Uchunchi sinflarda matematika fani bo’yicha o’quv reja va




Download 0.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/24
Sana28.10.2022
Hajmi0.75 Mb.
#28379
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   24
Bog'liq
3-sinf matematika darsligi mazmuni bilan tanishtirish metodikasi
10-sinf infor test 3chorak, Фотоника Маг Химоя тақризчилар, химоя 2022, СХ-02М, 201 k Abdullayev Doston mt5, 9 monitoring test, 14-mavzu Yasashga doir geometrik masalalar haqida tushuncha. Ge, Lecture 25 (2), innovatsion ped tex mid term 3 course, Kurs ishi ramka ElMash, 6666, 7856785, 6876786786786Microsoft Word (2), 1, 222222222
1.2. Uchunchi sinflarda matematika fani bo’yicha o’quv reja va 
dasturlarining hozirgi holatini o’rganish 
Boshlang’ich matematika kursining asosini natural son va nol, butun musbat 
sonlar ustida to’rt arifmetik amal hamda ularning asosiy xossalari haqidagi aniq 
tasavvurlar va bu bilimlarga asoslangan og’zaki va yozma hisoblash usullarini 
ongli va puxta o’zlashtirishni tashkil etish, shuningdek jadval hollaridagi hisoblash 
malakalarini avtomatizm darajasiga etkazilishini tashkil etadi. 
Matematika kursi asosiy kattaliklar va geometriya elementlari bilan 
tanishtirishni nazarda tutadi. Ular imkoniyat darajasiga ko’ra o’quvchilarning son, 
arifmetik amallar va matematik munosabatlar haqidagi tushunchalarni yuqori 
darajada o’zlashtirishiga yordam bera borib, arifmetik bilimlar tizimiga qo’shiladi 
dastur matematik tushunchalarning hayotiy materiallar asosida o’zlashtirilishini 
ko’zda tutadi. Bu esa darsda o’quvchilar o’zlashtirishi lozim bo’lgan tushuncha va 


15 
qoidalar amaliyotga xizmat qilishini, hayotiy ehtiyojlar natijasida vujudga 
kelganligini o’quvchilarga etkazib berish imkonini beradi hamda fan va amaliyot 
orasidagi aloqalarni to’g’ri tushunishga asos yaratadi. 
Matematika bolalarda tafakkur, diqqaT.: xotira, ijodiy tasavvur etish, 
kuzatuvchanlikni rivojlantirishga imkon beradi. Shuningdek, matematika 
o’quvchilarning mantiqiy fikrlash malakalarini oshirishi, ularning o’z fikrlarini 
aniq, to’g’ri va tushunarli bayon etishi uchun zamin hozirlaydi. O’qituvchining 
vazifasi — bolalarga matematikani o’qitishda bu imkoniyatlardan samarali 
foydalana olishdan iborat 
Boshlang’ich sinflarda matematikani o’qitishga haftasiga 5 soatdan vaqt 
ajratiladi. O’quv materialini sinflarga taqsimlashda o’rganilayotgan sonlar va ular 
bilan arifmetik amallarni bajarish doirasi asta-sekin kengaytirib borilishi nazarda 
tutiladi.
3-sinfda — 1 dan 1000 gacha bo’lgan sonlar. To’rt arifmetik amal kabi 
mavzular qaraladi. 
Tez 
hisoblash 
malakalarini shakllantirish 
uchun 
yechishni 
mufassal 
tushuntirishdan og’zaki, qisqa va lo’nda tushuntirishlarga o’z vaqtida o’tishni 
ta’minlash muhimdir. 
Shu munosabat bilan o’qituvchi o’z vaqtida o’quvchilarga jadvalning mos 
hollarini eslab qolishga doir yo’l-yo’riqlarni beribgina qolmay, balki, ularni 
jadvalni o’zlashtirish uchun zarur bo’lgan kundalik mashq ishlari bilan ham 
ta’minlashi kerak. 
3-sinf dasturi 1000 ichida sonlar bilan to’rt arifmetik amalni bajarishni, sonlarni 
raqamlashni o’rganishni, sonlar doirasini kengaytirishni nazarda tutadi. 
Sonlarni raqamlashni o’rganish jarayonida o’quvchilarda og’zaki hisoblashlarda, 
keyinchalik esa hisoblashlarda qo’llaniladigan sonlarni o’qish va yozish, sonlar 
tarkibini bilish ko’nikmalari shakllanishi lozim. 
Xonalar va sinflar (birliklar, mingliklar va hokazo)ning tuzilishi bilan 
tanishtirish o’quvchilarning o’nli sanoq sistemasining tuzilish prinsiplarini to’la 
anglab etishlari uchun asos yaratadi. 


