5.6. Ish joylarini uskunalash va jihozlash
Xalqimiz aytganidek, uskunasi soz kishining, mashaqqati oz
ishining. Shunday ekan, ishlab chiqarish jarayonining samaradorligi ish
joyini uskunalash va jihozlanish darajasiga ham bog‘liq. Ish joyini
jihozlash deganda, ish joyini asosiy va yordamchi texnologik uskunalar,
66
texnologik va tashkiliy qurol - asbob va jihozlar bilan to‘la, belgilangan
ishlab chiqarish topshiriqlarini o‘z vaqtida, samarali va sifatli qilib
bajarish uchun yetarli miqdorda ta’minlash tushuniladi.
Mehnatni yengillashtirish va uning samaradorligini oshirish uchun
ish joylarini uskunalash va jihozlash:
ishlab chiqarish operatsiyalarini texnologik jarayon va mehnatni
tashkil etish kartalariga muvofiq jihozlashning barcha zarur elementlari
bilan ta’min etishga;
jihozlash elementlarining texnologik operatsiyalar xarakteriga
funksional jihatdan mos kelishiga;
barcha jihozlash elementlaridan foydalanish tavsiflarining sifatli
va ishonchli bo‘lishiga;
ish uskunalarini oson va tez ishlatishga;
mehnatning samarali uslublari va usullarini ta’minlashga;
ish usullarini mumkin qadar jihozlardan, mashinalardan
to‘xtatmay foydalangan holda amalga oshirishga;
mehnat jarayonlarining sog‘lom va xavfsizlik sharoitini
ta’minlashga;
ijrochini
jismoniy
jihatdan
og‘ir
keladigan
mehnat
operatsiyalaridan imkoniyati boricha xalos qilishiga;
mehnat jarayonining uzluksizligini ta’minlash kabilarga rioya
qilinishiga qaratilgan bo‘lishi lozim.
Ish joylarini jihozlash bo‘yicha olib boriladigan tashkiliy ishlarda
mazkur talablarga rioya qilinishi ishning yoki xizmatning sifati,
ijrochining mehnat samardorligi yuqori bo‘lishini ta’minlaydi.
Ish joylarini uskunlash va jihozlashning mohiyatini aniqlab olish
uchun, avallo, quyidagi umumiy tushunchalarni bilish kerak:
1.Tashkiliy jihozlar. Bunda ish joyida bajariladigan mehnat
operatsiyalarining uzluksiz davom etishini, samaradorligini, sifatli va
qulayligini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan tashkiliy jihozlar tushuniladi.
2.Texnologik asbob-jihozlar. Bunda ish joyidagi shunday zarur
texnologik operatsiyalarni samarali va sifatli qilib bajarish ana shu
vositalar yordamida ta’minlanadi.
Asosiy uskunalarga jihozlar, agregatlar, mashinalar (muhim ish
joyidagi), masofadan turib boshqarish pultlari, avtomatik liniyalar va
h.k. lar kiradi. Uskunalar asosan ishlab chiqarish topshiriqlarini eng
samarali bajarishni ta’minlash nuqtai nazaridan tanlanadi. Bundan
67
tashqari, uskunalar sanitariya va gigiena, xavfsizlik texnikasi va
erganomika talablariga ham javob berishi lozim.
Yordamchi
uskunalarga
transportyorlar,
aravachalar,
yuk
ko‘taradigan har xil moslamalar va ish joyi doirasida ko‘chirib yurishni
osonlashtirishga mo‘ljallangan boshqa asboblar kiradi.
Yordamchi uskunalar ish qulayligini, mehnatning tejab-tergab
sarflanishini ta’minlashi, ishchi ishlab chiqarish operatsiyalarini
bajarishda ortiqcha zo‘r berishiga yo‘l qo‘ymasligi kerak.
Tashkiliy asbob va jihozlarga har xil moslamalar, instrumentlar,
yordamchi
instrumentlar,
yordamchi
materiallar
va
hujjatlar
saqlanadigan jihozlar, ishlab chiqarish mebeli, signal va aloqa vositalari,
ihota va saqlanish qurilmalari, ishlab chiqarish inter’eri kiradi. Tashkiliy
asbob-jihozlar, ishlab chiqarish maydonlaridan oqilona foydalanilgan
holda, o‘z funksional vazifalariga muvofiq bo‘lishi, shu bilan birga
tuzilishi va gabariti (ko‘lami) bilan ergonomik talablarga javob berishi,
kishining antropometrik xususiyatlarini hisobga olishi kerak.
Texnologik asbob-jihozlarga moslamalar va instrumentlar (qirqish,
tekshirish, o‘lchash asboblari va yordamchi qurollar) kiradi. Moslamalar
tuzilishi jihatidan ishlash uchun qulay bo‘lishi, jismoniy kuchning
tejalanishini, mehnat predmetlarini o‘rnatish, chiqarish, birkitish va
bo‘shatish oson bo‘lishini, shovqin va vibratsiya bo‘lmasligini
ta’minlashi lozim.
