• 6.3. Ijtimoiy xizmatlar va imtiyozlar – ijtimoiy himoya shakli sifatida
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti




    Download 495.79 Kb.
    bet24/30
    Sana12.07.2023
    Hajmi495.79 Kb.
    #76637
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   30
    Bog'liq
    848e41c444f503fb519f14768a12d3d0 IJTIMOIY ISH HUQUQ ma`ruza (1)
    Axborot xati konf. ADU, Mayers- Briggs qo\'shimcha, 36-qo\'shma qaror, 27.04.2022, Oila tushunchasi, uning turlari va shakillari, fHy1I56Pj1m1Sqci4f9q3e28B9S0AiBM, dars ishlanma, 11-21-ALGORITMIK TILLAR VA DASTURLASH, Мустақил ишни ташкиллаштириш, Иқтибослик учун, Документ Microsoft Word, Calendar plan-RAQAMLI VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI (2), статья, Исмаилова Н С , Шагазатов У У Жахон иқтисодиёти ва халқаро (1), A5
    Nazorat savollari
    1. Ijtimoiy yordam tushunchasi qanday ta’riflanadi ?
    2. Ijtimoiy yordam ko’rsatish tamoyillari qanday ?
    3. Ijtimoiy yordam olishga haqli aholi tabaqalari haqida nimalarni bilasiz ?
    4. Aholiga ko’rsatiladigan ijtimoiy yordam turlari haqida nimalarni bilasiz ?
    6.3. Ijtimoiy xizmatlar va imtiyozlar – ijtimoiy himoya shakli sifatida
    Davlatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan kuchli va aniq yo’naltirilgan ijtimoiy himoyalash siyosati o’z ichiga aholi ehtiyojmand qatlamlarini turli-tuman shakllarda ijtimoiy himoyalashni qamrab oladi. Ana shunday ijtimoiy himoya shakllaridan bo’lib muhtoj aholiga turli natural va boshqa shakllardagi ijtimoiy xizmatlar ko’rsatish, ularga moddiy va xizmatlardan foydalanish sohalarida ijtimoiy-iqtisodiy imtiyozlar berish sanaladi.
    Ijtimoiy xizmat va imtiyozlar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan bo’lib, ulni yaxlit tizimga solish, har bir ko’rinishiga tarif va tavsif berish, ularni muayyan xususiyatlariga ko’ra ilmiy va amaliy jihatdan tasniflash ijtimoiy himoyaga oid fan oldidagi muhim va dolzarb vazifalardan sanaladi.
    Ijtimoiy xizmatlar ko’rsatish va ijtimoiy imtiyozlardan foydalanish huquqini belgilash va ulardan foydalanishni ta’minlashda qonuniylik va ijtimoiy adolat tamoyiliga amal qilinishi jamiyat taraqqiyotini ta’minlash, barqarorlikka erishishda muhim rol o’ynaydi.
    Ijtimoiy xizmat va ijtimoiy imtiyoz tushunchalari mamlakatimiz ilmiy adabiyotlarida tariflanmagan, ularni o’ziga xos jihatlari tahlil qilinmagan.
    Bizning nazarimizda ijtimoiy xizmat deganda o’zlarining salomatlik ahvoli, ijtimoiy cheklanganligi tufayli jamiyat ko’magiga muhtoj bo’lib qolgan fuqarolarga ko’rsatiladigan maxsus yordam choralari nazarda tutiladi. Ijtimoiy xizmatlarning salomatligi ahvoli yomonligi bilan bog’liq ravishdagi, yoshi bilan bog’liq cheklanganligi, ota-ona ta’minotisiz qolganligi tufayli va boshqa asoslarga ko’ra turlarga bo’lish mumkin.Salomatligi ahvoli bildan bog’liq bo’lgan ijtimoiy xizmatlar jumlasiga statsionar tibbiy xizmatlar ko’rsatish, nogironlarni reabilitatsiya qilish bilan bog’liq va ularni protez-ortopediya hamda harakatlanish vositalari bilan ta’min sohasidagi ijtimoiy xizmatlarga ajratish mumkin.
