• MIKROBIOLOGIK STIMULATORLARNING G‘O‘ZANING NOQULAY SHAROITLARDA O‘SISHI VA RIVOJLANISHIGA TA’SIRINI O‘RGANISH
  • Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti




    Download 1.94 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet56/99
    Sana20.02.2023
    Hajmi1.94 Mb.
    #42897
    1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   99
    Bog'liq
    Istedod ziyosi 2022 (2)
    10 Informatika Savollar UZB, 2 sinf 2 chorak matem, 3- 4 - MAVZU (1), 88888888888, Psixologik xizmatning o`rni va ahamiyati, 13-mavzu, 602629, ADSL, 11-sinf-Fizika-darslik, [05.10.2022 20 13] ТАШКЕНТ ЮЖНЫЙ НУКУС, Health food, О КУРСЕ, 15.Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi hivWBz9, Tarmoqlar komp
    List of used literature: 
    1. R.S.Ruzmetov, Y.A.Matyakubova, I.I.Abdullaev. Cytosporosis diseases of 
    apple trees (Reinette simirenkomalus) and its distribution in the lower Amudarya 
    region
    ю International Journal of Current Research and Review (IJCRR). 
    Elsevier.Scopus. Nagpur, MH, India, 2020. Vol. 12
    б Issue 13, Julyб рр. 62‒67. 
    2. Baratov P. Natural geography of Uzbekistan. T., The Teacher, 1996. p 
    3. Abdullaev S.A., Boirov A.J., Sattorov J.S. Soils of Khorezm region. T., 
    “Fan” Publishing House, 2002, p. 14; 
    D.Roʻzmetov, M.Matchanov, U.Qalandarov, 
    A.Masharipov. Issues of improving the reclamation and ecological conditions of 
    agricultural lands in the Lower Amudarya re-gion (on the example of Khorezm 
    region). Publishing House of UrSU, 2015.FAO. AQUASTAT: Water Uses. 2016. 
    Available online: http:// www .fao.org/nr/water/aquastat/water_use(accessed on 5 
    January 2019).
    4. Atzori L., Iera A., Morabito G. The Internet of Things. A survey. Comput. 
    Netw. 2010, 54, 2787–2805.
    5.Kamienski C., Jentsch M., Eisenhauer M., Kiljander J., Ferrera E., 
    Rosengren P., Thestrup J., Souto E., Andrade W., Sadok D. Application 


    139 
    Development for the Internet of Things: A Context-Aware Mixed Criti-cality 
    Systems Development Platform. Comput. Commun. 2017, 104, 1–16. 
    MIKROBIOLOGIK STIMULATORLARNING G‘O‘ZANING 
    NOQULAY SHAROITLARDA O‘SISHI VA RIVOJLANISHIGA 
    TA’SIRINI O‘RGANISH 
    X.A.Ibragimov (TTA UF Mikrobiologiya kafedrasi katta o‘qituvchisi, 
    b.f.n.), Sh.A.Soparboyeva (UrDU Biologiya kafedrasi magistranti) 
     
