Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti




Download 1.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/99
Sana20.02.2023
Hajmi1.94 Mb.
#42897
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   99
Bog'liq
Istedod ziyosi 2022 (2)
10 Informatika Savollar UZB, 2 sinf 2 chorak matem, 3- 4 - MAVZU (1), 88888888888, Psixologik xizmatning o`rni va ahamiyati, 13-mavzu, 602629, ADSL, 11-sinf-Fizika-darslik, [05.10.2022 20 13] ТАШКЕНТ ЮЖНЫЙ НУКУС, Health food, О КУРСЕ, 15.Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi hivWBz9, Tarmoqlar komp
 
Литература: 
1. Смурыгина Л.В., Салихов М.С. Контроль физического развития и 
физической подготовленности студентов в процессе физического совершен-


87 
ствования. “Педагогик таълим” (илмий-назарий ва методик журнал), Тош-
кент 2003, 5, 28 с. 
2. Янсон Ю.А. Уроки физической культуры в школе. Новые педаго-
гические технологии. Росто-на-Дону, 2005, 59 с. 
3. 
Ковалев В.Д. Спортивные игры. “Просвещение”, М.,1988, 218 с.
4. 
Ю.Д.Железняк, Д.И.Нестеровский, В.А.Иванов и др. Теория и мето-
дика спортивных игр. Учебник для студентов высших учебных заведений, 
под ред. Ю.Д.Железняка, 8-е изд., перераб., М., издательский центр «Ака-
демия», 2013, 464 с.
 
AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR TARIXINING 
MANBASHUNOSLIK NUQTAYI NAZARIDAN TAHLILI 
G.Erimmatova (Urganch davlat universiteti II bosqich magistanti) 
 
Har bir xalq iftixor etsa arzugulik buyuk shaxslarga ega, ammo bu-
tun bashariyat tamaddunida o‘chmas iz qoldirgan dunyo xalqlarining ta-
rixida muhum rol o‘ynagan shaxslar sanoqli hisoblanadi. O‘zbek millati-
ning g‘ururi va iftixori bo‘lgan milliy davlatchiligimiz poydevorining 
dastlabki tamal toshini qo‘yib ketgan buyuk bobomiz Amir Temur va 
avlodlarining hayoti va faoliyati to‘g‘risida ko‘plab tarixiy asarlar yara-
tilgan, xususan, G‘iyosidin Ali ibn Jamol Yazdiyning “Hindistoning g‘a-
zovoti ro‘znoma” Mavlono Nizommidin Shomiyning ”Zafarnoma”, Sha-
rafuddin Ali Yazdiyning ”Zafarnomaiy Temuruy” va Abdurazzoq Sa-
marqandiyning “Matla’us-sa’dan va majmayi bahrayin” kabi asarlarida 
o‘z davrining iste’dotli tarixchilari adolatli amir va sarkardaning hayoti 
davomida amalga oshirgan buyuk va zafarli g‘alabalarini, xusu-san, 
Movarounnahrida markazlashgan davlatni barpo etish uchun olib borgan 
kurashlar, harbiy yurushlar, davlatchilik siyosati hamda xalqaro diplo-
matik va savdo aloqalarini mustahkamlashda, dehqonchilik va hunar-
mandchilikni rivojlantirishga qaratilgan buyuk ishlarni g‘oyatda yuksak 
mahorat bilan tasvirlagan. Bu tarixnavislarning yozgan asarlari Amir 
Temur va uning avlodlari davrida ham, bugun kunda ham o‘zining aha-
miyati va qadir qimmatini yoqotmagan. 
Amir Temur haqida dastlabki yaratilgan tarixiy asarlardan biri G‘i-
yosiddin Ali ibn Jamol Yazdiyning “Hindistonning g‘azovoti ro‘znoma” 
asari bu asar 1399 va 1403-yillar davomida yozilib, Amir Temurga taq-
dim qilingan. Lekin bu asar voqealarining tasnifi nuqtayi nazardan, haq-
qoniy bo‘lsa ham, haddan tashqari xushomadgo‘ylik ruhida yozilganligi 
sababli, Amir Temurga yoqmagan. Keyinchalik, Amir Temur topshiri-
g‘iga ko‘
ra, 1401‒1402-yillari o‘zi bilan 1392-yildan buyon harbiy yu-