16 
Raqamlash mavzusini o’rganish jarayonida o’quvchilar ilgari egallagan o’lchov 
birliklari haqidagi bilimlarini umumlashtirishlari, uzunlik, massa, vaqt birliklari 
jadvalini yodda saqlab qolish ustida mashq qilishlari va ularni puxta o’zlashtirish 
ustida ishlashlari kerak. Ularda o’lchov birliklari haqidagi aniq tasavvurlarni 
shakllantirishga alohida e’tibor berib, u yoki bu narsani o’lchash uchun qanday 
birliklardan foydalanish qulayligini so’rash muhimdir. 
O’quv yili mobaynida darsdan darsga qadar o’quvchilarda yozma va og’zaki 
hisoblash malakalarini shakllantirishga oid ishlar muntazam ravishda olib borilishi 
lozim. 
Quyidagi bo’limlarni e’tiborga olgan holda har bir dars uchun materiallarni 
tanlash lozim: 
1. 
Ko’paytirish va bo’lish jadvallari. 
2. 100 ichida jadvaldan tashqari hisoblashlar. 
Shu bilan birga dastur o’rganilayotgan algoritmlarni puxta o’zlashtirish 
hamda yozma hisoblash malakalariga ega bo’lishni nazarda tutadi. Ikki xonali va 
uch xonali songa qavsli va qavssiz ifodalarda amallarni bajarish tartibi haqidagi 
qoidalarni qo’llashga doir turli masalalar. Amallarni bajarish tartibi qoidalarini 
o’zlashtirish yuzasidan oldingi sinflarda ham ma’lum ishlar olib borilgan, lekin, 3-
sinfda bitta emas, bir necha juft qavslar ishtirok etgan ifodalar hamda qavslar 
ichida ikki yoki undan ortiq amal qatnashgan ifodalar qaraladi. 
Amallarni bajarish tartibini o’zlashtirishga yo’naltirilgan mashqlarni 
tanlashda avval hisoblashlar og’zaki, tez va oson bajariladigan misollarga, yozma 
hisoblash malakalari shakllangandan so’ng esa topshiriqlar qatoriga 1000 lik sonlar 
bilan 3-4 amalli, qavsli va qavssiz ifodalar kiritilishi mumkin. O’quvchilar 
tomonidan yozma hisoblash algoritmlarini o’zlashtirish masalasi boshlang’ich 
sinflarning matematika kursi oldida turgan asosiy vazifalardan biridir. Bunda 
nafaqat mos ko’nikma va malakalarni shakllantirish masalasi, balki hisoblash 
usullarini katta sonlar doirasiga keng yoyish imkoniyatlari ham qaraladi. Shu bilan 
birga arifmetik amallarning bir qator yangi xossalari ko’rib chiqiladi. Masalan, ikki 
xonali songa ko’paytirish algoritmning nazariy asosi sifatida sonni yig’indiga 


