QORAQALPOQ TILI SINONIMIK LUG‘ATINING ELEKTRON




Download 1.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/99
Sana20.02.2023
Hajmi1.94 Mb.
#42897
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   99
Bog'liq
Istedod ziyosi 2022 (2)
10 Informatika Savollar UZB, 2 sinf 2 chorak matem, 3- 4 - MAVZU (1), 88888888888
QORAQALPOQ TILI SINONIMIK LUG‘ATINING ELEKTRON 
BAZASINI YARATISH 
K.Babadjonov (UrDU katta o‘qituvchisi),
R.Daubayeva (Kompyuter lingvistikasi mutaxassisligi 2-kurs 
magistranti) 
Lingvistika ilmida leksikografiya yo‘nalishining o‘rni beqiyos. Lek-
sikografiya – bu lug‘atlarni va ularning turlarini, yasalish tamoyillarini 
o‘rganuvchi soha, uning asosiy o‘rganish obyekti lug‘atlardir. Biror-bir 
tildagi so‘zlarni ma’lum tartibda (odatda, alifbo tartibida) jamlab, izoh-
lab yoki boshqa tilga tarjima qilib beradigan kitob lug‘at deb nomlanadi. 
Lug‘atlarning quyidagicha turlari mavjud: izohli lug‘at, tarjima lug‘at, 
imlo lug‘at, orfoepik lug‘at, etimologik lug‘at, sinonomik lug‘at, antono-
mik lug‘at, frazeologik lug‘at, dialektik lug‘at va hokazo.
Ma’lumki, XXI asr axborot texnologiyalari asri bo‘lganligi uchun, 
avtomatizatsiya ijtimoiy hayotning barcha sohalariga kirib kelishi natija-
sida lug‘atlar ham elektron shaklga o‘tdi. Kompyuter yordamida lug‘at-
lar bilan ishlashning optimallashuvi natijasida kompyuter leksikografi-
yasi yo‘nalishi shakllandi.
Kompyuter leksikografiyasi – amaliy tilshunoslikning muhim tarki-
biy qismi bo‘lib, unda lingvistik va dasturiy ta’minot asosida ishlaydi-
gan, kodlash va dekodlash prinsipi asosida yaratilgan kompyuter lug‘at-
lari, ularni tuzish dasturlari, algoritmlari o‘rganiladi.
1
Elektron lug‘atlar 
ham, o‘z navbatida, an’anaviy lug‘atlarga qaraganda birmuncha afzallik-
larga ega. Shuningdek, elektron lug‘atlarning hajm jihatidan ixchamligi, 
kompaktligi, boshqa manbalarga ulanish imkoniyati, multimediali misol-
lar bilan boyitilganligi, tezlik bilan foydalanuvchiga xizmat qilishi kabi 
jihatlari elektron lug‘atlarning optimalligini ta’minlaydi.
Hozirda CONTEXT, ABBY LINGVO, MULTITRAN, POLY-
GLOSSUM, MULTILEKS kabi electron lug‘atlarning eng ko‘p tarqal-
gan turlari bor.
Kompyuter leksikografiyasi rus tilshunosligida juda jadal sur’atlar 
bilan rivojlanmoqda. Bu bo‘yicha rus olimlari V.G.Dikinovning,
2
E.I. 
1
Rahimov A. Kompyuter lingvistikasi asoslari. T., Akademnashr, 2011, 85-bet. 
2
Dikinov V.G. Development of lexical basis for the Universal Dictionary of UNL Concepts ... p. 212. 


14 
Bolshakova va I.A.Bolshakovlarning,
1
I.V.Azarova, O.A.Mitrofanova, 
A.A.Sinopalnikovalarning
2
kabi ilmiy ishlari bor.
Qoraqalpoq tili sohasida kompyuter leksikografiyasi va lingvistikasi 
sohasida ham bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda. Hozirgi kunda qo-
raqalpoq tili uchun ham til korpusi, til elementlari uchun ma’lumotlar 
bazalarini shu jumladan komputer lingvistikasining ayrim masalalarini 
hal qilish uchun foydalaniladigan sinonimik so‘zlar ma’lumotlar bazasi-
ni yaratish masalalari komputer lingvistikasi sohasining dolzarb masala-
lari hisoblanadi.
Turlicha tovushlardan tuzilgan, ammo ma’nolari umumiy yoki bir-
biriga yaqin so‘zlar sinonimlar yoki ma’nodoshlar deb ataladi.
3
Sino-
nimlarning asosiy xususiyatlaridan biri – ularda eng asosiy sinonimlarni 
tuzadigan dominanta so‘zi, ya’ni tayanch (tirek so‘z) so‘zning bo‘lishi-
dir. Sinonimik qatorlar tayanch so‘z asosida tuziladi.
4
Tilshunoslikda 
sinonimlar ko‘plab uchraydi – bu so‘z boyligini ko‘rsatadigan aniq dalil. 
Sinonimlarning o‘zaro o‘zgachaliklari birqancha. Ularning eng asosiysi 
sinonimik qatordagi har bir so‘zning o‘z ma’nolik xususiyatli belgilari-
ning bor bo‘lishidadir. Sinonimlar o‘zaro ma’nodosh bo‘lishi mumkin, 
dominanta so‘z ularning qo‘llanilishida boshqalariga solishtirilganda eng 
ko‘p qo‘llaniladigan, keng foydalanish doirasiga ega ekanligidadir. Do-
minanta lotincha dominans – boshqaruvchi, ustam) degan ma’noni ang-
latadi. Sinonimik qatorni tuzishda har qanday uslubda qo‘llanilishi 
mumkin bo‘lgan “neytral” so‘z asos etib olinadi. Tilning rivojlanishi bo-
rishida yangi so‘zlar paydo bo‘lib, lug‘aviy tarkibning boyib, shu tildagi 
sinonimlarning ham foydalanish kengligiga bog‘liq bo‘ladi. Masalan: 

Download 1.94 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   99




Download 1.94 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



QORAQALPOQ TILI SINONIMIK LUG‘ATINING ELEKTRON

Download 1.94 Mb.
Pdf ko'rish