Ishlab chiqarish operatsiyasi va uning tarkibiy qismlari




Download 1.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/85
Sana18.07.2023
Hajmi1.97 Mb.
#76891
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   85
Bog'liq
Mehnatni tashkil etish va boshqarish
Анализ современных угрозы и каналы утечки информации, MTA amaliy ish, Мардонов Хасан, 2 саволлар, 3.6, Konstruksion-po‘lat-va-qotishmalar, 410 курсовые, paradigmalar 4-topshiriq, T va S sirtqi, 1-Амалий иш(ЙТХ), 166-Niyozova Shohsanam, Kirish I bob. Pardaqanotlilar turkumining biologiyasi, Boshlang`ich, 14-04-2023 13-13-00, Тема Погрешности измерений и средств измерений
3.3. Ishlab chiqarish operatsiyasi va uning tarkibiy qismlari 
Texnologik jarayonning asosiy qismi operatsiyadir. Operatsiya 
deganda, muayyan mehnat predmeti ustida bir yoki bir necha xodimlar 
(brigada) tomonidan bir ish joyida jihozlarni qayta sozlamay hamda 
ishlanadigan buyumlar joyini o‘zgartirmasdan amalga oshiriladigan 
ishlab chiqarish jarayonining bir qismi tushuniladi. Demak, operatsiya 
mehnat predmeti, ish joyi va ijrochi doimiy, o‘zgarmasligi, shuningdek, 
mahsulot, xizmat yoki jarayon bosqichining tugallanganligi bilan 
xarakterlidir. Masalan, tokar jihozini qayta rostlamay va ish joyini qayta 
o‘zgartirmay qismlarga ishlov berish, qismlarni shtampovka qilishi, 
ekskavator 
temir 
yo‘l vagonlariga, avtomashinalarga foydali 
qazilmalarni ortishi, marten pechlarida po‘lat eritish va h.k. 
Buni misol bilan tushuntiramiz. Tokarlik jihozida detallar avval 
xomaki, keyin toza qilib ishlanadi, bu ikkala ish bitta jihozda, bitta 
ijrochi tomonidan bajariladi. Bu ishlov berish bitta operatsiyani ifoda 
qiladi. Agar xomaki ish bilan toza ish o‘rtasida metallga termik ishlov 
berilsa yoki bu ishlarni turli ishchilar bajarsa, bu ish uch operatsiyadan 
iborat bo‘ladi.
Operatsiya ishlab chiqarish jarayonining bir qismini tashkil 
qilganligi uchun mehnat predmetidagi, unga ta’sir ko‘rsatadigan 
xodimning harakatlaridagi va u xizmat qiladigan jihozlardagi 


31 
o‘zgarishlarni birga qo‘shib o‘rganish kerak. Demak, mehnatni tashkil 
etish va normalash uchun operatsiyaning asosini tashkil qiluvchi bu 
o‘zgarishlarni bir-biridan ajratib, alohida-alohida o‘rganilganda, 
mehnatni tashkil etish va normalashda ko‘zlangan maqsadga erishib 
bo‘lmaydi. 
Operatsiya 
texnologik 
jarayonlarni 
rejalashtirishning, 
tuzib 
chiqishning va mehnatni normalashning asosini tashkil qiladi. Chunki 
jihozlarning butun imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish, ularning 
to‘xtovsiz ishlashiga erishmoq va bu jihozlarda ishlashga qancha ishchi 
kerakligini bilish uchun operatsiyani bajarishga ketadigan vaqt 
miqdorini hisoblab chiqish kerak. 
Ishlab chiqarish jarayonida quyidagi operatsiyalar: qo‘l bilan, qo‘lda 
bajariladigan, mexanizatsiyalashtirilgan, mashina aralash-qo‘l bilan, 
mashina 
bilan 
bajariladigan, 
avtomatlashtirilgan 
va 
apparatli 
operatsiyalar bo‘lishi mumkin. 
Odatda, xodim bir ish kuni (smena) davomida birkitilgan ish 
usullarini bajarish, bir ish joyidan ikkinchisiga o‘tish va jihozlar 
(mashinalar) 
ishlashini 
faol 
kuzatish 
bilan 
bog‘liq bo‘lgan 
operatsiyalarni bajaradi. 
O‘z navbatida, jihozlar ishlashini kuzatish ham faol, ham passiv 
bo‘lishi mumkin. 
Faol kuzatish – jihozlarni ishlash jarayonida sodir bo‘ladigan 
buzilishlarini yoki jihozlarning pasportida berilgan parametrlardan 
chetga chiqishni bartaraf qilish yoki uning oldini olish maqsadidagi 
kuzatishdir (masalan, pilik uzilganda xom ashyo nobud bo‘lishiga yo‘l 
qo‘ymaslik uchun pilikchi mashinani kuzatishi).
Passiv kuzatish esa, bu jihozlarga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq 
bo‘lgan ishlar bo‘lmasa ham, ish joyini tashlab ketishi mumkin 
bo‘lmagandagi kuzatish (masalan, ko‘p jihozlarga xizmat ko‘rsatuvchi 
xodim ixtiyoridagi hamma jihozlar ishlab turib, xizmat ko‘rsatishga 
ehtiyoj bo‘lmaganda). 
Texnologiya jihatidan operatsiyalar perexodlarga (fazalarga) 
bo‘linadi. Perexod – operatsiyaning bir qismi bo‘lib, bitta kesuvchi 
asbob (keskich, freza va h.k.) bilan har bir yangi yuza va yuzalar hosil 
qilish uchun bir tartibda amalga oshiriladigan ishlov jarayonining 
tugallanishidir. 
Binobarin, 
perexod 
mehnat 
predmetiga 
ishlov 
berilayotgan yuzaning, qo‘llanilayotgan asbob-uskunalarning va ishlov 
berishdagi ma’lum tartibning o‘zgarmas birligini taqozo qiladi. Bu 
shartlarning (ishlov beriladigan yuzami, kesuvchi asbobmi, dastgohni 