    Sog’liqni saqlash tizimi va xizmati sohasidagi bozor munosabatlarining jadallik bilan kirib kelishi, tibbiyotning kommersiyalashuvi natijasida aholining ijtimoiy zaif, qo’llab-quvvatlashga muhtoj bo’lgan tabaqalari qiyin ahvolga tushib qolmasliklari, insonning eng bebaho boyligi bo’lgan sog’lig’i hamda hayotini saqlash imkoniyatlaridan mahrum bo’lib qolmasliklari lozim. Chunki O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 24-moddasida «Yashash huquqi har bir insonning uzviy huquqidir» deb belgilab qo’yilgan. Uning 40-moddasida esa «Har bir inson malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega» ekanligi ko’rsatilgan. Qariyalar, ko’p bolali va kam ta’minlangan oilalarning moddiy turmush darajasining nisbatan pastligi ularning tibbiy xizmatdan foydalana olish imkoniyatiga to’sqinlik qilmasligi lozim.
    O’zbekiston Respublikasini «Fuqarolar sog’lig’ini saqlash to’g’risida»gi Qonunning 3-moddasida, sog’liqni saqlash sohasida inson huquqlariga rioya qilinishi, aholining barcha qatlamalari tibbiy yordamdan bahramand bo’la olishi, sog’lig’ini yo’qotganda fuqarolarning ijtimoiy himoya qilinishi kabi ko’pgina tamoyillar mustahkamlab qo’yilgan. Mazkur qonunning 13-moddasida «O’zbekiston fuqarolari sog’lig’ini saqlash doirasida daxlsiz huquqqa egadirlar» degan belgilangan va sog’liqni saqlash sohasida kamsitishga yo’l qo’yilmasligi ham qayd etilgan.
    O’zbekiston Respublikasi fuqarolarning tibbiy ijtimoiy yordam olishga bo’lgan huquqlari «Aholi sog’lig’ini saqlash to’g’risida» shu qonunning 16-moddasida belgilangan bo’lib, unga ko’ra: «Kasal bo’lib qolganda, mehnat layoqatini yo’qotganda va boshqa hollarda fuqarolar profilaktik, tashxis qo’yish-davolash, kuch-quvvatni tiklash, sanatoriy, kurort, protez-ortopediya yordami va boshqa xil yordamlarni, shuningdek bemorlarni, mehnatga layoqatsiz va nogiron kishilarni boqish, parvarishlash yuzasidan ijtimoiy tadbirlarni, shu jumladan vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi to’lashni o’z ichiga oladigan tibbiy-ijtimoiy yordam olish huquqiga ega».
    Tibbiy-ijtimoiy yordam tibbiyot xodimlari tomonidan ko’rsatiladi. Fuqarolar o’zlarini ixtiyoriy tibbiy sug’urta qilish asosida, shuningdek korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning mablag’lari, o’z shaxsiy mablag’lari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag’lar hisobidan qo’shimcha tibbiy va boshqa xil xizmatlardan foydalanish huquqiga egalar.
    Fuqarolarning ayrim toifalari protezlar, ortopediya va moslama buyumlar, eshitish apparatlari, harakatlanish vositalari va boshqa maxsus vositalar bilan imtiyozli ta’minlanish huquqiga ega. Ularning toifalari O’zbekiston Hukumati tomonidan belgilanadi.
    Fuqarolar ixtisoslashgan sog’liqni saqlash, ijtimoiy ta’minot muassasalarida tibbiy ekspertizadan o’tish huquqiga ega.
    O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 23 fevraldagi «Sog’liqni saqlash tizimini yanada isloh qilish chora-tadbirlari to’g’risida»gi Farmonida aholiga tibbiy – ijtimoiy xizmat ko’rsatish sifati va samaradorligini oshirishga doir dolzarb vazifalar belgilangan.
    Aholiga ko’rsatiladigan tibbiy – ijtimoiy xizmatlar xizmat mohiyati, turi, xizmatdan foydalanuvchi shaxslar va boshqa jihatlariga ko’ra tasniflanishi mumkin.