88 
rushlarda ishtirok qilgan Nizomiddin Shomiyni yoniga chorlab, o‘z yu-
rushlari bitilgan asar yozishni buyuradi.
Sohibqiron o‘sha davrga qadar munshiy va kotiblari tarafidan tu-
zulgan bitiklari uni qoniqtirmagani aytadi. Yozilajak asar, bir tomondan, 
avom xalqqa tushunarli, sodda, ravon tilda, ayni paytda, ma’rifatli kishi-
lar e’tiboriga ham loyiq tarzda yozilishini aytadi va Mavlono Nizomid-
din bu mas’uliyatni o‘z bo‘yniga olgan. 
Nizomiddin Shomiyning “Zafarnoma” tarixiy asar sifatida XIV
‒XV 
asrlarda Temur va temuriylar hukmronligi davrida Markaziy Osiyo
Oltin O‘rda xonligi, Ozarbayjon, Eron, Iroq, Afg‘oniston, Suriya, Misr, 
Turkiya va boshqa mamlakatlar tarixiga oid voqealarni o‘z ichiga olgan. 
Asar muqaddimasida Amir Temur tarix sahnasiga chiqqani 1360-yilga 
qadar Markaziy Osiyoda hukmronlik qilgan chingiziy hukmdorlar ha-
qida qisqacha ma’lumot berilgan. So‘ngra Amir Temurning XIV asrning 
ikkinchi yarmi va XV asrning boshida tarix sahnasiga chiqishi va harbiy 
yurushlari batafsil bayon qilingan. Mavlono Nizomiddin Shomiyning
“Zafarnoma” asari 1404-yil mart oyida Amir Temurning Ozarbayjonda
Arron Qorabog‘da turganligining bayoni bilan yakunlanib, uning va-
fotigacha, ya‘ni bir yilcha vaqt ichida sodir bo‘lgan voqealar yoritilmay 
qolgan. 
Bugungi kunda Nizomiddin Shomiyning “Zafarnoma” asari faqat 
ikki qo‘lyozma nusxasigina saqlanib qolgan. Birinchisi, Amir Temurga 
taqdim etilgan qo‘yozmadan 1425-yilda ko‘chirilgan nusxasi bo‘lib, u 
Turkyaning Istanbul shahridagi “Nuri Usmon” masjidi kutubxonasida, 
3367-inventor raqami ostida mavjud.
Ikkinchisi, muallif tomonidan Amir Temurning nabirasi Mirza 
Umar ibn Mironshohga taqdim etilgan qo‘lyozmadan 1434-yil ko‘chiril-
gan nusxasi bo‘lib, u Londondagi Britania muzeyi kutubxonasida, 
23980-inventar raqami bilan saqlanadi. 
Buyuk Sohibqiron Amir Temur tarixi va uning adolatli hukmronli-
gi, zafarli yurushlari to‘g‘risida tarix yozgan yana bir yuksak iste’dod 
sohibi Sharafuddin Ali Yazdiydir. Muarrix Eronning Yazd viloyati Taft 
qishlog‘ida tug‘ulgan. U donoligi va zukkoligi bilan temuriylar diqqati-
ga tushgan. Sharafuddin bir necha yil Hirotda Shahrux mirzoning saro-
yida hamda Forsda uning kichik o‘g‘li Ibrohim sulton 
(1415‒1435) sa-
royida xizmat qiladi.
1
U she’riyat, falsafa va ilmi nujum kabi fanlarda 
chuqur bilimga ega inson bo‘lgan. “Sharaf” taxallusi bilan she‘rlar yoz-
1
Abdumajid Madrimov, Gavhar Fuzaliva. Manbashunoslik. Toshkent, 2008, 198‒200-betlar. 