17 
ko’paytirishning turli usullari; nollar bilan tugaydigan songa ko’paytirish algoritmi 
uchun esa sonni ko’paytmaga ko’paytirish (46-200+46-2:100) usuli olinadi 
Yozma ko’paytirish va bir xonali hamda ikki xonali songa yozma bo’lishni 
ishonchli bajara olish o’quv yili oxiriga kelib o’quvchilarning egallashlari kerak 
bo’lgan ko’nikmalardan biridir. 3-sinfda uch xonali songa yozma bo’lish masalasi 
tanishtirish rejasida qaraladi, ya’ni bunday hisoblashlarni o’quvchilar o’quv yili 
oxirigacha mos ravishdagi yodda saqlashga asoslangan holda yoki o’qituvchining 
bevosita rahbarligida bajarishlari mumkin. 
Harfli belgilash elementlarining kiritilishi ham arifmetik materialni tushungan 
holda, chuqur va umumlashgan tarzda o’zlashtirishga imkon beradi. Sonli 
ma’lumotlari berilgan masalaga tenglama tuzishda izlanayotgan miqdorni belgilash 
uchun matematik belgi sifatida harfdan foydalaniladi. Masalan, Agar o’ylangan 
songa 4 ni qo’shsak, 9 hosil bo’lsa qanday son o’ylangan bo’ladi? (X+4=9). 
3-sinfda x-3=76-58, x:5=30:6, (x+6)-5=48, (14-x)+9=12 ko’rinishdagi 
murakkabroq tenglamalar ham kiritiladi. Bunday mashqlar, asosan, amal tarkibiy 
qismlari va natijasi orasidagi bog’lanishlarni bilish asosida yechiladi. 
Bunday ishlar 3-sinfda davom ettiriladi. Boshlang’ich sinflarda arifmetik 
masalalar matematika kursining eng katta va muhim tarkibiy qismidir. Ularda 
butun kursning asosiy mazmuni va shu bilan birga arifmetik tushunchalarning 
mazmuni ochib beriladi. Masalalar yechish jarayonida o’quvchilar har bir amal 
ma’nosini va ularni qo’llashning asosiy hollarini o’zlashtiradilar; og’zaki va yozma 
hisoblash malakalari qo’llaniladi va mustahkamlanadi, masalalar yechishga 
o’rgatish o’quvchilarning mustaqil faoliyatlarini rivojlantirish uchun, ularda faollik 
va tashabbuskorlikni oshirish uchun keng imkoniyatlar yaratadi. 
Arifmetik amallarning mazmunini ochish sodda masalalarni (ya’ni, bir arifmetik 
amal bilan yechiladigan maslalarni) yechish bilan bog’liq. Shuning uchun, har bir 
o’quv yili dasturida sodda masalalarning barcha mumkin bo’lgan hollari beriladi. 
Masalalarni tanlash va ularni vaqt bo’yicha joylashtirish tizimi shunday tiisob 
bilan tuzilganki, bu biror jihatdan o’xshash bo’lgan (shuning uchun bolalar 
aralashtirib yuboradigan) masalalarni, shuningdek, o’zaro teskari masalalarni 


18 
taqqoslash, qarshi qo’yish uchun sharoit yaratib beradi. Bunda o’quvchilarning 
turli masalalar bilan uchrashishlari nazarda tutilgan. Bu esa, masalalaryechishda 
zararli bo’lgan va qotib qolgan fikrlarning paydo bo’lishining oldini oladi: bolalar 
boshidan boshlaboq masalani yechish uchun u yoki bu amalni tanlashdan oldin uni 
asosli tahlil qilishga majbur bo’ladilar. 
O’quvchilarda masalalarni yechish ko’nikmasi uch yil mobaynida asta-sekin 
rivojlanib boradi. Maqsad o’quvchilarning o’zlari yechishga kuchlari eta oladigan 
arifmetik masalalarni yechish yo’llarini mustaqil topa olishlariga erishishdir. 
Bolalarni masalalar yechishga o’rgatishda ularga masalalar yechishga 
yondoshishning ba’zi umumiy usullarini o’rgatish muhim hisoblanadi. Chunonchi, 
bolalar o’qituvchi boshchiligida masalani qisqa va tushunarli yozishni, masala 
shartini rasm va chizmalar bilan namoyish qila olishni o’rganib olishlari, shu bilan 
masala yechish yo’llarini o’zlari uchun engillashtirishlari, aniq bir masala shartini 
mavhumlashtirishni (masalan, baho , miqdor , qancha turishi kabi mavhum 
atamalardan foydalanib) va masalada berilgan miqdorlar bilan izlanayotgan miqdor 
orasidagi bog’lanishni ochishga yordam beruvchi usullarni o’rganib olishlari kerak. 
O’quvchilarning fikrlash faoliyatlarini va nutqlarini rivojlantirish uchun ularni 
masalani va uning yechilishini tahlil qilishlariga, masalani yechishdagi har bir 
amalni asoslab berishga o’rgatish muhimdir. Ular yechilayotgan masalada nima 
berilgan, nima izlanayotganligi (noma’lumligini), masalaning savolidan nima kelib 
chiqishini, masala savoliga javob topish qanday arifmetik amallar yordamida 
amalga oshirilishini va ularni qanday tartibda bajarish kerakligini tushunib 
etishlari, shuningdek, har bir tanlangan amalni asoslay olishlari va topilgan 
natijalarni tushuntirib bera olishlari, berilgan masala bo’yicha ifoda tuza olishlari 
(barcha zarur tushuntirishlari bilan), masalani echa olishlari va echimning 
to’g’riligini tekshira olishlari lozim. 
Shuningdek, o’quvchilarda masalani turli usullar bilan yecha olish malakasini 
shakllantirish ham kata ahamiyatga ega. O’quvchilar arifmetik amallar xossalariga 
oid olgan bilimlarini masalalarni yechishda qo’llashni o’rganib olishlari kerak. 
Ular ba’zi masalalarni bir necha usul bilan yechish mumkinligini va o’zlariga 


