqdalar.
    Yetim bolalarni oilada tarbiyalashni tashkil qilish, ularni oila muhitida, oila mehrini to’la his etganlari holda o’sib ulg’ayishlarini ta’minlashni ko’zlab, oilaviy bolalar uylari tashkil etilishi nazarda tutilgan.
    Yolg’iz qariyalar, kimsasiz nogironlar, yetim bolalar haqida amalda g’amho’rlik qilish ahvoliga qarab jamiyatning, uning a’zolarining, davlatning madaniy hamda ma’naviy- axloqiy saviyasiga baho beriladi va ushbu ko’rsatkichlar insonparvarlik darajasini belgilovchi muhim mezonlardan bo’lib hisoblanadi.
    Mamlakatimizda ana shu tamoyillarga amal qilingan holda qariyalar, nogironlar, yetim-yesirlar haqida alohida g’amxo’rlik qilib kelinmoqda. 2002 yilning “Qariyalarni qadrlash yili” deb e’lon qilinishi, avvalgi yillarning nogironlar, ayollar va bolalarga bag’ishlanganligi hamda shu munosabat bilan zarur davlat dasturlarini ishlab chiqib, hayotga tatbiq etib kelinayotganligi davlatimiz va jamiyatimizda inson va uning manfaatlari oldingi o’rinlarda turishini ko’rsatadi.
    Bugungi kunda Respublikamizda ko’plab “Sahovat uylari”, “Mehribonlik uylari”, “Muruvvat uylari” faoliyat ko’rsatib kelmoqda va ularda bir necha o’n minglab nochor fuqarolar davlat mehr-muruvvatidan bahramand bo’lmoqdalar.
    Internat va pansionatlar – parvarishga va tibbiy xizmat ko’rsatishga muhtoj bo’lgan yolg’iz qariyalar hamda nogironlarning doimiy yashashiga mo’ljallangan tibbiy-ijtimoiy muassasalar bo’lib, ularning har xil turlari mavjud.
    Qariyalar yoki nogironlar uylariga joylashtirishga muhtoj bo’lgan fuqarolarni aniqlash, hisobga olish va ushbu muassasalarga yo’llab, joylashtirish vazifasi tuman (shahar) ijtimoiy ta’minot bo’limlari zimmasiga yuklangan. Shuningdek, o’z hududida joylashgan internat uylarini faoliyatiga ko’maklashish va ularning ishini nazorat qilish ham ijtimoiy ta’minot bo’limlari tomonidan amalga oshiriladi. Qariyalar va nogironlar uylari Respublika yoki mahalliy budjet mablag’lari hisobidan ta’minlanishi mumkin va ular yuridik shaxs sanaladilar. Internat uyiga mehnat va urush faxriylari, pansionatlarga 60 yoshdan oshgan erkaklar, 55 yoshdan oshgan ayollar, 18 yoshga to’lgan I va II guruh nogironlari qabul qilinadi. Surunkali ruhiy kasal bo’lgan shaxslar ruhiy kasalliklar internat uylariga joylashtiriladilar.
    Bolalar internat uylariga 4 yoshdan 17 yoshgacha bo’lgan aqli zaif yoki jismoniy yetuk bo’lmagan bolalar qabul qilinadi.
    Internat uylariga qabul qilish asos va tartiblari qonun hujjatlari bilan belgilab qo’yilgandir.
    Internat uyida yashovchi va to’liq davlat ta’minotida bo’lgan fuqarolarga (ruhiy-asabiy kasalliklar internat uylaridan tashqari) internat uyidagi xarajat bilan pensiya o’rtasidagi farq to’lanadi, ammo pensionerga to’lanadigan summa uning pensiyasi 10 foizidan, urush nogironlariga esa 20 foizidan kam bo’lmasligi lozim.
    Internat uyida yashayotgan fuqarolar tegishli asoslar va tartiblarda bu yerdan chiqarilishlari mumkin. Internat uyidan chiqarilgan fuqarolarni joylashtirish va ta’minotini amalga oshirish ijtimoiy ta’minot bo’limlariga yuklatilgan.
    Internat uylariga odatda yordamga muhtoj va qonun bo’yicha ta’minlash va parvarishlashga majbur bo’lgan yaqin qarindoshlari yo’q fuqarolar joylashtiriladi. Ammo, to’lov-kontrakt asosida yaqin qarindoshlari mavjud bo’lgan fuqarolar ham bu yerga joylashtirilishlari mumkin.
