11
4.suv qaynaguncha kutilsin;
5.chinni choynakga bir choy qoshiq quruq choy solinsin;
6.chinni choynak qaynagan suv bilan to‘ldirilsin.
Ko‘rinib turibdiki, algoritm aniq tugallangan qadamlarga bo‘lingan bo‘lib, bu
qadamlarning har biri algoritmning buyruqlari deyiladi.
Biz kelajakda algoritmlarni ifodalashning(yozishning)
uch xil usuli bilan
tanishamiz:
1.matn usuli;
2.blok-sxema usuli;
3.dastur ko‘rinishida ifodalash usuli.
Yuqorida yozilgan barcha algoritmlar matn usulida yozildi. Demak,
algoritmlarni matn usulida yozish uchun uning har bir buyrug‘i nomerlanadi va
nomeridan keyin qavs qo‘yiladi hamda buyruqlar
kichik harflar bilan yoziladi,
buyruq oxirida (;) qo‘yiladi. Faqat oxirgi buyruq tugagach (.) qo‘yiladi.
Matematik ifodalarning qiymatlarini hisoblash algoritmlarini ham matn usulida
ifodalash mumkin. Misol 4. y=3*x2 -7*x+28 funksiya
qiymatini hisoblash
algoritmini tuzing.
1)x ning qiymati kiritilsin;
2)3 ni x2 ga kopaytirib, natija a1 bilan belgilansin;
3)-7 ni x ga kopaytirib, natija a2 bilan belgilansin;
4)a2 ga 28 qo‘shilib, natija a3 bilan belgilansin;
5)a1 va a3 larning yig‘indisi funksiyaning qiymati deb qabul qilinsin.
Ushbu algoritmni quyidagi matn ko‘rinishida ham ifodalash mumkin:
x ning qiymati kiritilsin;
1)a1:=3*x2;
2)a2:=-7*x;
3)a3:=a2+28;
4)y:=a1+a3.
Algoritmning har bir qadami uning buyrug‘i deyiladi . Bu algoritmda 5 ta
buyruq bor. Algoritmlarni ifodalashning(yozishning) bu usulini ba‘zi adabiyotlarda
algorimlarni ifodalashning formula usuli ham deyishadi.
Algoritm
tuzuvchi shu algoritmning muallifi, uni ijro etuvchi esa uning