19 
tanish usullardan eng maqbulini tushunib tanlashlari borasida o’zlariga hisob bera 
oladigan bo’lishlariga harakat qilish lozim. 
Tayyor masalalarni yechish bilan bir qatorda o’quvchilarni o’qituvchining turli 
topshiriqlari bo’yicha masalalar tuzishga mashq qildirish foydali. O’quvchilar 
masalalar tuzish uchun sonli va syujetli materiallarni atrof - borliqdan olishlari 
kerak. Bunday masalalarni tuzish va yechish har xil turdagi masalalarning tuzilishi 
va echilishining o’ziga xos xususiyatlarini chuqur tushunish imkonini beribgina 
qolmay, balki, bolalarning ijodiy tasavvur qila olishlarini, ularning bilim 
doiralarini kengaytiradi, ta’limning turmush bilan bog’lanishini mustahkamiashga 
imkon beradi. 
Dasturda har xil kattalikni (qancha turishi, miqdori, bahosi; narsalarning 
umumiy massasi, narsalar miqdori (soni), bitta narsaning massasi va hokazo) 
arifmetika bilan uzviy bog’liqlikda o’rganishga katta o’rin berilgan. Kattaliklarni 
o’rganishda ularni o’lchash usullari, eng sodda formulalar yordamida 
ifodalanuvchi bog’lanishlar qaraladi (masalan, Hamma sotib olingan narsa qancha 
turishini bilish uchun narsaning bahosini narsalar soniga ko’paytirish kerak
ekanligini bolalar og’zaki tushuntiradilar. Bunda formulalar yoziimaydi). Shu bois, 
masalalarni tanlashda bu bog’lanishlarning ma’nosini ochib beruvchi masalalarga 
alohida e’tibor berish kerak. 
3-sinfda masalalar ustida olib boriladigan ishlar murakkablashtiriladi. 
Boshlang’ich sinf matematika dasturining asosiy talablari o’quvchilar 
tomonidan to’rt arifmetik amalga oid sodda matnli masalalarni yechish 
ko’nikmasini egallashni nazarda tutadi. Bu quyidagi ko’rinishdagi masalalardir: 
— har bir amal mazmunini ochib qo’shiluvchining yig’indisi, ayirma, ko’paytmani 
topish; teng qismlarga bo’lish yoki mazmuniga ko’ra bo’lishga oid); 
— 
berilgan sondan bir necha birlik (yoki bir necha marta) katta (kichik) bo’lgan 
sonni topish talab etilgan masalalar hamda ayirish va bo’lish yordamida sonlarni 
taqqoslashga (ayirmali va karrali taqqoslashga) doir; 
— 
amal tarkibiy qismlaridan birini topishga doir; 
— 
sonning ulushini va ulushiga ko’ra sonni topishga doir. 