32 
moylash jarayonimi) birortasi o‘zgarishi bilan yangi perexod (faza) 
boshlanadi. Masalan, mehnat predmetining (biror detalning) yuzasi 
pog‘onali bo‘lsa, unga bir tekisda ishlov berish(yo‘nish) mumkin emas, 
har pog‘onaga yaqinlashganda moslama harakatini bir daqiqa to‘xtatib, 
ikkinchi pog‘onaga o‘tish kerak, mana shu o‘tish – perexod (faza) deb 
ataladi. Buni tushunib olish uchun yana bir misol keltiramiz. Aytaylik 
tokar tokarlik stanogida shesternya tayyorlayotganda ingichka temir 
g‘o‘lani qirqadi, parmalaydi, yo‘nib kertadi (o‘yadi) va kerakli 
diametrga keltiradi, mana shu ish to‘rt perexod (o‘tish-faza)dan tashkil 
topgan bitta operatsiyani ifoda etadi. 
Ishlab chiqarish jarayonining faol elementi hisoblangan texnologik 
jarayonni (operatsiyani) perexodlarga ajratish (bo‘lish) operatsiyaning 
texnologik mazmunini tashkil etadi. Ammo o‘sha texnologik jarayonni 
bajaruvchi, xodimning mehnat samaradorligini oshirish imkoniyatlarini 
qidirib topish va uni har tomonlama hamda batafsil o‘rganish, tahlil 
qilish uchun, ayniqsa, mahsulotni ko‘plab va yirik seriyalab ishlab 
chiqarish turlaridagi mehnatni tashkil etishda va normalashda har bir 
perexodni ham tarkibiy qismlarga bo‘lish foydadan holi emas. 
Perexodlar ko‘pincha bir necha proxodlardan iborat bo‘ladi. 
Perexodlarning, o‘z navbatida, tartib bilan o‘zgarmasdan takrorlanishiga 
proxod deyiladi. 
Proxodlar – bu, boshqacha qilib aytganda, mehnat predmeti 
yuzasiga qayta - qayta ishlov berishdir. Metall kesish jihozlarida 
kesuvchi asbobning zagotovkani bir necha marta kesib o‘tishi, ya’ni 
yangi-yangi yuza hosil qilish jarayoni bunga misol bo‘la oladi. 
Ayniqsa, detallarga mexanik jihatdan qayta ishlov borish jarayonida 
ko‘p proxodli perexodlar uchraydi. Bunday operatsiyalardagi har xil 
proxodlarda detallarga beriladigan ishlov maqsadlarini amalga oshirish 
uchun operatsiyalarni bunday bo‘laklarga bo‘lish yetarli emas. SHuning 
uchun unga ishlov berish jarayonini alohida olingan yoki bir guruh 
usullarga bo‘lish zarur. Demak, operatsiyaning texnologik jihatdan 
bo‘linishi, o‘z navbatida, mehnat sarfi jihatidan ham bo‘linishini talab 
qiladi. Bu yerda operatsiya ayrim elementlarining izchilligi, mazmuni, 
bajarish usuli, sarflangan vaqt miqdori va ularning tarkib loyihasi 
o‘rganiladi va tahlil qilinadi. Mehnatni normalash ham shunga qarab 
tuziladi. Operatsiyalarning qismlarga bo‘linishi darajasi mehnat 
normalarining tahlili va hisob-kitobi qanchalik aniqlikda bo‘lishi 
kerakligiga bog‘liq. 