89 
gan. Sharafiddining o‘z hayoti davomida qilgan ikki sharafli ishining 
biri Mirzo Ulug‘bek 
(1394‒1449) harbiy yurushlarining birida 1428 ‒
1429-yili mo‘g‘ul xoni Yunusxonni asir qilganda Shohruhning buyrug‘i 
bilan Sharafiddin asir xonning ustozi qilib tayinlanadi. Sharafiddin bir 
muddat Yunusxon bilan Yazdda yashab, uning tarbiyasi bilan shug‘ulla-
nadi. Sharafiddin Ali Yazdiyning ikkinchi buyuk ishi 
‒ uning o‘z “Za-
farnoma”sini yaratganligidir. Sharafiddin asarning debochasida ko‘rsati-
shicha, uni hijriy 828
/melodiy 1424‒1425-yillarda yozib tugatgan. Yu-
qorida aytib o‘tilgan tarix Abdurozzoq Samarqandiyning “Matla’us-sa’-
dan va majmaiy bahrayin” asarida ham ko‘rsatilgan. 
“Zafarnoma”asari fors tilida yozilgan bo‘lib, bu asar uch xil nom bi-
lan mashhur, xususan, “Zafarnomaiy Temuruy”, Fathnomayi sohibqiro-
niy”, “Tarixiy Jahonkushoyi Temuriy” kabi nomlar bilan nomlangan 
bo‘lsa-da, Nizommidin Shomiyning “Zafarnoma” asariga mazmunan ya-
qinligi sababli “Zafarnoma” yoki “Zafarnomaiy Temuriy” nomlari 
mashhurdir. Bu asar faqat O‘rta Osiyo xalqlari emas, balki butun Sharq 
mamlakatlari tarixi va madaniyatini o‘z ichiga olgan nodir asar hisobla-
nadi. “Zafarnoma” asari tuzilishiga ko‘ra, ikki qisimga bo‘linadi.
Birinchisi, Muqaddima, unda Temur shajarasiga bag‘ishlanagan, 
unda turk urug‘lar va Chingizxonning to‘rt ulusi haqida umumiy ma’lu-
motlar berilgan (82 varaq) 
Ikkinchi, asosiy qismda Amir Temurning o‘zining tarixi va zafarli 
yururshlari diplomatik munosabatlari
1
va boshqa tarixiy voqealar bayon 
qilingan. Asar muqaddimasida Ibrohim Sulton bobosi Amir Temurga
bag‘ishlab kitob yaratishni istaydi va u sohibqiron Temur haqida ma‘lu-
motlar to‘plash to‘g‘risida farmon beradi. To‘plangan ma’lumotlar haq-
qoniyligini tekshirish maqsatida shohidlarning og‘zaki ma’lumotlari bi-
lan taqqoslangan. Muallif to‘plagan ma’lumotlarni uch guruhga bo‘lgan.
Voqialar shohidlarining hikoyalar, ikkinchi va uchinchi o‘quvchilar 
turi va fors manbalarining bilimdonlari. Barcha sanalar, nomlar, geogra-
fik koordinatalar va ular orasidagi masofalar Ibrohim Sulton farmoniga 
ko‘ra, har tomonlama tekshiruvdan o‘tkazilib, so‘ng Sharafiddin Ali 
Yazdiyga beriladi. Bundan ko‘zlangan maqsad shundaki, birinchidan, 
badiiy nafosatli va tushunarli tilda bitilgan kitob bo‘lishi, ikkinchidan, 
muallif haqqoniy hujjatga amal qilmog‘i hech narsani bo‘yab bejamasli-
1
Diplomatik munosabat ‒ Xalqaro huquq me’yorlariga va xalqaro muloqot tajribasiga ko‘ra, davlatlar o‘rtasida 
rasmiy munosabatlarni yuritishning asosiy shakli. 
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi, I jild. 


90 
gi shart edi. Shu yo‘sinda Amir Temurning rasmiy tarixi dunyoga kel-
gan. 
Bundan tashaqri, Sharafiddin Ali Yazdiy kitobni yozish davomida 
o‘zining ruhiy kechinmalarini lirik chekinish sifatida uzundan uzoq 
she’rlar bilan ifodalaydi, misol uchun, asar muqaddimasida shunday 
she‘r bilan boshlanadi: 

Download 1.94 Mb.
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   99




Download 1.94 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti

Download 1.94 Mb.
Pdf ko'rish