ORGANIK KIMYO KURSINING “KISLORODLI ORGANIK




Download 1.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/99
Sana20.02.2023
Hajmi1.94 Mb.
#42897
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   99
Bog'liq
Istedod ziyosi 2022 (2)
10 Informatika Savollar UZB, 2 sinf 2 chorak matem, 3- 4 - MAVZU (1), 88888888888, Psixologik xizmatning o`rni va ahamiyati, 13-mavzu, 602629, ADSL, 11-sinf-Fizika-darslik, [05.10.2022 20 13] ТАШКЕНТ ЮЖНЫЙ НУКУС, Health food, О КУРСЕ, 15.Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi hivWBz9, Tarmoqlar komp
 
ORGANIK KIMYO KURSINING “KISLORODLI ORGANIK 
BIRIKMALAR” B
OʻLIMINI OʻQITISHDA ISHBILARMONLIK 
O‘YIN
LАRIDАN FOYDALANISH 
S.Otamuratova (UrDU 2-bosqich magistranti), 
E.Eshchanov (UrDU Kimyo kafedrasi mudiri, dotsent), 
Y.Taxirov (UrDU Kimyo kafedrasi dotsenti) 
 
O‘quvchilarning o‘yin faoliyati yangi bilimlarni o‘zlashtirish, ularda 
o‘quv va ko‘nikmalarni shakllantirish hamda rivojlantirish, umuman, 
o‘qitish jarayonining samaradorligini oshirishda katta ahamiyatga ega.
O‘yin turlari xilma-xil bo‘lib, ular ichida ishbilarmonlik o‘yinlari 
alohida ahamiyat kasb etadi. Ishbilarmonlik o‘yinlari nazariyasi, umu-
man, boshqa o‘
yin faoliyati nazariyasi bilan bеvosita bog‘langan. Ishbi-
larmonlik o‘
yinlarini mashhur psixologlar L.S.Vigotskiy, A.N.Lеontеv, 
P.Y.Galpеrin va boshqalarning ishlarida nazariy asoslangan. Ishbilar-
monlik o‘yinlari o‘
z xaraktеriga ko‘ra insonning shaxsiy xislatlarini 
shakllantirishning amaldagi vositasi hisoblanadi. 
Ishbilarmonlik o‘
yini yangi tеxnologiya sifatida mohiyatan quyida-
gilarni bildiradi: 
‒ishlab chiqarish imitatsion modеli sifatida taqdim etilgan o‘quv 
mat
еriali mazmunining izchilligi; 
‒o‘yinli o‘quv modеlida kеlgusidagi kasbiy faoliyati tarkibiy qism-
larini yaratish; 
‒o‘quv jarayoni tarzini bilimlarga ehtiyojlarni tug‘dirish va ularni 
amalda qo‘llashning r
еal sharoitlariga yaqinlashtirish
‒o‘yinning ta’limiy va tarbiyaviy samaradorligi yig‘indisi; 
‒o‘yinni olib boruvchi o‘qituvchining talabalar faoliyatini tashkil 
etish va boshqarishidan talabalarning o‘z xatti-harakatlarini tashkil etish 
va boshqarishga o‘tishini ta’minlashi [1]. 
Kimyo o‘qitishda didaktik o‘yinlarni qo‘llashning umumiy masala-
lari ilmiy va metodik adabiyotlarda keng yoritilganiga qaramay, unda 
ishbilarmonlik o‘yinlar
i shu kungacha ilmiy jihаtdаn yetarli dаrаjаdа 
tаdqiq etilmаgаn.


