Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti




Download 1.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/99
Sana20.02.2023
Hajmi1.94 Mb.
#42897
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   99
Bog'liq
Istedod ziyosi 2022 (2)
10 Informatika Savollar UZB, 2 sinf 2 chorak matem, 3- 4 - MAVZU (1), 88888888888, Psixologik xizmatning o`rni va ahamiyati, 13-mavzu, 602629, ADSL, 11-sinf-Fizika-darslik, [05.10.2022 20 13] ТАШКЕНТ ЮЖНЫЙ НУКУС, Health food, О КУРСЕ, 15.Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi hivWBz9, Tarmoqlar komp
 
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1. Mahboobeh Rafieepoor Chirani, Elaheh Kowsari, Targol Teymourian, 
«Seeram Ramakrishna Environmental impact of increased soap consumption 
during COVID-19 pandemic: Biodegradable soap production and sustainable 


127 
packaging». Science of the Total Environment 796 (2021) 149013.‘.0048-
9697/© 2021 Elsevier. 10.07.2021 y. 
2. Ro‘zmetova D.T. Distilyatsiyalangan yog‘ kislotasini mahalliy gil moyali 
adsorbentlar yordamida oqlash texnologiyasini ishlab chiqish. texnika fanlari 
falsafa doktori dissertatsiyasi, Toshkent, 106-bet. 
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2009-yilda sanoat kooperatsiyasi 
asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni 
mahalliylashtirish dasturi to‘g‘risida”. PQ-1048-sonli qarori. 2009-yil 27-yanvar. 
 
NA’MATAK O‘SIMLIGINING XOSIYATLARI 
S.Raxmanova (UrDU 1-kurs biologiya mutaxassisligi magistranti) 
Ona zaminimiz shu qadar o‘simliklar olamiga boyki, ularni son-sa-
nog‘iga yetolmay qolamiz gohida. Ayniqsa, na’matak o‘simligi haqida 
gapirganda, uning o‘ziga xos xususiyatlaridan hayratda qolishimiz tayin. 
Bu o‘simlik haqida juda ko‘p gapirishadi. Ko‘pchilikkka tanish bu 
o‘simlikni ra’no, shipovnik nomi bilan atashadi. Bu o‘simlikni xalq ta-
bobatida qadim zamonlardan buyon ishlatib kelishmoqda. Uning meva-
laridan tayyorlangan damlama o‘pka sili, jigar, o‘t qopchasining yallig‘-
lanishi, ichak buyrak, qovuq kasalliklarini davolashda foydalanilishi 
to‘g‘risida ma’lumotlar bor. Shuningdek, na’matakning mevasi asosida 
tayyorlangan qaynatma qon to‘xtatuvchi, isitma tushiruvchi omil sifatida 
is’temol qilinadi. 
Bu afsonaviy o‘simlikning bo‘yi 6 metrgacha yetishi mumkin. Po-
yasi egiluvchan, tikanli, yaltiroq qo‘ng‘ir-qizg‘ish yosh novdalari biroz 
yashil yoki qo‘ng‘ir-yashil rangda bo‘ladigan butasimon o‘simlik. 
O‘simlik gullari yirik yakka-
yakka yoki 2‒3 tadan shoxchalarga o‘r-
nashgan. Bizning o‘lkamizda na’matak, asosan, may oylaridan gullab 
boshlaydi va mevasi iyul oylaridan xazonrezgi davrigacha pishib yetila-
di. Bu o‘simlikni ko‘paytirishda urug‘idan tashqari, qalamchadan ko‘-
paytirishdan keng foydalaniladi.
O‘simlikning mevasi avgust oyi oxiridan boshlab, kech kuzgacha 
yig‘iladi. Na’matak mevasi tarkibida juda ko‘p miqdorda C vitamini (4-
8% ba’zan 18%gacha bo‘ladi),”P’’, “K’’, “B’’gruppasi karatin bilan bir 
qatorda, flavanoidlar, qand, organik kislotalar (olma kislotasi 1, 8
‒2%
gacha, limon kislotasi, pectin va oshlovchi moddalar va riboksantin, shu-
ningdek, kaliy, temir, marganes, ftor, kalsiy, magniy tuzlari bor. 
Na’matakni iste’mol qilishda quyidagi foydali xususiyatlari mavjud. 
Na’matak o‘zida ko‘pgina C guruhi vitaminlarini saqlaydi: qorag‘atga 
nisbatan 10 marotaba, limonga nisbatan 50 marotaba ko‘proq. Na’ma-


