Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti




Download 1.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/99
Sana20.02.2023
Hajmi1.94 Mb.
#42897
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   99
Bog'liq
Istedod ziyosi 2022 (2)
10 Informatika Savollar UZB, 2 sinf 2 chorak matem, 3- 4 - MAVZU (1), 88888888888, Psixologik xizmatning o`rni va ahamiyati, 13-mavzu, 602629, ADSL, 11-sinf-Fizika-darslik, [05.10.2022 20 13] ТАШКЕНТ ЮЖНЫЙ НУКУС, Health food, О КУРСЕ, 15.Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi hivWBz9, Tarmoqlar komp
Xulosa. Pedagogik amaliyotda turli metodikalarni qo‘llash darslar-
ning qiziqarli, sifatli, samarali bo‘lib o‘tishiga sabab bo‘ladi. Pedagogik 
metodikalar turli-tuman bo‘lib, ulardan aynan fan va mavzu nutqayi na-



zaridan yondashilsa, ayniqsa, unumli bo‘ladi. Yuqoridagi rolli o‘yinlarni 
AKT vositalari bilan birgalikda olib borilishi ham tavsiya qilinadi. 
 
F
оydаlаnilgаn аdаbiyotlаr: 
1.“Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy-elektron jurnali. 2013, 6-
son.
2. “TDPI” ilmiy-nazariy va metodik elektron jurnal. 2018, 1-son. 
3. M.A.Jo‘rayeva. Dorivor o‘simliklar atlasi. O‘quv qo‘llanma, T., 2019, 104-
bet. 
4. E.T.Berdiyev, E.T.Axmedov. Tabiiy dorivor o‘simliklar. O‘quv qo‘llanma, 
Toshkent, 2018, 90-bet. 
 
TEXNOLOGIK TA’LIM O‘QITUVCHILARINING 
KOMPETENLIGINI RIVOJLANTIRISH TEXNOLOGIYALARI 
A.Xudayberganov (UrDU San’atshunoslik fakulteti dekani),
Ch.S
аbirova (Pedagogika va psixologiya kafedrasi d.v.b., PhD), 
D.Shokirova (Texnologik ta’lim mutaxassisligi magistranti) 
Ta’lim tizimidagi zamonaviy o‘zgarishlar, o‘qituvchining metodik 
kompetentligi hamda kasbiy qobiliyatini izchil va muntazam rivojlanti-
rishni taqozo etmoqda. Smart ta’lim 
‒ bu ta’lim muassasalari hamda 
professor-o‘qituvchilar tarkibining umumiy standartlar, kelishuvlar va 
texnologiyalar asosida yagona Internet tarmog‘i orqali ta’limni amalga 
oshiruvchi birlashmasi.
Oliy ta’lim muassasalarida innovatsion faoliyatning subyekti o‘qi-
tuvchi va uning shaxsiy imkoniyati hisoblanadi. Bunda o‘qituvchi shax-
sining ijtimoiy-madaniy, intellektual va axloqiy imkoniyatlari yuksak 
ahamiyatga molik bo‘ladi. Kompetentlik tushunchasi ta’lim sohasiga 
psixologik izlanishlar natijasida kirib kelgan. Shu sababli kompetentlik 
noan’anaviy vaziyatlar, kutilmagan hollarda mutaxassisning o‘zini qan-
day tutishi, muloqotga kirishishi, raqiblar bilan o‘zaro munosabatlarda 
yangi yo‘l tutishi, noaniq vazifalarni bajarishda, ziddiyatlarga to‘la ma’-
lumotlardan foydalanishda, izchil rivojlanib boruvchi va murakkab jara-
yonlarda harakatlanish rejasiga egalikni anglatadi. Kasbiy kompetentlik 
mutaxassis tomonidan alohida bilim, malakalarning egallanishini emas, 
balki har bir mustaqil yo‘nalish bo‘yicha integrativ bilimlar va harakat-
larning o‘zlashtirilishini nazarda tutadi. Shuningdek, kompetensiya mu-
taxassislik bilimlarini doimo boyitib borishni, yangi axborotlarni o‘rga-
nishni, muhim ijtimoiy talablarni anglay olishni, yangi ma’lumotlarni iz-


