• TA’LIM JARAYONIDA OʻQUVCHILARDA YUZAGA KELADIGAN EMOTSIONAL HOLATLAR S.Xasanova (UrDU Psixologiya mutaxassisligi 2-bosqich magistranti)
  • J.Ermetova, f.f.n., dots., Z.Tojiyev




    Download 1.94 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet2/99
    Sana20.02.2023
    Hajmi1.94 Mb.
    #42897
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   99
    Bog'liq
    Istedod ziyosi 2022 (2)
    10 Informatika Savollar UZB, 2 sinf 2 chorak matem, 3- 4 - MAVZU (1), 88888888888, Psixologik xizmatning o`rni va ahamiyati, 13-mavzu, 602629, ADSL, 11-sinf-Fizika-darslik, [05.10.2022 20 13] ТАШКЕНТ ЮЖНЫЙ НУКУС, Health food, О КУРСЕ, 15.Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi hivWBz9, Tarmoqlar komp
    J.Ermetova, f.f.n., dots.,
    Z.Tojiyev q.x.f.n., dots.,
    A.Primov, f.f.n., dots.
     
    ISBN: 978-9943-8316-4-3 
    © 
    UrDU noshirlik boʻlimi, 2022. 
    © Iste’dod ziyosi (magistarntlar ilmiy ishlari 
    toʻplami) 12-jild. 



    TA’LIM JARAYONIDA OʻQUVCHILARDA YUZAGA 
    KELADIGAN EMOTSIONAL HOLATLAR 
    S.Xasanova
    (UrDU Psixologiya mutaxassisligi 2-bosqich magistranti) 
    O
    ʻzbekiston Respublikasida ta’lim-tarbiya sohasidagi amalga oshi-
    rilayotgan tub islohotlarning samarasi, avvalambor, zamon talablariga 
    javob beradigan yuqori malakali, mustaqil fikrlaydigan, yuksak madani-
    yatli mutaxassislarni tayyorlashdan iborat. Milliy Dasturda e’tirof etil-
    gan yangicha modeldagi shaxsni kamol toptirish, yosh avlod ongining 
    ta’lim olish davridagi rivojlanish tendensiyalaridan tortib, toki yangicha 
    o‘qitish texnologiyalarini bola tomonidan o‘zlashtirishi va undagi aqliy, 
    intellektual qobiliyatlarga nechog‘lik ta’sir ko‘rsatayotganligini o‘rga-
    nish, ma’naviy barkamollik tamoyillarini maktabda va yangi tipdagi ta’-
    lim muassasalarida joriy etish ham shaxs psixologiyasini teran bilgan 
    holda o‘qitishning eng ilg‘or va zamonaviy shakllarini amaliyotga tatbiq 
    etishni taqozo etadi. 
    Ayni paytda, mamlakatimizda, ayniqsa, o‘quvchilarning ta’lim oli-
    shiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Mamalakatimiz bugungi kunda ixti-
    soslashtirilgan maktab-internatlar, xalqaro maktab, Prezident maktablari, 
    ijod maktablari sifatli ta’lim olishi uchun sharoitlar davlat darajasiga 
    chiqarilgan. Bu qilinayotgan ishlarning barchasi yoshlarni kelajakda ja-
    hon talablariga mos keladigan bilimga ega bo‘lishiga qaratilgan. Ta’lim 
    samaradorligini oshirishda o‘quvchilarning intellekti, qiziqishi, qobiliya-
    ti motivatsiyasi ta’lim jarayoniga ta’siri juda katta rol oynaydi. Ushbu 
    e’tibor o‘quvchilarning sifatli ta’lim olishiga qaratilgan.
    Ta’lim, bir odamning boshqasiga bilim va ko‘nikmalar berishidir. 
    Bilim, ko‘nikma-malakalar ta’lim jarayonining natijasidir. Tarbiya mu-
    ayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida yosh avlodni 
    har tomonlama o‘stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tar-
    kib toptirish jarayonidir. Ta’lim-tarbiyada maktab va oila hamkorligi ta‘-
    lim sohasidagi eng dolzarb masalalardan biridir, chunki yoshlarga mak-
    tabda berilayotgan ta’lim-tarbiya samaradorligi maktabning oila bilan 
    hamkorligi nechog‘li yaqinligi,mustahkamligi va tizimli olib borilishiga 
    bog‘liqdir. Oila va maktabda bolaning emotsional holati natijasida ta’lim 
    tarbiya o‘zgarishi hamda bolaning yangicha faoliyat shakllari va bola or-
    ganizmi ayrim xususiyatlarining shakllanishi, ya’ni yosh faqat biologik 
    emas, balki ijtimoiy kategoriya hisoblanishi bilan xarakterlanadi.