Ko‘p dastgohchi xodimlarning ish joylari yordamchi ishchilarni
chaqirib olishga imkon beradigan signalizatsiya vositalari bilan
jihozlanishi kerak. Signalizatsiya qurilmasi xizmat ko‘rsatadigan ish
joylarining soniga qarab yakka (individual) yoki guruhli bo‘lishi
mumkin. Ko‘p dastgohli ish sharoitida individual signalizatsiya bo‘lgani
yaxshi.
Signalizatsiya-signal berish usuliga qarab ovozli, vizual va vizual-
ovozli bo‘ladi. Masalan, to‘qimachilik ishxonalarida shovqin ko‘p
bo‘lganligi sababli, odatda, bayroqchalar, rangli doiralar va signal
chiroqlari yordamida vizual signalizatsiya ishlatiladi.
Mashinalarda uni boshqarayotgan xodimga texnologik jarayon
qanday o‘tayotgani haqida signal berib turadigan moslamalar borligi,
ayniqsa, ko‘p jihozli ishda mashinalarga xizmat ko‘rsatishni ancha
osonlashtiradi. Hozirgi titib-yumshatish agregatlaridagi qorishtirib
ta’minlagichlar, masalan, ishchiga paxta yuborish yoki to‘xtatish
kerakligini xabar qiladigan yorug‘lik signalizatsiyasi bilan jihozlangan
bo‘ladi. Mashinalarda ularni to‘xtatish haqida xabar beruvchi
68
signalizatsiya borligi ko‘p stanokchiga ancha mashinalarga xizmat
ko‘rsatganida ham marshrut ish uslubiga nisbatan to‘g‘ri kelish
tanaffuslarini ancha kamaytirib, qorovullash uslubini ishlatish imkonini
beradi.
Konstruktorlar jihozlarda ularga xodimlar tomonidan xizmat
ko‘rsatishni, ularni ta’mirlashni va sozlashni yengillashtiradigan har xil
moslamalar bo‘lishini nazarda tutishlari kerak. Mashinalarning organlari
oddiy va qulay tuzilgan, ortiqcha harakat, kuch va yurish talab
etmaydigan qilib joylashtirilgan bo‘lishi lozim. Masalan, mashinaga bir -
biridan katta oraliqdagi bir nechta joyda xizmat ko‘rsatish talab
qilinadigan bo‘lsa, uni to‘xtatish yoki yurgizib yuborish imkoniyati ham
ko‘p yo‘l bosib o‘tmaydigan bir nechta joyda bo‘lishi kerak. Masalan,
ishga tushirish qurilmalari to‘quv jihozlarida peshto‘siq tomonda ham,
ortto‘siq tomonda ham bo‘lishi zarur.
Ko‘p stanokchilar xizmat ko‘rstadigan mashinalar, ayrim
mexanizmlar sinib qolishi yoki sifatsiz mahsulot chiqishining oldini
oladigan moslama va mexanizmalr bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
Ayniqsa, xodim ko‘p jihozlarga xizmat ko‘rsatganda ularning har birida
jarayonni uzluksiz kuzatib bora olmaydi, shuning uchun faol kuzatish
zaruriyati minimumgacha kamaytirilishi kerak. Shu maqsadda, masalan,
pilik mashinalarida o‘z-o‘zini to‘xtatgichlar ishlatiladi. Yoki pilik
mashinalarida avtomatik to‘xtatgich bo‘lmasa, pilik uzilganda
tayyorlangan matolarda chala to‘qilish sodir bo‘lishi va pilikchining
xizmat ko‘rsatish imkoniyati cheklanib qolishi mumkin.
Sog‘lom va xavfsiz mehnat sharoiti ish jarayonlarini xavfsizlik
texnikasi vositalari (to‘siqlari va h.k.), kerakli yoritish priborlari,
ventilyasiya va shu kabilar bilan jihozlashni talab qiladi. Bino ichidagi
havoning toza bo‘lishi ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish
korxonalarida xodimlarning salomatligi uchun ham, texnologik
jarayonning normal o‘tishi uchun ham muhim ahamiyatga ega.
Ish joylarida xodimning faoliyat ko‘rsatish jarayonida zo‘riqishni
kamaytiradigan moslamalar bo‘lishi kerak. Balandlikdagi xom
ashyolarga yoki mashina qismlariga qo‘l yetishi, ortiqcha yoki qiyin
harakatlar qilishni bartaraf etish uchun ishlovchi oyog‘i tagiga
qo‘yiladigan panjara tagliklar, xom ashyolar qo‘yadigan tokchalar yoki
javonlar; o‘tirish balandligini to‘g‘rilash uchun buralib ko‘tariladigan
stullar, ish zonasi, ko‘chma stullar yoki rolikli o‘rindiqlar, tirsak
qo‘yadigan suyanchiqlar va shu kabi moslamalar bo‘lishi zarur.
69
Shunday qilib, ish joylarini eng mukammal mehnat vositalari bilan
qurollantirish mehnat unumdorligini muttasil o‘stirib, ishlab chiqarish
yoki xizmat ko‘rsatish samaradorligini oshirib, mahsulot va xizmat
sifatini yaxshilab, tannarxini pasaytira borishning eng muhim
shartlaridan biridir.
|