20 
3-sinfda o’quvchilar uchun yangi bo’lgan, yuqorida keltirilgan guruhlardan 
ikkinchisiga oid turli ko’rinishdagi masalalar kiritiladi. Bundan tashqari, bolalarga 
ko’rinishi avvaldan tanish bo’lgan, lekin ular uchun yangi bo’lgan kattaliklar 
orasidagi o’zaro bog’lanishlarni tushunib etish asosida tuzilgan masalalarni 
yechishga alohida e’tibor beriladi. 
Yuqorida sanab o’tilgan ko’rinishlardagi masalalarni yechish uchun amallarni 
tanlay ola bilish malakasi avtomatizm darajasiga etkazilishi kerak. Shu bilan birga 
bu malaka anglab etilgan bo’lishi, ya’ni o’quvchi doimo mantiqiy fikr-mulohazalar 
yordamida hamda zarur hollarda sxematik ko’rgazmalardan foydalanib, tanlangan 
amalning to’g’riligini asoslab bera olishi darkor. 
Butun o’quv yili mobaynida mos ko’nikma va malakalarni shakllantirish uchun 
darsdan darsga qadar o’quvchilarga turli ko’rinishdagi sodda masalalarni og’zaki 
mashqlarga, yozma mustaqil ishlarga, uy vazifalariga qo’shib yechishni mashq 
qildirish lozim. 
Dars materialini tanlaganda o’quvchilar tomonidan tez- tez chalkashtirib 
yuboriluvchi masalalarni, masalan, sonni bir necha marta va bir necha birlikka 
orttirish(kamaytirish)ga, ayirmali va karrali taqqoslashga doir masalalarni bir-
biriga qarama-qarshi qo’yish, taqqoslash zarurligini unutmasligi lozim. Buning 
uchun mos ravishdagi masalalar juftlarini berish va o’quvchilardan ularning 
shartlarini, yechimlarini taqqoslashni, shartlarini o’zgartirishni va shartlarning 
o’zgarishi bilan yechim ham o’zgarishini tushuntira olishni, masala tuzish va uni 
yechishni, berilgan ifoda bo’yicha masala tuzishni hamda masala yechish bilan 
bog’liq bo’lgan boshqa ijodiy tavsifdagi o’qituvchi va o’quvchilarga ma’lum 
bo’lgan topshiriq turlarini qo’llashni talab etish kerak. 
Darsda yechilishi lozim bo’lgan sodda masalalarning sonini orttirish uchun 5-6 
ta sodda masalani o’z ichiga olgan matematik diktantlarni o’tkazish mumkin. 
Bunda faqat javoblarini yozish yoki masalani yechish uchun tanlangan amal 
belgisini ko’rsatish kifoya qiladi. Darslikdagi masala matnini bolalar o’qishlari va 
uni og’zaki yechishlari ham maqsadga muvofiqdir. O’quvchilarning masalani bir 
marta o’qib, sodda masaladan tarkibli (murakkab) masalani ajratib olishlari uchun 