128 
tak ayni kuzda avjiga chiqadigan shamollash va viruslarning oldini 
olishda ham is’temol qilinadi. 
‒immunitetni mustahkamlab, organizmni sog‘lom qiladi. 
‒yurak va qon-tomir sistemasiga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi; 
‒qon bosimini normallashtiradi; 
‒kamqonlikda ham foydali sanaladi; 
‒oshqozon-ichak faoliyatini yaxshilab, zararli taksinlar va shlaklarni 
chiqarib tashlaydi; 
‒ozishga yordam beradi; 
‒o‘t va siydik haydovchi vosita. 
Na’matak bir qancha foydali xususiyatlar bilan birgalikda, zararli 
xususiyatlarga ham ega. 
Na’matakni hammaga ham iste’mol qilishga tavsiya etilmaydi. U 
o‘zida ko‘p kislotalarni saqlashi sabab ham, oshqozon gastriti va yarasi-
da aziyat chekuvchilarga tavsiya etilmas ekan. Na’matakdan tayyorlan-
gan damlamalarni qon bosimi tushgan insonlarga ichish tavsiya etilmay-
di. Bundan tashqari, na’matakli choyni muntazam va kozp miqdorda is’-
temol qilish infeksiyasiz sariq kasalligiga olib kelishi mumkin 
Homiladorlik paytida na’matak alohida axamiyatga ega. Chunki 
uning damlamasi bo‘lajak onalarga toksikoz hurujlarini yengishga, qizil 
qon tanachalarini (eritrotsitlarni) shakllantirishga, gemoglabinni ko‘pay-
tirishga va kamqonlik rivojlanishi-ning oldini olishga yordam beradi.
Ozuqaviy qiymati 100 gr mahsulotning ozuqaviy qiymat. 
Manba: USDA
Koloriyasi Kkal 
Yog‘lar 
0,3 gr 
Uglevodlar 38 gr 
Oqsil 
1,6 gr 
Natriy 
4m g 
Kaliy 
429 mg 
Temir 
1,1gr 
Magniy 
69 mg 
A vitamini 217 mg 
C vitamini 426 mg 


129 
Na’matakdan damlangan choy, nordongina ta’mga ega bo‘lib, ma-
zali hamdir. Uning ta’mi sizni quvontirishi uchun ularni to‘g‘ri tanlash 
lozim. Quritilgan na’matak donalari kichgina va bujmaygan bo‘lishi ke-
rak. Silliq va katta na’mataklar ularni gaz pechida quritilganidan dalolat 
beradi, bunda uning ko‘pgina foydali xususiyatlari yo‘qoladi. Yangi 
uzilgan na’mataklar esa bir xil kattalikda, hech qanday dog‘larsiz bo‘li-
shi kerak. Na’matakni shisha bankalarga solib, ustini doka ro‘mol bilan 
yopamiz va salqin, quruq joyda saqlaymiz. Quritilgan na’mataklar 2 yil-
gacha yaxshi saqlanadi.
Na’matakdan, hatto pazandachilikda ham foydalaniladi. U dunyo 
oshxonalarida keng ishlatiladi. Masalan, na’matakdan qishga kompot 
(sharbat) yopsak bo‘ladi. 
Na’matakning faqatgina guli yoki mevasi foydali bo‘libgina qol-
masdan, barglaridan tayyorlangan damlama me’da og‘riqlariga foydali-
dir. Bu ne’mat shunchalik foydali xususiyatlarni o‘zida jamlaganki, 
uning bitta o‘zi butun boshli dorixona bo‘lishi mumkin. 
Dori tayyorlash va ishlatish. Og‘zi yopiladigan idishdga 2 stakan 
suv quyiladi va ustiga 1 osh qoshiq maydalangan (danagidan xalos etil-
gan) mevadan solib, 10 minut davomida qaynatiladi. So‘ngra 1 sutka da-
vomida qo‘yiladi. Qaynatma dokada suzib, unga shakar qoshib, shira be-
riladi. Qaynatmadan kuniga 3 mahal ovqatdan oldin yarim stakandan 
ichiladi. 


130 
Pishib yetilgan mevadan 2 osh qoshiq olib, 2 stakan qaynagan suvga 
10 minut past olovda qaynatiladi. Keyin olib, 1 soat sovitiladi. Dokadan 
suzib olib
, kuniga 3‒4 mahal yarim stakandan ichiladi. 
Na’matak suvli ekstrakti. “Xolosas”ni dorixonadan olib, bolalarga 
choy qoshiqda, kattalarga osh qoshiqda kuniga 3 mahal beriladi. 
Shvetsiyaning Lund universitrti olimlarining ta’kidlashicha, na’ma-
tak yurak-qon tomir tizimi faoliyatini yaxshilashga xizmat qiladi. Muta-
xassislar olti hafta davomida har kuni tarkibida 40 gr maydalangan na’-
matak bor ichimlik ichgan bir guruh ortiqcha vaznli kishilarni kuzatish-
di. Tadqiqot ishtirokchilarining qon bosimi o‘lchangan, qon tarkibi, tana 
vazni va insulinga sezgirlik holati tekshirilgan. Olti haftadan keyin ma’-
lum bo‘lishicha, tadqiqotda qatnashganlarning barchasida qon bosimi 
o‘rt
acha 3‒4 foizga, xolesterin darajasi esa 5‒6 foizga pasayishi kuzatil-
gan. Natijada yurak kasalliklarining rivojlanish xavfi 17 foizga kamay-
gan. Shuning uchun tabiatda tarqalgan har bir dorivor xususiyatga ega 
bo‘lgan o‘simliklarni iste’mol qilishdan oldin shu o‘simlik haqida ma’-
lumotga ega bo‘lish lozim. 

Download 1.94 Mb.
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   99




Download 1.94 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti

Download 1.94 Mb.
Pdf ko'rish