45
jihozlar, asbob-uskunalar) birgalikda ishlatilishi natijasida ularning
tejalishi, yakka kishi kuchi va malakasi yetmaydigan ishlarni,
xizmatlarni bajarish (og‘ir, qo‘pol, ko‘tarish va tashish noqulay yuklarni
ko‘tarish va tashish hamda murakkab ishlarni bajarish) imkoniyati,
ayrim shaxslarning ma’lum bir ishni yoki xizmat ko‘rsatishni bir qancha
ijrochilar bilan birgalikda bajarganlarida, har birining shaxsiy ish
qobiliyatini oshiradigan quvvatini (energiyasini)
alohida ravishda
orttirishga sabab bo‘ladi. Natijada mehnat faolligining ortishi, pirovard –
natijaga tez yetishish, birgalikda ishlashni tashkiliy kombinatsiyalash
(masalan, mashinaning ehtiyot qismlarini tashib borish o‘rniga ularni
qo‘lma-qo‘l uzatish), dolzarb paytlarda (qishloq xo‘jalik ekinlari hosilini
yig‘ib-terib olish paytlarida) ko‘plab odamlarni ishga jalb etish kerak
bo‘ladi. Bunday hollarda mehnat samaradorligi mehnat qurollari
o‘zgarmay turib, birgalashib va bir - birlariga qiziqishib harakat qilish
evaziga oshadi.
Mehnat kooperatsiyasining maqsadga muvofiq
tashkiliy shakllarni
tanlash – mehnatni tashkil qilishning mehnat taqsimotidan keyingi,
ikkinchi muhim masalasidir.
Ijtimoiy va xususiy sektor korxonalarida texnikaning rivojlanish
darajasiga, ishlab chiqarish jarayonlari tizimining tashkil etilish xarakteri
va usullariga qarab mehnat kooperatsiyasining turli shakllaridan
foydalaniladi.
Ixtisoslashtirilgan sexlarning sexlararo kooperatsiyasi. Bunda
korxonadagi bir necha sex jamoasining bir xil ishlab chiqarish
jarayonida yoki turli bo‘lsada, bir-biri bilan bog‘liq ishlab chiqarish
jarayonlarida rejali ravishda va birgalikda ishtirok etishi tushuniladi.
Sexlarning mavjud ixtisoslashish va tashkil
etilishi prinsiplariga
qarab sanoat korxonalaridagi mehnat kooperatsiyasi ko‘p jihatdan
umumiy xarakterdagi turli shakllar kasb etadi. Masalan, har bir
korxonaning asosiy va yordamchi sexlari bo‘ladi. YOrdamchi sexlarning
jamoalari asosiy ishlab chiqarish sexlaridagi jamoalarga xizmat
ko‘rsatadilar, ya’ni ularni asbob-uskunalar va moslamalar bilan
ta’minlaydilar, ulardagi asosiy texnologik asbob-uskunalarni o‘z vaqtida
ta’mirlaydilar va h.k.lar.
Asosiy sexlar va ularni materiallar, idish va h.k.lar bilan ta’minlab
turuvchi ko‘makchi bo‘limlar, sexlar o‘rtasidagi mehnat kooperatsiyasi
ham xuddi shunday bo‘ladi. Har bir korxonada asosiy ishlab chiqarishni
tashkil etish, ishlov berish va ishlab chiqarish sexlari o‘rtasida mehnat
kooperatsiyasi mavjud. Sexlararo bunday mehnat kooperatsiyalari
46
shunga asoslanadiki, tayyorlov sexlarining jamoalari ishlov berish
sexlarini
zarur
yarimfabrikatlar
bilan
ta’minlab
turadilar,
yarimfabrikatlar bu sexlarda ishlanib, ishlab chiqarish sexiga o‘tkaziladi,
ishlab chiqarish sexida esa bu korxona mahsuloti tamomila ishlanib
bo‘ladi. Mazkur sexlar o‘rtasida mustahkam mehnat kooperatsiyasi,
bugungi jamoalarning mehnat faoliyatida to‘la uyg‘unlik bo‘lgan
taqdirdagina istagan korxonada rejali ravishda uzluksiz tayyor mahsulot
ishlab chiqarish ta’min etiladi.
Ixtisoslashtirilgan uchastkalarning sex ishlab chiqarishidagi mehnat
kooperatsiyasi. Bu sex ishlab chiqarishidagi bir necha uchastka
jamolarining bir xil ishlab chiqarish jarayonida yoki har xil bo‘lsa-da,
bir-biri bilan bog‘liq ishlab chiqarish jarayonlarida rejali va birgalashib
ishtirok qilishdir.
Uchastka ichidagi mehnat kooperatsiyasi –
ayrim ijrochilar va
brigadadagi ishchilar kooperatsiyasidir. O‘z navbatida, brigada ishlab
chiqarishida ham ishchilarning mehnat kooperatsiya tashkil etiladi. Bu
mehnat kooperatsiyasining eng oddiy shakli bo‘lib, ishchilar guruhi
mushtarak ishlab chiqarish topshirig‘ini bajarishda birgalikda qatnashish
uchun birlashadi va bu topshiriqni bajarish uchun javobgar bo‘ladi.
Ishlab
chiqarish
brigadalaridagi
ayrim
ishchilarning
mehnat
kooperatsiyasi eng mustahkam kooperatsiya hisoblanadi, negaki xuddi
mana shu yerda bitta ish joyida bir-biri bilan o‘zaro bog‘langan xodimlar
guruhi ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish jarayonining ma’lum bir
qismini bajaradi.
Xodimlarni ishlab chiqarish brigadalariga uyushtirish zaruriyati har
bir ayrim holda ishlab chiqarishning yoki xizmat ko‘rsatishning
xarakteri va hajmi bilan belgilanadi. Xususan:
Bir xil ishni yoki xizmatni bajarish uchun
har xil ijrochilarning
hamjihatlik bilan birgalikda ishlashi talab qilinganida katta-katta va
murakkab agregatlarga xizmat ko‘rsatadi (temirchilik-pres sexlari,
marten, domna pechlari oldida ishlash brigadalari);
Mavjud ish maydoni va hajmidagi topshiriqni bitta xodim bajara
olmagan taqdirda bir xil texnologik jarayonlarni bajarish uchun
(bo‘yoqchilar, suvoqchilar brigadasi, yuk ortuvchi yoki tushuruvchilar
brigadasi);
Ishlab chiqarish topshiriqlarini ayrim ish bajaruvchilarga taqsimlab
berish imkoni bo‘lmagan taqdirda (yirik
jihozlarni, ekskovatorlarni,
samalyotlarni yig‘ish, uskunalarni montaj qilish ishlarini bajaruvchi
brigadalar);
47
Asosiy xodimlar guruhining mehnat samaradorligi xizmat
ko‘rsatuvchi-yordamchi xodimlarning aniq va puxta ishiga bog‘liq
bo‘lgan hollarda (masalan, Bekobod metallurgiya kombinatida eritilgan
metall suyuqliklarini qo‘yish sexlarida kranchi va formalarga
quyuvchilar bilan aralash brigadalar);
Ayrim ijrochilarning doimiy ish joyi yoki ularning vazifalarini aniq
belgilab berish imkoni bo‘lmagan taqdirda maxsus kompleks brigada
kabilar tuziladi.