33 
Operatsiyalarning mehnatga nisbatan yoki mehnat jihatidan mayda 
elementlarga bo‘linishi bir qancha maqsadlarga erishish uchun amalga 
oshiriladi. Ulardan eng asosiylari quyidagilardan iborat:
birinchidan, har bir ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish bilan 
bog‘liq bo‘lgan operatsiyada mavjud bo‘lgan elemetlarning haqiqiy 
miqdorini aniqlash uchun, odatda, bir xil operatsiyani, bir xil malakali 
bir nechta xodim ijro etsa ham, ular tomonidan sodir etilgan elementlar 
miqdori bir xil emas, har xil bo‘ladi;
ikkinchidan, har bir operatsiyani bajarishda uchraydigan ortiqcha 
elementlarni aniqlab, ularni yo‘qotish, hech iloji bo‘lmasa, kamaytirish 
yo‘l va imkoniyatlarini topish uchun;
uchinchidan, operatsiyani bajarish uchun zarur bo‘lgan elemenlar 
miqdorini aniqlash uchun;
to‘rtinchidan, ishlab chiqarish ilg‘orlari tomonidan operatsiyani 
bajarishda qo‘llanadigan usul va uslublarni topish, har tomonlama tahlil 
etish, o‘rganish va ularni hayotga tatbiq etish uchun;
beshinchidan, operatsiyani bajarish davomida xodimning ikkala – 
o‘ng va chap qo‘li, balki ikkala oyog‘i bilan bajarish imkoniyatlari 
bo‘lgan usullar majmui, usullar, harakatlar va qimirlashlar kabi 
elementlarini topish, ularni bajarish tartiblari va yo‘llarini aniqlash 
hamda ishlab chiqarishga keng joriy etish;
oltinchidan, zarur deb tanlangan elementlarni (yuqorida qayd etilgan 
usullar majmui, usullar, harakatlar va qimirlashlarni) mantiqiy ketma-
ketlikda bajarilish tartibini, yo‘lini aniqlash va loyihalashtirish uchun, 
yettinchidan, mantiqiy ketma-ketlik bajarilish tartibi va yo‘li bilan
to‘g‘ri deb topilgan elementlardan iborat bo‘lgan operatsiyani nisbatan
ilg‘or bo‘lgan (o‘ta ilg‘or xodimlar emas) tomonidan amaliyotda 
bajartirib ko‘rish uchun va loyihalashtirish operatsiyaga tegishli 
o‘zgartirishlar kiritish uchun;
sakkizinchidan, amaliyotda sinab ko‘rish natijasida operatsiyaning 
ayrim elementlar bir vaqtning o‘zida (birdaniga ayni zamonda, bir 
yo‘la) qimirlashlar ni bajarish tartiblarini izlab topish evaziga
loyihalashtirilgan operatsiyaga, uning tarkibiga va bajarilish tartibiga 
tegishli o‘zgaritirishlar uchun;
to‘qqizinchidan, to‘g‘riligini isbotlangan birin-ketin bajarilish 
tartibiga yanada saqlab borish natijasida unga haqiqiy sarflanish kerak 
bo‘lgan va har tomonlama asoslangan vaqt normasini hisoblash 
uchun.


