|
Rasm 10.5. Marketingning zamonaviy bo‘limi – samarali marketing kompaniyasi
|
bet | 60/89 | Sana | 09.01.2024 | Hajmi | 414,67 Kb. | | #133091 |
Bog'liq O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s-fayllar.orgRasm 10.5. Marketingning zamonaviy bo‘limi – samarali marketing kompaniyasi.
6 bosqich. Jarayonlar va natijalarga asoslangan kompaniya. Ko‘pgina zamonaviy kompaniyalar tashkiliy tarkibni yana o‘zgartirib, uni bo‘limlarga emas, balki asosiy jarayonlarga mos xolda to‘g‘rilaydi. Bo‘limlarga ajratilgan tashkilotni biznesning yangi mahsulotlarni yaratish, haridorlarni jalb etish va saqlab qolish, buyurtmalarni qayta ishlash va mijozlarga xizmat ko‘rsatish kabi asosiy vazifalarni bajarish uchun tusiq bo‘ladi deb hisoblaydilar. Bu maqsadlarga erishish uchun kompaniyada marketologlar va savdo bo‘limning faol ishtirok etuvchi mutaxassislar aralash komandasi tashkil qilinmoqda. Ular komanda yoki komandalarga hamda marketing bo‘limining rahbariga buysindilar (rasm 10.6). Har bitta komanda vaqti-vaqti bilan bo‘limlarga o‘z a’zolari faoliyati to‘g‘risida hisobot berib boradi.
Marketing bo‘limlari xodimlarning o‘qishi, ularni yangi komandalarga tayinlanishi, ular ishini umumiy baholashda javobgar bo‘ladilar.
Maroketing tamoyillarini turistik korxonada amalga oshirish uchun muvofiq marketing xizmatini yaratish kerak. Turfirmada marketing faoliyatining tashkiliy tarkibi marketing faoliyatining u yoki bu turi bilan shug‘ullanuvchi xodimlardan iborat bo‘lgan xizmatlar, bo‘limlar va bo‘linmalarning yig‘indisi sifatida aniqlangan bo‘lishi mumkin. Turistik firmaning tashkiliy tarkibida marketing xizmati barcha tarkibiy bo‘linmalarni tartibga keltiruvchi bo‘g‘in bo‘ladi.
Aralash komanda jarayon rahbari bilan
|
|
|
|
|
Marketing bo‘limi
|
|
|
Marketologlar
|
|
|
| |