    O’zbekiston Respublikasida yashovchi fuqarolarni protez buyumlari, ortopediya poyafzali va boshqa protez-ortopediya ashyolari bilan ta’minlash tartibi, shartlari va muddatlari O’zbekiston Respublikasi Ijtimoiy ta’minot Vazirligi tomonidan tasdiqlangan yo’riqnoma bilan belgilab qo’yilgan.
    Ushbu yo’riqnomaga ko’ra protez-ortopediya buyumlari tegishli tibbiy muassasalar yo’llanmasi va xulosasi asosda fuqarolarga protez-ortopediya koxonalari tomonidan bepul (tegishli hollarda pul to’lanishi orqali) tayyorlab berilishi yoki savdo korxonalari (tibbiyot savdo shaxobchalari) orqali sotilishi belgilab qo’yilgan.
    Fuqarolarni protez-ortopediya buyumlari bilan ta’minlash ijtimoiy ta’minot bo’limlariga yuklatilgan bo’lib, ular tomonidan amalga oshiriladi.
    Bundan tashqari, O’zbekiston Respublikasi Ijtimoiy ta’minot vazirining 1994 yil 29 sentyabrdagi 141-sonli buyrug’i bilan “O’zbekiston Respublikasida nogironlarni harakat vositalari (velokalyaska, kreslokalyaska va kichik gabaritli kalyaskalar) bilan ta’minlash tartibi” tasdiqlangan bo’lib, unga ko’ra tegishli Tibbiy-mehnat ekspert komissiyasining xulosasiga muvofiq nogironlar ijtimoiy ta’minot bo’limlari tomonidan tegishli ro’yxatlarga ko’ra harakatlanish vositalari bilan ta’minlanishlari aytilgan.
    Mazkur Tartibga ko’ra urush nogironlari, urushda halok bo’lgan shaxslarning oila a’zolari, ChAYeS xalokati tufayli I,II guruh nogironi bo’lganlar, 18 yoshga to’lmagan o’quvchi nogironlar va boshqa ayrim toifadagi nogironlar harakatlanish vositalari bilan ta’minlanishlari (shu jumladan, imtiyozli narxlarda), boshqa fuqarolar esa tegishli pulini to’lash orqali ta’minlanishlari, harakat vositalarini ta’mirlab berish, yangilash shartlari va tartiblari belgilab berilgan.
    Maktab yoshidagi bolali oilalarga moddiy va boshqa yordam ko’rsatish ijtimoiy yordam shakllaridan biri bo’lib, u avvaldan turli ko’rinishlarda (bepul tushliklar berish, o’quv darsliklari bilan bepul ta’minlash, kiyim-kechak bilan ta’minlash va h.k.) fuqarolarga ko’rsatib kelinar edi.
    O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 25 yanvardagi “Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini aniq yo’naltirilgan tarzda qo’llab-quvvatlashning 2002-2003 yillarga mo’ljallangan dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 33-sonli qarori qabul qilinishi bilan ushbu sohada yanada ijobiy o’zgarishlar joriy etildi.
    Qarorga ko’ra 2002 yil 1 sentyabrdan boshlab kam ta’minlangan oilalarning, o’rta umumta’lim maktablarining barcha sinflarda o’qiyotgan o’quvchi-bolalari bepul qishki kiyim-bosh to’plami bilan ta’min etilishlari belgilangan.
    Ushbu qarorga ko’ra, o’rta umumta’lim maktablarining barcha sinflarida o’qiydigan kam ta’minlangan oilalarga mansub o’quvchilarining 2002 yildagi 75 foizi, 2003 yil 1 sentyabridan boshlab – 100 foizi darsliklar bilan bepul ta’minlanishlari nazarda tutildi.
    Yetim bolalar va ota-ona qarovisiz qolgan to’liq davlat ta’minotidagi (bolalar uylaridagi) bolalarni ijtimoiy himoya qitlish maqsadida ular umuta’lim maktablarini bitirib chiqayotganlarida kiyim-bosh, poyafzal sotib olishi uchun 2002 yilda eng kam ish haqining 80 barobari, 2003 yilda esa 100 barabari miqdorida bir yo’la nafaqa berish nazarda tutildi.
