Ob’ektning murakkabligi va diagnoz qo‘yishning vazifalariga bog`liq
holda
diagnostikalashning «chuqurligi» har xil bo‘lishi mumkin. Transport vositasi, agregat yoki
mexanizmning ish qobiliyatini baholash uchun "yaroqli" va "yaroqsiz" darajasida umumiy
diagnoz qo‘yiladi. Ta’mirlash – sozlash ishlariga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash uchun esa
aniq, konkret nosozlik topilishi kerak. Agar bitta diagnostik
parametr bilan ishlansa,
buning yo‘li oson: diagnostik parametrning o‘lchangan miqdori me’yoriy miqdor bilan
taqqoslanadi. Murakkab mexanizmdagi nosozliklarni qidirishda
bir necha diagnostik
parametrlardan foydalaniladi va ish ancha murakkab kechadi. Bu holda diagnoz qo‘yish
uchun ob’ektning ishonchliligi bo‘yicha to‘plangan axborot asosida uning eng ehtimoliy
nosozliklari va diagnostik parametrlari o‘rtasidagi bog`liqliklarni aniqlash lozim.
Ana shu maqsadda transport vositasi diagnostikasi amaliyotida diagnostik jadvallar
(matritsalar)
qo‘llaniladi.
Bunday matritsa diagnostikalanayotgan mexanizm nosozligini me’yor
miqdoriga etgan
tegishli diagnostik parametrlar yordamida ajratib olish imkonini beradi. Masalaning fizik
mohiyati – diagnostik parametrlarga to‘g`ri kelmaydigan nosozliklarni chiqarib
tashlashdir. Amaliy diagnoz qo‘yishda matritsa elektron
asbob tarzida bajariladi, unga
diagnostik parametrlarga tegishli elektr signallari yuboriladi.
1-nosozlikning mavjudligi va uning kutilishi;
0-nosozlikning yo‘qligi.
Diagnostik matritsa diagnostik parametrning o‘zgarishi asosida tuziladi va
uning yordamida kutilgan beshta nosozlikdan birining to‘rtta
diagnostik parametr
yordamida ajratib olish masalasi hal etiladi. Buning fizik ma’nosi – me’yor
tashqarisiga chiqib ketgan diagnostik parametrlar guruhining nosozliklardan
bittasiga to‘g`ri kelishidan iborat
XULOSA
Shuni xilosa qilib aytish mumkunki diagnostikani qo‘llash natijasida
transport vositalarining ta’mirlashlarda turib qolishlari
kamayadi va natijada
avtosaroy bo‘yicha texnik tayyTransport vositasiga texnik xizmat ko‘rsatish va
joriy ta’mirlash davrida ishonchlilik statistikasi va yakka diagnostik axborot
ishlatiladi. Statistik axborot transport vositalarining buzilishi bo‘yicha yig`ilgan
axborotga ishlov berish natijasida olinadi, yakka diagnostik axborot esa transport
vositasining texnik holat ko‘rsatkichlarini aniqlash yo‘li
bilan topiladiorgarlik
koeffitsienti o‘sad