• 7-mavzu: Aniq yo’naltirilgan ijtimoiy yordam ko’rsatishga oid qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik 7.1. Aholini ijtimoiy himoyalash sohasidagi huquqiy javobgarlik va uning tavsifi
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti




    Download 495.79 Kb.
    bet25/30
    Sana12.07.2023
    Hajmi495.79 Kb.
    #76637
    1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
    Bog'liq
    848e41c444f503fb519f14768a12d3d0 IJTIMOIY ISH HUQUQ ma`ruza (1)
    Axborot xati konf. ADU, Mayers- Briggs qo\'shimcha, 36-qo\'shma qaror, 27.04.2022, Oila tushunchasi, uning turlari va shakillari, fHy1I56Pj1m1Sqci4f9q3e28B9S0AiBM, dars ishlanma, 11-21-ALGORITMIK TILLAR VA DASTURLASH, Мустақил ишни ташкиллаштириш, Иқтибослик учун, Документ Microsoft Word, Calendar plan-RAQAMLI VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI (2), статья, Исмаилова Н С , Шагазатов У У Жахон иқтисодиёти ва халқаро (1), A5
    Nazorat savollar
    1. Aholi sog’lig’ini saqlash sohasida davlat siyosati tamoyillari nimalardan iborat ?
    2. Aholining nochor tabaqalarini tibbiy farmasevtik himoyalash deganda nimalar tushuniladi ?
    3. Farmasevtika yordami ko’rsatish qanday amalga oshiriladi va bu sohada nimalarga imtiyozlar beriladi ?
    4. Tibbiy sohada ijtimoiy xizmat va imtiyozlarning huquqiy asoslari qanday ?
    5. Tibbiy va farmasevtika yordami ko’rsatilish sohasida islohotlarning xususiyatlarini bilasizmi ?
    7-mavzu: Aniq yo’naltirilgan ijtimoiy yordam ko’rsatishga oid qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
    7.1. Aholini ijtimoiy himoyalash sohasidagi huquqiy javobgarlik va uning tavsifi
    Qonunlar zimmasiga yuklangan vazifalardan biri-adolat tamoyillarini belgilash hamda qaror toptirishdan, fuqarolarning haq-huquqlarini ushbu adolat tamoyillariga ko’ra samarali tarzda himoya qilinishini ta’minlashdan iboratdir.
    Ijtimoiy adolat va qonuniylik tushunchalari o’zaro bog’liq hamda bir-birini to’ldiruvchi tushunchalar bo’lib, qonuniylik qaror topmagan yerda ijtimoiy adolat bo’lishi mumkin emas va ijtimoiy adolat talablari buzilayotgan joyda qonunbuzarliklar avj olganligi haqida bemalol so’z yuritish mumkin.
    O’zbekiston Respublikasi demokratik va dunyoviy davlat sifatida o’z fuqarolariga nisbatan adolat hamda qonuniylikni ta’min etilishini kafolatlaydi, bu kafolatlarni o’z qonunchilik tizimida belgilaydi hamda turli usullar va vositalar bilan ularning bajarilishini ta’minlashga harakat qiladi.
    O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 15-moddasiga binoan: “Davlat, uning organlari, mansabdor shaxslari, jamoat birlashmalari, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish ko’radi”.
    Davlat va jamiyatda qonuniylik tartibotini ta’minlash usullaridan biri – bu qonunlarga barchaning so’zsiz rioya etishini kuzatish va nazorat qilish, qonunbuzarliklar sodir bo’lgan hollarda ularni bartaraf qilish chora-tadbirlarini ko’rish, aybdorlarni aniqlash, javobgarlikning muqarrarligi tamoyiliga so’zsiz amal qilinishiga erishishdan iborat.
    Bu vazifa vakolat berilgan davlat organlari, mansabdor shaxslar, tegishli jamoat organlari faoliyati orqali qonun hujjatlarida ko’zda tutilgan shakl va vositalar orqali amalga oshiriladi.
    Ijtimoiy himoya sohasida qonunchilikka amal qilish ustidan davlat va jamoat nazorati olib boriladi, hamda bunday nazoratning asosiy usullari va shakllari qonun hujjatlari bilan belgilab qo’yilgan.
    Ijtimoiy ta’minot organlari, fuqarolarni pensiya va nafaqalar bilan ta’minlovchi boshqa davlat organlari tomonidan budjet mablag’larining to’g’ri sarflanishi ustidan idoraviy nazorat O’zbekiston Respublikasining Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish Vazirligi tizimiga kiradigan tekshiruvchi organlar tomonidan o’z vakolatlari doirasida va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
    Davlat funksiyalarini jamiyatni o’zini o’zi boshqarish organlariga o’tkazila borishi, kuchli davlatchilikdan kuchli jamiyat tomon rivojlanish, fuqarolik jamiyati barpo etila borishi bilan jamoat nazoratining kuchaya borishi, uning salmog’i ortib borishi tabiiy hol hisoblanadi. Ijtimoiy yordamning taqsimlanishi va o’z egalariga yetkazib berilishi adolat hamda qonuniylik barqaror bo’lishiga erishish demakdir.
    Aholini aniq yo’naltirilgan ijtimoiy qo’llab-quvvatlash sohasida yo’l qo’yiladigan huquqbuzarliklar va javobgarlik choralari o’ziga xos xususiyatga ega. Bunday huquqbuzarlik muhtoj fuqarolarning ijtimoiy ko’mak olish sohasidagi huquqlarining buzilishiga, ana shu maqsadga mo’ljallangan davlat va jamoat mablag’larining isrof qilinishiga, talon-tarojlar yuz berishiga olib keladi. Huquqbuzarliklar zimmasiga fuqarolarni ijtimoiy qo’llab-quvvatlashni amalga oshirish vazifasi yuklatilgan davlat organlari, fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlari mansabdor shaxslari tomonidan qasddan yoki ehtiyotsizlik bilan, harakat yoki harakatsizlik orqali sodir etilishi mumkin.
    Ijtimoiy himoya sohasida huquqbuzarliklar, shuningdek fuqarolar tomonidan ham g’ayriqonuniy hatti harakatlar oqibatida sodir qilinishi mumkin.
    Huquqbuzarlikka yo’l qo’ygan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq huquqiy javobgarlikka tortiladilar. Bunday javobgarlikning ma’muriy va jinoiy huquqiy shakllari ko’proq uchraydi. Shu bilan birga aybdor shaxslardan ularning aybi bilan yetkazilgan zararni undirib olishga oid moddiy-mulkiy javobgarlik hollari ham ko’p uchraydi.

    Download 495.79 Kb.
    1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




    Download 495.79 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti

    Download 495.79 Kb.