197 
Organik kimyo kursining “Kislorodli organik birikmalar” b
oʻlimini 
ishbilarmonlik o‘yini asosida o‘qitishga oid tavsiyalarni keltirib o‘tamiz. 
“Kislorodli organik birikmalar” bo‘yicha kimyoviy auksion darsi. 
Darsning maqsadi: 
Ta’limiy: o‘quvchilarga “Kislorodli organik birikmalar”ning aha-
miyati va hayotda qo‘llanilishi haqida umumiy tushuncha berish.
Tarbiyaviy: o‘quvchilarning iqtisodiy tafakkurini rivojlantirish, qa-
ror qabul qilishning ratsional yo‘llarini izlab topish bo‘yicha ko‘nikma-
lar hosil qilishga ko‘maklashish.
Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning fanga va mavzuga bo‘lgan qizi-
qishlarini ularni noan’anaviy o‘yinga jalb qilish orqali oshirib, hayotda 
qo‘llay olishlariga ko‘maklashish.
Dars turi: bilimlarni mustahkamlash darsi.
Ishlatiladigan jihozlar: o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan multi-
mediali taqdimotlar, kompyuter, proyektor. 
Darsning borishi.
O‘qituvchining kirish so‘zi. Bugungi kunda davlatimizda juda katta
iqtisodiy o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Aholining turmush tarzi 
kundan kunga yaxshilanib bormoqda. Davlatimizning yillik ichki daro-
madi va chet davlatlar investitsiyalarining jalb qilish miqdori ortib bora-
yotganligi bois, har bir o‘quvchi iqtisodiy bilim va ko‘nikmalarga ega 
bo‘lishi zarur. Ko‘pchilik ta‘lim muassasalarida iqtisodiyot fan sifatida 
o‘qitiladi. Iqtisodiyot bo‘yicha egallangan bilim va ko‘nikmalar bizga 
qanday qilib kam xarajat sarflab, ulkan natijalarga erishish yo‘llarini 
topishda asqotadi. Bugungi darsda o‘yin tarzida nafaqat organik kimyo 
bo‘yicha egallab olgan bilimlarimizni, balki iqtisodiy fikr yuritish orqali 
qaror chiqarishning eng ratsional yo‘llarini topishni o‘rganib olamiz. Bi-
limlaringizni “Auksion” deb ataladigan iqtisodiy o‘yin ko‘rinishida si-
nab ko‘rishni taklif etaman. Auksion – bu sotib oluvchilar orasida kon-
kurs uyushtirish orqali real mahsulotlarni navbatma-navbat sotishdir.
O‘yinning borishi: 
O‘yin boshida auksion qatnashchilariga 100 so‘m miqdorda kim-
yoviy pul (pul va lotolar soni cheklangan miqdorda bo‘lishi kerak) tarqa-
tiladi. Har bir loto – “Kislorodli organik birikmalar” mavzusiga oid sa-
vol bo‘lib, u o‘zining boshlang‘ich narxiga ega. Auksionni olib boruvchi 
– loto raqamini, unga mos keluvchi savol, savolga to‘g‘ri javob berilgan 
taqdirda to‘planadigan maksimal ball soni va lotoning boshlang‘ich nar-
xini e’lon qiladi. Savol uchun eng ko‘p pul taklif etgan o‘quvchi g‘azna-


198 
chiga kimyoviy pul to‘lash orqali uni sotib oladi va ushbu savolga javob 
beradi. O‘quvchilar savolga javob berib muayyan miqdorda ball to‘play-
dilar. Har bir savolni oson yoki qiyinligiga hamda javobning to‘liq-
noto‘liqligiga qarab jami 5 balldan 20 ballgacha ball qo‘yish mumkin. 
Noto‘g‘ri javob uchun ball kamaytiriladi. O‘yinda jami 20 ball to‘play 
olgan o‘quvchiga “5” baho qo‘yiladi. O‘yin ishtirokchisining vazifasi 
cheklangan miqdordagi pulga ega bo‘lgan holda maksimal ball to‘plash-
dan iborat bo‘ladi. Auksion kotibi qatnashchilarning to‘plagan ballarini 
hisoblab boradi.
1-LOTO 
Boshlang‘ich narxi – 5 kimyoviy so‘m. Mavzusi: Organik birikma-
larning qo‘llanilishi. 
Qaysi ko‘p atomli spirt atir-upa sanoatida quruq terini yumshatuvchi 
va namlovchi vosita sifatida ishlatiladi? Uning xalqaro va trivial nomini 
ayting. 
2-LOTO 
Boshlang‘ich narxi – 10 kimyoviy so‘m. Mavzusi: Sifat reaksiyalar. 
Qanday reagentdan foydalanib, ko‘p atomli spirtlar va aldegidlar-
ning bir-biridan farqini aniqlash mumkin? Sodir bo‘luvchi reaksiyaning 
tashqi belgilari va ularni o‘tkazish sharoitlarini tavsiflang. 
3-LOTO 
Boshlang‘ich narxi – 5 kimyoviy so‘m. Mavzusi: Organik birikma-
larning qo‘llanilishi. 
U sanoatda smolalar va polimerlar olishda qo‘llaniladi. Uning erit-
masida biologik preparatlar saqlanadi. Undan teri ishlab chiqarish sa-
noatida va urug‘larni dorilashda ham foydalaniladi. Gap qaysi kislorodli 
organik birikma haqida ketmoqda? Uning uch xil nomenklatura bo‘yicha 
nomini ayting. Eritmasining nomi nima? 
4-LOTO 
Boshlang‘ich narxi – 5 kimyoviy so‘m. Mavzusi: Organik birikma-
larning xossalari. 
Qaysi karbon kislota “kumush ko‘zgu” reaksiyasiga kirishadi? 
5-LOTO 
Boshlang‘ich narxi – 5 kimyoviy so‘m. Mavzusi: Reaksiya turlari. 
Polimerlanish reaksiyasi polikondensatlanish reaksiyasidan nimasi 
bilan farq qiladi?
6-LOTO 
Boshlang‘ich narxi – 10 kimyoviy so‘m. Mavzusi: Sifat reaksiyalar. 


