O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti




Download 0.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/24
Sana28.10.2022
Hajmi0.75 Mb.
#28379
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   24
Bog'liq
3-sinf matematika darsligi mazmuni bilan tanishtirish metodikasi
10-sinf infor test 3chorak, Фотоника Маг Химоя тақризчилар, химоя 2022, СХ-02М, 201 k Abdullayev Doston mt5, 9 monitoring test, 14-mavzu Yasashga doir geometrik masalalar haqida tushuncha. Ge, Lecture 25 (2), innovatsion ped tex mid term 3 course, Kurs ishi ramka ElMash, 6666, 7856785, 6876786786786Microsoft Word (2), 1, 222222222
II sinf – minglar sinfi 
I sinf – birlar sinfi 
Yuz 
minglar 
O’n 
minglar 
Bir 
minglar 
Yuzlar 
O’nlar 
Birlar 


















sinf sonlari 1000 ichida sonlarning hosil bo’lishi, yozilishi va o’qilishiga o’xshash 
ekanini tushuntirishga yordam beradi. 
Darslikda to`rt xonali sonni o’qish va yozish uchun nima qilish kerakligi 
haqida tushuntirish berilgan. Tushuntirishning alohida qadamlarining bajarilishini 
bolalarning amaliy ishlari bilan qo’shib olib borish foydali: o’qishda sinflarni bir-
biridan yoy yoki chiziqcha bilan ajratish, yozishda esa sinflarni uchta nuqta bilan 
belgilash (har bir sinfdagi uchta raqamni yozish o’rni, yuqori sinfdan tashqari) 
kerak. 
Bolalarni sonlarni yozishga mashq qildira borib, son bilan raqamning farqi 
haqida ta’kidlab o’tish zarur: raqamlar yordamida sonlar yoziladi; sonlar bir-


30 
biridan raqamlarining soni bo’yicha farq qiladi: bir xonali, ikki xonali, ... tort 
xonali. Raqamlar o’z qiymatiga ega bo’lish bilan birga sonning yozuvidagi o’rniga 
qarab ham qiymatga ega bo’lgani uchun ayni bir raqamni takrorlash bilan bir 
xonali, ikki xonali va h. k. sonlarni yozish mumkin. Nomerlashni o’rganishga 
ajratilgan butun vaqt davomida bolalarga u yoki bu sonni yozish uchun hammasi 
bo’lib nechta raqam kerak bo’lganini, bunda necha xil raqamdan 
foydalanilganligini sanab chiqishlarini taklif etish, bir xil raqamlar nimani 
bildirishini, shuningdek, sonning yozuvidagi 0 raqami nimani bildirishini so’rash 
kerak. O’qituvchi bergan raqamlar yordamida turli sonlarni yozish va bu sonlarni 
taqqoslashga doir mashqlar foydalidir. 
Shunday bo’lsada, tajriba ko’rsatishicha, o’quvchilarga u yoki bu xona 
birligi qatnashmagan sonlarni yozish ayniqsa, qiyinlik qiladi. 
Masalan ushbu topshiriq berilgan: II sinfning 16 ta birligidan va I sinfning 
16 ta birligidan tashkil topgan sonni yozing . Ba’zi o’quvchilar bunday yozadi: 
1616. Bu xatoning sababi nimada? 
Bolalar to`rt xonali sonlarni sinflar bo’yicha ko’rgazmali ravishda og’zaki 
yomon qabul qilishlari ehtimol. Bunday xatoga yo’l qo’ymaslik uchun 
o’quvchilarni eng oldin o’zlariga yuqori xona o’ngdan nechanchi o’rinda turishini 
belgilab olishlarini, sondagi raqamlar sonini fikran aniqlashlarini o’rgatish kerak. 
Bunga quyidagi mashq yordam berishi mumkin. Masalan: 
Sonda 324 ming bor. Bu sonda nechta raqam bor? (Bola ta’kidlaydi: 324. . . 
— sonda 6 ta raqam bor.) 
O’qituvchi shu o’rinda bu son 324000 ko’rinishda tasvirlanishi shart 
emasligini, unda I sinfning boshqa raqamlari ham bo’lishi mumkinligini, masalan, 
324745, 324 084, 324 120 va hokazo, biroq ularning hammasida 324 ming 
borligini tushuntiradi. 
Sonda 3 ming bor. Sonda hammasi bo’lib nechta raqam bor? (3...) Sonda 40 
ming bor. Sonda hammasi bo’lib nechta raqam bor? (40...) 


31 
Sonlarni yozish va o’qish uchun tarbiyada bebaho hisoblangan vaqtli 
matbuotdan olingan bilishga oid sonli materiallardan foydalanish zarur. Sonli 
materiallarni to’plashga o’quvchilarning o’zlarini ham jalb etish foydalidir. 
1000 ichida sonlarning natural ketma-ketligi haqida to’g’ri tasavvurlarni 
shakllantirish maqsadida dastlabki darslarning o’zidayoq ma’lum bo’lgan bittalab, 
o’ntalab, yuztalab qo’shishga (ayirishga) doir, berilgan songa nisbatan undan 
bevosita oldin va bevosita keyin keluvchi sonlarni aniqlashga doir, 
± 1 
ko’rinishdagi misollarga doir, barcha to’rt xonali sonlar ichidan eng kattasini va 
eng kichigini aniqlashga doir mashqlarni kiritish kerak. Bundan tashqari
bolalarning sonlarning natural qatori ( natural qator atamasini hozircha kiritmaslik 
mumkin) haqidagi bilimlarini umumlashtirish maqsadga muvofikdir. O’quvchi 
dastlab sonlarning bu qatorini yozib va uning davomini ko’p nuqtalar bilan 
belgilab (1, 2, 3, 4, 5, 6. . . .), o’qituvchi rahbarligida sanashda qo’llaniladigan 
sonlar qatori birdan boshlanishini, undagi har bir navbatdagi son o’zidan oldin 
keluvchi sondan bitta ortiq ekanini; berilgan ixtiyoriy sondan keyin keluvchi sonni 
hosil qilish uchun unga birni qo’shish kerak ekanini, hosil bo’lgan songa yana birni 
qo’shish mumkin ekanini va hokazoni aniqlaydi. Demak, sonlarning bu qatorida 
oxirgi eng katta sonni aytish mumkin emas — sonlar qatori cheksizdir. 
Nomerlashni o’rganish jarayonida o’quvchilar sonni 10, 100, 1000 marta 
orttirish va kamaytirish bilan tanishadilar. Songa bitta, ikkita, uchta va hokazo 
nolni qo’shib yozish (sondan nollarni olib tashlash) bilan bolalar sonning 
yozuvidagi har bir raqamning qiymati uni chapga (o’ngga) surib borish bilan mos 
ravishda 10, 100, 1000 va hokazo marta o’zgarishini, sonning o’zi esa shuncha 
marta ortishini (kamayishini) ko’radilar. Shunday qilib, sonni 10, 100, 1000 va 
hokazo marta orttirish va kamaytirishga doir mashqlarni bajarishda o’quvchilar 
sonlar yozuvining pozitsion prinsipi haqidagi bilimlarini qo’llaydilar va 
mustahkamlaydilar. 

Download 0.75 Mb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   24




Download 0.75 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti

Download 0.75 Mb.
Pdf ko'rish