14
Huquqiy asoslar — ishlab chiqarish
munosabatlaridagi mehnat
faoliyatini tashkil qilishga xizmat qiladigan huquqiy mezonlar (fuqarolik,
ma’muriy, egalik huquqlari, korxona ishlab chiqarish bilan bog‘liq huquqiy
hujjatlar).
Ma’naviy-psihologik asoslar — bu mehnat faoliyatini tashkil qilishda
ishlab chiqarish munosabatlarida tomonlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar
va ularni shakllanish jarayoni bilan yuzaga keladi (bunda yollanma
ishlovchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabat, rahbar yoki korxona egasi bilan
yollanma ishlovchi o‘rtasidagi munosabat yoki jamoa o‘rtasidagi o‘zaro
munosabatlar).
Iqtisodiy
asoslar esa, mehnat faoliyatini tashkil qilishning asosini
tashkil etadi. Bunda mehnat faoliyatini tashkil qilish mezonlari, ya’ni
shaxsning moddiy manfaatdorligi, bu yerda mehnat
faoliyatidan qoniqish
darajasi ko‘zda tutiladi.
Ijtimoiy ishlab chiqarish munosabatlarida, mehnat faoliyatining
mazmuni — har bir shaxsning professional malaka darajasi, ishbilarmonlik
va tadbirkorlik qobiliyati va boshqalar tashkil etadi.
Hozirgi sharoitda kishilar faoliyatining mehnatdagi buyumlashgan
elementlar
bilan
o‘zaro aloqasini o‘rnatibgina qolmay, o‘zaro
hamkorlikdagi faoliyat qatnashchilari bo‘lgan «inson-texnika» o‘rtasida
mehnat
munosabatlarini shakllantirish, jonli mehnat samaradorligini
oshirish kabi muammolarni yechish zarur bo‘lmoqda. Xodimlar faoliyatini
tashkiliy jihatdan ta’minlashning korxona ish faoliyati tizimidagi o‘rni va
xodimlar faoliyatini tashkiliy ta’minlashning tarkibiy qismlari 1.1-rasmda
ko‘rsatib berilgan.
Shunday qilib mehnatni tashkil qilishning tarkibiy qismlari
quyidagilardan iborat:
1. Mehnat taqsimoti va kooperatsiyasi. Korxona miqyosida mehnat
taqsimoti amalga oshirilib, uning kooperatsiyasi puxta o‘ylab ko‘rilgandan
keyin korxona ichida mehnatni chuqur taqsimlash va kooperatsiyalashni
amalga oshirish – alohida
uchastkalar, xodimlar o‘rtasida mehnatni
taqsimlash, xodimlarni joy-joyiga qo‘yish, ular faoliyatining o‘zaro
bog‘lanishi va sinxronizatsiyasini ta’minlash imkonini beradi.
2. Mehnat jarayonlarini tashkil etish. Mehnat faoliyatini tashkiliy
jihatdan ta’minlash mehnat jarayonlarini tashkil etish, ya’ni aniq ish turini
bajarishda qo‘llaniladigan usullarni belgilab olishni nazarda tutadi. Mehnat
jarayonlarini o‘rganib chiqish va uni amalga oshirishga qancha ish vaqti
sarflanishi zarurligini aniqlash eng yaxshi ish usullarini tanlash, ish joylarini
oqilona taqsimlash imkonini beradi.
15
3. Mehnatni me’yorlash. Mehnat me’yorini
belgilamasdan turib,
xodimlar faoliyatini tashkiliy jihatdan ta’minlab bo‘lmaydi. Mehnatni
me’yorlash xodimlar faoliyatini tashkiliy jihatdan ta’minlashning turli
variantlarini baholash vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Har qanday tashkiliy
o‘zgarish ish vaqti sarflariga ma’lum darajada ta’sir etishi tufayli mehnatni
me’yorlash ushbu o‘zgarishlarni
miqdoran baholab, eng oqilona variantni
tanlash imkonini beradi.