    Tuproq sho‘rlanishi O‘zbekiston qishloq xo‘jaligidagi dolzarb mu-
    ammolardan biri hisoblanadi. G‘o‘za fakultativ galofitlardan hisoblana-
    di, lekin uning bunday imkoniyatlari to‘liq o‘rganilmagan. Ayniqsa, 
    sho‘rlanishga moyil bo‘lgan tuproq sharoitida g‘o‘za navlarida sifatli 
    urug‘ning shakllanishi, tanlov ishlarini olib borish bilan birga g‘o‘zaning 
    sho‘rga chidamliligini oshirish imkoniyatlari va navlarning biologik xu-
    susiyatlariga bog‘liq bo‘lgan holda to‘liq aniqlanmagan.
    Xorazm viloyatining 200 ming gektardan ziyod maydonida qishloq 
    xo‘jalik ekinlari ekilib, dehqonchilik qilinadi. Shu maydonning 44,5 foi-
    zi kuchsiz, 21,1 foizi o‘rtacha va 9,7 foizi kuchli sho‘rlangan bo‘lib, bu 
    yerlarda g‘o‘za hosildorligi mos ravishda 20
    ‒25, 40‒50 va 60‒80 foiz-
    gacha kamayadi. Ekin maydonlari sho‘rlanish darajasining ortishi tuproq 
    strukturasini buzilishiga, mikroorganizmlar faoliyatiga ham salbiy ta’sir 
    ko‘rsatadi.
    Keyingi yillarda Xorazm viloyatida g‘o‘za ekinidan nisbatan past 
    hosil olishning asosiy sabablaridan biri yerlarning sho‘rlanish darajasi-
    ning ortib borishidir. Bu esa qishloq xo‘jaligida o‘ziga xos qiyinchilik-
    larni keltirib chiqarmoqda. Ilmiy manbalarni tahlil qilsak, jahon qishloq 
    xo‘jaligi amaliyotida qo‘llanilayotgan biostimulyatorlar o‘simliklarning 
    hosildorligini oshirish bilan bir qatorda, ularni immunitetini, patogen vi-
    rus va zamburug‘larga bardoshliligi va turli stress omillarga chidamlili-
    gini oshiradi. Bu bioo‘g‘itlar kartoshka, lavlagi, yashil o‘simliklar mas-
    sasini, meva
    li daraxtlar hosildoriligini 20‒30 foizgacha, donli va bo-
    shoqli ekinlar 
    hosildorligini 15‒20% gacha, g‘o‘za hosildorligini 12‒15 
    % gacha, p
    oliz ekinlari hosildorligini 30‒40% gacha oshiradi.
    O‘simliklarni noqulay tashqi muhit sharoitlariga moslashib, biolo-
    gik azot va fitogormonlar bilan ta’minlash, sho‘rlangan tuproqlarning 
    unumdorligini tiklash orqali qishloq xo‘jalik ekinlarining o‘sishi, rivoj-
    lanishi va hosildorligini oshirishda rizobakteriyalardan Azotobacter av-


    140 
    lodining azotfiksatsiyalovchi, diazotrof, fitogormonal faol, sho‘rlanishga 
    chidamli bakteriyalari katta ahamiyat kasb etadi. 
    A.chroococcum K1 shtammi sho‘rga chidamlilik, yuqori atseti-
    len-reduktaza faolligi va ko‘p miqdorda indol-3-sirka kislotasi sintezla-
    shi bo‘yicha seleksiya qilinib, o‘tkazilgan qator tadqiqotlarda O‘zbekis-
    tonning sho‘rlangan tuproqli hududlarida qo‘llanish borasida istiqbolli 
    ekanligi isbotlangan (Rasulov B.A., Qodirova G.H., 2006; Shakirov 
    Z.S., 2006; Rasulov B.A., 2007; Rasulov B.A., 2007; Pattayeva M.A., 
    Rasulov B.A., Khujamshukurov N.A., 2008; Rasulov B.A., Pattayeva 
    M.A., Guzalova A.G., Khujamshukurov N., 2008). Shtammlarning yu-
    qori sho‘rlanishga chidamligi (Rasulov B.A. va boshq. 2011), o‘simlik 
    biomassasi va hosildorligini oshirishi (Rasulov B.A. 2010) aniqlangan. 
    Bizning tadqiqot ishimizdan ko‘zlangan maqsad O‘zbekistonning 
    sho‘rlangan tuproqlaridan ajratilgan, sho‘rlanishga chidamli A. Chroo-
    coccum K1 bakteriya shtammlari yordamida g‘o‘zaning noqulay sharoit-
    larda o‘sishi, rivojlanishiga ta'sirini o‘rganishdan iborat.
    Tadqiqotlarda ushbu bakteriya shtammlari bilan inokulatsiyalangan 
    (bakterizatsiyalangan) paxta navining sho‘rlangan tuproqlarda o‘sishi 
    kuzatilib, navlarda qimmatli xo‘jalik belgilarning rivojlanishi o‘rganila-
    di. Bakteriya shtammlarining navlarning rivojlanish fazalarida (shona-
    lash, gullash, ko‘sak tugish va ochilish) o‘simlik va ildiz biomassasi, 
    o‘simlik balandligi, ildiz hosil qilishi, barg yuzasi va o‘simlikning umu-
    miy quruq massasiga ta'siri qiyosiy o‘rganib boriladi. 
    Gossipium+bakteriya o‘zaro ta’sirini o‘rganishda shtammlar bilan 
    inokulyatsiyalangan g‘o‘za navi NaClning 0 mM.dan 350 mM konsen-
    tratsiyalarida o‘stirilib, ularning turli o‘sish fazalaridagi rivjlanishlari ku-
    zatilib boriladi. Tajriba variantlarida vegetatsiya davomida o‘sish va ri-
    vojlanish bo‘yicha quyidagi kuzatuvlar olib boriladi: 
    ‒ g‘o‘za nihollarining unib chiqishi dinamikasi hamma variantlarda 
    belgilab qo‘yilgan bo‘lakchalarda o‘tkaziladi (PSUEAITI uslubliy qo‘l-
    lanmasi, 2007); 
    ‒g‘o‘zani o‘sishi va rivojlanishini kuzatish uchun fenologik o‘l-
    chovlar o‘tkaziladi; 
    ‒o‘simlikning ko‘chat qalinligi ikki muddatda yagonadan keyin va 
    amal o‘suv davri oxirida aniqlanadi; 
    ‒ paxta hosili hamma qaytarilishning hamma variantlarida terimlar 
    bo‘yicha qo‘lda teriladi hamda hisoblanadi; 


