91
lik munosabatlari va xorijiy davlatlar bilan olib boriladigan diplomatik
yozishmalarni hozirlash bilan shug‘ullangan. Masalan, u
Shohruh davri-
da (1377
‒1447) 1441-yili Janubiy Hindistonga elchi qilib yuborildi.
Kalkutta shahrida hamda Vijayanagar rojaligida bo‘lib, oradan ikki yil
o‘tgach, 1444-yil 27-dekabrda Hirotga qaytib keladi.
Abdurazzoq Samarqandiy Hindiston safari vaqtida ko‘rgan-bilgan-
larini to‘plab, bir xotira sifatida yozib qoldirgan va bu ma’lumot temu-
riylar davlati bilan Hindistonning ijtimoy va madaniy hayotini o‘rga-
nishda katta o‘rin tutadi.
Abdurazzoq Samarqandiy temuriylar tarixiga bag‘ishlab bir qancha
asarlar yozgan. Bu asarlarning eng mashhuri “Matla’ us-sa’dayin va
majma’ ul-bahrayin” (Ikki saodatli yulduzning chiqish joyi va ikki azim
daryoning qo‘shilish yeri) asari hisoblanadi. Bu asar O‘rta Osiyo, Eron
va O‘zbekistonn
ing XIV‒XV asrlardagi iqtisodiy, siyosiy va madaniy
hayotidan, shuningdek, temuriylar davlatining qo‘shni mamlakatlar
‒
Hindiston, Xitoy va boshqa davlatlar bilan diplomatik
munosabatlari aks
etgan. Bu asar 1467‒1470-yillar davomida yozib tugatilgan. “Matla’ us-
sa’dayin va majma’ ul-bahrayin” asari ikki qisim
‒ daftardan iborat.
Elxon Abu Said
(1316‒1335) davrida to Amir Temurning vafoti va
Xalil Sultonning Samarqand taxtiga o‘tirishigacha, ya’ni 1405-yilgacha
bo‘lgan davr tarixi.
Shohruhning 1405-yili Hirotda temuriylar imperyasining oliy hukm-
dori deb e’lon qilinishdan to Temuriy Abu Saidning 1469-yili o‘ldirili-
shigacha bo‘lgan tarixi bayon qilingan.
Asar voqealar xronoligik tartibda, yilma-yil bayon qilingan. Bu bi-
lan tarixiy voqeani haqqoniyligi ta’minlansa, bir tomondan, kitobdan
foydalanishda katta qulayliklar yaratgan. “Matla’ us-sa’dayin va majma’
ul-bahrayin”ning qo‘lyozma
nusxalari Sankt-Peturburg, Toshkent, Du-
shanbe va Angiliya, Fransiya, Hindiston, Eron va boshqa mamlakatlar-
ning kutubxonalarida saqlanmoqda.
Asarning ikkinchi daftar matni Muhammad Shafe’ tomonidan 1941
va 1949-yillari Lohur shahrida chop etiladi. Abdurazzoq Samarqandiy-
ning Hindistonga qilgan safari bayon etilgan qismi
hamda ikkinchi daf-
tarning 1405‒1427-yillari voqealarni o‘z ichiga olgan birinchi qismi A.
Orinboyev tomonidan o‘zbek tiliga tarjima qilinib, 1960 va 1969-yillari
chop etilgan. “Matla’ us-sa’dayin va majma’ ul-bahrayin” asaring ikkin-
chi qismi, xususan, uning 1427
‒1469-yillar voqealarni o‘z ichiga olgan
bo‘lib, Eron, Markaziy Osiyo va O‘zbekistonning shu davr ichidagi ijti-
92
moiy-siyosiy tarixi va madaniy hayotini o‘rganishda asosiy manba vazi-
fasini o‘tatdi.
Xulosa qilib
shuni aytish mumkunki, ulug‘ bobomiz Amir Temur
siymosi jahon tarixida va mamalakatimiz tarixshunosligida hali ko‘plab
asarlar uchun materiallar bera oladi. Yuqorida sanab o‘tilgan iste’dodli
tarixchilarning asarlari orqali biz adolatli hukmdor, yuksak bilim egasi
bo‘lgan Amir Temur bobomizning qanday qilib tarix sahnasiga kelishi
yurutgan oqilona siyosati va Movarounnahrida markazlashgan
davlat
tashkil qilgani va uning avlodlari to‘g‘risida juda qimmatli va haqqoniy
tarixga ega bo‘ldik, deb o‘ylaymiz.