• 2-BOB. MEHNATNI ILMIY TASHKIL ETISHNING XUSUSIYATLARI 2.1.Mehnatni ilmiy tashkil etishning tarixi
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tоshkеnt dаvlаt iqtisоdiyot univеrsitеti




    Download 1.97 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet8/85
    Sana18.07.2023
    Hajmi1.97 Mb.
    #76891
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   85
    Bog'liq
    Mehnatni tashkil etish va boshqarish
    Анализ современных угрозы и каналы утечки информации, MTA amaliy ish, Мардонов Хасан, 2 саволлар, 3.6, Konstruksion-po‘lat-va-qotishmalar, 410 курсовые, paradigmalar 4-topshiriq, T va S sirtqi, 1-Амалий иш(ЙТХ), 166-Niyozova Shohsanam, Kirish I bob. Pardaqanotlilar turkumining biologiyasi, Boshlang`ich, 14-04-2023 13-13-00, Тема Погрешности измерений и средств измерений
    Nazorat savollari 
    1. «Mehnatni tashkil etish va boshqarish» fanining obyekti nima? 
    2. Mehnatni oqilona tashkil etish deganda nimani tushunasiz? 
    3. Mehnat jarayonining tarkibiy qismlari niamalardan iborat? 
    4. Mehnatni tashkil etish vazifalari nimalardan iborat? 
    5. Mehnatni tashkil etishning iqtisodiy vazifasini mohiyati nimada? 
    6. Ish qobiliyati deganda nimani tushunasiz? 
    7. Ergonomikaning ma’nosi nima? 
    8. Mehnatni tashkil etishning qanday asoslari mavjud? 
    9. Ma’naviy-psihologik asoslar deganda nimani tushunasiz? 
    10. Mehnatni tashkil etishning tarkibiy qismlari nimalardan iborat? 


    18 
    2-BOB. MEHNATNI ILMIY TASHKIL ETISHNING 
    XUSUSIYATLARI 
     
    2.1.Mehnatni ilmiy tashkil etishning tarixi 
    «Mehnatni tashkil qilish» tushunchasining paydo bo‘lish tarixiga 
    to‘xtalgandi, albatta, ushbu masalaning asoschisi sifatida F. Teylorning 
    (1856-1915) nomi tilga olinadi. F. Teylor mehnatni «ilmiy boshqarish» 
    muammosini amaliy jihatdan asoslab bergan bo‘lib, u iqtisodiyotda muhim 
    o‘rin tutadi. Ammo, F. Teylor ko‘zda tutgan fan sohasini iqtisodiyotda 
    haddan tashqari toraytirib qo‘ygan. «Oqilonalashtirish» atamasi mazkur 
    fanni to‘g‘ri nomlash muammosini murakkablashtirdi, bu atama dastlab 
    Germaniyada qo‘llanilgan bo‘lib, keyinchalik u muayyan darajada boshqa 
    mamlakatlarga ham yoyildi. Mazkur atama shu qadar noaniq va umumiy 
    tusdagi mazmunga egaki, uni har qanday yaxshilanishga nisbatan qo‘llash 
    mumkin. Shuni ham aytish kerakki, rivojlangan xorijiy mamlakatlarda 
    hozirgi vaqtda «mehnatni ilmiy tashkil etish» yoki «mehnatni tashkil etish» 
    atamalari deyarli qo‘llanilmayapti. 
    Amerika Qo’shma Shtatlarida mehnat faoliyatini tashkil qilish 
    tizimlari XIX—XX asrlarda paydo bo‘ldi. O‘sha paytda ularning paydo 
    bo‘lishiga ushbu mamlakatning iqtisodiyotida ro‘y berayotgan tub 
    jarayonlar: kapitalning jamlanishi va markazlashishi, monopoliya qilib 
    olingan yuqori foyda yuzaga kelishi, mehnatkashlarning siyosiy va 
    iqtisodiy kurashining kuchayishi sabab bo‘lgan edi. Ana shu barcha 
    o‘zgarishlarning oqibatida mehnat, ishlab chiqarish va boshqarishni 
    tashkil qilishni takomillashtirish zarur bo‘lib qolgan edi. 
    Amerikalik muxandis F. Teylor (1856—1915) o‘zi ishlab chiqqan 
    usullarni ishlab chiqarish sharoitlarida qo‘llagan, mehnatni tashkil qilish 
    masalalari tadqiqotchisi sifatida keng tanilgan birinchi olim bo‘lgan edi. 
    F. Teylor o‘z tizimining asosiy qoidalari va tamoyillarini «Fabrikani 
    boshqarish» (1903) va «Korxonani ilmiy boshqarish asoslari» (1911) 
    asarlarida bayon qildi. Ularda u ishlab chiqarishni boshqarishni ilmiy 
    negizda tashkil qilish zarurligini ilk bor asoslab berdi. 
    Teylor boshqarish funksiyalarini tabaqalashtirishni, ya’ni texnologik 
    va mehnat jarayonlarini rejalashtirish, loyihalashtirish va x.z. 
    funksiyalarni ajratishni taklif qildi. U vaqt sarflarini bevosita o‘lchashga 
    asoslangan mehnatni me’yorlash usulini ishlab chiqdi va qo‘lladi. Ilgari 
    esa me’yorlash tajribasiga asoslanilar hamda ustalarning o‘z ixtiyori 