    Emotsional holatlar, boshqa ruhiy jarayonlar singari, miya faoliyati-
    ning natijasi yoki mahsuli hisoblanadi. Emotsional holatlarning yuzaga 
    kelishiga tabiatda va jamiyatda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar munosa-
    batlar, aloqalar, taassurotlar asosiy sababchidir. O‘zgarishlar, o‘z navba-
    tida, birinchidan, shaxs hayoti va faoliyatining jadallashishi yoki pasayi-
    shiga ikkinchidan, insondagi ayrim ehtiyojlarning paydo bo‘lishiga yoki 
    yo‘qolishiga, uchinchidan, odam ichki organlari funksional holatlarining 
    barqarorlashuviga olib keladi.
    1
    Stress 
    ‒ inson organizmini haddan tashqari zo‘riqish natijasida pay-
    do bo‘ladigan tanglik jarayonidir. Stress tushunchasining mazmun-mo-
    hiyati borasida qator ta’riflar uchraydi.
    A.V.Petrovskiy tomonidan stress 
    ‒ affektiv holatga yaqin turadigan, 
    lekin boshdan kechirilishining davomiyligiga ko‘ra, kayfiyatlarga yaqin 
    bo‘lgan his-tuyg‘ulani boshdan kechirishining alohida shaklidir, deb ta’-
    rif beriladi. Professor E.G‘oziyevning “Umumiy psixologiya” kitobida 
    yozilishicha, stress 
    ‒ og‘ir jismoniy va murakkab aqliy yuklamalar ish-
    larning me’yoridan oshib ketib, xavfli vaziyatlar tug‘ilganida, zaruriy 
    chora-tadbirlarni zudlik bilan topishga intilganda vujudga keladigan his-
    siy zo‘riqishlar sifatida ko‘rsatiladi.
    Bundan ko‘rinib turibdiki, ta’lim jarayonidagi me’yordan ortiq yuk-
    lamalar o‘quvchilarni stress holatiga tushishiga ham sabab bo‘ladi. Dars 
    davomida mavzuni to‘liq tushunib olmaganligi, individual xususiyatiga 
    ko‘ra, qayta tushunib olishni so‘rashga qiynalishi o‘quvchida destruktiv 
    stressni vujudga keltirishi mumkin. 
    Stress ko‘rinishiga qarab, ikki turga ajratiladi: 
    1. Konstruktiv 
    ‒ biz turidagi (ko‘pchilik orasida). 
    2. Destruktiv 
    ‒ men turidagi (yakka shaxs o‘zi bilan) kechadigan ja-
    rayon. 
    Insonning aqliy jihatlari va fiziologik ta’sirda stress holati bo‘lmas-
    ligi mumkin emas. Stressning fiziologik va psixologik turlari mavjud. 
    Fi
    ziologik stress ‒ bu o‘ta jismoniy zo‘riqish, biror og‘riq, qo‘rquv, ka-
    salliklar natijasida vujudga keladi. Masalan, ba’zida odam organizmida 
    qattiq og‘riq bo‘lganda, og‘riq nimadan kelib chiqqanligini tushunib ye-
    ta olmaslik oqibatida odamda qo‘rquv, xavotirlanish paydo bo‘ladi va 
    stress holatiga olib keladi. Psixologik stress 
    ‒ odamning ruhiy holatiga 
    voqealarni ta’siri tufayli paydo bo‘ladigan stress.
    Psixologik stress informatsion stress va emosional stress turlariga 
    1
    A.K.Shamshetova, R.N.Meliboyeva. Umumiy psixologiya. O‘quv qo‘llanma, T., 2018, 193-bet. 