    141 
    ‒ paxta hosili bo‘yicha olingan ma’lumotlarning aniqligi V.A.Dos-
    pexov (1985) usuli bilan matematik ishlov berilib, tahlil qilinadi. 
    A.chroococcum K1 shtammi asosida tayyorlangan biopreparatlar-
    dan qishloq xo‘jaligida azotli mineral o‘g‘itlar o‘rnini bosuvchi biosti-
    mulatorlar sifatida qo‘llanadi. Bunda tajriba qo‘yishdan oldin maqsadga 
    muvofiq tajriba maydonlari tanlanadi. Tajriba maydonining agrokimyo-
    viy xususiyatlari o‘rganiladi. G‘o‘za ildiz sistemasini bakterizatsiyalash 
    orqali tuz stressi sharoitida mineral o‘g‘itlar miqdorini kamaytirgan hol-
    da, sho‘rga chidamli, atmosfera azotini faol o‘zlashtiruvchi azotobakter-
    lar yordamida g‘o‘zaning o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligi tajriba vari-
    antlarida o‘rganiladi. 
    Tadqiqotlarning birinchi yilida shtammlar inokulatsiyasi o‘simlik 
    ildizi va bargi orqali o‘simlik bakterizatsiyasi amalga oshiriladi. Bakteri-
    ya shtammlari bilan inokulatsiyalangan g‘o‘zadagi o‘zgarishlar nazorat 
    variantiga solishtirilgan holda kuzatib boriladi. Tajribalar asosida eng 
    samarali bakteriya shtammi yoki shtammlari o‘simlikni stress sharoitga 
    moslashuvchanligini kuchaytiruvchi va azot bilan ta'minlovchi manba 
    sifatida tanlab olinadi.
    Tadqiqolarimiz natijasida sho‘rlangan tuproqlarda A. chroococcum 
    K1 shtammi asosida tayyorlangan biopreparatlardan muayyan bir g‘o‘za 
    navining tuz stressi sharoitida o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligini mak-
    simal darajada oshirishda foydalanish uchun optimal rejimi va miqdo-
    riga aniqlik kiritiladi.

    Download 1.94 Mb.
    1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   99




    Download 1.94 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti

    Download 1.94 Mb.
    Pdf ko'rish