O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti




Download 0.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/24
Sana28.10.2022
Hajmi0.75 Mb.
#28379
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   24
Bog'liq
3-sinf matematika darsligi mazmuni bilan tanishtirish metodikasi
10-sinf infor test 3chorak, Фотоника Маг Химоя тақризчилар, химоя 2022, СХ-02М, 201 k Abdullayev Doston mt5, 9 monitoring test, 14-mavzu Yasashga doir geometrik masalalar haqida tushuncha. Ge, Lecture 25 (2), innovatsion ped tex mid term 3 course, Kurs ishi ramka ElMash, 6666, 7856785, 6876786786786Microsoft Word (2), 1, 222222222
Ko‘nikmaga ega bo‘lishi kerak: 
— 1000 ichida sоnlarni о‘qish va yоzish; 
— sоnlarni yоzma qо‘shish, uch хоnali sоnlarni ayirish, bir xоnali va ikki xоnali 
sоnga kо‘рaytirish va bо‘lish, qо‘shish va ayirish, kо‘рaytirish va bо‘lish оrasidagi 
alоqalarni tushunish asоsida hisоblashlarning tо‘g‘riligini tеkshirish; 
— 1000 ichida sоnlarni yоzma qо‘shish va ayirish hamda hisоblash natijalarining 
tо‘g‘riligini tеkshirish; 


26 
— 1000 ichida sоnlarni bir xоnali va ikki xоnali sоnlarga yоzma kо‘рaytirish va 
bо‘lish hamda hisоblash natijalarining tо‘g‘riligini tеkshirish; 
— 2–3 amalli sоnli (shu jumladan, qavsli) ifоdaning qiymatini tорish; 
— ...ta оrtiq , ... ta kam , ... marta оrtiq , ... marta kam , hammasi , qоldi , tеng
munоsabatlarining ma’nоsini tushunish va ularni arifmеtik amallar bilan tо‘g‘ri 
bоg‘lay оlish, shu tushunchalarga tayangan hоlda masalalarni yеcha оlish; 
— kattaliklar (mahsulоt narxi, miqdоri va qiymati, tо‘g‘ri chiziqli harakatda yо‘l 
tеzlik va vaqt) оrasidagi bоg‘lanishlarni qо‘llab, amaliy mazmundagi masalalarni 
yеchish. 
 
Malakaga ega bo‘lishi kеrak: 
— taqqoslash va turli alomatlariga: uzunligi, yuzi, massasi, sig‘imiga ko‘ra tartibga 
sola olish; 
— soatga qarab, vaqtni aniqlay olish (soat va minutlarda); 
— maishiy-hayotiy (savdo-sotiq, o‘lchash, tortish va h.k.) ishlarni bajara olish. 
 
1.3. Uchunchi sinfda to`rt xonali sonlarni o’qitish tizimi 
Ko’p xonali sonlarni alohida qilib berilishiga sabab, 1000 dan katta sonlarni 
nomerlashning o’ziga xos xususiyatlari bor: to`rt xonali sonlar faqat xona 
tushunchasiga emas, balki sinflar tushunchasiga ham tayanib hosil qilinadi, 
nomlanadi, yoziladi. Bu muhim tushunchani ochib berish kerak. 
Masalalarni qarab chiqish tartibi quyidagicha: nomerlash, yozma qo’shish va 
ayirish, yozma ko’paytirish va bo’lish. Ishning o’ziga xos tomoni shundan iboratki
ko’rsatilgan barcha masalalarni o’rganishda o’qituvchi o’quvchilar o’qitishning 
bundan ilgarigi bosqichlarida hisoblash sistemalari, natural sonlar qatori, arifmetik 
amallar, ularning xossalari, amallar orasidagi o’zaro bog’lanish, komponentlar 
o’zgarganda natijalarning o’zgarishiga nisbatan to’plagan kuzatishlari va ayrim 
xulosalarini umumlashtirishga erishadi. Bu bilimlar to`rt xonali sonlarni o’qish va 
yozish, og’zaki va yozma hisoblashlarni bajarish uquv va malakalarini hisoblash 
uchun asos bo’ladi. 


