Natural holdagi ijtimoiy yordam va ulardan foydalanish




Download 495.79 Kb.
bet23/30
Sana12.07.2023
Hajmi495.79 Kb.
#76637
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   30
Bog'liq
848e41c444f503fb519f14768a12d3d0 IJTIMOIY ISH HUQUQ ma`ruza (1)
Axborot xati konf. ADU, Mayers- Briggs qo\'shimcha, 36-qo\'shma qaror, 27.04.2022, Oila tushunchasi, uning turlari va shakillari, fHy1I56Pj1m1Sqci4f9q3e28B9S0AiBM, dars ishlanma, 11-21-ALGORITMIK TILLAR VA DASTURLASH, Мустақил ишни ташкиллаштириш, Иқтибослик учун, Документ Microsoft Word, Calendar plan-RAQAMLI VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI (2), статья, Исмаилова Н С , Шагазатов У У Жахон иқтисодиёти ва халқаро (1), A5
6.2. Natural holdagi ijtimoiy yordam va ulardan foydalanish
huquqiga ega shaxslar
Mamlakatimizda aholini kuchli ijtimoiy himoya qilishga asoslangan holda bozor munosabatlari rivojlanib borgani sari ijtimoiy yordamga muhtoj, iqtisodiy nochor qatlamlarni qo’llab-quvvatlashning yangi xilma-xil shakllaridan foydalanib kelinmoqda.
Aholiga ijtimoiy yordam ko’rsatish atamasi ta’rifi hozircha normativ huquqiy hujjatda bayon etilmagan bo’lsada, amalda bunday xizmat uzoq vaqtlardan buyon ko’rsatib kelinadi. Bu sohadagi ishlarning Respublikamizda avj olishi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1991 yil 2 maydagi «O’zgalar parvarishiga muhtoj bo’lgan yolg’iz pensionerlarning ijtimoiy himoyasiga doir qo’shimcha tadbirlar to’g’risida»gi Farmoni qabul qilinishi bilan bog’liq bo’ldi.
Aholiga ko’rsatiladigan ijtimoiy yordam ko’p qirrali, ko’plab xizmat va yordam turlarini guruhlarga ajratish paytida ularning o’ziga xos xususiyatlari e’tiborga olinadi. Ana shunday xususiyatlardan bo’lib bunday yordamni kim tomonidan va qanday yordamlar hisobidan ko’rsatilishi, qanday toifadagi fuqarolarga ko’rsatilishi, davriyligi, qanday shaklda amalga oshirilishi kabilar sanaladi. Jumladan:
1. Ijtimoiy yordam kim tomonidan va qaysi hisobdan amalga oshirilishiga ko’ra uni davlat budjeti mablag’lari hisobiga maxsus vakolatli davlat organlari (tuman, shahar ijtimoiy ta’minot bo’limlari) tomonidan hamda fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlari tomonidan yordamlarga ajaratish mumkin.
Ijtimoiy yordamni boshqa davlat muassasalari (masalan, umumta’lim maktablari) nodavlat tashkilotlari, jamg’armalari (masalan, «nuroniy» jamg’armasi orqali) ham amalga oshirilishi ko’zda tutilgan.
Korxona va tashkilotlar hamda boshqa shaxslar tomonidan o’z mablag’lari hisobidan ijtimoiy yordamlar ko’rsatilishi mumkin.
Ayni paytda ijtimoiy ta’minot organlari, fuqarolar yig’ini tomonidan nodavlat homiylik mablag’lari hisobidan aholiga ijtimoiy yordam ko’rsatish ham keng tarqalmoqda.
2. Ijtimoiy yordam aholining tabaqalariga ko’rsatilishiga ko’ra:
A) yolg’iz qariyalarga;
B) nogironlarga;
V) kam ta’minlangan oilalarga;
G) ota-ona parvarishi va tarbiyasidan mahrum bo’lib qolgan bolalarga ko’rsatiladigan yordam;