    Jumladan bu xizmatlar,
     Statsionar davlat muassasalarida ko’rsatiladigan davlat xizmati;
     tetiklantirish, sog’liqni qayta tiklash sohasidagi xizmatlar;
     protez-ortopediya buyumlari bilan ta’minlash;
     harakatlanish vositalari bilan ta’minlash;
     dori-darmon va boshqa farmastevtika vositalari bilan ta’minlash;
     sanatoriya kurortda salomatlikni tiklashga oid xizmatlar.
    O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 7 dekabrdagi «Yolg’iz qariyalar, nogironlarga aniq yo’naltirilgan ijtimoiy yordamni kuchaytirishning dasturi» ga muvofiq ushbu toifadagi shaxslarga ijtimoiy yordam ko’rsatish sharti va tartiblari ishlab chiqilgan 2000 yil 23 fevralda 900-son bilan O’zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligida davlat ro’yxatiga olingan.
    Ushbu tartibning 2-bo’lim, 1-bobida qo’shimcha aniq yo’naltirilgan ijtimoiy yordam olishga haqli bo’lgan yolg’iz qariyalar, pensionerlar va nogironlar doirasi ko’rsatib qo’yilgan. Unga ko’ra umumiy belgilangan pensiya yoshiga (ayollar 55 yosh va undan katta erkaklar 60 yosh) yetgan O’zbekiston Respublikasining fuqarolari, yoshidan qat’iy nazar 1-2 guruh nogironlari, basharti ular hovlida, xonadonda, yotoqxonada bir o’zi yashayotgan, bolalari boqib olgan bolalari, oat-oanalri, eri, homiyo yki vasiysi bo’lmasa yolg’iz deb e’tirof etilishshi va qo’shimcha ijtimoiy yordam olishga haqli bo’lishi mumkin.
    Shu bilan birga yaqin qarindoshi bo’lsada, ammo ular ma’muriy hudud chegarasidan tashqarisida yashasalar, va doimiy turli yordam bera olmasalar;
    Yolg’iz keksa, nogiron er-xotinlar birga yashasalar, ammo ularni parvarishlashag majbur bo’lgan yaqin qarindoshining yo’qligi;
    Ular nogiron bola bilan birga yashasalar ham qushimcha ijtimoiy yordam olishga haqli yolg’iz qariyalar, nogironlar, pensionerlar qatoriga kirishi mumkin.
    O’zgalar parvarishiga muhtoj bo’lgan pensionerlar va nogironlarga ijtimoiy xizmat ko’rsatish hamda imtiyozar berish O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1991 yil 27 maydagi 212-sonli Farmoniga binoan amaalga oshiriladi. Ularga yolg’iz keksalar, pensionerlar va nogironlarga qo’shimcha ijtimoiy yordam ko’rsatishga doir «Tartiblar» joriy etilmaydi.
    Qo’shimcha ijtimoiy yordam olishga muhtoj bo’lgan yolg’iz keksalar, pensionerlar va nogironlarning maqomini aniqlash tartibi qonun hujjatlariga ko’ra aniqlanadi.
    Bunday qo’shimcha ijtimoiy yordam olishga haqli bo’lgan fuqarolar doirasini ainqlash va maqomini belgilash paytida bir necha mezonlarga tayaniladi.
    Birinchi mezon - Respublikalda belgilangan umumiy asoslarda (o’z muddatida) yoshga doir pensiya yoshiga yetganlik. Ayollar 55 yoshga, erkaklar 60 yoshga yetganlaridan keyin bunday huquk paydo bo’ladi.
    Ikkinchi mezon – yoshga doir pensiya olayotganlik (umumiy pensiya yoshtga yetgan holda).
    Uchinchi mezon – nogironlik, ya’ni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda 1-2 guruh nogironi deb topilganlik. Bunda nogironlikning yuz berish sababi, fuqaroning yoshi ahamiyatga ega bo’lmaydi.
    To’rtinchi mezon – alohida uyda, xonadonda, yotoqxonda yolg’iz, ikki pensioner yoki nogironning birga yashayotganliklari, pensiya yoshidagi fuqaro nogiron bola bir turar joyda yolg’iz yashashi ham yordam olishga to’sqinlik qilmaydi.
