36
6. Ishlab chiqarish operatsiyasining tarkibiy qismlarini sanab o‘ting.
7. Ishlab chiqarish jarayonlarini takomillashtirish yo‘nalishlari
nimalardan iborat?
8. Ishlab chiqarishda perexod nima?
9. Proxod va perexod o’rtasida qanday farq mavjud?
10. Operatsiyalarni mehnat jihatidan uzviy elementlarga bo‘lish
nimalarni o’rganishga imkon yaratadi?
4-BOB. MEHNAT TAQSIMOTI VA KOOPERATSIYASI
4.1. Korxonalarda mehnat taqsimotining ahamiyati
Bozor iqtisodiyoti sharoitida, raqobatda
yengib chiqishning asosiy
omillaridan biri, makroiqtisodiyotga taalluqli, jamiyat va shaxsiy
sektorlardagi korxonalarda ishlab chiqarish (xizmat ko‘rsatish)
samaradorligini oshirishga erishishdir.
Bunga asosan, mavjud ishchi
kuchidan oqilona foydalanish evaziga muvaffaq bo‘lish mumkin. Ishchi
kuchidan samarali foydalanish, ko‘pincha, bajarilishi zarur bo‘lgan har
xil ishlar (xizmatlar) ayrim ijrochilar o‘rtasida to‘g‘ri
taqsimlanishiga,
chunonchi ular ish bilan malakasiga, tajribasiga va hatto zukkoligiga
yarasha bab-baravar ta’min etilishiga bog‘liq.
Masalani maqsadga
muvofiq hal etish uchun, birinchi navbatda, bajarilishi zarur bo‘lgan
mehnatni ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish
korxonalarida puxta
o‘ylab, oqilona taqsimlash lozim. Bu tashkiliy masala mehnat taqsimoti
deb ataladi. Mehnat taqsimoti deganimizda, har xil mehnat turlarining
bir-biridan ajratilishini, pirovardida mehnat
faoliyati bilan bandlikni
tushunamiz. «Mehnat taqsimoti» atamasi xodimlarning mehnat
funksiyalarini aniq belgilashni va birgalikdagi faoliyat davomida ularni
chegaralab, ajratib qo‘yishni anglatadi.
Mehnat taqsimoti iqtisodiy integratsiyaning asosiy yo‘nalishlaridan
biri sifatidagi tabiiy va zaruriy jarayon bo‘lib,
uning kerakligi va
ahamiyati ko‘pgina olimlar tomonidan isbotlab berilgan. Chunonchi,
Markaziy Osiyolik Abu Rayhon Beruniy va Abu Ali Ibn Sino ham bu
masalaga alohida e’tibor berganlar.