D) maktab o’quvchilariga ko’rsatiladigan yordam;
Ye) urush qatnashchilariga, halokat va falokatni bartaraf etilishida ishtirok etgan fuqarolarga ko’rsatiladigan yordam;
J) yolg’iz onalarga ko’rsatiladigan yordam;
Z) urush davrida front ortida xizmat qilgan, qamalda bo’lgan shaxslarga ko’rsatiladigan yordam;
I) muayyan kasblar, vazifalarda ishlovchi shaxslarga (o’qituvchi, sog’liqni saqlash xodimlari va boshqalar) beriladigan imtiyozlar tarzidagi xizmat;
K) ijtimoiy ahamiyatga molik kasalliklarning muayyan turlariga (sil, spid, ayrim ruhiy kasalliklar va hokazo) chalingan shaxslarga ko’rsatiladigan xizmatlar va beriladigan ijtimoiy imtiyozlar.
L) ekologik tabiiy halokatlar yuz bergan joylarda ishlovchi, istiqomat qiluvchi shaxslarga ko’rsatiladigan yordam va beriladigan imtiyozlar va boshqlarga bo’lish mumkin.
3. Ijtimoiy yordam davriyligiga ko’ra;
a) muntazam (har oyda) ko’rsatiladigan
b) bir martalik bo’lishi mumkin. Uning davriyligi tegishli qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
4.Aholiga ko’rsatiladigan ijtimoiy yordam shakllari xilma-xildir. Ularni quyidagi turlarga bo’lish mumkin:
A) natural xizmatlar shaklida (uyiga borib maishiy va boshqa xizmatlar ko’rsatishi) ko’rsatiladigan ijtimoiy yordam.
B) oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim kechaklar va boshqa ashyolarni bepul berish orqali ko’rsatiladigan ijtimoiy yordamlar;
V) harakatlanish vositalari, proteoz-artopediya buyumlari bilan ta’minlash yo’li bilan ko’rsatiladigan yordam.
G) tibbiy, tetiklantirish-tiklash xizmatlari ko’rsatish orqali ijtimoiy yordam berish;
D) qariyalar, nogironlarni va parvarishsiz qolgan bolalarni to’liq davlat ta’minotiga olish, ta’minlash va tarbiyalash orqali ijtimoiy yordam ko’rsatish;
Ye) kommunal-maishiy, tibbiy-farmatsevtik, transport va boshqa sohalarda imtiyozlar hamda yengilliklar berish orqali ijtimoiy qo’llab-quvvatlash;
J) sihatgoh va oromgohlarga bepul (yoki imtiyozli narxlarda) yo’llanmalar berish yo’li bilan salomatlikni tiklashga qaratilagan ijtimoiy yordam;
Z) Nogironlarni ishga joylashtirish, yangi kasblarga o’qitish, mehnat qilish sohasida imtiyozlar berish yo’li bilan amalga oshiriladigan ijtimoiy yordamlar va boshqalar.
Ijtimoiy yordam fuqarolarni ijtimoiy ta’minlash shakllaridan biri bo’lib, pensiya va nafaqalar tayinlash hamda to’lashga qo’shimcha ravishda amalga oshiriladi. Shu sababli fuqarolarni pensiya olish yoki unga unga nafaqa tayinlaganligi odatda ijtimoiy yordamdan foydalanish huquqining bekor bo’lishiga yoki cheklanishiga olib keladi. Ya’ni fuqaro pensiya va nafaqa bilan bir qatorda ijtimoiy yordam olish huquqini ham amalga oshirishi mumkin. Qonun hujjatlarida maxsus nazarda tutilgan hollardagina bu qoidadan chetga chiqilishi mumkin.

Download 495.79 Kb.
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   30




Download 495.79 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Natural holdagi ijtimoiy yordam va ulardan foydalanish

Download 495.79 Kb.