Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti




Download 1.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/99
Sana20.02.2023
Hajmi1.94 Mb.
#42897
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   99
Bog'liq
Istedod ziyosi 2022 (2)
10 Informatika Savollar UZB, 2 sinf 2 chorak matem, 3- 4 - MAVZU (1), 88888888888, Psixologik xizmatning o`rni va ahamiyati, 13-mavzu, 602629, ADSL, 11-sinf-Fizika-darslik, [05.10.2022 20 13] ТАШКЕНТ ЮЖНЫЙ НУКУС, Health food, О КУРСЕ, 15.Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi hivWBz9, Tarmoqlar komp
Go‘
zzal, sulıw, arıw, kórkem, shıraylı, sımbatlı, kelbetli. Mazkur sinoni-
mik qatordagi bosh so‘z – “gózzal” so‘zi hisoblanadi (Ushbu sinonimik
qator elementlari qo‘llanilgan misollar elektron bazada keltirilgan).
Tildagi sinonim so‘zlar so‘zlashuvda nutqni aniq va ravon yetkazib 
berish uchun juda katta ahamiyatga ega. Qoraqalpoq tilida sinonim so‘z-
lar bo‘yicha Mamit Qalenderov 1989-yili “Qaraqalpaq tilindegi sino-
nimlerdiń grammatikalıq strukturalıq hám leksika-semantikalıq o‘zge-
shelikleri” degan temada kandidatlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 
1
Большакова Е.И., Большаков И.А. Компьютерный словарь русских паронимов, основанный на формальном 
критерии паронимии. 137 c. 
2
Азарова И.В., Митрофанова О.А., Синопальникова А.А. Компьютерный тезаурус русского языка типа 
WordNet, c. 2. 
3
Бердимуратов Е. Ҳәзирги қарақалпақ тили. Лексикология. Н., “Билим”, 1994, 166-бeт.
4
Abdinazimov Sh.N., Pirniyazova A.Q., Shınnazarova S.J. Házirgi qaraqalpaq ádebiy tili. Fonetika, Leksikologiya. 
Toshkent, “Sano-standart”, 2018, 98-bet. 


15 
Shuningdek, 1990-
yili “Qaraqalpaq tili sinonimleriniń qısqasha so‘zligi”
kitobi bosmadan chiqdi. Mazkur lug‘at hozirgi kungacha bu sohada aso-
siy manba vazifasini o‘tab kelmoqda, lekin sinonim so‘zlar sonining 
kundan kunga ortib borayotganligini va sifat jihatidan rivojlanayotganli-
gi ko‘rish mumkin.
Yangidan kirib kelayotgan sinonimlar sonining ortganliginini, qo-
raqalpoq tili leksikografiyasining rivojlanib kelayotganligini hisobga ol-
gan holda, biz qoraqalpoq tilidagi sinonimlarning elektron lug‘atini ya-
ratishni va uni to‘ldirib borish masalasini hal qilish uchun dasturiy ta’-
minot yaratishni, eng avvalo MySQLda ma’lumotlar bazasini yaratishni 
o‘z oldimizga maqsad qilib oldik.
Ma’lumotlar bazasi – bu, shaxsiy kompyuter xotirasida saqlanadi-
gan va muammo soha holatini aks ettiruvchi, maxsus tartibda tashkil 
qilingan va o‘zaro bog‘langan ma’lumotlarning majmuidir. Ma’lumotlar 
bazasi yana ayrim foydalanuvchilarning axborotli zaruriyatlarini ta’min-
lash uchun ham mo‘ljallangan. Ma’lumotlar bazasi odatda 3 xil modelda 
yaratilishi mumkin: ierarxik, tarmoqli va relyatsion modellar.
Tarmoqli model – murakkab bo‘ladi va ierarxik modeldan gorizon-
tal aloqalarning mavjudligi bilan farqlanadi. Bu aloqaning yo‘nalishli bir 
belgili bo‘lmaydi, bu esa model va ma’lumotlar bazasin murakkablashti-
radi. Ularda barcha tarkibiy qismlar o‘zaro belgilangan munosabatlar bi-
lan bog‘langan. Modelning har bir turi o‘zining afzalliklari va kamchi-
liklariga ega. Uni tuzilishini tushunishning murakkabligi tarmoqli mo-
delning asosiy afzalliklaridan biridir. Ma’lumotlarni bazada saqlashda 
jadvallar sonini minimallashtirishga harakat qilmaslik zarur, aks hol-
da, ma’lumotlar bazasini yangilash jarayoni murakkablashishi mum-
kin.
Biz foydalanayotgan modelda ma’lumotlar ustida ish olib boradigan 
ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari yaratilgan, jumladan, SQL 
(Structured Query Language ‒ strukturalashtirilgan so‘rov tili, QBE 
(Quere-By-
Example ‒ namuna bo‘yicha so‘rov) tillari misol tariqasida 
keltirish mumkin. Bu boshqarish tizimlaridan foydalanish yuqori dara-
jali bo‘lib, ular yordamida kerakli ma’lumotlar bilan ish olib borish 
imkoni yuzaga keladi. Elektron lug‘at uchun ma’lumotlar bazasini qu-
rishda tarmoqli modeldan foydalanamiz. Dastlab, ma’lumotlar bazasi-
ning tuzilishini quyidagicha ifodalaymiz, jadval 7 ustundan iborat:
1) id – tartib raqami;
2) Synsets – sinonomik qatorlar


