XORAZM VOHASIDA EKILYOTGAN SHOLI NAVLARINING




Download 1.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/99
Sana20.02.2023
Hajmi1.94 Mb.
#42897
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   99
Bog'liq
Istedod ziyosi 2022 (2)
10 Informatika Savollar UZB, 2 sinf 2 chorak matem, 3- 4 - MAVZU (1), 88888888888, Psixologik xizmatning o`rni va ahamiyati, 13-mavzu, 602629, ADSL, 11-sinf-Fizika-darslik, [05.10.2022 20 13] ТАШКЕНТ ЮЖНЫЙ НУКУС, Health food, О КУРСЕ, 15.Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi hivWBz9, Tarmoqlar komp
 
XORAZM VOHASIDA EKILYOTGAN SHOLI NAVLARINING 
BIOMORFOLOGIK KO‘RSATKICHLARI 
G‘.M.Satipov (UrDU Biologiya kafedrasi, q.x.f.d, professor), 
D.I.Bazarboyev (UrDU Biologiya kafedrasi magistranti) 
 
Hozirgi kunda sholining kechpishar, o‘rtapishar, ertapishar navlari-
dan mo‘l hosil olishda navlarning biomorfologik xususiyatlarini o‘rga-
nish muhim ahamiyat kasb qiladi. Sholining biologik xususiyatlarini o‘r-
ganish orqali namlikka talabi, ekish muddatlari, o‘g‘itga talabini bilib 
olish mumkin. 
Sholining ildizi popuk ildiz sistemasiga ega bo‘lib, ildizi tuproqqa 
2
0‒30 sm chuqurlikgacha kirib boradi. Ildizida havo o‘tkazadigan aerin-
xima to‘qimasi borligi bilan boshqa o‘simliklardan ajralib turadi. O‘sim-
likda aerinxima to‘qimasining vazifasi o‘simlikka kislorod yetishmay 
qolganda o‘simlikni kislorod bilan taminlashdan iborat. 
Poyasi somon poya ega bo‘lib, poya ko‘plab bo‘g‘imlarga bo‘lingan 
bo‘g‘imlar oralig‘i kovak hisoblanadi. Poyasining uzunligi o‘sish sharoi-
tiga va o‘g‘
it meyoriga qarab turlicha 50‒200 sm.gacha yetadi. Bo‘g‘im 
Korpus 
Matn tanlash 
Matnni gaplarga va 
so‘zlarga ajratish 
Teglash jarayoni 
Sintaktik teglash 
Marfologik teglash 
Teglangan korpus 


164 
orasining diametri 6‒8 mm, pastki qismidan yuqorisiga qarab poya in-
gichkalashib boradi. Bo‘g‘imlarning 2/3 qismi juda kalta bo‘g‘im ora-
liqlariga ega hisoblanadi. Kalta bo‘g‘imlar poyaning pastki qismida joy-
lashgan va tuplanish jarayonida ishtirok qiladi. Muhit sharoitiga qarab 
turlicha 2
‒5 ta poya chiqaradi. Sholi qancha siyrak ekilsa, mineral mod-
dalar bilan ko‘p ta’minlanganda yoki ko‘chat qilib ekilganda hosil qila-
digan poyalarning maksimal soni 70 taga yetishi mumkin. 
 
Barg soni vegetatsiya davriga bog‘liq hisoblanib, ertapishar navlar-
da bar
glarning soni 9‒10 dona, o‘rtapishar navlarda 10‒12 dona va 
kechpishar navlarda 12‒13 donani tashkil qiladi. Barglar shakli chiziq-
simon-cho‘ziq shaklda to‘liq rivojlangan b
argning uzunligi 20‒25 sm 
eni 1‒2 sm.ga boradi. Barg tilchasining shakli tangachasimon pardadan 
iborat bo‘lib, bargning qinidan ajralgan qismida joylashgan. 
Sholi poyasining uchki qismida ro‘vak to‘pgul hosil bo‘ladi. Ro‘vak 
asosiy o‘q va birinchi, ikkinchi tartib yon shoxlardan iborat. Ro‘vak tik 
va yoyilgan yoki g‘uj holatlarda bo‘ladi. Ro‘vakning uzunligi o‘sish sha-
roitiga va navlarning xususiyatidan kelib chiqib, turlicha uzunlikda, ya‘-
ni 10‒30 sm.gacha yetishi mumkin. Boshoqchadagi gullari qisqa uzun-
lik
da 2‒15 mm.ni tashkil qiladi. 
Gullari ikki jinsli ikkita gul qobig‘iga ega bo‘lib, gul qobiqlari tash-
qi va ichki turlarga bo‘linadi. Tashqi gul qobig‘i silliq yoki tukli qayiq-
simon shaklga ega. Ichki gul qobig‘i nisbatan maydaroq uch qirrali 
shaklda, pastki gul qobig‘i ichiga kirib joylashgan va undan o‘simta ho-
sil bo‘ladi. Gul qobiqlarining orasida tuguncha, ikkita patsimon urug‘chi 
va 6 ta changchi joylashgan.
Sholi navlarining donlari yumaloq, silindirsimon, ponasimon yuzasi 
hamisha qirrali, rangi sarg‘ish, oq, qizg‘ish, jigarrangda bo‘ladi. Don-
larining uzunligi 4 dan 12 mm.gacha, eni 1,2
‒3,5 mm.gacha yetishi 
mumkin. Yan
chilmagan 1000 ta doni vazni 27‒34 g.ni tashkil etadi. 
Sholi donni murtak, endosperm va qobiqdan iborat. 

Download 1.94 Mb.
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   99




Download 1.94 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



XORAZM VOHASIDA EKILYOTGAN SHOLI NAVLARINING

Download 1.94 Mb.
Pdf ko'rish