26
7. Resursni tejash funksiyasi mazmunini aytib bering?
8. Optimallashtirish funksiyasining mohiyati nimada?
9. Mehnatni ilmiy tashkil etishning tamoyillari qaysilar?
10. Umumiy tamoyillardan boshqa yana qanday tamoyillar mavjud?
3-BOB. ISHLAB CHIQARISH JARAYONI VA ISHLAB
CHIQARISH OPERATSIYALARI
3.1. Ishlab chiqarish jarayoni va uning tarkibi
Asoslangan mehnat normalari ish joylarining tashkiliy-texnikaviy
sharoitlarini hamda ishlab chiqarish imkoniyatlarini hisobga olishi
uchun mehnatni normalash, ishlab chiqarish jarayonining elementlarini,
ish vaqti sarfini va jihozlardan foydalanish vaqtini puxta o‘rganish
taqozo qilinadi.
Ishlab chiqarish jarayoni deganda, mehnat va tibiiy jarayonlarning
mehnat predmetlari (xom ashyo,
materiallar, yarim fabrikatlar va h.k.)
bilan chambarchas bog‘liq holda amal qilishi natijasida xom ashyodan
ma’lum bir turdagi tayyor mahsulotning yaratilishi tushuniladi. Ishlab
chiqarish jarayonida xodimlar mehnat qurollaridan foydalanganlari
holda xom ashyoga, materiallarga, yarimfabrikatlarga va h.k.larga ta’sir
ko‘rsatadilar, oldindan o‘ylab, ularni o‘zgartiradilar va tegishli mehnat
mahsuliga aylantiradilar. Bu jarayonda
mehnat predmeti bir qancha
bosqichlarni bosib o‘tadi. Ularning har biri ishlab chiqarish jarayonining
bir qismini ifoda etadi. Mehnat predmetini o‘zgartirishning butun bir
jarayoni singari, ayrim juz’iy jarayonlar ham mehnat predmetini
o‘zgartiradi, bu odatda, texnologik jarayon deb ataladi. U ishlab
chiqarish jarayonining asosiy qismi hisoblanadi.
Ishlab chiqarish
jarayonida texnologik jarayondan tashqari, transport va tekshirish
(nazorat) jarayonlari ham bo‘ladi.
Transport jarayoni tayyor mahsulotlarni, mehnat qurollarini, xom
ashyolarni ortish, tashish va tushirishdan iborat.
Tekshirish (nazorat) jarayoni
ishlab chiqarish elementlarini, xom
ashyolarni va pirovard mahsulot sifatini tekshirish hamda maxsus
joylarda sinab ko‘rishdan iborat.
Korxonalardagi ishlab chiqarish jarayonlari bir-birlaridan tayyorlab
chiqariladigan mahsulotlarining xarakteri, ishlatiladigan xom ashyolari
27
va mahsulot tayyorlash (xizmat ko‘rsatish) texnikaviy usullari va shu
bilan birga, tashkil qilish shakllari jihatidan farq qiladi.
Shunday qilib, buyum (detal) ishlab chiqarish jarayoni –
tashkiliy
jihatdan bir-biri bilan bog‘langan juz’iy jarayonlar majmuidir. Bu
jarayonlar asosan quyidagilardan:
a) ishlanish darajasi, turli bosqichda asosiy va yordamchi
materiallarni olish, ularning saqlanishini va bir ish joyidan ikkinchi ish
joyiga tashilishini nazorat qilish jarayonidan;
b) har bir ish joyini ishga yoki xizmat ko‘rsatishga shay qilib
qo‘yish va bu yerda ish davom etishiga shart-sharoit
yaratish uchun
kerakli asbo-uskunalar bilan ta’minlash jarayonidan;
v) texnologik jarayon, ya’ni predmetining shaklini, hajmini, tashqi
va ichki ko‘rinishini, xususiyatini va holatini o‘zgartirish natijasida
tayyor mahsulotga aylantirish yoki ayrim bo‘laklarni bir butun (uzel,
agregat, buyum) qilib yig‘ish yo‘li bilan bevosita
mahsulot tayyorlash
jarayonidan;
g) qismlar va tayyor buyumlarning, ularga qo‘yilgan talablariga
muvofiq
ishlangan-ishlanmaganligini,
yig‘ilgan-yig‘ilmaganligini
aniqlash uchun texnikaviy nazoratni tashkil etish va sinovdan o‘tkazish
jarayonidan;
d) tayyor mahsulotni, qismni maxsus idishlarga joylash yoki taxlash
va ehtiyot qilib saqlash jarayonidan iborat.