|
O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti s. Eshtemirov, F. M. Nazarov Pdf ko'rish
|
bet | 112/173 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 2,67 Mb. | | #238775 |
Bog'liq Tarixi 37 bet12.
A, B, C sonlarini o‗sish tartibida joylashtiruvchi SortInc3(A, B, C)
funksiyasini hosil qiling. Ya'ni A, B, C sonlari qiymatlarini shunday
almashtiringki, natijada A ning qiymati eng kichik va C ning qiymati eng katta
bo‗lsin. Bu funksiya orqali (A1, B1, C1) va (A2, B2, C2) sonlarini tartiblang.
13.
A, B, C sonlarini kamayish tartibida joylashtiruvchi SortDec3(A, B, C)
funksiyasini hosil qiling. Ya'ni A, B, C sonlari qiymatlarini shunday
almashtiringki, natijada A ning qiymati eng katta va C ning qiymati eng kichik
bo‗lsin. Bu funksiya orqali (A1, B1, C1) va (A2, B2, C2) sonlarini tartiblang.
14.
o‗ngga siklik siljishni amalga oshiruvchi ShiftRight3(A, B, C)
funksiyasini hosil qiling. Ya'ni A ning qiymati B ga, B ning qiymati C ga, C ning
qiymati A ga o‗tib qolsin. Bu funksiya orqali (A1, B1, C1) va (A2, B2, C2)
sonlarini siljiting.
173
15.
Chapga siklik siljishni amalga oshiruvchi ShiftLeft3(A, B, C)
funksiyasini hosil qiling. Ya'ni C ning qiymati B ga, B ning qiymati A ga, A ning
qiymati C ga o‗tib qolsin. Bu funksiya orqali (A1, B1, C1) va (A2, B2, C2)
sonlarini siljiting.
16.
Haqiqiy sonning ishorasini aniqlovchi ishora nomli funksiya hosil qiling.
Funksiya argumenti noldan kichik bo‗lsa -1; noldan katta bo‗lsa 1; nolga teng
bo‗lsa 0 qiymat qaytarsin Haqiqiy a va b sonlari uchun ishora(a) + ishora(b)
ifodasi hisoblansin.
17.
Kvadrat tenglamaning ildizlar sonini aniqlovchi funksiya hosil qiling.
0
*
*
2
C
x
B
x
A
ko‗rinishidagi tenglama kvadrat tenglama deyiladi. (A
noldan farqli son)
18.
Doiraning yuzini hisoblovchi funksiya hosil qiling. Bu funksiya
yordamida 3 ta doira yuzini hisoblang. Doiraning yuzi
2
R
S
orqali
hisoblanadi.
1415
.
3
Pi
ni o‗zgarmas deb qabul qiling.
19.
Markazi bir nuqtada bo‗lgan, R1 va R2 radiusga ega 2 ta aylananing
ustma–ust tushmaydigan (kesishmaydigan) qismining yuzasini topuvchi RingS
nomli funksiya hosil qiling. Doiraning yuzini hisoblash formulasidan foydalaning,
2
R
S
.
1415
.
3
Pi
ni o‗zgarmas deb qabul qiling.
20.
To‗g'ri burchakli uchburchakning katetlari A va B berilganda, uning
perimetrini hisoblovchi TriangleP nomli funksiya hosil qiling.
21.
A va B sonlari orasidagi sonlar yig‘indisini hisoblovchi SumRangle(A,
B) nomli funksiya hosil qiling. Agar A > B bo‗lsa, funksiya 0 qiymat qaytaradi. Bu
funksiya orqali A dan B gacha va B dan C gacha bo‗lgan sonlar yig'indisini
hisoblang. A, B, C butun sonlar.
22.
Arifmetik amallarni bajaruvchi Calc(A, B, Op) funksiyasini hosil qiling.
A va B haqiqiy sonlar. Op o‗zgaruvchisi orqali bajariladigan arifmetik amal
aniqlanadi. 1-ayirish, 2-ko‗paytirish, 3-bo‗lish, boshqalari qo‗shish. Shu funksiya
orqali A va B sonlari uchun N1, N2, N3, N4 amallari bajarilsin. (N1-N4 butun
sonlar)
23.
X va Y butun sonlari berilgan (X va Y noldan farqli). (X, Y) nuqta qaysi
chorakda ekanini aniqlovchi Quarter nomli funksiya hosil qiling. Bu funksiya
orqali 4 ta nuqtaning choragini aniqlang.
24.
Butun sonning juft – toqligini aniqlovchi Even(K) funksiyasini hosil
qiling. Funksiya K juft son bo‗lsa – true, aks xolda false qiymat qaytarsin. Bu
funksiya orqali 3 ta sonning juft yoki toqligi aniqlansin.
174
25.
IsSquare(K) mantiqiy funksiyasini hosil qiling. (K > 0). Agar K biror
butun sonning kvadrati bo‗lsa – true, aks xolda false qiymat qaytarsin. Shu
funksiya orqali 3 ta sonni tekshiring.
26.
IsPower5(K) mantiqiy funksiyasini hosil qiling. (K > 0). Agar K soni 5
ning biror darajasi bo‗lsa – true, aks xolda false qiymat qaytarsin. Shu funksiya
orqali 5 ta sondan nechtasi 5 ning darajasi ekanini aniqlovchi dastur tuzilsin.
27.
IsPowerN(K) mantiqiy funksiyasini hosil qiling. (K > 0). Agar K soni N
ning biror darajasi bo‗lsa – true, aks xolda false qiymat qaytarsin. Shu funksiya
orqali 5 ta sondan nechtasi N ning darajasi ekanini aniqlovchi dastur tuzilsin.
28.
IsPrime(N) mantiqiy funksiyasini hosil qiling. (N > 0). Agar N soni tub
bo‗lsa – true, aks xolda false qiymat qaytarsin. Shu funksiya orqali kiritilgan k ta
sondan nechtasi tub ekanini aniqlovchi dastur tuzilsin.
29.
Butun qiymat qaytaruvchi DigitCount(K) funksiyasini hosil qiling. (K >
0). Funksiya K ning raqamlari sonini qaytarsin. Shu funksiya orqali 5 ta sonning
raqamlari soni aniqlansin.
30.
Butun qiymat qaytaruvchi DigitN(K, N) funksiyasini hosil qiling. (K >
0). Funksiya K sonining N – raqamini qaytarsin. Agar K soni raqamlari N dan
kichik bo‗lsa, minus bir qaytarsin. Shu funksiya orqali K1, K2, K3 sonlarining N –
raqami aniqlansin.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti s. Eshtemirov, F. M. Nazarov
|