Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti




Download 1.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/99
Sana20.02.2023
Hajmi1.94 Mb.
#42897
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   99
Bog'liq
Istedod ziyosi 2022 (2)
10 Informatika Savollar UZB, 2 sinf 2 chorak matem, 3- 4 - MAVZU (1), 88888888888, Psixologik xizmatning o`rni va ahamiyati, 13-mavzu, 602629, ADSL, 11-sinf-Fizika-darslik, [05.10.2022 20 13] ТАШКЕНТ ЮЖНЫЙ НУКУС, Health food, О КУРСЕ, 15.Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi hivWBz9, Tarmoqlar komp
 
G‘O‘ZANI MENTORIAL CHANGLATISH 
X.Ibragimov (TTA UF mikrobiologiya kafedrasi katta o‘qituvchisi, b.f.n.), 
M.Yaqubova (UrDU Biologiya mutaxassisligi magistranti)
Ma’lumki, har qanday botanik tur, o‘simlik navi yoki uning duragay 
avlodi ontogenezida genotipiga bog‘liq holda va tashqi muhit ta’sirida
fenotipik belgilarini namoyon qiladi. Ontogenez esa faqat postembrional 
davrdan iborat bo‘lmasdan, qisqa bo‘lishiga qaramasdan, predembrional 
va embrional davrlarni ham o‘z ichiga oladi.
Demak, generativ a’zolarning yetilishi, changlanish va urug‘lanish 
jarayonining me’yorida o‘tishi avlodlarning hayotchanligi hamda miq-
dor va sifat belgilarining reaksiya normasigacha to‘la-to‘kis rivojlanishi 
uchun yuksak sharoitni yaratadi. G‘o‘za ekinida ham arzimas mikrokli-


120 
mat yashovchanlik va mahsuldorlikni cheklashi va bu seleksionerning 
tanlash samarasiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
O‘tgan asrning uchinchi chorakida g‘o‘zani begona chang vositasi-
da qo‘shimcha changlatish orqali nav ichida, navlararo va turlararo dura-
gaylashning samarasi borasida juda ko‘p olimlar tadqiqotlar o‘tkazish-
gan (Nersesyan P.M. 1953; Arutyunova L.G. 1953; Viisotsskiy K.A., 
1958; Ter-Avanesyan D.V. 1958; Tishin A.I. 1962; Rudenko L.S. 1965; 
Mustanov G. 1966 va boshqalar).
Ushbu ishlab chiqilgan uslubda begona chang (mentor) sifatida gul-
xayridoshlar oilasiga mansub boshqa turkum (Hibiscus L., Malva L.) va 
turlar (G.barbadense L., G.herbaceum L., G.arboreum L.), shuningdek, 
genetik ancha uzoq hisoblangan boshqa oila vakillari qovoq, makkajo‘-
xori, no‘xat kabi o‘simliklar changi tadqiqot obyekti bo‘lib xizmat qil-
gan. Deyarli barcha tajribalarda nazorat variantga nisbatan keskin farq 
qiluvchi ma’lumotlar olingan. Mentorial chang vositasida nav ichida 
chatishtirishga nisbatan navlararo va turlararo duragaylashning ijobiy sa-
marasi yuqoriroq ekanligi qayd qilingan. Bunda F
0
duragay ko‘saklar-
ning tugilishi juda yuqori bo‘lishi, ko‘sakda chigit sonining ortishi, F
1

F
2
va undan yuqori avlodlarda ertapisharlik, hosildorlikning yuqori bo‘-
lishi ko‘p marotaba tajribalarda isbotlangan. Shuningdek, tolaning tex-
nologik ko‘rsatkichlari va morfologik xilma-xillik ko‘lamining ortishiga 
ta’sir qilishi hamda ushbu xususiyatlarning turg‘un, ya’ni kam ajralish 
berishi natijasida bir qator yuqori geterozisli tizma va navlar yaratishga 
muvaffaq bo‘lishgan. 
G‘o‘za navlariaro duragaylashda olinayotgan ota-ona juftiga mentor 
sifatida nisbatan yaqin tur (G.herbaceum L.) va turkum vakillari (Hibis-
cus syriacus L., Hibiscus rosa-sinensis L., Hibiscus trionum L., Hibiscus 
hybrida L.) changidan foydalanish ijobiy natijalar berishi tavsiya etilgan. 
Shunga qaramasdan, ushbu uslub g‘o‘za seleksiyasida ancha yillar-
dan beri qo‘llanilmasdan kelmoqda. Ehtimol, ushbu davrda o‘tkazilgan 
aksariyat tadqiqotlarda tola uzunligiga mentor vositasining salbiy ta’siri 
sababli tatbiq qilishga monelik qilgan bo‘lsa, hozirgi kunda ilgarigiga 
nisba
tan 2‒5 mm. yuqori tola uzunligida bo‘lgan o‘rta tolali nav namu-
nalari mavjudligi mazkur uslubni takomillashtirish va seleksiya ishlarida 
keng qo‘llash dolzarb masala ekanligini belgilaydi. 
Bizning tadqiqot ishimizdan ko‘zlangan asosiy maqsad begona tur 
Hibiscus syriacus L. gulchanglari yordamida navlararo duragaylashda 
changlanish va urug‘lantirish jarayoni sharoitlarini optimallashtirish, 


121 
shuningdek, nav namunalarini chatishtirishda g‘o‘zaning ayrim miqdo-
riy belgilariga begona gulchang qo‘shishning samaradorligini o‘rganish 
hamda g‘o‘zaning ertapishar va serhosil duragaylarini yaratishdan ibo-
rat.
Ilgari olib borilgan tadqiqotlarda g‘o‘zani kastratsiya qilinmagan va 
kastratsiya qilingan variantlarda cheklangan otalik nav changi bilan 1:30 
nisbatda mentor changini aralashtirish, dastlab, onalik tumshuqchasiga 
mentor changi surkalib, keyin bir vaqtni o‘zida otalik nav changi bilan 
changlatish orqali duragaylash amalga oshirilgan. Bundan farqli ravish-
da, biz tadqiqotlarimizda, asosan, mentor changini ertalab soat 8
00
‒9
00
oralig‘ida onalik tumshuqchasiga (bir kun oldin kastratsiya qilingan) 
surkab, yana izolyatsiya qilib, oradan 4 soat o‘tgach, ya’ni soat 12
00

13
00
oralig‘ida changlatish ishlarini o‘tkazishni rejalashtirdik. Bundan 
asosiy maqsad g‘o‘za changi irsiy materialiga mentor changi mutagen 
ta’sir qilmasdan, urug‘lanish jarayoni me’yorida kechishi uchun zarur 
metabolitlar sintezini rag‘batlantirishi, ya’ni biologik stimullator vazifa-
sini o‘tashi ko‘zda tutilmoqda. 
Demak, duragaylashda g‘o‘zani gibuskus changi bilan qo‘shimcha 
changlatish urug‘lanish jarayonining me’yorida kechishiga va duragay 
ko‘sak tugilish qobilyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Lekin turli duragay 
kombinatsiyalarda mentor miqdor belgilarini rivojlanishiga turlicha ta‘-
sir qilib, ma‘lum bir belgining rivojlanishi va boshqa belgining kam ri-
vojlanishiga olib keladi. Bu esa seleksiya ishlarida miqdoriy belgilari-
ning namoyon bo‘lishini bizning maqsadimiz sari yo‘naltirishda yetak-
chi mezonlardan biri bo‘la oladi. 

Download 1.94 Mb.
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   99




Download 1.94 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti

Download 1.94 Mb.
Pdf ko'rish