16 
3) Part of Speech – sinonomik so‘zlarning qaysi so‘z turkumiga oid-
ligi; 
4) Examples – misollar; 
5) Resource – manba; 
6) Comments – yangi kiritilayotgan so‘zlar uchun izohlar kiritiladi; 
7) Review – taqrizlar maydoni (sinonimik qatorni bazaga kiritish 
uchun, avvalo, mutaxassislardan taqriz olinadi yoki manba ko‘rsatiladi). 
Biz yaratgan qoraqalpoq tili sinonimlari ma’lumotlar bazasi o‘zida 
1291 ta sinonomik qator, 4300 tadan ortiq elementlarni o‘zida mujas-
samlashtirgan. Bu element (lug‘atda berilgan so‘z)larning har biri o‘zi-
ning identifikatsiya raqamiga, sinonomik qatoriga, turkumi, shu ele-
mentning manbalarda qo‘llanilishiga doir misollar va bu misollarning 
qaysi manbadan olinganliklari keltirilgan. Ushbu ma’lumotlar bazasi qo-
raqalpoq tilining boshqa leksik ma’lumotlar bazalarini yaratishda va shu 
bilan birga qoraqalpoq tili lingvistikasi uchun kompyuter modellarini va 
dasturiy ta’minotini yaratish uchun asos vazifasini o‘taydi.
Bazadagi sinonimik qator maydonidagi so‘zlar tushunchaning bel-
gisini turlicha ifodalashi mumkin. Sinonomik qatordagi ba’zi so‘zlar 
belgini normal daraja bilan ifodalasa, ba’zilari kuchli darajasini, ayrim-
lari belgini kuchsiz daraja bilan ifodalaydi. Masalan, “GO‘ZZ
АL, SU-
LÍW, 
АRÍW, KO‘RKЕM, SHÍRAYLÍ” so‘zlari o‘z sinonomik qatori-
ning belgisini normal darajada ifodalab turibdi. N
ЕMQURАYDÍ, ITI-
B
АRSÍZ, PАRÍQSÍZ, NЕMGЕTTI sinonomik qatoridagi bosh so‘z bi-
lan undan keyingi “itibars
ız” so‘zi kuchli shaklini, oxirgi ikki so‘z bo‘l-
sa, kuchsiz (qo‘pol) shaklini bildirib kelganligi ko‘plab adabiyatlarda 
keltirilgan. 
Shuningdek, sinonomik qatordagi so‘z hozirgi adabiy til nuqtai na-
zaridan eskirgan yoki arxaizm so‘z bo‘lishi ham mumkin. Bizning sino-
nimik bazamizda “
ЕMLЕWХАNА, АWÍRÍWХАNА, DОKTОRХА-
NА, KЕSЕLХАNА” degan sinonimik qator bo‘lib, undagi “awırıwxa-
na”, “doktorxana” so‘zlar hozirgi kunda deyarli foydalanilmaydi. De-
mak, sinonomik qatordagi so‘zlarning chastotalarini kamayish tartibida
joylashtirish kerak bo‘ladi: “
ЕMLЕWХАNА, KЕSЕLХАNА, АWÍ-
RÍWХАNА, DОKTОRХАNА”.

Download 1.94 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   99




Download 1.94 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti

Download 1.94 Mb.
Pdf ko'rish