    Beshinchi mezon – bir ma’muriy hududda yashovchi moddiy ta’minlash va parvarish qilishga qonun bo’yicha majbur bo’lgan yaqin qarindoshining yo’qligi.
    Oltinchi mezon – qonunga ko’ra moddiy ta’minlashga majbur bo’lgan, yaqin qarindoshi mavjud bo’lsada, ammo ularning moddiy jihatdan og’ir ahvolda ekanligi, nogironligi. Yuqoridagi mezonlardan 4-6 si universal xususiyatga ega bo’lib, ulardan birortasi mavjud emasligi qo’shimcha ijtimoiy yordam olish huquqini istisno qiladi.
    Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1991 yil 27 maydagi 212-sonli Farmoniga imtiyozdan foydalanayotgan fuqarolar ham 2000 yil 23 fevralda 900-son bilan davlat ro’yxatidan o’tkazilagn «Tartibi» asosida qushimcha ijtimoiy yordam olishga haqli emaslar.
    Qonun hujjatlariga muvofiq moddiy ta’minlashga majbur bo’lgan yaqin qarindoshdari (farzandalari, ota-onasi, er-xotini) majburiy davolanayotgan yoki ozodlikdan mahrum etilib, jazoni ijro qilish muassasalarida jazoni o’tayotgan bo’lsa ham shaxs yolg’iz pensioner, yolg’iz keksa yoki yolg’iz nogiron sifatida qo’shimcha ijtimoiy yorpdamni olishga haqli bo’ladi.
    Yolg’iz keksalar, pensionerlar va nogironlar fuqarolrni ro’yxatga olish tuman (shahar) imjtimoiy ta’minot bo’limi va fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organi tomonidan amalga oshiriladi. Ularni ro’yxatga olish uchun quyidagi hujjatlar asos bo’ladi:
    A. Yolg’iz keksa pensiner yoki nogiron shaxsning arizasi yoxud fuqarolar yig’ini raisi (oqsoqol) ning tavsiyanomasi;
    B. Yolg’iz fuqaroning yashash va moddiy holatini o’rganganlik haqida tuzilgan dalolatnoma;
    V. Yolg’iz fuqaro uyda ijtimoiy xizmat ko’rsatilishiga majbur bo’lgan holatda unga, uning o’zgalar parvarishiga muhtojligi haqida tibbiy maslahat komissiyasi yoki tibbiy mehnat ekspert komissiyasining xulosasi. Bunday xulosa tuman ijtimoiy bo’limi tomonidan rasmiylashtiriladi.
    Yolg’iz keksa,pensioner yoki nogiron mavjudligi aniqlangan taqdirda uning yashash sharoiti va moddiy holatini o’rganish fuqaro yashab turgan yerdagi fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlari tomonidan tuman mehnat bo’limining mazkur fuqaro yig’iniga biriktirilgan xodimi, tuman ijtimoiy ta’minot bo’limi inspektorilar ishtirokida amalga oshiriladi hamda bu haqda tegishli dalolatnoma tuziladi.
    Tuman markazidan olisda joylashgan ovul yoki qishloqda esa moddiy tuman sharoitlarini o’rganish tuman ijtimoiy ta’minot bo’limi inspektori hamda qishloq fuqarolar yig’ini ishtirokida amalga oshiriladi va tegishli dalolatnoma tuziladi.
    Fuqaroni yolg’iz pensioner yoki nogiron sifatida ro’yxatga olish rad etilgani taqdirda bu haqda qaror qabul qilinadi hamda fuqaroga xabar beriladi.. Fuqaro o’zini yolg’iz va yordamga muhtoj shaxs tan olishlikni rad etilishi to’g’risidagi qaror ustidan tuman hokimligiga murojaat qilishga haqli. Shikoyat tuman hokimiyatida 2000-2005 yillarda yolg’iz keksa pensioner va nogironlarning manzilli ijtimoiy himoyasini kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar dasturini amalga oshirish bo’yicha tuziladigan ishchi guruh tomonidan o’n kunlik muddat ichida qayta ko’rib chiqiladi, yolg’izning yashash va moddiy sharoiti o’rganilishi asosida zarur qaror qabul qilinadi.
