• MAKKAJO‘XORI O‘SIMLIGINING BIOLOGIYASI, SANOAT VA QISHLOQ XO‘JALIGIDAGI AHAMIYATI B.S.Samandarova (Toshkent Tibbiyot akademiyasi
  • Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti




    Download 1.94 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet65/99
    Sana20.02.2023
    Hajmi1.94 Mb.
    #42897
    1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   99
    Bog'liq
    Istedod ziyosi 2022 (2)
    10 Informatika Savollar UZB, 2 sinf 2 chorak matem, 3- 4 - MAVZU (1), 88888888888, Psixologik xizmatning o`rni va ahamiyati, 13-mavzu, 602629, ADSL, 11-sinf-Fizika-darslik, [05.10.2022 20 13] ТАШКЕНТ ЮЖНЫЙ НУКУС, Health food, О КУРСЕ, 15.Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi hivWBz9, Tarmoqlar komp
     
    Foydalanilgan adabiyotlar: 
    1.
    Строгонов Б.П. Физиологические основы солеустойчивости растений. 
    М., изд-во АН СССР, 1962, 366 с. 


    156 
    2. 
    Удавенко Г.В., Гончарова Э.А. Влияние экстремальных условий 
    среды на структуру урожая сельскохозяйственных растений. Л., Гидроме-
    теоздат, 1982, c. 144. 
    Х.Х.Кушиев. Изучение адативных реакций на стресовые факторы у 
    озимой пшеницы Т.L. “Узбекистон биологияси”, 2009, с. 40‒ 42. 
    Удовенко Г.В. Устойчивость растений к абиотическим стрессам. Физи-
    ологические основы селекции. Теоретические основы селекции. Спб., ВИР, 
    1995, 
    т.II, ч. I, с. 293‒352.
    MAKKAJO‘XORI O‘SIMLIGINING BIOLOGIYASI,
    SANOAT VA QISHLOQ XO‘JALIGIDAGI AHAMIYATI 
    B.S.Samandarova (Toshkent Tibbiyot akademiyasi
    Urganch filiali mikrobiologiya kafedrasi dotsenti, b.f.n.)
    Sh.Davlatova (UrDU Biologiya mutaxassisligi magistranti )
    Makkajoʻxori (Zea mays L.) ‒ boshoqdoshlar oilasiga mansub bir 
    yillik oʻtsimon oʻsimlik bo‘lib, u oila vakillaridan bo‘yining balandligi 
    va barglarining kattaligi bilan ajralib turadi. Makkajo‘xori madaniy hol-
    da ekib o‘stiriladigan eng qadimiy ekinlardandir. Uning vatani 
    ‒Marka-
    ziy va Janubiy Amerika. Yevropaga XV 
    asr oxirida keltirilgan. Oʻzbe-
    kistonda ham bu ekin qadimdan ekiladi. Don va yem-xashak ekini sifa-
    tida ekib o‘stiriladi.
    Makkajo‘xori poyasi silndrsimon tik o‘suvchi balandligi 50 sm.dan
    6‒9 m.gacha, boʻgʻimli, ichi gʻovak. Bo‘ginlari 8 sm.dan 40 sm.gacha 
    bo‘ladi. Barglari parallel tomirlanishga ega, keng nashtarsimon, poyasi-
    da ketma-ket joylashgan, usti tukli. Barglarining uzunligi 10 sm.dam 1 
    metrgacha, eni 1 sm.dan 15 sm.gacha. Ildizi popuk ildiz sistemasiga ega
    yerga 1
    ‒1,5 m.gacha kirib boradi. Poyaning eng ostki boʻgʻimidan yoʻ-
    gʻon tayanch ildizlar chiqaradi, ular oʻsimlik uchun tayanch vazifasini 
    bajaradi, yotib qolishidan saqdaydi hamda oziq moddalar bilan t
    aʼmin-
    laydi.
    Makkajo‘xori issiqsevar, yorug‘sevar, qurg‘oqchilikka chidamli ba-
    horgi ekin bo‘
    lib, tuproq harorati 10° boʻlganda 7‒12 kunda unib chiqa-
    di. Maysalari 2
    ‒3° sovuqqa chidaydi. Kuzda 3°da sovuq uradi, ozuqalik 
    sifatini pasaytiradi. 20
    ‒25°da normal oʻsib rivojlanadi.
    O‘simlikning urig‘idan unib chiqib, doni pishib yetulgunigacha 
    bo‘lgan davr navi va tuproq-iqlim sharoitiga qarab, 
    oʻsuv davri 90‒150 
    kunni tashkil etadi.
    Makkajo‘
    xori bir uyli, toʻpguli ayrim jinsli oʻsimlik, changchi toʻp-
    guli poya uchida roʻvak, urugʻchi toʻpguli soʻtada popuksimon boʻladi. 


