Aniq yo’naltirilgan ijtimoiy himoya sohasida nizolarni hal




Download 495.79 Kb.
bet26/30
Sana12.07.2023
Hajmi495.79 Kb.
#76637
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
Bog'liq
848e41c444f503fb519f14768a12d3d0 IJTIMOIY ISH HUQUQ ma`ruza (1)
Axborot xati konf. ADU, Mayers- Briggs qo\'shimcha, 36-qo\'shma qaror, 27.04.2022, Oila tushunchasi, uning turlari va shakillari, fHy1I56Pj1m1Sqci4f9q3e28B9S0AiBM, dars ishlanma, 11-21-ALGORITMIK TILLAR VA DASTURLASH, Мустақил ишни ташкиллаштириш, Иқтибослик учун, Документ Microsoft Word, Calendar plan-RAQAMLI VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI (2), статья, Исмаилова Н С , Шагазатов У У Жахон иқтисодиёти ва халқаро (1), A5
7.2. Aniq yo’naltirilgan ijtimoiy himoya sohasida nizolarni hal
yetish va huquqlarni himoya qilish usullari
Faqat qonuniylik va huquq-tartibot ta’minlangan davlatdagina adolat, demokratiya, shaxs huquq hamda erkinliklari haqida so’z yuritilishi mumkin. Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganidek: «Huquqiy davlatning quroli ham, himoyasi ham, ko’zi ham, so’zi ham qonundir».
Aniq yo’naltirilgan ijtimoiy qo’llab-quvvatlash bilan bog’liq munosabatlarda fuqarolar huquqlarini himoya qilish usullari va mexanizmlari qonunlarda nazarda tutilgan. Bunda ularni himoya qilishning ma’muriy ( yuqori turuvchi organ yoki mansabdor shaxs tomonidan ariza va shikoyatlarni ko’rib chiqilishi) va sud tartibi o’zaro farqlanadi. O’zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning murojaatlari to’g’risida” (yangi tahrirda)gi qonuni 3-moddasiga ko’ra: O’zbekiston Respublikasi fuqarolari davlat organlariga arizalar, takliflar va shikoyatlar bilan murojaat etish huquqiga ega.
Fuqarolarning murojaat etish huquqidan foydalanishlari boshqa shaxslarning, jamiyat va davlatning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga putur yetkazmasligi kerak.
Xorijiy davlatlarning fuqarolari va fuqaroligi bo’lmagan shaxslar O’zbekiston Respublikasi davlat organlariga qonunda belgilangan tartibga muvofiq murojaat etish huquqiga ega.
Fuqarolarning murojaatlari og’zaki yoki yozma shaklda kiritiladi va har ikki shakli bir xil yuridik kuchga ega.
Murojaatlarda shaxsning familiyasi (ismi, otasining ismi), yashash joyi to’g’risidagi ma’lumotlar ko’rsatiladi.
Fuqaroning familiyasi (ismi, otasining ismi), yashash joyi to’g’risidagi ma’lumotlar ko’rsatilmagan, yoki u haqda soxta ma’lumotlar ko’rsatilgan, shuningdek imzo qo’yilmagan yozma murojaatlar anonim deb hisoblanadi va ko’rib chiqilmaydi.
Fuqarolarning murojaatlari albatta qabul qilinishi va ko’rib chiqilishi kerak.
Fuqaro uning murojaatini qabul qilish va ko’rib chiqish asossiz ravishda rad etilganligi ustidan bo’ysunuv tartibida yuqori turuvchi organga yoki bevosita sudga shikoyat berishga haqli.
Fuqarolarning ariza, taklif va shikoyatlar berishi uchun muddat belgilanmaydi. Ayrim hollarda muayyan davlat organining ariza, taklif va shikoyatni ko’rib chiqish imkoniyatiga, fuqarolarning huquq va erkinliklarini o’z vaqtida ro’yobga chiqarish, ularning qonuniy manfaatlari himoya etilishini ta’minlash zaruratiga bog’liq bo’lsa, shuningdek qonunlarda nazarda tutilgan boshqa asoslarga ko’ra, bunday davlat organlariga ariza, taklif va shikoyatlarni berish muddati belgilanishi mumkin.