    19 
    bo‘yicha amalga oshirilar edi. Funksional boshqarish (nazorat qilish, 
    ta’mirlash va hokazolar) tizimi Teylor o‘ylab ko‘rgan ko‘rinishida 
    boshqarish funksiyalarini ayrim ustalar o‘rtasida taqsimlash amaliy 
    qo‘llanilmadi, lekin unda endilikda birorta ham korxona ishlatmay 
    qololmaydigan mavjud funksional xizmatlarning ilk ko‘rinishlarini 
    payqash qiyin emas edi. U taklif qilgan mehnatni me’yorlash usuli esa 
    ancha takomillashtirilgan holda hozirgi vaqtda hamma mamlakatlarda, 
    xususan O‘zbekistonda ham keng qo‘llanilmoqda. 
    O’sha yillarning o‘zida yana bir taniqli Amerika tadqiqotchisi 
    F.Gilbret (1868—1924) ham mehnat jarayonlarini takomillashtirish 
    muammolarini tadqiq qilish bilan shug‘ullangan edi. U o‘z tadqiqotlarini 
    yalpi, to‘xtovsiz ishlab chiqarish sharoitlarida (ayoli L. Gilbret bilan 
    birgalikda) olib borgan va shu bois mehnatdagi xatti-xarakatlar uning 
    o‘rganish predmeti bo‘ldi, ularni kuzatish uchun u kinotasvirdan 
    foydalandi. Shu tariqa Gilbret siklografik tadqiqot usulini ishlab chiqdi. 
    Ushbu usuldan foydalanish mikroelementli me’yorlash tnzimlarini 
    yaratishni boshlab berdi. Gilbretning “Hatti-harakatlarni milliy boylik 
    ko‘payishi nuqtai-nazaridan o‘rganish” kitobi (1911) keng miqyosda 
    tanildi. Bu tadqiqotchi, shuningdek, ishchilarni kasb malakasi jihatidan 
    tanlash va ularga ilg‘or ish metodlarini tezlashtirilgan tarzda o‘rgatish 
    usulining muallifi hamdir. 
    Tashkilotchilik 
    nazariyasining 
    rivojlantirilishi 
    to‘g‘risida 
    gapirilganda, polyak olimi K. Adametskiyning (1856—1933) hissasini 
    ta’kidlamay bo‘lmaydi, u ishlab chiqarish jarayonlarini tashkil qilishni 
    muxandislik yo‘li bilan loyihalashtirish g‘oyasini oldinga surdi va ushbu 
    jarayonlarni garmonogramma asosida sinxronlashtirishni taklif etdi. 
    Tashkilotchilik fani nazariyasida “Umumiy va sanoat boshqaruvi” 
    kitobining (1916) muallifi A. Fayol va “Unumdorlikning o‘n ikki 
    tamoyili” asarining (1912) muallifi G. Emerson (1853—1932) sezilarli 
    o‘rin egallaganlar. Ular boshqarish sohasidagi tashkilotchilik 
    muammolari bilan shug‘ullanganlar va butun-butun jamoalarning 
    mehnatini birlashtiradigan tizim yaratish g‘oyasini oldinga surganlar. 
    Fransuz olimi A. Fayol (1841 —1925) “ilmiy menejmentning otasi” 
    hisoblanadi. U birinchi bo‘lib menejment fanining to‘liq nazariyasini 
    yaratdi. Amerikalik olim G. Emerson A. Fayol g‘oyalarining izdoshi edi. 
    Iqtisodiyotda mashhur «mehnat unumdorligining 12 tamoyili”ni 
    ta’riflash ular tomonidan amalga oshirilgan tadqiqotlarning cho‘qqisi 
    bo‘lgan edi. Bu tadqiqotlarning markazida maqsadlarni aniq qo‘yish 