    Tuman ijtimoiy ta’minot bo’limining ijtimoiy xizmat ko’rsatish bo’limi xodimlari yoki furning o’zini-o’zi boshqarish organi tomonidan yolg’iz shaxsga taalluqli zarur hujjatni ijtimoiy ta’minot bo’limiga taqdim qilinadi. Tuman ijtimoiy ta’minot bo’limining rahbari taqdim etilgan hujjatlarni ko’rib chiqadi va yolg’iz ijtimoiy yordamga muhtoj shaxslar ro’yxatiga kiritishlik to’g’risida buyruq chiqaradi.
    Yolg’iz shaxslarga ijtimoiy yordam ko’rsatish quyidagi hollarda to’xtatiladi:
    A. Yolg’iz shaxs vafot etgan yoki ko’chib ketgan hollarda;
    B. oila tarkibi o’zgarganda;
    V. Qo’shimcha ijtimoiy yordamdan voz kechish to’g’risida ariza tushganida;
    G. Qonunga ko’ra moddiy ta’minlashga majbur bo’lgan yaqin qarindoshi topilganda;
    Qo’shimcha ijtimoiy yordamning ko’rsatilishi tartibi.Kushimcha ijtimoiy yordamga muhtoj bo’lgan yolqarolar ro’yxatga olingandan so’ng ijtimoiy ta’minot bo’limlari va fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlari yolg’iz keksalar, pensionerlar va nogironlarni aniq yo’nlaltrilgan holda ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish yuzasidan regeional dasturiga muvofiq aniq ijtimoiy yordam turini berishni tashkil qiladi.
    Ushbu maqsad uchun budjet hisobidan, korxona va tashkilotlar, xayriya jamg’armalari hisobidan mablag’ sarflanadi.
    Homiylar ijtimoiy yordamni ijtimoiy ta’minot bo’limlari tuzgan ro’yxatga ko’ra bevosita o’zlari amalga oshirishlar yoki bu ishni ijtimoiy ta’minot bo’limlariga hamda fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish orgnanlariga topshirishi mumkin.
    O’zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish Vaziriligi ixtiyoriga kelib tushgan insonparvarlik yordamlari viloyat bo’yicha yolg’iz tarkibi va soniga ko’ra taqsimalanadi hamda tuman (shahar) ijtimoiy bo’limiga o’tkaziladi.
    Tuman ijtimoiy ta’minot bo’limlari ko’rsatilgan ijtimoiy yordamlar haqida axborotlar to’playdi, ularni umumlashtiradilar va yordam ko’rsatilishi ustidan kuzatuvni olib boradilar.
    O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999 yil 13 yanvardagi
    PF-№-2177-sonli «Aholini aniq yo’naltirilgan tarzda ijtimoiy himoyalashda fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlari rolini oshirish to’g’risida»gi Farmoniga ko’ra, o’zga shaxsning parvarishiga muhtoj bo’lgan yolg’iz pensioner belgilangan eng zarur oziq-ovqat turi bilan bepul ta’minlanadilar.
    Asosiy oziq-ovqat mahsuloti bilan bepul ta’minlanadigan pensiner ularga ijtimoiy yordam turini ko’rsatish sharti va tartiblari O’zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi tomonidan 1999 yil 15 fevralda 636-son bilan davlat ro’yxatidan o’tkazilag «O’zgalar parvarishiga muhtoj bo’lgan yolg’iz pensionerlni asosiy oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash to’g’risida»gi Nizom bilan belgilab qo’yilgan.
    Asosiy oziq-ovqat mahsulotlari bilan bepul ta’minlanadigan pensionerlarning shaxsiy tarkibi fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organi tomonidan tuman (shahar) ijtimoiy ta’minot bo’limi bilan birgalikda belgilanadi va tuman (shahar) hokimiyati tomonidan tasdiqlanadi.