199 
Qaysi reaktivdan foydalanib molekulada qo‘sh bog‘lar mavjudligini 
isbotlash va fenolni aniqlash mumkin? Reaksiyaning tashqi belgilarini 
tavsiflang. 
7-LOTO 
Boshlang‘ich narxi – 10 kimyoviy so‘m. Mavzusi: Buyuk kashfiyot-
lar. 
Mashhur mukofotning asoschisi bo‘lmish shved olimi va sanoat-
chisi Alfred Nobel Rossiyada ishlab yurgan kezlarida nimani ixtiro 
qilgan? Uning ixtirosi asosida qaysi organik birikma yotadi? 
8-LOTO 
Boshlang‘ich narxi – 10 kimyoviy so‘m. Mavzusi: Organik birikma-
larning qo‘llanilishi. 
Margarin ishlab chiqarishning asosida qanday reaksiya yotadi? 
9-LOTO 
Boshlang‘ich narxi – 15 kimyoviy so‘m. Mavzusi: Organik birikma-
larning xossalari. 
Spirtlar, fenol, 2,4,6-trinitrofenol va fosfat kislota kabi birikmalar-
ning kislotalik xossalarini o‘zaro taqqoslang. 
10-LOTO 
Boshlang‘ich narxi – 10 kimyoviy so‘m. Mavzusi: Buyuk kimyo-
garlar. 
Atsetilenning gidratlanish reaksiyasi kimning nomi bilan ataladi? 
Bunda qaysi organik birikma hosil bo‘ladi va reaksiyani o‘tkazish sha-
roiti qanday? 
11-LOTO 
Boshlang‘ich narxi – 5 kimyoviy so‘m. Mavzusi: Organik birikma-
larning qo‘llanilishi. 
U vinoni ochiq havoda saqlash natijasida hosil bo‘ladi. Uning erit-
masi har bir uyda mavjud. U oziq-ovqat sanoatida konservant va ovqat 
uchun ziravorlar tayyorlashda, shuningdek, teri sanoati va gazlamalarni 
bo‘yashda ishlatiladi. Uning nomini ayting. 
12-LOTO 
Boshlang‘ich narxi – 5 kimyoviy so‘m. Mavzusi: Organik birikma-
larning sinflari. 
Yog‘lar qanday moddalar hisoblanadi? Ular qanday turlarga ajrati-
ladi? 
13-LOTO 


200 
Boshlang‘ich narxi – 5 kimyoviy so‘m. Mavzusi: Organik birikma-
larning sinflari. 
Karboksil guruhi qaysi atomlar guruhidan tashkil topgan? Karboksil 
guruhi tutuvchi moddalar organik birikmalarning qaysi sinfiga mansub? 
14-LOTO 
Boshlang‘ich narxi – 5 kimyoviy so‘m. Mavzusi: Organik birikma-
larning sinflari. 
U juda zaharli, biroq uning yaqin gomologi oziq-ovqat sanoatida 
ishlatiladi. Odam organizmiga uning 5-10 ml kirganda ko‘zni ko‘r qila-
di, 30 ml miqdordagisi esa o‘limga olib keladi. Bu qaysi organik birikma 
ekanligini ayting. 
15-LOTO 
Boshlang‘ich narxi – 10 kimyoviy so‘m. Mavzusi: Organik birikma-
larning xossalari. 
U rangsiz kristall modda bo‘lib, o‘ziga xos hidga ega. Qaynoq suv-
da yaxshi eriydi, zaharli. Uning tarixan tarkib topgan nomi karbol kislo-
ta, biroq kislotalik xossasi hatto karbonat kislotanikidan ham kuchsiz 
hisoblanadi. Uning nomini ayting.
16-LOTO 
Boshlang‘ich narxi – 15 kimyoviy so‘m. Mavzusi: Organik birikma-
larning xossalari. 
Ikkiyoqlama xossaga ega bo‘lgan karbon kislotalardan ikkitasiga 
misol keltiring va ularga xos bo‘lgan sifat reaksiyalarini yozing. 
Refleksiya bosqichi. O‘yin oxirida ya’ni, barcha loto – savollar so-
tib bo‘lingandan so‘ng o‘qituvchi erishilgan natijalarni jamlaydi. Buning 
uchun u kotib yordamida auksion qatnashchilari tomonidan to‘plangan 
ballarni qo‘shib chiqadi va ularga baho qo‘yadi. Bunda o‘qituvchi 
o‘quvchilar bilan savolga nisbatan to‘laroq javob bergan va chuqurroq 
bilimga ega bo‘lgan ba’zi ishtirokchilarga ball qo‘shish hamda auksion-
da o‘zini yomon tutgan ishtirokchilarning balini kamaytirish masalasini 
muhokama qiladi. O‘quvchilar o‘yinning borishi haqidagi taassurotlari 
hamda darsda o‘z bilimi va ko‘nikmalarini qay darajada namoyon qila 
olganliklari to‘g‘risida fikr bildiradilar.
Xulosa o‘rnida shuni aytish joizki, kimyo o‘qitishda ishbilarmonlik 
o‘yinini qo‘llashning eng ahamiyatli tomoni shundaki, jamiyatdagi ijti-
moiy-iqtisodiy munosabatlar asosida o‘quvchilar dunyoqarashini ke-
ngaytirish, kasbga yo‘naltirish, ularni oilada va hayotda tejamkorlikka 
o‘rgatishdan iborat.


201 

Download 1.94 Mb.
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   99




Download 1.94 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



ORGANIK KIMYO KURSINING “KISLORODLI ORGANIK

Download 1.94 Mb.
Pdf ko'rish