Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti




Download 1.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/99
Sana20.02.2023
Hajmi1.94 Mb.
#42897
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   99
Bog'liq
Istedod ziyosi 2022 (2)
10 Informatika Savollar UZB, 2 sinf 2 chorak matem, 3- 4 - MAVZU (1), 88888888888, Psixologik xizmatning o`rni va ahamiyati, 13-mavzu, 602629, ADSL, 11-sinf-Fizika-darslik, [05.10.2022 20 13] ТАШКЕНТ ЮЖНЫЙ НУКУС
 
Umumiy 
31 41 
 
 


30 
3-jadval
Fe’lning sintaktik shakl yasovchi qo‘shimchalari 
3. Qo‘shimchalaring ketma-ket kelishi va fe’l so‘z turkumida 
so‘z yasalishi.
2,3
Bu algaritm bizga o‘zbek tili fe’l so‘z turkimining qoidalarga asos-
langan qo‘shimchalarini qirqish imkonini beradi va lemmatizer algaritmi 
sifatida foydalanish mumkin. Ushbu lemmatizer algaritmi asosida das-
turlash tillari (Python, R) orqali dastur tizish keyingi maqolada maqsad 
qilindi. 
A
dabiyotlar: 
1. Azamatjon Rahimov. Kompyuter lingvistikasi asoslari. “Aka-demnashr”, 
2011. 
2. M.Hamrayev, D.Muhammedova, D.Shodmonqulova, X.G‘ulo-mova, 
Sh.Yo‘ldosheva. Ona tili. Toshkent, “Iqtisod-Moliya”, 2007. 
3. Orzigul Hamroyeva. Ona tili. Maruzalar to‘plami. “Akadem-nashr”, 2021. 
4. https://en.wikipedia.org/wiki/Finite-state_machine 
 
O‘ZBEK TILIDA SODDA GAP STRUKTURALAR ELEKTRON 
BAZASINI ISHLAB CHIQISH 
N.Jurayeva (CHDPI Informatika va axborot texnologiyalari kafedrasi 
dotsenti, t.f.n.),
A.Atayeva (UrDU Kompyuter lingvistikasi mutaxassisligi magistranti)
 
Ma’lumki, XXI asr kompyuter  texnologiyalari, fan va texnikaning 
jadal taraqqiyot asri sanaladi. XXI asr boshiga kelib, “Elektron ta’lim”, 
“Elektron boshqaruv”, “Ochiq ta’lim”, “Masofaviy ta’lim”, “Axborot-
lashgan ta’lim” kabi tushunchalar hayotimizga kirib keldi va kundan 
kun singib bormoqda.
Bundan ko‘rinadiki, ma’lumotlarni elektron shaklga o‘tishga bo‘l-
gan ehtiyoj kundan kunga ortib bormoqda. Elektron shaklga o‘tilgan 
ma’lumotlar ustida amal bajarish, ularni o‘zgartirish va qayta ishlash an-
cha osonlashadi. Ma’lumotlar ustida amallar bajarish uchun vosita kom-
pyuter hisoblanadi. Undan foydalangan holda, ko‘p imkoniyatlarga ega 
bo‘lamiz, shu bilan birga, bajariladigan ishlar birmuncha osonlashadi, 
tezlashadi, umuman olganda, effektivligi oshadi. Darsliklar, ma’ruza 
matnlari, fanga oid bo‘lgan ilmiy adabiyotlar, ilmiy maqola kabilar elek-


31 
tronlashgan variantlarining ishlab chiqilishi, resurslarni bir necha baro-
bar arzonlashishiga, katta auditoriyaga tezkor tarqalishiga erishildi. 
Ma’lumotlar esa, albatta, so‘zlardan, gaplardan iborat bo‘ladi, ya’ni, ilm 
berishning va uni o‘rganishning eng asosiy quroli bu tildir.
Hozirgi vaqtda bir tildan ikkinchi tilga tezkor va eng kam xarjlar bi-
lan o‘girish muammosiga katta e’tibor qaratilgan. Katta hajmdagi ma’lu-
motlar ustida qisqa vaqt ichida ishlashda hamda bu ishni avtomatlashgan 
holda bajarishda tilni kompyuter tushunadigan shaklga keltirish lozim. 
Tilning negizi gaplar bilandir, har bir tilda gaplarning tuzilishi turlicha, 
ba’zi tillarda gapning tuzilishi aniq qonun-qoidalar asosiga quriladi. Ba’-
zilarida esa aniq qonun qoidalarning o‘zi mavjud emas. 
Gapni kompyuter tushunadigan shaklga keltirish uchun, uning xusu-
siyatlarini va strukturasini kengroq qamrab olish maqsadida, gapning 
barcha xususiyatlarini o‘rganadigan kategoriyalarni bir vaqtning o‘zida
semantik va shakliy tomonlarini hisobga oluvchi qoidalarni batafsil o‘r-
ganib chiqish lozim.
Respublikamizda bu yo‘nalishda ham bir necha ishlar olib borilgan. 
Ilk ishlar O‘zbekiston Milliy universitetida A.Pulatov boshchiligida
2003-yil “Kompyuter lingvistikasi” laboratoriyasida olib borilgan.
“Kompyuter lingvistikasi” fanining maqsadi, tabiiy tillarning mate-
matik modellarini qurish, lingvistik muammolarni hal qiluvchi kompyu-
ter dasturlarini ishlab chiqishga yo‘naltirilgan. Modellar asosida matn-
larni tahrirlash, kompyuter tarjimasi, kompyuter lug‘atlari, tillarni o‘rga-
tish hamda bilimlarni baholash bo‘yicha kompyuter dasturlarini ishlab 
chiqish mumkin bo‘ladi. 
Til qoidalarining matematik modelini qurishda har xil nazariyalar-
dan foydalanish mumkin. Shulardan biri matematik mantiqning formal 
va aksiomatik nazariyasi. Gap strukturalari mantiq elementlari asosida 
ifodalanadi. Formal grammatika gapning struktural qismiga qaratilgan 
bo‘lib, gap konstruksiyalar gap shakllari asosida quriladi. Gapni o‘rga-
nishning bir nechta kategoriyalari mavjud. Shu kategoriyalarni qisqacha 
o‘rganib chiqaylik. 

Download 1.94 Mb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   99




Download 1.94 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti

Download 1.94 Mb.
Pdf ko'rish