    157 
    Mevasi don, 1000 ta doni vazni 100
    ‒400 g. Soʻtasi donli, 500 dan 1000 
    gacha doni boʻladi va uni oʻrab turgan barg (gʻilof)lardan iborat, har tup 
    oʻsimlik 2-3-4 ta, baʼzan undan koʻproq soʻta chiqaradi. Doni yirik, yu-
    maloq, tuxumsimon yoki tishsimon, rangi va morfologik belgilariga koʻ-
    ra, tishsimon, yarim tishsimon, mumsimon va qobiqli guruhlarga boʻli-
    nadi. Donining tarkibida 9
    ‒10% oqsil, 4‒6% moy, 65‒70% uglevod, V, 
    V2, V6, E vitaminlari, doni sargʻish navlarida A provitamini, nikotin va 
    pantaten kislotalar, flavonoidlar va boshqa mavjud. Makkajo‘xori juda 
    mahsuldor va turli maqsadlarda ishlatiladigan ekin. Makkajo‘xori doni 
    oziq-ovqat (un, yorma, bodr
    oq, shirin qalamchalar, makkajoʻxori moyi 
    va boshqalar), kraxmal-patoka, pivo, spirt sanoatlarida ishlatiladi. Oziq-
    ovqat sifatida makkajo‘xorining doni ishlatiladi. Uning doni juda ham 
    to‘yimli bo‘lib, tarkibida o‘rtacha 10,6% kletchatka, 4
    ‒8% yog‘ va 65 ‒
    70% uglevodlar bor. Lekin makkajo‘xorining donida oqsil moddalari 
    kam bo‘ladi, shu sababli uning uniga 25
    ‒30% bug‘doy uni qo‘shib, non 
    yopiladi. Bundan tashqari, makkajo‘xori donidagi yorma tayyorlanadi, 
    Shuningdek, u nihoyatda ko‘p darajada silos va eng ko‘p miqdorda xa-
    shak beradi.
    Mollarga berish uchun sut-mum pishiqligi davrida so‘talari bilan 
    birga o‘rib olingan makkajo‘xori poyalaridan tayyorlangan silosdan ko‘p
    foydalaniladi. Bir kilogramm miqdordagi ana shunday silosda 0,20
    ‒0,25 
    ozuqa birligi va 14
    ‒18 g miqdorida singiydigan oqsil bo‘ladi. 
    Makkajo‘xori poyasi ozuqalik qiymati jihatidan boshqa don ekinlari 
    yuqori turadi, u sershira ozuqalar bilan birga, siloslash uchun ishlatiladi 
    yoki maydalanib, mollarga beriladi. So‘talarini ham maydalab, lavlagi 
    va don konsentrasiyalari bilan aralashtirib, mollarga beriladi. Bir kilo-
    gramm so‘tada 0,35 ozuqa birligi bo‘ladi.
    Gullamasidan oldin o‘rib olingan makkajo‘xori a’lo sifatli yashil 
    ozuqa hisoblanadi. Poyada so‘ta qancha ko‘p bo‘lsa, silos shunchalik 
    to‘yimli bo‘ladi. Makkajo‘xori doni juda to‘yimli hisoblanab, uy parran-
    dalariga va mollariga butunligicha yoki yorma holida beriladi. 
    Makkajo‘xori doni tarkibida yog‘ moddasi ko‘p bo‘lganligi uchun 
    uning uni tez achiydi. Don murtagi maxsus mashinalarda ajratib olinib, 
    qolgan qismidan un tayyorlanadi, chunki makkajo‘xorining murtagi tar-
    kibida 25‒40% gacha moy moddasi bo‘lib, undan oziq-ovqatda ishlatila-
    digan moy tayyorlanadi. Makkajo‘xorining popugidan esa tibbiyotda 
    foydalaniladi. 
    Makkajo‘xorining texnik ahamiyati shundan iboratki, uning doni-


    158 
    dan kraxmal, spirt, glukoza, sirka kislota, poyasidan esa qog‘oz, karton, 
    yog‘och spirti, sun’iy kauchuk, sun’iy smola va boshqa har xil mahsulot-
    lar olinadi.
    Bundan ko‘rinib turibdiki, bugungi kunda kundalik hayotimizda 
    ham makkajo‘xoridan keng foydalanilmoqda. Uning xalq xo‘jaligidagi 
    ahamiyati juda kattadir. Shuning uchun ham makkajo‘xori navining 
    o‘sish va rivojlanish xususiyatlarini yanada kengroq o‘rganish asosida 
    ulardan oqilona foydalanish dolzarb muammo hisoblanadi.
    Hozirgi kunda O‘zbekistonda makkajo‘xorining 80 dan ortiq navi
    yetishtiriladi. Jumladan, “O‘zbekiston
    ‒601 YESV”, “O‘zbekiston‒420 
    Vl”, “O‘zbekiston
    ‒300 MV”, “Qorasuv‒350 AMV”, “Vechita, neprov-
    skiy
    ‒181”,“Donana”, “Moldavskiy‒257 SV”, “Moldavskiy‒215 AMV”, 
    “Maksima”, “MB350”, “MB 531”, “Ns 205”, “LG 32.32 F1”, “PT 31 
    N27 F1”, “Delitop F1”, “Moldaviya 425 MB”, “Figaro”, “Nort” navlari 
    eng ko‘p ekiladigan, O‘zbekistonning barcha viloyatlarida o‘stiriladigan
    va davlat reeestriga kiritilgan navlardandir. Olimlarimiz tomonidan mak-
    kajo‘xorining turli kasalliklarga, zararkunandalarga chidamli navlari ya-
    ratilmoqda . 

    Download 1.94 Mb.
    1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   99




    Download 1.94 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti

    Download 1.94 Mb.
    Pdf ko'rish