58
Ushbu
malakaviy
bitiruv
ishini
yorituvchi
amaliy
mazmundagi
masalalarning turlarini aniqlash uchun hozirgi paytda о’zbek
maktablarida
qo’llanib kelinayotgan 1-2-3 sinflarning matematika darsliklaridagi barcha
masalalar o’rganib chiqildi. Boshlang’ich sinf darsliklarida, amaliy mazmundagi
masalalar ko'proq 3-sinfda uchraydi chunki bu sinflar bevosita 1- va 2-sinfda
olingan bilimlarni davom ettirib sekinlik bilan murakkablashib boradi.
Boshlang’ich sinflarda amaliy mazmundagi
masalalarni tuzish katta
ahamiyatga ega. Chunki bu turdagi masalalar o'quvchilarning fikrlash doirasini,
idrokini, hozirjavobligini oshiradi.
Boshlang’ich sinflarda o'tiladigan amaliy mavzudagi masalalardan
quyidagilar ko'proq xarakterlidir: harakatga doir, proporsional miqdorli masalalar,
iqtisodiy masalalar, statistik ma'lumotlarga asoslangan masalalar o'qitishda yuqori
ko’rsatkichlar beradi.
Harakatga doir masalalar
Matematika o'qitishda harakatga doir masalalar
jumlasiga harakatni
xarakterlovchi uchta miqdor – tezlik, vaqt va
masofa orasidagi bog’lanishlarni
topishga doir masalalar kiritiladi.
O’quvchi murakkab masalaning yechimini o’rganish uchun oldin sodda
masalalarning yechimini o’rganishi zarur. Shuning uchun ham harakatga doir
masalalar kiritiladi.
O’quvchi murakkab masalaning yechimini o’rganish
uchun oldin sodda
masalaning yechimini o’rganishi zarur. Shuning uchun ham harakatga doir
masalalar ustida ishlashni masofani aniqlashga, vaqt oralig’ini aniqlashga oid
bir qator masalalarni yechish kerak. Quyidagi shartlarga doir sodda va murakkab
masalalar.
Bu masalalarda - tezlik, vaqt yoki masofa qolgan ikkitasiga bog’liq
holda qatnashadi.
a) Uchrashma harakatga doir masalalar.
b) Ikki jismning qarama-qarshi yo’nalishdagi harakatlarga doir masalalar.
v) Ikki jismning bir yo’nalishdagi harakatga doir masala.
59
Bunday masalalarga namunalar keltiramiz. Bu turdagi masalalarni yechishda
ko’rgazmalilikdan keng foydalanilsa ancha maqsadga muvofiq bo’ladi.
O’quvchilarning tezda idrok qilishiga va ko’z o’ngida aniq tasavvur qilishda
ko’rgazmalilik muhim rol o’ynaydi. Masalan: .Ikkita mashina ikki shahardan
yo’lga chiqqan bo’lsa, ularning orasidagi masofa va vaqtlarni topish berilgan
bo’lsin.
Bunda o
’
qituvchi avtomobilning karton modelini yasab harakatga
keltiradi. Ma'lumki, avtomobil qanecha masofa o’tdi.
1. O’quvchi soat 8.30 da uydan chiqib, soat 8.50 da maktabga yetib keldi.
O
’
quvchi yo
’
lda necha minut yurgan?
O'quvchilar bunday masalalarni yechganlaridan keyin ularning harakat
haqidagi tasavvurlarini umumlashtirish va tegishli chiziqlarni bajarishga o’rgatish
kerak. Masalan, bitta jism (tramvay, mashina, odam) tez va sekin harakat
qilishi
to'xtashi mumkin. Ikkita jismning bir-biriga harakati yaqinlashish qarama-qarshi
yo’nalishda harakat qilishi mumkin. Bularning barini sinf sharoitida kuzatib
tegishli chizmalar qanday chizilishini ko'rsatish kerak. Yo’lni kesma bilan,
jo'nash joyini, yetib borish joyini kesmadagi nuqta
va tegishli harf bilan
belgilash qabul qilingan.
Ma'lumki, harakat va masofa vaqti bo’yicha tezlikni topishga doir masalalar
Piyoda har 3 soatda 15 km yo’l bosgan bo’lsa, u qanday tezlik bilan yurgan? .
O’quvchilar o’qituvchi ishtirokida jadvalga yozishni o’rganadilar.
Masalada nima ma'lum (piyoda yo’lda 3 soat yurgani).
3 soat – bu piyodaning yurgan vaqti, tushuntiradi o
’
qituvchi.
Masalada yana nima ma'lum? (pivoda 3 soatda 15 km yurgani).
15 km tushuntiradi o’qituvchi.
Masalada nimani bilish talab qilinadi?
2. tezlik va vaqtga ko’ra masofani topishga doir masalalar. Masalan, Alixon
piyoda soatiga 3 km tezlik bilan 2 soat yo’lda bo’ldi. Alixon qancha yo’l
yurgan?
Tezlik
Vaqt
Masofa
60
Soatiga 3 km
2 soat
?
Masalani yechish vaqtida 1 soat 2 soatdan qancha kam bo’lsa, shuncha
masofa ko'p bosadi, degan muhokama bilan o’quvchilar bunday xulosaga
keltiriladi: masofani topish uchun tezlikni vaqtga ko'paytirish kerak.
3 km x 2 soat = 6 km\soat
3. Ma'lum masofa va tezlikka ko’ra harakat vaqtini topishga doir masalalar.
Masala quyidagicha bo’ladi: 6 km masofani piyoda kishi soatiga 3 km
tezlik
bilan o’tdi. Piyoda bunday masofani necha soatda o’tgan.
Tezlik
Vaqt
Masofa
Soatiga 3 km
?
6 km
Harakatga doir masalalar bir xil yondashishni talab qilgani uchun
metodikada 3 xil masala qaraladi:
1.Berilgan harakat tezliklari va vaqtga ko’ra masofa topiladigan masalalar;
2. Berilgan tezliklar va masofaga ko’ra harakat vaqti topilgan masalalar.
3. Berilgan masofa va harakat vaqtiga ko’ra jismlardan birining tezligi
topiladigan masalalar.
Yuqoridagi 3 xil masalalar o'zaro teskari masalalardir, ularni bir darsning
o’ziga kiritish kerak.