    ajraladi. Informatsion stress axborotlarni haddan tashqari ko‘p qabul qi-
    lish vazifalarni bajarishda bir qancha yechimlar bo‘lsa-da, aniq ulardan 
    qaysi birini tanlash yuqori darajadagi shiddat bilan qaror qabul qilish-
    dagi ikkilanishi natijasida kelib chiqishi mumkin. Haddan tashqari zo‘ri-
    qish natijasida miyada tormozlanish yuz beradi va oqibatda tanglikka 
    olib kelgan axborotgina miyada aks etaveradi. Miya boshqa axborotlar-
    ning tashqi ta’sirini qabul qila olmay qoladi. Bu ba’zi hollarda salbiy, 
    yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin. Miyada stressga olib kelgan ax-
    borot tormozlanib, saqlanib qolganda tanglik holatining yuqori nuqtasiga 
    chiqqanda tanglik holatidan chiqib ketolmay, o‘z joniga qasd qilishga-
    cha olib kelishi mumkin. Emotsional stress-taqiq qilish, falokat, hayotiy 
    o‘zgarishlar (oilaviy mojarolar, to‘satdan ishdan bo‘shatish yaqin kishi-
    sini yo‘qotish, uzoq muddatli sevgidan qutula olmaslik sababli, xavf os-
    tida qolganda, atrofdagilar tomonidan noto‘g‘ri munosabat qilinganda va 
    hokazolarda) ko‘rinadi.
    1
    Stress ayrim odamlarda yengil kechadi, ayrim odamlarda jiddiyroq, 
    qiyinroq o‘tadi. Masalan, optimist odamlar stress holatini taqdirning bir 
    sinovi deb qabul qilsa, pessimist odamlar uning hayotiga xavf-xatar tu-
    g‘ildi, deb qabul qilar ekanlar, pessimistlarda xavotirlanish darajasi yu-
    qori bo‘ladi va ular vaqtida ovqatlanmasalar ham stress holatiga tushib 
    qolaveradilar.
    Birinchi bo‘lib stress bo‘yicha 1932-yili fiziolog Uolter Kennon va 
    1936-yilda vrach Gans Sele chuqurroq tushuncha berishga harakat qil-
    ganlar. G.Seleni fikricha, shu sabablar muhim va nomuhim stressni kel-
    tirib chiqaradi. Bu vaziyatlar bir-biriga bog‘liqdir.
    Bunda 3 bosqich ajratiladi:
    ‒ xavotirlik bosqichi;
    ‒ moslashish bosqichi;
    ‒ o‘ta charchash hosqichi.
    Xavotirlik bosqichida taloqning kichrayishi, yog‘ qavatining yo‘qo-
    lishi, oshqozonda o‘tkir yallig‘lanishning sodir bo‘lishi, buyrak tepasida 
    likosidlarning kamayishi kuzatiladi. Shu bilan birga, teri jarohatining pa-
    sayishi, ko‘z yoshlanishi, so‘lakning ajralishi kuzatiladi. Agarda ta’sir 
    kuchli bo‘lsa, bu bosqichda xavotirlik holati boshlanadi.
    2
    Demak, xulosa qilib shuni aytish mumkinki, o‘quvchilarni ta’lim 
    olishida ularning emotsional holatlariga, ta’lim jarayonida duch kela-
    1
    Shu manba. 237-bet. 
    2
    Shu manba. 
    238‒239-betlar. 



    yotgan muammolariga pedagog va psixologlar e’tibor berishimiz lozim. 
    Ushbu holatlar ta’lim olishida o‘quvchilarni iqtidori qobiliyati, ijodkor-
    ligi rivojlantirishiga, o‘qishga bo‘lgan motivatsiyasi pasayishiga olib ke-
    ladi. Hozirda o‘quvchilarning ta’lim olishida informatsion stress sababli 
    yuzaga kelayotgan ko‘plab salbiy oqibatlarning oldini olishga harakat 
    qilish, biz, pedagog va psixologlar, oldimizda turgan muhim vazifalar-
    dan biri hisoblanadi.

    Download 1.94 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   99




    Download 1.94 Mb.
    Pdf ko'rish