34 
Ishlab chiqarish jarayonining bir qismi bo‘lgan har bir operatsiya 
mehnat sarfi jahatidan yoki mehnatga nisbatan asosan to‘rtga – usullar 
majmuiga, usullarga, harakatlarga va qimirlashlarga bo‘linadi. 
Usullar majmui asosan ikki va undan ortiq usullar yig‘indisidan 
iborat. Masalan, ishlov berilishi zarur bo‘lgan qism (detal) tokarlik 
jihoziga o‘rnatish va undan bo‘shatib olish usullari majmui, ikkita 
usuldan: a) ishlov berilishi oldidan qism (detal)ni tokarlik jihoziga 
mahkamlab o‘rnatish; b) ishlov berib bo‘lingandan keyin detalni 
jihozdan bo‘shatib olishdan iborat. 
Har bir usul, o‘z navbatida, tugallangan harakatlar yig‘indisidan 
iborat. Masalan, jihozni yurgizish usuli ikkita harakatlar yig‘indisidan, 
ya’ni: a) jihozni yurgizadigan dastakni qo‘lga olish; b) dastakni kerakli 
tomonga burash harakatlaridan iborat. Yoki bo‘lmasa, jihozni to‘xtatish 
usuli ham ikkita harakat yig‘indisidan iborat, ya’ni: a) jihozni 
to‘xtatadigan rukoyatkani qo‘lga olish; b) dastakni kerakli tomonga 
burash. Odatda, har bir usul bajarilayotgan operatsiyaning tugallangan 
bo‘lagi yoki qismi hisoblanadi. 
Usullar asosiy texnologik, mehnat predmetiga bevosita o‘zgarish 
kirituvchi va yordamchi, ya’ni asosiy texnologik jarayon amalga oshishi 
uchun yordam beruvchi usullarga bo‘linishi mumkin. Masalan, perexod, 
mashinaning aylanuvchi qismi bo‘lgan valni xomaki yo‘nib, tekislash 
quyidagi usullarga bo‘linadi: 1) detalni patronga yaqinlashtirish; 2) 
detalni patronga qo‘yish; 3) detalni patronga mahkamlash; 4) jihozni 
yurgizib yuborish; 5) tokarlik kesish asbobini yaqin keltirmoq; 6) yo‘nib 
tekislash; 7) kesish asbobini chetga olish; 8) jihozni to‘xtatish; 9) detalni 
bo‘shatib ajratib olish; 10) detalni patrondan chiqarib olish; 11) detalni 
bir chetga olib qo‘yishdan iborat. 
1,10 va 11-usullar joydan joyga ko‘chirish: 2-usul o‘rnatish: 3- va 
9-usullar mahkamlash va ajratib olish: 4,5,7,8-usullar jihozni 
boshqarish. Bular hammasi yordamchi usullar, deb ataladilar. 6-usul 
texnologik, ya’ni, mehnat predmetiga bevosita o‘zgarish kirituvchi 
usuldir. Perexodlarni usullarga bo‘lish ishlab chiqarish turiga va 
tahlilning batafsil olib borilishiga qarab yoki tarkibiy elementlarga 
bo‘lingan (differensiatsiya qilingan) yoki yaxlitlashtirilgan perexodlar 
(fazalar) butun bir usullar majmuiga bo‘linadi. Bu majmualar esa butun 
bir usullar yig‘indisini o‘z ichiga olib, bir aniq maqsadga qaratilgan 
bo‘ladi. Differensiatsiya qilingan perexodlar (fazalar) esa oddiy 
usullardan iborat bo‘ladi. 


35 
Ma’lum bir mehnat predmetini olish, uning joyini o‘zgartirish, 
undan qo‘lni uzish kabi elemetlarni bajarish uchun ishchining gavdasini, 
uning o‘zini, oyog‘ini, qo‘lini, qo‘lining panjasini, barmog‘ini bir marta 
(bir karra) harakatga kelishi qimirlash deb tushiniladi. Masalan, qalamni 
qo‘lga olish harakati quyida ko‘rsatilgan ikkita qimirlash yig‘indisidan 
iborat: a) qo‘lni qalamga uzatish; b) barmoqlar bilan qalamni qisib 
ushlash. Ommaviy ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish turlarida har 
bir qimirlash, o‘z navbatida, mikroelementli qimirlashlarga ham 
bo‘linishi mumkin. Masalan, qo‘lni qalamga uzatish qimirlashi gavdani 
rostlash, qo‘lni ko‘tarish va nihoyat, qo‘lni qalamga uzatish kabi mikro 
qimirlashlar yig‘indisidan iborat. 
Operatsiyalarni mehnat jihatidan bunday uzviy elementlarga bo‘lish 
ishlab chiqarish jarayonini tahlil qilish va undagi elementlar tarkibini 
yaxshilash uchun keng imkon yaratadi, shu bilan birga, ishlab chiqarish 
ilg‘orlarining ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish sohasidagi 
maqsadga muvofiq va bajarish uslublarini o‘rganish uchun xizmat 
qiladi. 
Ish kuni davomida xodimning mehnati minglab harakatlar va o‘n 
minglab qimirlashlarni o‘z ichiga olgan harakatlardan va ularning 
majmuidan tashkil topadi. Masalan, charxli tokar stanogida ishlovchi 
tokar, silliqlovchi jihozlar yordamida mayda qismlarga ishlov berish 
jarayonida bir ish kuni (smena) davomida 15 mingga yaqin, 
qayroqchi(zatochnik) 20 mingga yaqin takrorlanuvchi qimirlashlarni o‘z 
ichiga olgan harakatlarni bajaradi. 
Operatsiyaning har bir elementini bajarishning maqsadga muvofiq 
yo‘llarini topish, o‘z navbatida, ish vaqti sarfini qisqartirishga, 
binobarin, mehnat samaradorligini oshirishga imkoniyat yaratadi. 
Shunday qilib, ishlab chiqarish jarayonining bir qismi yoki bo‘lagi 
bo‘lgan har bir operatsiyani bu xilda texnologik va mehnat jihatidan 
tarkibiy qismlarga bo‘lib qarash mehnatni tashkil etish va normalash 
sohasida olib boriladigan ishlarning eng muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Download 1.97 Mb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   85




Download 1.97 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Ishlab chiqarish operatsiyasi va uning tarkibiy qismlari

Download 1.97 Mb.
Pdf ko'rish