• M U N D A R I J A
  • KIRISH
  • O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent kimyo texnologiya instituti




    Download 416.48 Kb.
    bet1/24
    Sana25.05.2022
    Hajmi416.48 Kb.
    #21877
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
    Bog'liq
    8gKbHAMnD5p04Sk1498
    Practical Docker with Python, 1670579776, LIONEL MESSI, 1691856257

    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
    TOSHKENT KIMYO - TEXNOLOGIYA INSTITUTI YOQILG’I VA ORGANIK BIRIKMALAR KIMYOVIY TEXNOLOGIYASI FAKUL’TETI
    NEFT VA GAZNI QAYTA ISHLASH KIMYOVIY TEXNOLOGIYASI KAFEDRASI
    Baxromov Sherzod Shuhrat o’g’li
    MALAKAVIY BITIRUV ISHI


    MAVZU: Neftni qayta ishlashda gidrogenlash jarayonlari, kimyosi va texnologiyasi. Katalizatorni tanlash va xajmiy xisobi.

    Kafedra mudiri: Ziyadullayev O.E.


    Rahbar: Absalyamova G.M.

    Taqrizchi:

    Bajardi: Bahromov Sh.Sh.


    Toshkent – 2015

    M U N D A R I J A


    Sahifa beti



    1. Kirish 3




    1. Neft va neft mahsulotlari xaqida umumiy ma’lumot 5




    1. Geterogen jarayonlar 8




    1. Neft distillyatlarini gidrotozalash. Katalizatorlar. Xom-ashyo mahsulotlari asosiy

    omillari 13




    1. Motor yoqilg‘ilarini gidrotozalash asoslari 22




    1. Katalitik riforming 24




    1. Gidrogenlash jarayonlarida uglevodorodlarni o‘zgarishi 31




    1. Sanoatda gidrogenlash jarayonlari 37




    1. Foydalanilgan adabiyotlar 64




    1. Bitiruv ishining qisqacha mazmuni 65

    KIRISH


    Bugun biz boshqa davlatlarni vositachiligisiz xaqiqatda go`zal, noyob o`lkamiz nimalarga boy ekanligini birinchi bor tasavvur qilishimiz mumkin. Bizni dunyo hamjamiyati integratsiyasiga intilishimiz bizni tashqi olamga ochiqligimiz ushbu boyliklarni ishga solishning juda yaxshi imkoniyatlarini beradi.
    Islom Karimov

    O`zbekiston Respublikasi mustaqil rivojlanish yo`li bilan dadil ketayapti. Bugun mamlakatimizda makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlikka erishildi, tarkibiy o`zgarishlar dasturi amalga oshirilmoqda, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish bilan birga tubdan qayta qurilmoqda, yangi sohalar yuzaga keltirilayapti. Iqtisodiyotni keyingi barqaror va dinamik o`sishi uchun kerakli poydevor va sharoitlar yaratilmoqda.


    Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan iqtisodiyotni erkinlashtirish, uning barcha sohalarini, jumladan, neft-gaz tarmog’ini yanada rivojlantirishga xizmat qiladigan qulay sarmoyaviy muhit yaratishga alohida e`tibor qaratilmoqda. Sohada yangi inshootlarni barpo etish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, ichki bozorda mahalliy mahsulotlar ulushini ko`paytirish, mahalliylashtirishni kengaytirish, korxonalarni rivojlanishi uchun qulay sharoit, imkoniyat va imtiyozlar yaratilmoqda.
    Bu o`lkaga tabiat mo`l-ko`l in`omlar berilgan. Amudaryo va Sirdaryo oralig’iga joylashgan O`zbekiston o`z tabiiy – iqlimiy sharoitlari bo`yicha Markaziy Osiyoning eng qulay regionlaridan biridir. O`zbekiston o`ta boy mineral-
    xom ashyo resurslariga, ham ega. Uning sahnida Mendeleev jadvalidagi hamma kimyoviy elementlar mavjud.
    Hozirgi vaqtda dunyoda neft’, tabiiy gaz, ko`mir va uran asosiy energiya manbalari hisoblanadi. Tinimsiz qazib olish hisobiga esa ularning zaxirasi yildan- yil kamayib bormoqda. Olim va mutaxassislar shu tarzda ishlatilgan taqdirda, dunyodagi neft’ zaxiralari 45-50 yilga, tabiiy gaz zaxiralari 70-75 yilga, tosh ko`mir zaxiralari 165-170 yilga, qo`ng’ir ko`mir zaxiralari 450-500 yilga etishini ta`kidlashmoqda. Shunisi aniqki, bu konlar tugagach, ularni qayta tiklab bo`lmaydi.
    O`zbekiston qimmatli mineral-xom ashyo resurslariga juda boy bo`lib, uning sarhadlarida Mendeleev davriy jadvalidagi barcha kimyoviy elementlar mavjud. Vatanimiz hozirgi kunda oltin zahiralari bo`yicha jahonda 4 o`rinni, uni qazib olish bo`yicha – ettinchi, paxta tolasi ishlab chiqarish bo`yicha – birinchi, eksporti bo`yicha – ikkinchi o`rinlarni, uran zaxirasi bo`yicha ettinchi va mis zahirasi bo`yicha o`ninchi o`rinlarni egallaydi. O`zbekiston rangli va nodir – er metallari, neft, gaz, qurilish materiallari, fosforitlar, turli tuzlar, kvarts va boshqa foydali qazilmalarni katta zahiralariga ega bo`lib, hozirda ularni qayta ishlashda ko`plab ishlar amalga oshirilmoqda.
    Neft va gaz sanoati mamlakatimiz iqtisodiyotining etakchi tarmoqlaridandir. O`zbekiston dunyo mamlakatlari orasida tabiiy gaz qazib olish bo`yicha etakchi o`rinlardan birida turadi. Keyingi yillarda O`zbekiston neft va gaz sanoatida tub o`zgarishlar amalga oshirildi. Mamlakatimiz gaz, polietilen va qayta ishlangan neft mahsulotlarining yirik eksportchisiga aylandi.
    Neft-gaz sanoati sohasida 2013 yilning o`zida 2,8 milliard AQSH dollaridan ziyod investitsiya o`zlashtirildi. Bu rejalashtirilgan ko`rsatkichlardan 11 foizga ko`pdir. Jahon miqyosidagi loyihalar ishlab chiqilib, hayotga muvaffaqiyatli tatbiq etilmoqda. Masalan, jahon neft-gaz sohasidagi eng yirik loyihalardan biri Surg’il koni negizida bunyod etilayotgan Ustyurt gaz-kimyo majmuasidir. Janubiy koreyalik hamkorlar bilan amalga oshirilayotgan ushbu loyihaning umumiy
    qiymati 3,9 milliard AQSH dollarini tashkil etadi. Uning amalga oshirilishi yiliga 4,5 milliard kub metr tabiiy gazni qayta ishlash hisobidan 3,7 milliard kub metr gaz, 387 ming tonna polietilen, 83 ming tonna polipropilen, 102 ming tonna piroliz benzini va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarish imkonini beradi.

    Download 416.48 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




    Download 416.48 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent kimyo texnologiya instituti

    Download 416.48 Kb.