21 
bunday masalalar yozma mustaqil ishlar va nazorat ishlariga kiritilishi lozim. 
Sodda masalalarni yechish malakasini hosil qilish - boshlang’ich sinflarda 
matematika o’qitishning asosiy yo’nalishlaridan biri. 
O’quvchilarni tarkibli masalalarni yechishga o’rgatish kursning asosiy 
vazifalaridan biridir. Bunda amallar soniga nisbatan cheklanish bo’lmaydi, ya’ni, 
(3-sinfda o’quvchi nafaqat ikkita, balki, uchta va to’rtta ko’paytmalarning 
yig’indisini topish talab etilgan, hayotda tez-tez uchraydigan) masala-hisob-
kitoblarni yecha olishi kerak. Tarkibli masalalarda avval ko’rib chiqilgan sodda 
masalalarning barcha turlari, jumladan, bolalar uchun yangi tartibda tuzilgan sodda 
masala turlari uchrashi mumkin. Dasturda masala shartini tahlil qilishga, 
berilganlar bilan izlanayotganlar orasida bog’lanish o’rnata olish ko’nikmasiga 
nisbatan ancha yuqori talab qo’yiluvchi bir qator yangi masalalar beriladi. Yangi 
ko’rinishdagi masalani ko’rib chiqish uchun doimo yangi dars ajratiladi. Bunda ish 
dastlab o’qituvchi rahbarligida to’liq tushuntirishlar bilan olib boriladi, so’ngra bu 
masala o’quvchilarning o’zlari mustaqil o’ylab topishlari va dasturda masala 
shartini tahlil qilishga, berilganlar bilan izlanayotganlar orasida bog’lanish o’rnata 
olish ko’nikmasiga nisbatan ancha yuqori talab qo’yiluvchi bir qator yangi 
masalalar beriladi. Yangi ko’rinishdagi masalani ko’rib chiqish uchun doimo yangi 
dars ajratiladi. Bunda ish dastlab o’qituvchi rahbarligida to’liq tushuntirishlar bilan 
olib boriladi, so’ngra bu masala o’quvchilarning o’zlari mustaqil o’ylab topishlari 
va yechishlari uchun tavsiya qilinishi mumkin. Bu quyidagi ko’rinishdagi 
masalalardir: turli ko’rinishlardagi proporsional bo’lishga doir; qarama-qarshi va 
bir-biriga hamohang yo’nalishdagi harakatga doir; munosabatlar usuli orqali 
yechishga doir; hamkorlikda ishlashga doir. 
Tarkibli masalani yechishda o’qituvchi rahbarligida ishning asosiy bosqichlarini 
aks ettirish muhimdir: a) masalani o’qiyman; b) nima noma’lum, nima 
ma’lumligini aytaman, agar kerak bo’lsa, rasm, chizma, sxema, jadval yordamida 
uning qisqa bayonini yozaman; v) yechish rejasini tuzaman; g) yechishni 
bajaraman; d) javobini aytaman; y) natijani tekshiraman. 


22 
Masala tuzish uchun sonli va rasmli material o’quvchilar tomonidan tevarak-
atrofdan olinishi kerak. Bunday turdagi masalalarni tuzish va yechish 
o’quvchilarga turli ko’rinishlardagi masalalarning tuzilishi va yechish yo’llarining 
o’ziga xos xususiyatlarini to’liq anglatishga imkon beribgina qolmay, ularning 
ijodiy tasavvurlarini rivojlantirishga, dunyoqarashlarining kengayishiga, olgan 
bilimlarini hayot bilan bog’lashni mustahkamlashiga ham xizmat qiladi. 
Dastur bolalarda fazoviy tasavvurlarni o’stirish uchun geometrik ma’lumotlarga 
hamda mashqlarga ham kerakli e’tiborni qaratadi. 
Uchunchi sinflarda geometrik materiallar bilan ishlashdan asosiy maqsad 
o’quvchilarga to’g’ri chiziq kesmasi, burchaklar, shakllar (uchburchak, 
to’rtburchak, ko’pburchak)ning aniq ko’rsatmali tasvirini berish, shakllarning ba’zi 
xossalarini ko’rib chiqish va bu bilimlardan bolalarning uzunlik va yuzlarni 
o’lchay olish malakalarini egallashda foydalana olishini ta’minlashdan iboratdir. 
Geometrik materialni o’zlashtirish jarayoni boshidan oxirigacha faol, aniq va 
ko’rgazmali bo’lishi, amaliy mashqlardan keng foydalanilishi kerak. Bunda 
o’quvchilar tayyor geometrik shakllar bilan ish olib bormay, balki, qirqish, 
elimlash, cho’plar bilan ishlash, modellashtirish chizmachilik, qog’oz varag’ini 
buklash orqali shakllar hosil qilish kabilardan foydalangan holda o’zlari ham 
shakllarni chizmalardan (xususan, qachonki tanish shakl murakkab shaklning 
elementlaridan biri bo’lsa) va atrof-borliqdan taniy olishlari, yasay bilishlari ham 
kerak. 
Geometrik material ko’pincha qaralayotgan arifmetik qonuniyatlar, bog’lanish 
va aloqalarning aniq ko’rgazmali illyustrasiyasi bo’lib xizmat qiladi (masalan, 
to’g’ri to’rtburchakning teng qismlarga bo’lingan ko’rgazmali tasviri 
ko’paytirishning o’rin almashtirish qonunini namoyish qilish uchun qo’llaniladi va 
hokazo). Biroq bu, arifmetik material bilan bevosita bog’lanmaydigan geometrik 
mashqlarni bajarishni inkor etmaydi. 
Har bir katta bo’lim bo’yicha amaliy ishlar o’qituvchiga kursning amaliy 
yo’nalishini ta’minlovchi muayyan masalalarni aniqroq farqlab olish, bu materialni 


