134
Darhaqiqat, sholi qimmatbaho donli ekinlardan biri bo‘lib, dunyoda
bug‘doy ekinidan keyingi ikkinchi o‘rinda turadi. Sholidan olinadigan
guruch to‘yimliligi bilan, tez hazm bo‘lishi bilan ajralib turadi, guruch
tarkibida 75,2% kraxmal, 7,18% oqsil, 0,26% moy, 2,2% kletchatka, 0,5
% kul moddalari va 14% suv va har xil vitaminlar bor.
Guruch qaynatmasi tabobatda davolash maqsadida ko‘p ishlatiladi.
Guruch bilan parhez yuqori qon bosimida foydalaniladi. Guruchdan tay-
yorlangan ovqat juda tez pishadi, inson organizmida u boshqa yormalar-
ga qaraganda tez hazm bo‘ladi va to‘liq o‘zlashadi. Guruchning o‘zlash-
tirilish koeffitsiyenti eng
yuqori
‒ 96%ga, kaloriyaliligi 3594 ga, bug‘-
doyniki esa 6310 ga teng.
Sholi somoni yem-xashak sifatida chorvachilikda ishlatiladi, 1 kg
somonda 22 g xom oqsil va 0,24 ozuqa birligi mavjud. Bundan tashqari,
sholi somoni kiyim-kechak sanoatida, oyoq kiyim, ip, qop, qog‘oz va
kompas tayyorlashda ishlatiladi. Shuning uchun ham sholi ekini qishloq
xo‘jaligida doni va somoni uchun ekiladi.
Urug‘ning unib chiqishi uchun suv kerak, lekin
suv qatlami tuproq-
da faqat murtakning rivojlanishiga olib kelishi mumkin, ammo ildizcha-
lar rivojlanmaydi shuning uchun urug‘ nishlagandan keyin to unib chiq-
qunga qadar (1-barggacha) daladan suv oqizib yuboriladi. Sholi unib
chiq
qandan keyin suv qatlami 15 ‒ 20 sm balandlikkacha ko‘tariladi.
Sholi boshqa qishloq xo‘jalik ekinlaridan
suvda o‘sish va rivojlanish qo-
biliyati bilan farq qiladi. Suv serob bo‘lmasa, sholi navlaridan
yuqori ho-
sil olib bo‘lmaydi. Sholi navlari issiqlikka juda talabchan bo‘lib, urug‘i-
ning unib chi
qishi uchun harorat 20‒25°C bo‘lishi kerak.
Sholidan yu-
qori hosil olish uchun quyoshli kunlar, ya’ni yoritilganlik ko‘p bo‘lishi
juda katta ahamiyatga ega bo‘lib,
11‒12 soat yorug‘likni talab qiladi.
Sholi navlari tuproq sharoitiga talabchan emas,
uni botqoq, o‘tloq, torfli,
sho‘rxoq va sho‘rtob tuproqlarda ham yetishtirish mumkin.
Xorazm viloyatida sholini quyidagi O‘zbekistonda mahalliylash-
tirilgan ertapishar “Gulzor”, “Jayhun”, “Nukus-2”; o‘rtapishar “Avan-
gard”, “Alanga”, “Tolmas”; kechpishar “Intensivniy”, “Lazurniy” naval-
ri ekilmoqda.
Suv bostirilgan sholipoyalarda
tuproqqa havo kirolmaydi.
Bunday noqulay sharoitni bartaraf qilish uchun sholi ekishga qadar, ya’-
ni kuz, qish va bahor davomida yerni yaxshilab quritish hamda shamol-
latish kerak. Yerni kuzda haydash sholi hosildorligini oshirishda katta
ahamiyatga ega.
135
Sholini navlarini oziqlantirishda fosforli o‘g‘
itlar gektariga 60 ‒ 90
kg/ga.
dan 120 ‒ 150 kg/ga belgilanadi. Azotli o‘g‘itlar fosforli o‘g‘itni
oson o‘zlashadigan holatiga o‘tishiga imkon berganligi uchun ma’danli
o‘g‘itlar quyidagi 1:1, 1:0,7 nisbatlarda solinadi. Sholi
navlariga kaliyli
o‘g‘itlardan kaliy xlorid solinadi.