27 
1000 dan katta sonlarni nomerlashni o’rganish o’ziga xos xususiyatga ega. 
Bundan oldingi barcha sonlarni o’rganishda o’rinli bo’lgan predmetlarni bevosita 
sanashga asoslangan holda to`rt xonali sonlarni hosil qilish, ularni og’zaki 
nomerlash mumkin emas. Predmet ko’rgazmalilikni shartli ko’rgazmalilikka 
almashtirishga to’g’ri keladi: son cho’tga solinadi yoki nomerlash jadvalida 
belgilanadi. Ikkala holda ham ko’rgazmalilik sonni hosil qilish va belgilashni 
namoyish etadi va shartlilik elementiga ega bo’ladi: cho’tdagi bir xil soqqalar, ayni 
bir xil raqamlar cho’tda va nomerlash jadvalida joylashishiga qarab yozuvda har 
xil sonni bildiradi (masalan, 3333 soni va 3 birlik, 3 o’nlik, 3 yuzlik va hokazo).
Darsda ko’rgazmali vositalardan foydalanayotganda buni xisobga olish 
zarur. 
Ikkinchi o’ziga xos xususiyati shundan iboratki, 1000 dan katta sonlarni 
nomerlash birliklarni ikki yoklama guruhlashga asoslanadi: quyi xonaning 10 
birligi undan keyingi yuqori xonaning 1 birligini tashkil etadi, quyi sinfning 1000 
birligi undan keyingi yuqori sinfning 1 birligini tashkil etadi. II sinf birligi — ming 
va bu birliklar bilan ularni I sinf birliklari kabi o’nliklarga, yuzliklarga, 
mingliklarga guruhlab sodda birliklar kabi sanash mumkin. To`rt xonali sonlar turli 
sinflar birliklarini sanash natijasida hosil bo’ladi, shuning uchun ular sinflar 
bo’yicha o’qiladi va yoziladi. Har bir sinf ichida esa sonning hosil qilinishi, 
atalishi va yozilishi 1000 ichida sonlarni hosil qilish, atash va yozishdagi kabi 
amalga oshiriladi. Masalan, agar minglarni sanab 115 ni, keyin birlarni sanab 125 
ni hosil qilsak, 115125 soni hosil bo’ladi. Birliklarni sinflar bo’yicha 
guruhlashning mavjudligi ko’p xonali sonlarni nomerlashni o’rganish tartibiga 
ma’lum iz qoldiradi: bolalarni bir yo’la minglar sinfining uchta xona birliklari 
bilan tanishtirish maqsadga muvofiq, bunda bu birliklarning hosil bo’lishi va 
atalishi I sinf birliklarining hosil bo’lishi va atalishi bilan o’xshash ekanini 
ta’kidlash kerak; so’ngra II sinf xona sonlarining hosil bo’lishi va yozilishini (5 
ming, 20 ming, 600 ming) va II sinf birliklaridan tuzilgan sinf sonlari (25 ming, 
320 ming, 761 ming)ni (ya’ni yaxlit mingliklarni) qarash va nihoyaT.: to’rt xonali, 
besh xonali va olti xonali sonlarni nomerlashni o’rganishga kirishish kerak. Bu 