    20 
    (boshqarishning ilk negizi): sog‘lom fikrlash, o‘z xatolarini tan olish va 
    ularning sabablarini izlash edi. 
    Boshqarishni 
    takomillashtirish 
    maqsadida 
    unga 
    malakali 
    mutaxassislarni jalb etish bilimdonlik bilan beriladigan maslahatlardan 
    foydalanish faoliyatni aniq tartibga solish, nazorat qilish, o‘z vaqtida 
    rag‘batlantirish bilan ta’minlanadigan intizom: xodimlarga adolatli 
    munosabatda bo‘lish; tez, ishonchli, to‘liq va doimiy hisob yuritish 
    kabilar G.Emerson g‘oyalarining mag‘zini tashkil etadi. 
    Mehnat va ishlab chiqarishni tashkil qilishni takomillashtirishning 
    yana bir yo‘nalishi G. Fordning (1863—1947) nomi bilan atalgan 
    fordizm bo‘lgan edi. Bu tizim AQSHda Birinchi jahon urushi yillarida 
    yuzaga kelgan va tashkilotchilik nazariyasining izchil davom ettirilishi 
    va rivojlantirilishi bo‘lgan edi. G. Ford "Mening hayotim — mening 
    yutuqlarim» kitobini yozib, unda o‘z tizimining asosiy tamoyillarini 
    bayon etgan edi. Fordizmning mohiyati ishlab chiqarishning uzluksizlik 
    usullari, bir xillashtirilgan mashinalar va asboblar, andozali uzellarni 
    qo‘llanishi, ishni mumkin qadar bir qolipga va majburiy maromga solish 
    konveyer), haddan ziyod darajada mehnatni taqsimlash, asosiy ishlarni 
    yordamchi ishlardan ajratishdan iborat edi. Ford Teylor tomonidan 
    ta’riflangan ilmiy boshqarish tamoyillarini mehnatni ko‘proq 
    intensivlashtnrishdan iborat o‘sha maqsadning o‘zini qo‘ygan holda 
    mexanizatsiyalashtirilgan va avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish 
    sharoitlariga tatbiqan rivojlantirdi. Ford tomonidan ishlab chiqilgan 
    mehnat va ishlab chiqarishni tashkil qilish tamoyillaridan ko‘plab 
    mamlakatlarning sanoatida keng foydalanilmoqda. 
    F. Teylor zamonasida endigina tetapoya qilgan mehnat to‘g‘risidagi 
    fan hozirgi vaqtta kelib, katta o‘zgarishlarni boshidan kechirdi. Chet 
    ellik mutaxassislar hal etayotgan masalalar doirasi nihoyatda keng. 
    Mehnatni tashkil qilish va me’yorlashni mehnat sharoitlarini 
    takomillashtirish, xodimni kasb malakasiga qarab tanlab olish usullarini 
    mukammallashtirish, ergonomika masalalari, mehnatni tashkil qilishda 
    psihologik va sotsiologik usullarni qo‘llash, ilmiy boshqarish usullarini 
    ishlab chiqish, mehnatni insoniylashtirish masalalari shular jumlasiga 
    kiradi. 
    Mehnatning yangi usullari va metodlarini ishlab chiqish va joriy 
    etish muammolari avvalgidek chet ellik ixtirochi va olimlarning diqqat 
    markazida turibdi. Mehnatni me’yorlashtirish va unda texnikaviy 
    vositalar xazinasi nihoyat darajada boyidi. Mehnatdagi hatti-
    xarakatlarga vaqt sarflarining oldindan belgilangan me’yorlariga 