Sholi navlarini yetishtirish uchun Xorazm viloyatining o‘tloqi-all-
yuvial tuproqlari sharoitidagi yerlarning har bir gektariga 180 kg azot,
120 kg fosfor solinadi. Sholi navlarini yoppasiga ekishda tuproq va suv-
ning o‘
rtacha harorati 14 ‒ 16°C ga yetishi kerak, ekish muddatlari nav-
larga bog‘liq ravishda aprel – iyun oylarining birinchi o‘n kunligi hisob-
lanadi.
Gektariga 5,0‒7,5 mln. donagacha unuvchan sholi urug‘i ekil-
ganda, ya’n
i ekish me’yori gektariga 180‒200 kg/ga.ni tashkil etadi.
Bunda 1 metr kvadrat yerda o‘rimga qad
ar 250‒350 tup atrofida o‘sim-
lik va 450‒500 ta unumdor ro‘vakli poya bo‘lsagina, sholi navlaridan
yuqori hosil olinadi. Sholining o‘rtapishar navlarini sug‘orish
uchun bir
gektar yerga 20000 ‒ 30000 m
3
gacha suv talab qilinadi.
Dunyo miqyosida ekilad
igan sholi maydonlarining 85‒90%da ko‘-
chat usulida yetishtirish qo‘llanildi. Sholi navlari ko‘chat usulida ye-
tishtirilganda to‘g‘ridan to‘g‘ri ekishga nisbatan ko‘pgina afzalliklar
mavjud.
Sholi urug‘i ko‘chatxonalarda ekilishi munosobati
bilan kech kuzga
qolmasdan yig‘ishtirib olish imkonini yaratadi. Ko‘chat usuli har bir
gektar yerdan unumli foydalanib, ikki marta (bug‘
doy ‒ sholi) g‘alla ho-
sili olish imkoniyatini yaratadi. Sholi urug‘
ining 60 ‒ 70% iqtisod qili-
nadi.
Sholi navlari o‘suv davri
ning 30‒35 kuni ko‘chatxonada o‘tishi mu-
nosabati bilan suv sarfi 20
‒25%ga kamayadi. Sholi navlarining hosildor-
ligi yoppasiga ekkanga nisbatan 30% gacha yuqori bo‘ladi. Sholini ko‘-
chat usulida yetishtirishning asosiy kamchiligi qo‘l mehnatini ko‘p talab
qilishidir.
Sholini asosiy ekin sifatida ekish uchun aprel oyining birinchi o‘n
kunligida, takroriy ekin sifatida esa may oyining ikkinchi yarmida ko‘-
chat tayyorlashga kirishiladi. Bunda
1 gektar maydonga 20‒22 mln. Do-
na urug‘ yoki 650
‒ 700 kg urug‘ 1 ‒ 2 kun suvda ivitilib sepiladi. Bu
maydondagi ko‘chatlar 10 gektar asosiy maydonga ko‘chirilib o‘tkazish
uchun yetarlidir. Ko‘chat yoshi, ya’ni ko‘chirib, asosiy dalaga o‘tkazila-
digan sholi maysalarining ko‘chatzorda turish davri ertapishar navlarda
25 ‒ 30 kun, o‘rtapishar navlarida 30 kungacha, kechpishar navlarda esa
136
35 kungacha bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. Ko‘chatlarni ko‘chirib oli-
nishidan 4 ‒ 5 kun oldin gektariga 50 kg sof holda azotli o‘g‘it bilan
oziqlantirilsa, ular baquvvat bo‘lib, yangi yerga tezroq o‘rganib ketadi.
Sholi navlarining
sut pishish davri boshlanishi bilan pollarga kiradigan
suv kamaytiriladi. Mum pishish davri boshlanganda esa batamom to‘x-
tatiladi. Yer yetilishi bilan sholi poyalari o‘rib olinadi. O‘rib olingan
sholi 3–4 kun ichida kombayn yordamida yanchiladi va doni olinadi.
Sholini yanchish muddati bundan cho‘zilib ketsa, don ro‘vaklardan to‘-
kilib, nobud bo‘ladi.