• Ishning maqsadi.
  • Ishning borishi. 1. So‘z tuzilishi.
  • Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti




    Download 1.94 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet11/99
    Sana20.02.2023
    Hajmi1.94 Mb.
    #42897
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   99
    Bog'liq
    Istedod ziyosi 2022 (2)
    10 Informatika Savollar UZB, 2 sinf 2 chorak matem, 3- 4 - MAVZU (1), 88888888888, Psixologik xizmatning o`rni va ahamiyati, 13-mavzu, 602629, ADSL, 11-sinf-Fizika-darslik, [05.10.2022 20 13] ТАШКЕНТ ЮЖНЫЙ НУКУС, Health food, О КУРСЕ, 15.Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi hivWBz9, Tarmoqlar komp
    Adabiyotlar: 
    1. Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya 
    texnologiyalarini joriy qilish to‘g‘risida. 2002, 30-may. 
    2. Haydarova Umidaxon. Kognitiv lingvistikada metafora va buddizm. 
    UzACADEMIA, ilmiy-uslubiy jurnal. VOL1, ISSUE 3, Septem-ber 2020, 44-bet. 
     
    O‘ZBEK TILIDA FE’L SO‘Z TURKUMI UCHUN QOIDAGA 
    ASOSLANGAN LEMMATIZER ALGARITMINI YARATISH 
     
    S.Sharipov (UrDU Axborot texnologiyalari kafedrasi dotsenti, f-m. f.n.), 
    O.Sobirov (UrDU Kompyuter lingvistikasi mutaxassisligi magistranti)
     
     
    Ishning maqsadi. Ushbu ishda o‘zbek tilshunosligi fe’l so‘z turku-
    mi uchun lemmatizer qurish masalasi yoritib beriladi. Bunda fe’l so‘z 
    turkumining umumiy yasalish qoidalari, qo‘shimchalar va ularni har bir 
    so‘z turkumidan fe’l yasovchilar sifatida sinflash, har bir sinfni tasnif-
    lash, har bir sinf bo‘yicha Chekli holat mashinasi (CHHM)
    4
    asosida 
    qo‘shimchalarni qirqivchi lemmatizer algaritmini ishlab chiqish ko‘zda 
    tutilgan. U har bir so‘zni o‘zining asosiy shakliga, ya’
    ni soʻzning oʻzaro 
    kelishilgan shakli soʻz lemmasi yoki biz lug‘atda topadigan so‘zga qis-
    qartiradi.


    28 
    Ishning borishi. 1. So‘z tuzilishi. So‘zlar lug‘aviy ma’no anglati-
    shiga ko‘ra, quyidagicha turkumlanadi. So‘z turkmlari. 
    1. Mustaqil so‘z turkmlari: fe’l, ot, sifat, son, ravish, olmosh. 
    2. Yordamchi so‘z turkumlari: bog‘lovchi, ko‘makchi, yuklama. 
    3. Oraliq so‘z turkumlari: modal, undov, taqlid. 
    O‘zbek tili turkiy tillar oilasiga kirganligi bois o‘zbek tilidagi so‘zlar 
    asos (yetakchi morfema) va qo‘shimcha (ko‘makchi morfema)larga bo‘-
    linadi
    2
    va soz yasalashi qat’iy morfologik tartib asosida bo‘ladi, so‘z 
    asosini qo‘shimchalardan ajratib olish uchun CHHMni qurish imkonini 
    beradi. O‘zbek tilida qo‘shimchalar gap tarkibida alohida kelmaydi, asos 
    esa qo‘shimchalar qo‘shilishi natjasida turli xil shakl va ma’nolarni 
    shakllantiruvchi so‘z bo‘lib qo‘llaniladi. Ya’ni, gapda ishtirok etgan bi-
    ror so‘z asosiga turli xil qo‘shimchalar qo‘shilishi natijasida bu so‘z yan-
    gi ma’no, qo‘shimcha ma’no hosil qilishi mumkin yoki gapda so‘zlarni 
    bir-biriga bog‘lash uchun qo‘shimchalar qo‘shiladi. 
    ♦oq – oqla (yangi ma’no); 
    ♦gul – gullar (qo‘shimcha ma’no); 
    ♦Daftarga yoz (gapda so‘zlarni bog‘lash). 
    So‘zning asosiy ma’nosini ifodalab, mustaqil qo‘llana oladigan
    qismi asos deyiladi. Mustaqil qo‘llana olmaydigan, asosga qo‘shilib, un-
    ga yangi yoki qo‘shimcha ma’no yuklaydigan, shuningdek, so‘zlarni
    bog‘lashga xizmat qiladigan qismiga qo‘shimcha deyiladi. Qo‘shimcha-
    lar ikki xil bo‘ladi. So‘z yasovchi qo‘shimchalar va shakl yasovchi qo‘-
    shimchalar. 
    Qo‘shimchalar asosga qo‘shilib keladi, bunda qo‘shimchalar qo‘shi-
    lishiga ko‘ra, uch xil vazifani bajaradi. So‘z yasovchi qo‘shimchalar 
    asosga qo‘shilib, asosning yangi lug‘aviy ma’nosini hosil qiladi, lug‘a-
    viy shakl yasovchi qo‘shimchalar asosga qo‘shilib qo‘shimcha lug‘aviy 
    ma’nosini hosil qiladi, sintaktik shakl yasovchi qo‘shimchalar so‘zlarni 
    gapda bir-biriga bog‘laydi.
    Qo‘shimchalar tuzilishiga ko‘ra, 2 xil bo‘ladi: 1) sodda qo‘shimcha-
    lar; 2) murakkab qo‘shimchalar.
    Sodda qo‘shimchalarning tarkibi bitta qo‘shimchadan iborat bo‘ladi. 
    Murakkab qo‘shimchalarning tarkibi kamida ikkita qo‘shimchadan ibo-
    rat bo‘ladi: ov – chi – lik; dehqon – chilik. 
    So‘zlarni morfemalarga ajratganda asos negizga ma’no jihatdan 
    mos tushishi kerak: 
    Elak = ela+k to‘g‘ri 


    29 
    Qishloq = qish+la+q noto‘g‘ri 

    Download 1.94 Mb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   99




    Download 1.94 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti

    Download 1.94 Mb.
    Pdf ko'rish