• Raqamli iqtisodiyot
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti




    Download 4.54 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet6/211
    Sana15.04.2022
    Hajmi4.54 Mb.
    #19780
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   211
    Bog'liq
    -Raqamli iqtisodiyot asoslari дарслик
    ПФ-5953 02.03.2020, английский, 944 23.11.2019, Axborot xavfsizligini ta`minlash masalalari, O’quv ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari Sh. Xaydarov “ ” 2022, Tashqi sarlavha, 613-Текст статьи-2549-1-10-20210429, Axborot, 15-amaliy, Ta\'lim metodlari, amaliy-dasturlar-paketi-kursini-o-qitishda-innovatsion-texnologiyalar, 1, 633ad666ada23, cybr
    12. Kelishmovchilik – har bir yangi taraqqiyot ortidan bir 
    o‘zgarish keladi, shuningdek, ular bilan qarama-qarshiliklar va 


    10 
    sekin moslashish ham. Natijada mojaroli vaziyatlar yuzaga ke-
    ladi. Raqamli iqtisodiyotda texnologik jihatdan savodli mutax-
    assislar va texnologiyaga kirish imkoniga ega bo‘lmagan mutax-
    assislar o‘rtasidagi farq o‘sib bormoqda va kelajakda jamiyat 
    uchun jiddiy muammolarga olib kelishi mumkin. 
     
    1.1.2. Raqamli iqtisodiyot tushunchasi 
    "Raqamli iqtisodiyot" tushunchasi nisbatan yangi va juda 
    muhim hodisadir. Raqamli iqtisodiyotning ko‘plab ta’riflari 
    mavjud. Quyida raqamli iqtisodiyotning turli xil nufuzli manbalari 
    tomonidan taklif etilgan bir nechta ta’riflari mavjud. 
    1. Raqamli iqtisodiyot – raqamli axborot-kommunikatsiya 
    texnologiyalaridan foydalanishga asoslangan iqtisodiy, ijtimoiy va 
    madaniy munosabatlar tizimi. 
    2. Raqamli iqtisodiyot –  internet orqali, elektron tijorat orqali 
    tovarlar va xizmatlar savdosiga imkon beradi va uni amalga oshi-
    radi. Raqamli iqtisodiyot uchta tarkibiy qismni o‘z ichiga oladi: 
    infratuzilma (qurilmalar, dasturiy ta’minot, telekommunikatsiya 
    va boshqalar), elektron biznes (raqamli jarayonlar, tashkilotlarda) 
    va elektron tijorat (tovarlarni onlayn sotish ) .
    3. Raqamli iqtisodiyot – bu xo‘jalik faoliyati, bunda ishlab 
    chiqarishning asosiy omili raqamli ma’lumotlarni ishlab chiqarish, 
    katta hajmlarni qayta ishlash va tahlil natijalaridan foydalanish 
    bo‘lib, ular an’anaviy boshqaruv shakllariga nisbatan har xil tur-
    dagi mahsulotlar, texnologiyalar, asbob-uskunalar, saqlash, sotish, 
    etkazib berish samaradorligini sezilarli darajada oshirishi mumkin.
    4. Raqamli iqtisodiyot – bu raqamli texnologiyalarga asos-
    langan iqtisodiyotdir, ammo ko‘p jihatdan raqamli iqtisodiyot 
    Internet va Butunjahon internet tarmoqlariga asoslangan bozor-
    larda biznes operatsiyalarini amalga oshirishini tushunamiz . 
    Raqamli iqtisodiyot ko‘plab afzalliklarga ega. Bu to‘lov-
    larning narxini pasaytiradi va yangi daromad manbalarini ocha-
    di. Onlayn bozorda, an’anaviy iqtisodiyotga nisbatan xizmatlar 
    narxi pastroq (birinchi navbatda reklama xarajatlari kamayishi 
    bilan bog‘liq). Bundan tashqari, raqamli dunyoda tovarlar va 


    11 
    xizmatlar tezda global bozorga chiqishi va dunyoning istalgan 
    burchagidagi odamlar uchun ochiq bo‘lishi mumkin. Taklif qilina-
    yotgan mahsulot iste’molchilarning yangi umidlar yoki ehtiyojla-
    rini qondirish uchun deyarli darhol o‘zgartirilishi mum-
    kin. Raqamli iqtisodiyot yanada xilma-xil axborot, ta’lim, ilmiy, 
    ko‘ngilochar tarkibni ta’minlaydi - tezroq, sifatliroq va qulayroq. 

    Download 4.54 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   211




    Download 4.54 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti

    Download 4.54 Mb.
    Pdf ko'rish