|
Javobgarlik sug‘urtasining iqtisodiy mohiyati nimada?
| bet | 23/38 | Sana | 25.05.2024 | Hajmi | 83,9 Kb. | | #253282 |
Bog'liq O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t-fayllar.orgJavobgarlik sug‘urtasining iqtisodiy mohiyati nimada?
====
#Sug‘urtalanuvchining uchinchi shaxslarga yetkazgan zararlarini to‘lash majburiyatini sug‘urtalovchi o‘z zimmasiga oladi
====
Sug‘urtalanuvchi ko‘rgan zararlarini to‘lash majburiyatini sug‘urtalovchi o‘z zimmasiga oladi
====
Sug‘urtalanuvchi uchun sug‘urta to‘lovini uchinchi shaxs to‘lab beradi
====
Sug‘urtalanuvchiga sug‘urta qoplamasini sug‘urtalovchining sherigi to‘laydi
++++
Kimlar potensial sug‘urtalanuvchilar deb ataladi?
====
#Sug‘urta “mahsulotini” sotib olishga ehtiyoji bor, ammo hali sug‘urtalovchilar bilan tegishli sug‘urta munosabatlariga kirishmagan shaxslar
====
Sug‘urta “mahsulotini” sotib olishga ehtiyoji yo‘q, ammo keyinchalik sug‘urtalovchilar bilan tegishli sug‘urta munosabatlariga kirishi mumkin bo‘lgan shaxslar
====
Sug‘urta “mahsulotini” sotib olishga ehtiyoji bor, ammo sug‘urtalovchilar bilan sug‘urta munosabatlariga kirishishni xohlamaydigan shaxslar
====
Sug‘urta “mahsulotini” sotib olishga ehtiyoji bor, ammo tijorat banklari bilan tegishli sug‘urta munosabatlariga kirishmagan shaxslar
++++
Kimlar sug‘urtalovchilar hisoblanadi?
====
#Mamlakat hududida sug‘urta faoliyatini amalga oshirish huquqi berilgan yuridik shaxslar
====
Mamlakat hududida sug‘urta faoliyatini amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘lgan yuridik shaxslar
====
Mamlakat hududida faoliyat ko‘rsatadigan tijorat banklari
====
Mamlakat Moliya vazirligi
++++
Sug‘urtalovchilar sug‘urta bozoriga nimani taklif etadilar?
====
#Sug‘urta xizmatini
====
Kredit xizmatini
====
Mol-mulklarni
====
Avtotransport xizmatini
++++
|
| |