o`quvchi matematik bilimlar shunchaki o`zlashtiriladigan bilimlar emas balki




Download 0.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/24
Sana28.10.2022
Hajmi0.75 Mb.
#28379
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24
Bog'liq
3-sinf matematika darsligi mazmuni bilan tanishtirish metodikasi
10-sinf infor test 3chorak, Фотоника Маг Химоя тақризчилар, химоя 2022, СХ-02М, 201 k Abdullayev Doston mt5, 9 monitoring test, 14-mavzu Yasashga doir geometrik masalalar haqida tushuncha. Ge, Lecture 25 (2), innovatsion ped tex mid term 3 course, Kurs ishi ramka ElMash, 6666, 7856785, 6876786786786Microsoft Word (2), 1, 222222222
o`quvchi matematik bilimlar shunchaki o`zlashtiriladigan bilimlar emas balki 
hayotiy zaruriyat sifatida o`zlashtirilishi lozimligi to`g`risida xulosa qiladilar
Odatda darsda bir necha didakik materiallar amalga oshiriladi: yangi 
materialni utish; o`tilgan materialni mustaxkamlash; bilmilarni mustaxkamlash; 
bilimlarni umumlashtirish, tizimlashtirish; mustaxkam o`quv va malakalar xosil 
qilish va xokazo. 
Matematika darslarining o`ziga xos yana bir tomoni Shundaki, bu-o`quv 
materialining abstraktligidir. Shuning uchun ko`rgazmali vositalar, o`qitishning 
faol metodlarini sinchiklab tanlash,o`quvchilarning faolligi, sinf o`quvchilarining 
o`zlashtirish darajasi, kabilarga ham bog`liq. 
Matematika darsida turli tuman tarbyaiviy vazifalar ham hal qilinadi. 
O`quvchilarda kuzatuvchanlikni, ziyraklikni, atrofga tanqidiy qarashni, ishda 
tashabbuskorlikni, mas`uliyatni va sof vijdonlilikni, to`g`ri va aniq so`zlashni, 
hisoblash, o`lchash va yozuvlarda aniqlikni, mehnatsevarlik va qiyinchiliklarni 
engish xislatlarini tarbyailaydi. 
O`quv ishini tashkil etishning darsdan tashqari quyidagi shakllari mavjud: 
1.Mustaqil uy ishlari. 
2.O`quvchilar bilan yakka va guruh mashg`ulotlari. 
3.Matematikaga qobiliyatli o`quvchilar bilan o`tkaziladigan mashg`ulotlar. 
4.Matematikadan sinfdan tashqari mashg`ulotlar. 
5.O`quvchilar bilan ishlab shiqarishga, tabiatga ekskursiya. 


13 
Bu erda sanab o`tilgan ish shakllari va dars bir birini to`ldiradi. Asosiy masala 
darsga taalluqlidir. Darsda hamma ishlarga bevosita o`qituvchi rahbarlik qiladi. 
Qo`shimcha mashg`ulotlarda esa ish o`qituvchining o`zi tomonidan yoki 
o`qituvchi rahbarligida o`quvchilar tomonidan badjariladi. 
Bugungi kunda asoslanishi lozim bo`lgan holat-o`quvchiga pedagogik 
yordam ko`rsatish va o`quv biluv jarayonida uni pedagogik qo`llab quvvatlashning 
qulay shakl va imkoniyatlarini izlab topishdan iboratdir. 
O`quvchilar bilan har bir darsda bir nechta tushunchalar bilan ish olib 
boriladi. har bir tushunchani tushunish boshqa bir tushunchani takrorlash, esga 
olib borish bilan olib borilsa, bu tushuncha esa keyingi tushunchalarni tushuntirish 
uchun xizmat qiladi. O`qitish jarayonida har bir o`quv materiali rivojlantirlgan 
holda olib boriladi, bu o`quv materiali o`zidan keyin o`qitiladigan materiallarni 
tushunish uchun poydevor bo`ladi. Boshqa tushunchaning o`zlashtirilish jarayonini 
qarasak, u bir nechta darslarning o`zaro bog`liqligi o`qitilishi natijasida hosil 
bo`ladi. Shunday qilib matematik tushunchalarni hosil qilish birgina darsning 
o`zida hosil qilinmasdan, balki o`zaro aloqada bo`lgan bir qancha darslarni o`tish 
jarayonida hosil qilinadi. Bunday darslarni birgalikda darslar tizimi deb ataymiz. 
Shuning uchun o`qituvchi mavzuning mazmunini ochadigan darslarni 
mantiqiy ketma ketlikda joylashtirishi kerak. 
Eng katta talab darsning o`quv tarbiyaviy maqsadini e`tiborga olish, o`qitish 
tamoyillarining metodik va umumpedagogik tomonlarini hisobga olishdir. Mavzu 
bo`yicha yaxshi o`ylangan darslar tizimining o`quv vaqtini mavzularga to`g`ri 
taqsimlashga bog`liq. 
Unda o`quvchilarning mustaqilligini hosil qilish, xususiy misollarni qarash
xususiy xulosalar chiqarish, undan umumiy xulosalar chiqarishga olib kelish diqqat 
markazida turishi lozim. Bu bilimlar darslar tizimida hosil qilinib, 
mustaxkamlangandan keyin misol va masalalar yechishni ta`minlashi kerak. Undan 
keyin mashqlar yordamida malakalarni qayta ishlashi, shuningdek hosil qilingan 
bilimlarni doimo bir tizimda keltirish va umumlashtirishni ham ta`minlash kerak. 


14 
Dasturning qandaydir mavzusining mazmunini aniqlashda, mavzu materialini 
dars vaqtlariga taqsimlashda, ya`ni bilimlarni o`zlashtirishga quyidagi asosiy 
bosqichlar qaraladi: 
1.Yangi materialni o’qitishga tayyorlash. 
2.Yangi o`quv materialini idrok qilish va yangi bilimlarni hosil qilish. 
3.Bilimlarni mustahkamlash va turli xil mashqlar orqali malakalarni hosil 
qilish. 
4.Bilimlarni takrorlash, umumlashtirish va bir tizimga keltirish. 
5.Bilim va malakalarni tekshirish. 
Matematika o`qitish jarayonida o`quvchilarning faolligini oshirish va 
matematikaga bo`lgan qiziqishini rivojlantirsh omillaridan biri o`quvchilar bilan 
olib boriladaigan mustaqil ishlardir. 
Matematika darslarida mustaqil ishlar yangi materialni o`rganishga 
tayyorgarlik ko`rishda, yangi tushunchalar bilan tanishishda, bilim, uquv va 
malakalarni mustahkamlashda, shuningdek bilimlarni nazorat qilishda amalga 
oshiriladi. 

Download 0.75 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24




Download 0.75 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



o`quvchi matematik bilimlar shunchaki o`zlashtiriladigan bilimlar emas balki

Download 0.75 Mb.
Pdf ko'rish