    21 
    asoslangan mikroelementli me’yorlash tizimlari keng yoyildi. Mehnatni 
    me’yorlash sohasi ishchi va xizmatchilar faoliyatinigina emas, balki 
    mehnat jarayonining ba’zi aqliy elementlarini ham o‘z tarkibiga 
    olmoqda. 
    Rivojlangan mamlakatlarda xodimni kasb malakasiga qarab tanlab 
    olish usuli ancha keng tarqalgan, bunda ishga yollanuvchi bir qator turli 
    sinovlardan o‘tkaziladi, shu yo‘l bilan uning o‘zi da’vo qilayotgan ishga 
    moyilligi va qobiliyati aniqlab olinadi. Mehnat to‘g‘risidagi chet el fani 
    xodimni 
    kasb 
    malakasiga 
    qarab 
    tanlab 
    olishni 
    mehnatni 
    oqilonalashtirishning eng muhim vositalari sirasiga kiritadi, chunki 
    bunday tanlab olish jiddiy iqtisodiy naf keltiradi va bu bilan mehnat 
    unumdorligi ortadi, mahsulot sifati yaxshilanadi, ishchi kuchining 
    ko‘nimsizligi kamayadi, o‘qitish sarf-xarajatlari qisqaradi. Xodimning 
    shaxsiy sifatlariga kasb tomonidan qo‘yiladigan talablarni aniqlash va 
    professiogrammalar tuzish xodimni kasb malakasiga qarab tanlab olishni 
    amalga oshirishning zaruriy shartidir. Masalan. AQSH korxonalarida 
    turli kasblarga to‘g‘ri keladigan 4 mingta professiogrammadan 
    foydalaniladi. Ularda olti omil: tayyorlanish vaqti, qobiliyat, asabiy 
    zo‘riqish tabiati, mayllar, jismoniy kuch-harakat, mehnat sharoitlari 
    hisobga olingan. Qo‘shimcha ravishda har bir omil murakkablik 
    darajasiga yoki turiga qarab bo‘linadi. 
    Chet elda ergonomika fani va amaliyotiga katta ahamiyat 
    berilmoqda. «Ergonomika» atamasi (grekcha ergon — ish. nomos — 
    qonun) mazmunini berib, uning mohiyati yangi mashina yaratilayottanda 
    shunchaki mashinaning o‘zi hakida emas, balki inson — mashina — 
    ishlab chiqarish muxiti tizimi sifatida qarashdan iborat. Bunday 
    yondashish texnikaviy fanlarni inson va uning mehnat faoliyatn 
    o‘rtasidagi mutanosib aloqalar uchun netiz bo‘lib hizmat qildi. Shunday 
    qilib, ularning oralig‘ida yangi kompleks fan — ergonomika fani 
    bunyodga keldi. Turli mamlakatlarda u turli nom oldi, masalan, Amerika 
    Qo’shma 
    Shtatlarida 
    “inson 
    injeneriyasi”, 
    Germaniyada 
    “antropotexnika” nomini oldi. Hamdo‘stlik mamlakatlarida, xususan, 
    O‘zbekistonda ham «ergonomika» inglizcha atama qabul qilindi. 
    Ergonomika sanoatdagi inson faoliyatining samaradorligi uchun javob 
    beradigan mutaxassislarni zaruriy ma’lumotlar bilan ta’minlashi lozim 
    bo‘lgan oraliq fan deb qaraladi. 
    Chet ellik mutaxassislar yangi psihologik va psixosotsiologik 
    usullarni ishlab chiqish va joriy etishga katta e’tibor bermoqdalar. F. 
    Teylorning takliflari cheklanganligi, inson omiliga yetarlicha e’tibor 