    Chaqaloqlar uyidan chaqaloqlarni farzandlikka, tarbiyasiga (patronat) olgan tutingan ota-onalarga har bir chaqaloq uchun eng kam ish haqining 3 barobari miqdorida har oylik nafaqa berish belgilab qo’yildi.
    Aholini ijtimoiy himoyalash va qo’llab-quvvatlash maqsadida ularga keng qatlamli imtiyozlar berish nazarda tutilgan. Bu imtiyozlar ulardan foydalanishga haqli bo’lgan shaxslar doirasiga, imtiyoz turlari va ularning sosial mohiyatiga hamda boshqa xususiyatlariga ko’ra guruhlarga ajratilishi mumkin. Davlat budjeti hisobidan fuqarolarga beriladigan sosial yordamni amalga oshirilish shakli sifatida ular fuqarolar kundalik turmushida muhim o’rin tutmoqda. Shuni aytish kifoyaki, bugungi kunga kelib imtiyoz va yengilliklarning umumiy soni yuzdan ortiq shaklda amalga oshirilmoqda.
    Ijtimoiy qo’llab-quvvatlash maqsadida imtiyozlar va yengilliklardan foydalanish huquqiga ega bo’lgan shaxslar doirasi - pensionerlar, nogironlar, yolg’iz qariyalar, ko’p bolali va kam ta’minlangan oilalar bilangina chegaralanib qolmasdan ijtimoiy ahamiyati katta bo’lgan, muayyan kasb va vazifalarda band bo’lgan shaxslarni (pedagoglar, vrachlar va boshqalar) hamda boshqa toifadagi fuqarolarni ham o’z ichiga qamrab olgandir.
    Imtiyoz va yengillik berilishi obektlari ham xilma-xil bo’lib, turar-joy-kommunal xizmatlar, tibbiy xizmatlar, farmasevtika ta’minoti, transport-aloqa xizmati, soliq va boj to’lovlari kabilarni o’z ichiga olgan.
    Imtiyoz va yengilliklar hajmi turli toifadagi fuqarolar uchun turlicha belgilangan bo’lib, bunda uning davlat va jamiyat oldidagi xizmati, moddiy ijtimoiy ahvoli va boshqa ko’rsatkichlari e’tiborga olingan.
    Imtiyozlardan foydalanish asoslari va shartlari ham turlicha bo’lib, fuqaroning avvalgi davrdagi xizmati, avvalgi davrdagi yoki bugungi kunda bajarib kelayotgan vazifasi, oilaviy ahvoli kabilardan iborat bo’lishi mumkin.
    Imtiyoz va yengilliklardan foydalanishning umumiy tartibiga ko’ra imtiyozdan foydalanish huquqiga ega bo’lgan fuqaro yoki oila shunday imtiyoz yoxud yengillikni berishi lozim bo’lgan davlat yoki jamoat organiga, korxona – tashkilotga yozma ariza bilan murojaat qilishi hamda imtiyozdan foydalanish huquqini tasdiqlovchi zarur hujjatlarni taqdim etishi lozim.
    Imtiyozdan foydalanish huquqi bekor bo’lganda yoki o’zgarganida foydalanuvchi shaxs bu haqda belgilangan muddat ichida imtiyoz beruvchi organni tegishli hollarda boshqa organlarni xabardor qilib qo’yishi shart.
    Soxta hujjatlar asosida yoki noto’g’ri ma’lumotlar taqdim etgan holda imtiyozdan foydalanayotgan shaxslar qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
    Aniq maqsdali kommunal uy-joy fondidan turar-joy olish huquqiga ega bo’lish sohasidagi imtiyozlar O’zbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksi hamda uning asosida qabul qilingan boshqa qonun hujjatlariga asosan beriladi.
    O’zbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksining 40-moddasiga binoan “Aniq maqsadli kommunal uy-joy fondidan turar-joy olish huquqiga uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo’lgan va turar-joy olish uchun hisobda turgan ijtimoiy jihatdan himoyalanmagan, kam ta’minlangan fuqarolar egadirlar. Aniq maqsadli uy-joy kommunal fondidan turar-joy olish huquqiga ega bo’lgan fuqarolar toifalari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

    Download 495.79 Kb.
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   30




    Download 495.79 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti

    Download 495.79 Kb.