    Pensioner oziq-ovqat mahsulotlari bilan bepul ta’minlanadigan shaxslar ro’yxatiga kiritilishi uchun quyidagi hujjatlar taqdim etilishi lozim:
    a). pensionerning fuqarolar yig’ini raisiga (oqsoqol) bergan arizasi;
    b). pensioner o’zga shaxs parvarishiga muligi to’g’risida tibbiy maslahat komissiyasining ma’lumotnomasi;
    Fuqarolar yig’ini tomonidan ijtimoiy ta’minot bo’limi xodimi tomonidan birgalikda tuzgan pensionerning maishiy turmush sharoiti to’g’risidagi dalolatnoma.
    Yuqoridagi hujjatlar to’plab taqdim etilgandan so’ng pensioner oziq-ovqat mahsuloti bilan ta’minlanadigan shaxslar ro’yxatiga kiritiladi, ro’yxat tuman(shahar) hokimi tomonidan tasdiqlanadi.
    Pensiya guvohnomasi va yolg’iz pensionerlikni tasdiqlovchi qo’shimcha varaq asosida pensioner yashab turgan yerdagi savdo tashkiloti tomonidan asosiy oziq-ovqat mahsuloti berildi va bu mahsulot tuman ijtimoiy ta’minot bo’limi ijtimoiy yordam sektori xodimlari tomonidan pensionerga yetkaziladi.
    Yolg’iz pensionerga bepul beriladigan asosiy oziq-ovqat mahsulotlari turlari va normalari quyidagi ro’yxatda aks ettiriladi:
    O’zgalar parvarishiga muhtoj bo’lgan yolg’iz pensionerlarni bepul oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash quyidagi hollarda to’xtatiladi:
    1) ularni moddiy ta’minlashga qonun bo’yicha majbur yaqin qarindoshlar topilganda;
    2) yolg’iz pensioner doimiy yashash uchun boshqa ma’muriy hududlarga yoki chet elga ko’chib ketganlarida;
    3) yolg’iz pensioner muruvvat uyiga yoki nogironlar uyiga joylashtirilganida;
    4) yolg’iz pensioner vafot etgan taqdirda.
    Fuqarolar ijtimoiy yordam ko’rsatilishiga oid munosabatlarda juda ko’pchilik hollarda yordamdan foydalanuvchilar sifatida qatnashadalir. Birok, barcha fuqarolarga bunday munosabatlarda yordam oluvchi sifatida qatnashish huquqi berilgan emas va bunday huquqqa ega bo’lish muayyan holatlar-yuridik faktlarning mavjudligi (nogironlik, ma’lum yoshga yetganlik, iqtisodiy ko’rsatkichlarni muayyan mezonlarga to’g’ri kelishi va boshqalar) yoki mavjud emasligi (qonuniy vakillarning yo’qligi va saqlashga majbur bo’lgan yaqin qarindoshlarning yo’qligi yoki ular moddiy ta’minlash imkoniyatiga ega emasligi va hokazolar) ga bog’liqdir.
    Ijtimoiy yordam olishga haqli bo’lgan va shu tufayli bunday huquqiy munosabatda qatnasha oladigan fuqarolar huquqiy munosabatning subekti sifatida huquq hamda muomala layoqati mazmuni ijtimoiy yordam ko’rsatishga oid qonun hujjatlari bilan belgilanadi. Ijtimoiy yordam olishga haqli bo’lagan voyaga yetmaganlar, ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi, yoxud o’z fuqarolarini o’zi tomonidan bevosita amalga oshirilishiga imkon bermaydigan darajadagi jismoniy nuqsoni borligi sababli muomala layoqatiga ega bo’lmagan bunday layoqati cheklangan fuqarolarning ijtimoiy yordam olishga oid huquqlari bu shaxslarning qonuniy vakillari, homiylar va vasiylar tomonidan amalga oshiriladi. Bunda fuqarolik, oila va boshqa qonun hujjatlari asosida ish yuritiladi.
