A-9 (QO’SHNI HOKIMLIKLARDAGI AHVOL TO’G’RISIDA




Download 0.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/70
Sana25.03.2024
Hajmi0.75 Mb.
#176253
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   70
Bog'liq
Архившунослик. Ўқув қўлланма
2 slayd, 777777777777777777777, Bir million dasturchi laboratoriyalari, 1, 11-sinf-informatika doc, 50610501 Dasturiy injiniring, 40d4c6dab0b9f021428bfd52b1e42dd4, Boshqaruv psixologiyasi bo\'yicha tematik reja Semenarlar (2), 7 Yoshli bolalar uchun psixologiya, djoldasbayev33, 4. maruza CSS га кириш. Селекторлар турлари. Ўлчов бирликлари., KIBER mustaqil ish, tEQfzZPVFqEQnoOijCZCqs6zD9Rtz4i9wntwpHkq, 1-mavzu, Fanuc
A-9 (QO’SHNI HOKIMLIKLARDAGI AHVOL TO’G’RISIDA 
DEVASHTICHGA UNING AYG’OQCHISI YOZGAN 
MAKTUB) HAQIDA 
A-9 raqamli hujjat. 19,5-11 sm yuzali charmning o’ngi va 
teskarisiga o’ziga xos individual xat uslubi bilan bitilgan sug’diycha 
matndir. O’ng beti charmning eni bo’ylab, orqa beti esa bo’yiga 
to’ldirilgan. Hammasi bo’lib o’ng betida 15, orqa betida esa 26 qator 
26
Смировна О.И. Вопросы исторической топографии и топонимики 
верхнего Зарафшана // МИА. М., 1953. №15. С. 317-318.
27
Rustoq- forscha “qishloq” ma’nosiga to‘g‘ri kelib, O‘rta Osiyo, Eron va 
qisman arab mamlakatlarida qo‘llanilgan tarixiy-geografik tushuncha. Ushbu 
so‘z qishloq, shahar, ovul, bozor, o‘zlashtirilgan o‘lka, o‘troq aholi yashaydigan 
joy, ekin maydoni, obodonlashtirilgan shahar kabi ma’nolarga ega. O‘rta Osiyo 
va Eron mo‘g‘ullar tomonidan istilo etilgach, rustoq o‘rniga “tuman” atamasi 
qo‘llanila boshlagan. (Qаранг: Ўзбекистон миллий энциклопедияси. –Т.: 
ЎзМЭ, 2004. Б. 395).
28
Tarjimalarni professorlar M.M.Is’hoqov va G‘.Boboyorovlar amalga 
oshirishgan. 


61
yozuv bor. 25-26-qatorlar orqa betdagi matn yo’nalishiga teskari 
holda yozilgan. “Va yozildi Aspanak Devg’un tomonidan Aspanning 
buyrug’iga binoan” deb ta’kidlanadi unda. Shunday qilib, A-9 
hujjatini yozgan sug’diy xattot yoki mirzaning ismi Aspanak Devg’un 
ekan deb o’ylash mumkin. Lekin asosiy matn kotibining xat uslubida 
so’z boshidagi p harfi, so’z o’rtasidagi va y belgilari o’ziga hosligi 
bilan ajralib turadi. Teskari yo’nalishdagi ikki satr xati esa boshqacha. 
Xat o’ralgach, bu satrlar boshqa kishi tomonidan yozib qo’yilgan 
bo’lsa kerak. Xususan, bu xatning belgilari o’ziga xos. Umuman, 
oxirgi 2 satr xati A-12, B-2, B-3 kabi qator hujjatlar xatiga o’xshaydi. 
Hujjat noshiri V.A.Livshitsning fikricha, A-9 hujjati uchun avval 
yozuv bitilgan charmni yuvib tozalashgan. Shunda eski matn qisman 
o’chmay, qolib ketgan. Demak, Aspanak Devg’un o’g’li yuvib 
tashlagan matnning kotibi bo’lgan, deyish ham mumkin. Bu hujjat 
VII-VIII asrlarda Romtish Vg’ashfarn, Venonok kabi kotiblar bilan 
bir qatorda Aspanak Devg’un o’g’li ismli sug’diy kotib ham 
bo‘lganligi haqida ma’lumot beradi. 
A-9 raqamli hujjat xat janriga mansubdir. Lekin unda sug’diy 
maktublarga xos kirish va yakunlovchi formulalar yo’q. Shuning 
uchun maktubning kimga yozilgani noma’lum. Lekin undagi xabar va 
ma’lumotlarning Sug’d hukmdorligi (konfederatsiyasi) siyosiy-harbiy 
ahvoliga bevosita aloqadorligi hisobga olinsa, xat adresati hukmdor 
Devashtich bo’lgan deb hisoblash mumkin. Bundan tashqari, maktub 
matnida “maray” unvoni uchraydiki, bu “afshin(hukmdor)” ma’nosida 
bo’lib bir necha hujjatlarda Devashtichga nisbatan qo’llangan.
A-9 hujjatning adresati juda bo’lmaganda muhim amaldor 
ekanligi xat mazmunidan yaqqol ko’rinib turadi. Masalan, muallif 
Ustrushana, Parg’ar, Xo’jand kabi qator shahar va viloyatlardagi 
ahvolni bayon etadi. Aftidan, u arablar bilan tuzilishi mumkin bo’lgan 
bitim haqida gapiradi. Parg’ar erlarini tashlab ketmaslik lozimligini 
ta’kidlaydi. Chunki bu erlarda yaqin kelajakda muayyan xavf-xatar 
yo’q. A-9 hujjatining 1-2-satrlarida qiziq bir ma’lumot berilgan.
Hujjat 722 yil avgust oyining haftasida yozilgan deb taxmin 
qilinadi
29

 
29
Grenet, Vaissiere, 2002: 179. 


62

Download 0.75 Mb.
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   70




Download 0.75 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



A-9 (QO’SHNI HOKIMLIKLARDAGI AHVOL TO’G’RISIDA

Download 0.75 Mb.
Pdf ko'rish