10 
lab topish, ularni qayta ishlash va o‘z faoliyatida qo‘llay bilishni taqozo 
etadi.
Kasbiy kompetentlik – mutaxassis tomonidan kasbiy faoliyatni 
amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarning 
egallanishi va ularni amalda yuqori darajada qo‘llay olinishi. Pedagogi-
kada kompetentlik deganda o‘qituvchining kasbiy-pedagogik faoliyatini 
amalga oshirishi uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarni 
egallaganlik hamda innovatsion yondashuv asosida ularni amaliy faoli-
yatida qo‘llay olish qobiliyati tushuniladi. Kasbiy bilimlarning mukam-
mal bo‘lishi uchun quyidagilar talab etiladi: 
1. Fan metodologiyasi – jamiyatning ta’lim-tarbiya sohasidagi talab 
va vazifalarining falsafiy asoslarini bilishi.
2. Nazariy bilimlar – pedagogika-psixologiya fani va o‘z fanining 
qonun va qonuniyatlarini, qoida va tamoyillarini bilishi.
3. Metodik bilimlar – o‘quv ta’lim jarayoni tuzilishining modelini 
amaliy va nazariy jihatdan tuza olishi (ta’lim jarayonini modellashtira 
olishi). 
4. Ta’limning texnologik tomoni – konkret sharoitda ta’lim va tar-
biya sohasidagi amaliy vazifalarni samarali hal eta olishi.
Metodik kompetentlik – ta’lim-tarbiya jarayonini samarali tashkil 
etishning shakl, metod va vositalarini bilish, o‘zlashtirish, amalda qo‘l-
lash, faoliyat natijalarini kvalimetrik tahlil eta olish, baholash, ilg‘or xal-
qaro pedagogik tajribalarni o‘rganish, o‘quv jarayonini loyihalash, mu-
vaffaqiyatli amalga oshirish ko‘nikmalari.
Bo‘lajak o‘qituvchilarda metodik kompetentlikni shakllantirishda 
innovatsion yondashuvlarni qo‘llashga alohida e’tibor qaratildi. O‘qituv-
chi faoliyatida o‘z-o‘zini faollashtirish, o‘z ijodkorligi, o‘z-o‘zini bilishi 
va yaratuvchiligi kabi motivlar muhim ahamiyat kasb etadi. Bu esa o‘qi-
tuvchi shaxsining kreativligini shakllantirish imkoniyatini beradi. Yangi-
lik kiritishning muhim sharti muloqotning yangi vaziyatini tarkib topti-
rishdir. Ta’lim jarayoniga yondashuv, asosan, bilim, ko‘nikma va mala-
kalar majmuasini shakllantirishga qaratiladi.
Ta’lim metodlari, avvalo, pedagog ongida qaysidir bir yo‘nalishdagi 
faoliyatning umumlashgan loyihasi tarzida namoyon bo‘ladi. Kasbiy 
kompetentlik quyidagi holatlarda yaqqol namoyon bo‘ladi:
‒ murakkab jarayonlarda;
‒ noaniq vazifalarni bajarishda;
‒ bir-biriga zid ma’lumotlardan foydalanishda;


11 
‒ kutilmagan vaziyatda harakat rejasiga ega bo‘la olishda. 
Kasbiy kompetensiyaga ega mutaxassis:
‒ o‘z bilimlarini izchil boyitib boradi;
‒ yangi axborotlarni o‘zlashtiradi;
‒ davr talablarini chuqur anglaydi;
‒ yangi bilimlarni izlab topadi;
‒ ularni qayta ishlaydi va amaliy faoliyatida samarali qo‘llaydi.
Xulosa shuki, ta’limni bunday shaklda tashkil etish har bir bo‘lajak 
o‘qituvchilarga imkon qadar individual yondashishni, uning shaxsini 
hurmat qilishni, unga ishonch bildirishni taqozo etdi. Innovatsion yonda-
shuv asosida tashkil etilgan ta’lim o‘qitish jarayonining ishtirokchilari
pedagog-talaba, talaba-talaba, talaba-talabalar guruhi, talaba-talabalar ja-
moasi tarzida o‘zaro hamkorlikda bilim olish, kasb ta’limi o‘qituvchisi 
sifatida kamol toptirishlari uchun qulay pedagogik shart-sharoitni yara-
tish zaruriyatini ifodalaydi. 

Download 1.94 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   99




Download 1.94 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti

Download 1.94 Mb.
Pdf ko'rish