Bo’ysunuv tartibida yuqori turuvchi organga ariza yoki shikoyat fuqaroga uning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini buzuvchi harakatlar (harakatsizlik) sodir etilganligi yoki qarorlar qabul qilinganligi ma’lum bo’lib qolgan paytdan e’tiboran uzog’i bilan bir yil ichida berilishi mumkin. Uzrli sabablarga ko’ra o’tkazib yuborilgan muddat ariza yoki shikoyatni ko’rib chiquvchi davlat organi tomonidan tiklanadi.
Fuqarolarning ariza, taklif va shikoyatlar berishi uchun muddat belgilanmaydi. Ayrim hollarda muayyan davlat organining ariza, taklif va shikoyatni ko’rib chiqish imkoniyatiga, fuqarolarning huquq va erkinliklarini o’z vaqtida ro’yobga chiqarish, ularning qonuniy manfaatlari himoya etilishini ta’minlash zaruratiga bog’liq bo’lsa, shuningdek qonunlarda nazarda tutilgan boshqa asoslarga ko’ra, bunday davlat organlariga ariza, taklif va shikoyatlarni berish muddati belgilanishi mumkin.
Fuqarolarning murojaatlarini qabul qilishni va ko’rib chiqishni asossiz ravishda rad etish, ularni ko’rib chiqish muddatlarini uzrli sabablarsiz buzish, qonunga zid qaror qabul qilish, fuqaroning buzilgan huquqlari tiklanishini hamda shikoyat munosabati bilan qabul qilingan qaror bajarilishini ta’minlamaganlik, fuqaroga uning huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlariga daxldor bo’lgan hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishib chiqish imkoniyatini berishni asossiz ravishda rad etish yoki fuqarolarning shaxsiy hayotiga doir ma’lumotlarni ularning roziligisiz oshkor etish, fuqaroni murojaat qilganligi uchun ta’qib qilish, shuningdek fuqarolarning murojaatlari to’g’risidagi qonun hujjatlarini boshqacha tarzda buzish qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo’ladi.
Ijtimoiy himoyaga oid huquqiy munosabtlarda aniq yo’naltirilgan moddiy qo’llab-quvvatlashlardan foydalanishga haqli bo’lgan fuqarolar o’z hohishlariga ko’ra bu sohada ish ko’ruvchi davlat organlari, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish idoralari va ularning mansabdor shaxslari g’ayriqonuniy hatti-harakatlari hamda qarorlari ustidan bevosita sudga murojaat qilishga haqlidirlar. O’zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzadigan xatti-harakatlar va qarorlar ustidan sudga shikoyat qilish to’g’risida”gi qonuni ana shu masalalar bo’yicha sudga murojaat qilish tartibini belgilaydi.
Fuqaro o’z huquqlari va erkinliklarini buzadigan xatti-harakatlar (qarorlar) ustidan shikoyat bilan bevosita sudga murojaat qilish huquqiga ega.
Shikoyat huquqlari, erkinliklari buzilgan fuqaro yoki uning vakili, shuningdek fuqaroning iltimosiga ko’ra jamoat birlashmasining, mehnat jamoasining vakolat berilgan vakili berishi mumkin.
Shikoyat fuqaroning xohishiga qarab yo u yashaydigan joydagi sudga yoki organ joylashgan yerdagi, yoxud hatti-harakatlari (qarorlari) ustidan shikoyat qilinayotgan mansabdor shaxsning ish joyidagi sudga beriladi.
Sud shikoyatni ko’rib chiqishga qabul qilgach:
tegishli organlar va mansabdor shaxslardan zarur materiallarni talab qilib oladi;
fuqaroning iltimosiga ko’ra yoki o’z tashabbusi bilan shikoyat qilinishiga sabab bo’lgan hatti-harakat (qaror)ning ijrosini to’xtatib turish masalasini hal qiladi.
Sudga shikoyat bilan murojaat qilish uchun quyidagi muddatlar belgilanadi:
- fuqaro o’z huquqlari va erkinliklari buzilganligidan xabar topgan kundan boshlab uch oy;
- fuqaro yuqori turuvchi organ, mansabdor shaxsning shikoyatni qanoatlantirishni rad etish haqidagi yozma bildirishini olgan kundan boshlab bir oy;
- Agar fuqaro o’z shikoyatiga yozma javob olmagan bo’lsa, shikoyat berganidan keyin bir oy muddat o’tgan kundan boshlab bir oy.