23 
berilgan mavzu bo’yicha dars tizimiga joylashtirish ketma-ketligini oldindan 
belgilab olish uchun alohida mavzu ostida ajratib ko’rsatilgan. 
Rivojlantiruvchi mashqlar o’quvchilarni hartomonlama rivojlantirish va 
tarbiyalash(aqliy faoliyatlarini faollashtirish, matematik materialga bo’lgan 
qiziqishni uyg’otish, bola shaxsining mustaqillik, kuzatuvchanlik, topqirlik, 
ziyraklik kabi muhim sifatlarini shakllantirish)ni nazarda tutadi. Bu mashqlarni 
bajarish jarayonida o’quvchilarda sabotlilik, loyihalashtirish ko’nikmalari 
rivojlanadi, ular ijodiy qobiliyatlarini namoyon etganlari holda taklif, fikr- 
mulohazalarini rejalashtirishga, ularni o’ylab topishga, javobni ongli izlashga, 
natijani oldindan ko’ra olishga o’rganadilar 
Taqdim etilayotgan dastur bo’yicha ishlashda shuni nazarda tutish kerakki, 
dasturda berilishi mumkin bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalar, asosan, darsda 
o’qituvchi yordamida egallanishi kerak. 
Shu bilan birga, matematikani o’qitish bolalarning muntazam ravishda uy 
vazifalarini bajarishlarini talab qiladi.
O’qituvchilar darsda ham, uyda bajarishga vazifa berishda ham o’quvchilarni 
o’quv materiali bilan ortiqcha zo’riqtirib qo’yishlari kerak emas. Har bir darsda 
o’quvchilar faoliyatini samarali ravishda tashkil etish haqida g’amxo’rlik qilish, 
ularning charchoqlarini yo’qotish va darsga yanada faolroq jalb etish maqsadida 
bir-ikkita fizminutlar o’tkazish kerak. Bunday mashqlar, topshiriqlar va o’yinlar 
soni, ularning mazmuni, o’tkazish vaqti va metodikasi har bir dars mavzusining 
asosiy o’quv- tarbiyaviy maqsadlariga muvofiq ravishda belgilanishi kerak. 
Ta’kidlab o’tilgan amaliy topshiriqlar, rivojlantiruvchi mashqlar va didaktik 
o’yinlar dastur materialini o’zlashtirishga imkon berishi lozim. Bu o’rinda shuni 
nazarda tutish kerakki, ulardan ba’zilari keyinroq, kuni uzaytirilgan guruhlarda va 
darsdan tashqari mashg’ulotlarda qo’llanilishi mumkin. 
Dasturda alohida mavzularga dars soatlarining taqsimlanishi taxminiydir. 
O’quvchilarning bilim darajalariga va o’qitish jarayonida uchraydigan 
qiyinchiliklarga qarab, o’qituvchi ba’zi mavzularga ajratilgan vaqtni ko’paytirishi 
yoki kamaytirishi mumkin. Bunda u o’quv yili davomida dasturda berilgan 


24 
materiallarning hammasi ongli va puxta o’zlashtirilishi shart ekanini hisobga olishi 
kerak. 
Dasturda har bir o’quv yili oxirida matematikadan o’quvchilarning bilim, 
ko’nikma va malakalariga qo’yiladigan talablar, 3-sinfda esa 3-sinf matematika 
kursi bilan uzviylikni ta’minlash uchun zarur bo’lgan bilim, ko’nikma va 
malakalari darajasi belgilab berilgan. 

Download 0.75 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   24




Download 0.75 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Uchunchi sinflarda matematika fani bo’yicha o’quv reja va

Download 0.75 Mb.
Pdf ko'rish