Адабиётлар:
1. Махкамжанов К., Саломов Р., Икрамов И. Жимоний маданият наза-
рияси ва методикаси. Дарслик, Т., “Иқтисод молия”, 2008, 18-бет.
79
2. Саломов Р.С. Жимоний тарбия назарияси ва услубияти. Дарслик, 1-
жилд, Т., “ИТА ПРЕСС”, 2015, 9-бет.
3.
Жамматов Ж., Рўзметов Н. Жисмоний маданият назарияси ва мето-
дикаси (жисмоний қобилиятлар). Ўқув қўлланма, “Баркамол файз медиа”,
2020.
4. Абдуллаев А., Хонкелдиев Ш. Жимоний тарбия назариси ва услу-
биёти. Ўқув қўлланма, Тошкент, ЎзДЖТИ, 2005.
5. Ашмарин Б.А. Теория и методики физического воспитания. Учебник,
М., «Просвещение», 1990, 30 с.
6. Абзалов Р.А., Абзалов Н.И. Теория и методика физической культуры
и спорта. Учебное пособие, Казань, издво “Вестфалика”, 2013, 35 с.
7. Холодов Ж.К., Кузнецов В.С. Теория и методика физического воспи-
тания и спорта. Учебное пособие, М., издателский центр “Академия”, 2000, 9
с.
8. Гончарова О.В. Ёш спортчиларнинг жисмоний қобилятларини ривож-
лантириш. Ўқув қўлланма, Тошкент, ЎзДЖТИ, 2005.
12‒15 YOSHLI GANDBOLCHILARNING UMUMIY JISMONIY
TAYYORGARLIGI
J.Yoʻldashev (Urganch davlat universiteti Jismoniy tarbiya va sport
mashg‘ulotlari nazaryasi va metodikasi mutaxassisligi magistranti)
Gandbolchining kuchi deb, qarshilikini mushaklar kuchi orqali ye-
ngish qobiliyatiga aytiladi. Mushaklarning maksimal kuchlanishini yu-
zaga keltirish bilan (mushaklarning tarang turishi va bo‘shashishi) kuch
qobiliyatlarini rivojlantirish va takomillashtirish mumkin.
Shuning uchun ham kuchni tarbiyalash metodikasi bunday holatlar-
ni mushaklarni maqsadini bajarishda sharoit yaratishga qaratilgan.
Gandbolchi raqib bilan bevosita ro‘baro bo‘lganda, sarflaydigan
ko‘pchilik harakati tezkor-kuchlilik yoki dinamik holatda bajariladi. As-
ta-sekin bor kuch bilan ushlab turish yoki harakatsiz zo‘r berish mushak-
larni o‘zgartirmay turish yoki izotermik rejmda kuch ko‘rsatayapdi deb
tushuniladi.
1
Shunday qilib, gandbolchining asab mushak sistemasi ham dinamik
va ham statik harakatga tayyor bo‘lishi kerak.
Musobaqalar paytida mushaklarning «Otilib chiqqan kuch», bosh-
qacha qilib aytganda juda qisqa vaqt ichida maksimal kuch ko‘rsata
olish qobiliyatlari alohida ahamiyat kasb etdi, u gandbolchiga bellashuv-
da raqibidan ustunlik imkonini beradi.
1
V.Y.Ignateva. Gandbol. M., “FiS”, 1983, 32 c.
80
Umumiy jismoniy tayyorgarlikning yuksak rivojlanish darajasi va
texnik usullar boyligiga ega bo‘lib qolmay, balki o‘z vaqtida katta kuch
ko‘rsata olish qobiliyatlari bilan ham ajralib turadi.
1
Ko‘p sonli tadqiqotchilarning natijalari mushak natijalarini aytarli
yuksaltirmay yoki ularni yuksaltirgan holda kuchni rivojlantirish mum-
kinligini ko‘rsatmoqda.
Mushak massasini ko‘p oshirmay kuchni rivojlantirishga qaratilgan
mashg‘ulotlarda, iloji boricha, katta yuk bilan kam takrorlangan holda
(1‒3 marta) va harakatlar o‘rtasida dam olish oralig‘ini oshirgan holda
ishlash kerak.
Mushak massasini orttirgan holda kuchni rivojlantirishga qaratilgan
mashg‘ulotlarda og‘irlikni kamaytirib ishlash zarur bunda gandbolchi
ko‘taradigan yuklamani
50% foiz 8‒10 marta kuchaytariladi. Musoba-
qadan keyin tezda kuchni tiklash uchun mashq bajarish tavsiya qilin-
maydi.
Ammo dam olish uchun 30 daqiqadan oshmasligi zarur, yo‘qsa or-
ganizm soviydi.
Maksimal kuchlanish metodi. U imkoniyat doirasida, iloji boricha,
og‘rlashtiriladigan mashqlarni ko‘zda tutadi. eng yuqori 90 foiz hisob-
lanadi. Bu metod gandbolchi hissiyotini to‘lqinlanishini ataylab oshirish-
ni taqozo etmaydi. Bunday mashqlar organizm to‘liq qizib turgan holat-
da bir urinishda bir ikki martadan ko‘p bajarmaslik kerak.
Mashqga yondoshishlar miqdori bajarishda almashish jarayoni mak-
simal darajada bo‘lmaydi va mushaklar massasi oshmaydi. Asab mushak
reaktsiyasining takomillashishi hisobiga kuch ortadi. Bu metod ahamiya-
tlidir. Chunki gandbolchining vaznini oshirmay turib, kuchni oshirishga
yordam beradi. Bunda faqat yuqori malakali sportchilarda foydalanish
tavsiya qilinadi.