    22 
    berilmaganligi uchun tanqid qilib kelindi, chunki u mehnatning 
    intensivligi nihoyat darajada oshirish yo‘li bilan yuqori natijalarga 
    erishilishini ko‘zlagan edi. Teylorning “cheklangan va tor injenerlik” 
    usullariga qarama-qarshi tadbirkorlar bilan ishchilar o‘rtasidagi 
    ziddiyatlarni bartaraf etish vositasi sifatidagi “insoniy munosabatlar” 
    nazariyasi (asoschisi — E.Meyo) yuzaga keldi. G. Fordning o‘ziyoq
    agar ishlab chiqarishda odamlarning munosabatlari muammosini hal 
    qilishning uddasidan chiqilsa, yaqin kelajakda ishlab chiqarish 
    chiqimlarini kamaytirishda yalpi ishlab chiqarishni rivojlantirish yo‘li 
    bilan erishilganidek siljishga erishish mumkin bo‘ladi, deb ta’kidlagan 
    edi. “Insoniy munosabatlar” nazariyasining tarafdorlari ishchilarga 
    insoniy munosabatda bo‘lishni, shaxsni hurmatlashni targ‘ib qiladilar. 
    Ularning fikricha, bu ishlab chiqarish samaradorligini oshirish 
    vositasidir. Ishchining his-tuyg‘ulari. Uning kayfiyati, e’tiqodlari, 
    jismoniy holati maxsus tadqiqotlar mavzusi bo‘lib qolmoqda. Mazkur 
    doktrina Amerika Qo‘shma Shtatlari va boshqa mamlakatlarda 
    nihoyatda keng tarqaldi. 
    XX asrning 70-yillar oxirida chet ellik nazariyotchilar “mehnatni 
    insoniylashtirish” doktrinasini oldinga surdilar. Uning xususiyatlari 
    shundan iboratki, taklif qilinadigan yangiliklar yordamida an’anaviy 
    usullarning rivojlantirilishimas, aksincha, an’anaviy usullar o‘ziga xos 
    yo‘sinda taftish qilinib, tubdan qayta ko‘rib chiqilgan. Mazkur 
    nazariyaning 
    tarafdorlari 
    shuni 
    qayd 
    etadilarki, 
    kiritiladigan 
    yangiliklarning maqsadi qulayroq mehnat sharoitlarini yaratish, uni 
    insoniylashtirishdan 
    iborat 
    bo‘lib, 
    bunda 
    insoniylashtirish 
    har 
    tomonlamalilik va tizimlilik tabiatiga egadir. Yangiliklar mehnatni 
    tashkil qilishning qandaydir bir tomoniga taalluqli bo‘lib qolmasdan, 
    mehnat bilan bog‘liq bo‘lgan muammolar butun majmuini: bajariladigan 
    funksiyalarning mazmunini, ishlab chiqarish - mehnat jarayonini tashkil 
    qilishni, ishchilarning ular mehnatini tashkil etish xususida qarorlar 
    qabul 
    qilishda 
    qatnashishlarini, 
    kasb 
    tayyorgarlik 
    va 
    qayta 
    tayyorgarlikni, 
    uskunalar, 
    ish 
    o‘rinlarining jonlantirilishi va 
    jihozlanishiga qo‘yiladigan ergonomik talablarni, mehnat sharoitlari va 
    ishlab chiqarish muhitining holatini qamraydi. 
    Hozirgi vaqtda “Mehnat xayotining sifati” nazariyasi keng 
    tarqalgan. Tegishli atama o‘ttan asrning 20-yillaridan e’tiboran 
    ko‘llanilgan, mehnat xayotining sifatiga nazariy yondashishlar esa, 
    asosan, 60—70-yillarda shakllangan. Shaxsning ijodiy tabiatini 
    tushunishga umuminsoniy yondashuv, mehnatni insoniylashtirish, 


    23 
    insonning aqliy va jismoniy rivojlanishi, uning ijtimoiy jihatdan 
    mamnunligi mazkur nazariyaning negizidir. 

    Download 1.97 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   85




    Download 1.97 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tоshkеnt dаvlаt iqtisоdiyot univеrsitеti

    Download 1.97 Mb.
    Pdf ko'rish