    Ijtimoiy imtiyozlar. Ijtimoiy imtiyozlar aholining muayyan tabaqalariga ularni moddiy qo’llab-quvvatlash maqsadida beriladi. Bu imtiyozlar beriladigan shaxslar toifasigat ko’ra, imtiyoz sifatida berilayotgan imtiyoz predmetiga ko’ra , imtiyozdan foydalanish tartibiga ko’ra tasniflanishi mumkin. Bu imtiyozlarni quyidagi turlarga ajratish mumkin: 1). Ijtimoiy nafaqalar bilan ta’minlash sohasidagi imtiyozlar;
    2). Transpot xizmatidan foydalanish sohasidagi imtiyozlar;
    3). Dori – darmon va farmasevtika vositalar bilan ta’minlash sohasidagi imtiyozlar;
    4). Moliya kredit va soliq sohasidagi imtiyozlar;
    5). Harbiy xizmatchilarni ijtimoiy himoyalash sohasidagi imtiyozlar;
    6). Tibbiyot xodimlariga beriladigan imtiyozlar;
    7). Ijodiy xodimlarga beriladigan imtiyozlar.
    Ijtimoiy ahamiyatli kasalliklarga duchor bo’lgan shaxslarga qonun hujjatlariga muvofiq bir qator ijtimoiy imtiyozlar berilgan. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 20 martdagi 153 – sonli qaroriga muvofiq bunday kasalliklar ro’yxati belgilangan bo’lib, ular jumlasiga quyidagilar kiritilgan:
    1. Sil kasalligi.
    2. Onkologiya kasalliklari, yangidan paydo bo’ladigan xatarli o’simtalar.
    3. Jinsiy yo’l bilan o’tadigan kasalliklar.
    4. SPID.
    5. Moxov (lepra) kasalligi.
    6. Ruhiy kasalliklar.
    Kasallik birinchi marta aniqlangan bemorlar uchun sil kasalligi bilan kasallanish oqibatida mehnatga layoqatsizlik bo’yicha kasallik varaqasi berish kasallik aniqlangandan boshlab 10 oygacha sil kasalliklari muassasalarida hisobda turgan bemorlar uchun tekshirish va nogironlikni belgilash uchun keyinchalik ularni tibbiy-mehnat ekspert komissiyasi (TMEK)ga yuborgan holda, 6 oygacha.
    Sil kasalligi bilan kasallanish oqibatida ish qobiliyatini vaqtincha yo’qotgan xodimlarning ish joylari va o’rtacha oylik ish haqlari to’liq saqlanadi.
    Bemorlarga (berilgan yo’llanma bo’yicha) davolanish joylarigacha avtotransportda bepul borish va kelishga yoxud mahalliy budjet hisobidan poyezdda yilda bir marta borib kelish huquqi berilgan..
    Yotoqxonalarda yoki oilasi katta bo’lgan bolali uylarda yashovchi bemorlar uchun navbatdan tashqari turar joylar beriladi.
    Sil kasalliklarga qarshi dispanserlarning belgilashiga ko’ra sil kasalligiga chalingan bemor bor bo’lgan oilalarning sog’lom bolalarini bolalar yaslilariga, bog’chalariga, maktab-internatlarga navbatdan tashqari joylash huquqi beriladi.
    O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 30 oktyabrdagi 223-sonli “Avtomobil’ benzini sotib olish bo’yicha ilgari berilgan imtiyozlar o’rniga shaxslarning ayrim toifalariga oylik pul kompensatsiyalari to’lovlari joriy etish to’g’risida”gi qaroriga ko’ra "O’zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to’g’risida"gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq shaxslarning ayrim toifalarini ijtimoiy himoya qilishni ta’minlash maqsadida 2006 yil 1 noyabrdan boshlab avtomobil’ benzini sotib olish bo’yicha ilgari berilgan imtiyozlar o’rniga shaxslarning ayrim toifalariga oylik pul kompensatsiyalari to’lovlari joriy etildi va avtomobil’ benzini sotib olish xarajatlarining bir qismi uchun shaxslarning ayrim toifalariga oylik pul kompensatsiyasi summasi 10500 (o’n ming besh yuz) so’m miqdorida belgilandi.

    Download 495.79 Kb.
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   30




    Download 495.79 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti

    Download 495.79 Kb.