2
Qayta kuchlanish metodi. U cheksiz ko‘lamni og‘irlashtirib borgan
holda (maksimaldan 40‒70% foiz) “oxirgi kuchgacha” mashq qilishni
ko‘zda tutadi. Gandbolchining kuchi yoki o‘z vaznini kamaytirmoqchi
bo‘lganda ham qo‘llasa bo‘
ladi. Mashq 8‒12 marta bajariladi.
Bevosita o‘yinlarda egilish uchun harakatlar uchraydi shuning
uchun egilishni mustahkamlash lozim bo‘
ladi, mashq 8‒12 marta bajari-
ladi.
Bu bilan gandbolda u orqali ko‘p natijalarga erishiladi.
3
1
Kerimov F.A. Kurash nazariyasi va usuliyati. Toshkent, O‘zDJQ, 2001, 254-bet.
2
Основы общей теории спорта и системы подготовки спортсменов. Киев, 1999, c. 68.
3
Shu manba. 72 c.
81
Dinamik kuchlanish metodi. Tezkor kuchlilik qobiliyatlarni rivoj-
lantirish mahsadida qo‘llaniladi. Uning mazmuni, harakat texnikasining
asosiy tezligini saqlagan holda og‘irlikni yengillashtirish hisobiga baja-
rishdan iborat.
1
Izotermik kuzatish metodi. U ma’lum holatda statik yo‘nalishdan
foydalanishni ko‘zda tutadi (to‘g‘ri ilib olib ushlab turish va mashqlar) 8
sekundgacha davom etadigan bunday mashqlardan 5
‒10 martagacha
takrorlash bilan foydalaniladi.
2
Kuchni rivojlantirish uchun umumrivojlantiruvchi va mahsus
mashqlar.
Umumrivojlantiruvchi mashqlarga quyidagilar kiradi:
♦shtanga bilan mashq qilishlar, tosh bilan mashqlar bajarish, ar-
qonda ko‘tarilishlar, halqadagi mashqlar, sherik bilan mashq (sherigini
ko‘tarish), sherik bilan egilish, sherik bilan burilish, sherik bilan sakrash
va boshqalar.
Maxsus mashqlarga quyidagilar kiradi:
♦gandbol texnikasining ayrim elementlarni bajarishda (har xil uza-
tishlar, qabul qilish, sherigi bilan bo‘ladigan harakatlar);
‒topshiriq bo‘yicha mashqlar.
Gandbolchilarning sport formasini takomillashtirishda omillar o‘rta-
sida mahsus chidamlilik alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki musobaqa
qoidasi bilan o‘tkazish charchashga qaramasdan texnik harakatlarni ba-
jarish kerak.
Gandbolchining chidamliligi musobaqa jarayonida ma’lum shiddat-
da samarali ishlash qobiliyatidir.
3
Mashg‘ulotning ko‘p davom etishi toliqish bilan chegaralanadi.
Shuning uchun ham chidamlilik organizmni charchashga qarshi tu-
rish qobiliyati va yuksalishdan keyin shu qobiliyatni yana qaytib tiklash
bilan harakterlanadi. Chidamlilikda barcha jismoniy sifatlar va sportga
tayyorgarlikning hamma tomoni (tehnik sifatlar va g‘oyaviy-irodaviy)
o‘z ifodasini topadi.
Organizmning funksional chidamliligi barcha a’zolari barobar tay-
yorgarliliga bog‘liq, asab hujayralarining qobiliyati, nafas olish qon ay-
lanish va boshqalar bilan belgilanadi. Umumiy jismoniy tayyorgarlikni
rivojlantirishda chidamlilik ham rivojlanadi.
1
Shu manba. 89 c.
2
Shu manba. 106 c.
3
Платонов В.Н Общая теория подготовки спортсменов в олимпийском спорте, Киев,1997, 47 c.
82
Gandbolda umumiy jismoniy tayyorgarlikni tarbiyalash uchun quyi-
dagi metodlardan foydalaniladi:
♦bir tekis bajariladigan mashq metodi;
♦umumiy jismoniy tayyorgarlikni tarbiyalashda qo‘llaniladi.
♦bu metod gandbolning tomir urishi bir daqiqada 130 dan ko‘p bo‘l-
magan holda muntazam shiddatda bajariladigan maksimal tinimsiz (40
daqiqagacha) ishlashi bilan xarakterlanadi. U, asosan, mashg‘ulotlarning
tayyorgarlik davrida o‘quv o‘yinlarida qo‘llaniladi;
♦ko‘pchilik holatda bir tekis bajariladigan mashq metodida bajarila-
digan yuklamani kam deb hisoblash mumkin.
O‘zgaruvchan mashq metodlari:
♦umumiy jismoniy tayyorgarlikni tarbiyalash uchun qo‘llaniladi.
Bunda maksimal tomir urish bir daqiqada 180 bo‘lganda o‘zgaruvchan
shiddat bilan uzluksiz mashq bilan xarakterlanadi;
♦mashg‘ulotlar jarayonida vaqti vaqti bilan tezlikni o‘zgartirgan
holda yugurish sport o‘yinlarida keng qo‘llaniladi;
♦takrorlash mashq metodi.
Bir xil mashqlar ish faoliyatini tiklash uchun dam olish oralig‘i bi-
lan takrorlash orqali kechadi.
|