Shikoyat berishning uzrli sabablarga ko’ra o’tkazib yuborilgan muddati sud tomonidan tiklanishi mumkin.
Fuqaroning davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari, fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlari, mansabdor shaxslar hatti-harakatlari (qarorlari) ustidan shikoyati sud tomonidan fuqaroviy sudlov ishlarini yuritish qoidalari asosida ko’rib chiqiladi.
Shikoyatni ko’rib chiqish natijalari bo’yicha sud qaror chiqaradi.
Davlat funksiyalarining jamiyatni o’zini o’zi boshqarish organlariga o’tkazila borilishi, kuchli davlatchilikdan kuchli jamiyat tomon rivojlanish, fuqarolik jamiyati barpo etila borishi bilan jamoat nazoratining kuchaya borishi, uning salmog’i ortib borishi tabiiy holdir. Fuqaro o’z huquqlari va erkinliklarini buzadigan xatti-harakatlar (qarorlar) ustidan shikoyat bilan bevosita sudga yoki tobelik tartibida yuqori turuvchi organga yoxud mansabdor shaxsga murojaat qilish huquqiga ega.
Tobelik tartibida yuqori turuvchi organ, mansabdor shaxs shikoyatni bir oylik muddatda ko’rib chiqishlari shart. Agar fuqaroning shikoyatini qanoatlantirish rad qilingan bo’lsa yoki u shikoyat bergan kundan boshlab bir oy mobaynida javob olmagan bo’lsa, sudga shikoyat bilan murojaat qilishga haqli.
Shikoyatni huquqlari, erkinliklari buzilgan fuqaro yoki uning vakili, shuningdek fuqaroning iltimosiga ko’ra jamoat birlashmasining, mehnat jamoasining vakolatli vakili berishi mumkin.
Shikoyat fuqaroning xohishiga qarab yo u yashaydigan joydagi sudga yoki organ joylashgan yerdagi, yoxud xatti-harakatlari (qarorlari) ustidan shikoyat qilinayotgan mansabdor shaxsning ish joyidagi sudga beriladi.
Harbiy xizmatchi o’zining huquqlari va erkinliklarini buzayotgan harbiy boshqaruv organlari va harbiy mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari (qarorlari) ustidan shikoyat bilan harbiy sudga, shuningdek yuqori turuvchi mansabdor shaxslarga ushbu moddada ko’zda tutilgan tartibda murojaat qilishga haqli.
Sud shikoyatni ko’rib chiqishga qabul qilgach:
tegishli organlar va mansabdor shaxslardan zarur materiallarni talab qilib oladi;
fuqaroning iltimosiga ko’ra yoki o’z tashabbusi bilan shikoyat qilinishiga sabab bo’lgan hatti-harakat (qaror)ning ijrosini to’xtatib turish masalasini hal qiladi.
Sudga shikoyat bilan murojaat qilish uchun quyidagi muddatlar belgilanadi:
fuqaro o’z huquqlari va erkinliklari buzilganligidan xabar topgan kundan boshlab uch oy;
fuqaro yuqori turuvchi organ, mansabdor shaxsning shikoyatni qanoatlantirishni rad etish haqidagi yozma bildirishini olgan kundan boshlab bir oy;
agar fuqaro o’z shikoyatiga yozma javob olmagan bo’lsa, shikoyat berganidan keyin bir oy muddat o’tgan kundan boshlab bir oy.
Shikoyat berishning uzrli sabablarga ko’ra o’tkazib yuborilgan muddati sud tomonidan tiklanishi mumkin.
Fuqaroning davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari, fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlari, mansabdor shaxslar xatti-harakatlari (qarorlari) ustidan shikoyati sud tomonidan fuqaroviy sudlov ishlarini yuritish qoidalari asosida ko’rib chiqiladi.
Shikoyatni ko’rib chiqish natijalari bo’yicha sud qaror chiqaradi.

Download 495.79 Kb.
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




Download 495.79 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Aniq yo’naltirilgan ijtimoiy himoya sohasida nizolarni hal

Download 495.79 Kb.