28 
yerda sanoq sistemasining g’oyasi o’z aksini topadi: mingliklar xuddi oddiy 
birliklar kabi sanaladi, ko’p xonali sonlarni nomerlashni o’rganish esa mazkur 
holda 1000 ichida nomerlashga doir bilimlarga tayanadi. 
To`rt xonali sonlarni nomerlashni o’rganishga doir tayyorgarlik ishlarini 
ancha ilgari boshlash kerak. Bunda o’qituvchi ikkita maqsadni ko’zda tutishi zarur: 
birinchidan, o’quvchilarning bundan oldingi sonlarni nomerlashni qarashda olgan 
bilimlarini mustahkamlashga, ikkinchidan, o’quvchilarda yangi mavzuga doir 
ma’lum maqsadni shakllantirish va qiziqish uyg’otishi zarur. 
Bunda shu narsani qat’iy yodda tutish kerakki, nomerlashni o’rganish 
masalasi o’quvchilarning o’nli sanoq sistemasi, sonlarning natural ketma-ketligi va 
to`rt xonali sonlarning tarkibi haqidagi tushunchalarini kengaytirish va shu asosda 
to`rt xonali sonlarni o’qish va yoza olish ko’nikmalarini shakllantirishdan iborat. 
Bu mavzu bo’yicha ishning muvaffaqiyatli bo’lishi 1000 ichida sonlarni 
nomerlashning o’zlashtirilishi va mustahkam o’rganib olinishiga bevosita bog’liq, 
chunki o’nli sanoq sistemasidagi har qanday sinf sonlari tuzilishining yagona 
prinsipi birinchi minglikdagi sonlar bilan tanishishda olingan bilimlarni' istalgan 
to`rt xonali sonlar bilan ishlashda qo’llashga imkon beradi. 
Yangi mavzuni o’rganish yangi sanoq birliklari (ming, o’n ming, yuz ming 
birliklari) ning kiritilishiva sinf tushunchasi bilan tanishishdan boshlanadi. 
Bolalar bilan sanashdan foydalanib, mingning hosil bo’lishi takrorlanadi (10 
ta yuzlik 1 mingni tashkil etadi yoki boshqacha — sanoqda 999 sonidan keyin 
undan bir birlik katta son keladi, bu ming sonidir). So’ngra sanash jarayonida 
yangi sanoq birliklari kiritiladi: 10 ming yoki 1 ta o’n ming, 10 ta o’n ming: yoki 1 
ta yuz ming, 10 ta yuz ming yoky 1 million. Yangi sanoq birliklarining nomini 
nomerlash jadvaliga yozib olish o’qituvchi uchun ham, o’quvchilar uchun ham 
foydali. Bu jadvalga asoslangan holda sinf tushunchasini kiritish mumkin: 
dastlabki uchta xona birliklari, ya’ni birlar, o’nlar, yuzlar — birinchi sinfni yoki 
birlar sinfini tashkil etadi, navbatdagi uchta xona birliklari, ya’ni minglar, o’n 
minglar, yuz minglar birliklari esa ikkinchi sinfni yoki minglar sinfini tashkil etadi. 
Taqqoslash bilan shu narsani oson aniqlash mumkinki, bu sinflarning har birida 


29 
uchtadan xona bor, har bir navbatdagi xona birligi undan oldingi xona birligidan 10 
marta ortiq, birlar sinfida o’nlab va yuzlab oddiy birlar sanaladi va guruhlanadi, 
minglar sinfida esa minglab oddiy birlar sanaladi va guruhlanadi. So’ngra bu va 
bundan keyingi darslarda II sinf birliklari (II sinf sonlari)dan tuzilgan sonlar 
o’rganiladi, masalan, 35000, 135000, 109000, 280000 va sh. k. Ular cho’tga 
tashlanadi, nomerlash jadvaliga yoziladi. O’quvchi xonalar va sinflar jadvalini 
chizish bilan sinflarning o’xshashligini va farqini aniqlaydilar. 
Bu sonlarning alohida xona sonlaridan tashkil topi-shiga doir mashqlar (2 ta 
o’n ming va 8 ta ming — bu 28 mirg), shuningdek, berilgan sonni uni tashkil 
etuvchi xona sonlariga ajratishga doir mashqlar (472 ming sonida 4 ta yuz ming, 7 
ta o’n ming va 2 ta ming bor), berilgan sonni xona qo’shiluvchilari yig’indisiga 
almashtirish (903 ming=900 ming+3 ming), sonlarning o’nli tarkibiga oid 
bilimlarga asoslangan holda qo’shish va ayirishga doir mashqlar (80 ming+4 ming; 
807 ming—800 ming va h. k.) bajariladi. Bu mashqlarning barchasi bolalarga II

Download 0.75 Mb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   24




Download 0.75 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti

Download 0.75 Mb.
Pdf ko'rish