Elektr ta’minot tizimi avtomatik boshqarish ob’ekti sifatida




Download 470,25 Kb.
bet10/80
Sana20.02.2024
Hajmi470,25 Kb.
#159234
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   80
Bog'liq
I. M. Bedritskiy, A. X-fayllar.org

Elektr ta’minot tizimi avtomatik boshqarish ob’ekti sifatida

Temir yo‘l elektr ta’minoti tizimini texnologik jarayonlar majmuasi sifatida ko‘rib chiqish mumkin. Bu jarayonlar, elektr energiya iste’molchilarini uzluksiz elektr energiyasini kerakli miqdorda va zarur bo‘lgan sifatda ta’minlash masalasini yechishga yo‘naltiriladi. Shu bilan birgalikda, xavfsizlik, ishonchlilik va iqtisodiy mezonlarga amal qilish lozim bo‘ladi.


Elektr ta’minotini avtomatlashtirilgan boshqarish tizimini maqsadi (ETABT), maqbul texnologik va ma’muriy boshqarish hisoblanadi. Bu boshqarish elektr ta’minoti qurilmalaridan foydalanishdagi ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish, tortqichli elektr ta’minoti tizimidagi yuklama va kuchlanishlarni zarur bo‘lgan tartiblarda saqlab turish masalalarini yechish imkonini beradi. ETABT shuningdek, tizimning ishlash tartiblari haqidagi ma’lumotlarni yig‘ish va ularga ishlov berish, jihozlarning holati va texnologik jarayonlarning parametrlarini prognoz qilish va rejalashtirish masalalarini yechadi.16
Har qanday tizim kabi, ETABT ham, nim tizimlardan tashkil topgan, ierarxik strukturaga ega. Ular mustaqil boshqarish maqsadiga va barcha avtomatlashtirilgan tizim uchun, umumiy vazifalarga ega. Nim tizimlar butun tizimning bir qismi hisoblanadi. Ular ma’lum belgilar bo‘yicha, konkret maqsadga yetish va alohida
masalalarni yechishga javob berishi bo‘yicha, ajratiladi. Ushbu maslalar doirasida nim tizimlar mustaqil tizimlar hisoblanadi.
  1. rasmda funksional belgilar bo‘yicha tuzilgan, elektrlashtirilgan temir yo‘lni elektr ta’minotini boshqarishni avtomatlashtirilgan tizimining struktura sxemasi keltirilgan. Elektr ta’minoti distansiyasi chegaralarida boshqarish quyidagilarni o‘z ichiga oladi: jihozlarni va tartiblarni nim stansiya chegarasida qo‘l bilan mahalliy va avtomatik boshqarish; seksiyalash postlari va nim stansiyalarni avtomatik va qo‘l bilan butkul boshqarish; elektr ta’minoti distansiyasini avtomatlashtirilgan tezkor-dispetcherlik boshqarish.


9-rasm. Boshqarishni avtomatlashtirilgan tizimining struktura sxemasi17 Elektr ta’minoti distansiyasining ETABT si temir yo‘l ETABTsiga nim tizim

sifatida kiradi. ETABTning yuqoriroq darajalari rayon energotizimlari bilan o‘zaro
bog‘lanishni, temir yo‘l masshtablarida hisobga olish, rejalashtirish va prognoz qilish, elektr ta’minoti jarayonlarini optimal variantlarini tanlashni ta’minlaydi.
ETABTda yechiladigan tezkor boshqarish masalalari energotizimlarni ishlash tartibi bilan aniqlanadi.
Normal tartibda, elektr energiyaning sifat talablarini bajarish maqsadida elektr ta’minoti tartiblari rostlanadi, rejali ta’mirlashga jihozlar o‘chiriladi va ulanadi, tizimni ishlash tartiblari haqidagi muhim ma’lumotlar yig‘iladi va hujjatlashtiriladi (rasmiylashtiriladi).
Avariyaviy tartibda, birinchi texnologik darajadagi himoyalash ishga tushadi (releli himoyalash) va tezkor-dispetcherlik xodimlari tomonidan zarur bo‘lgan o‘tkazishlar bajariladi.
Avariyadan keyingi tartibda, elektr ta’minotining normal sxemalarini tiklash masalalari yechiladi, o‘chirilgan jihozlarni ishga tushirish va buzilgan jihozlarni ta’mirlash. Avariya sabablarini bartaraf etish choralari qabul qilinadi.
ETABTning barcha bosqichlarida energodispetcherning harakatlari muhim ahamiyatga ega bo‘ladi, uning harakatlari avtomatik qurilmalar oldida ustunlikga ega.
Avariyaviy holatlarda dispetcher tomonidan qabul qilinadigan ma’lumotlar hajmi keskin oshadi, zarur harakatlarni bajarish vaqti kamayib ketadi. Shuning uchun, ma’lumotlarga ishlov berishni, dispetcher tomonidan to‘g‘ri tezkor yechimni qabul qilishni tezlashtiruvchi, hisoblash mashinalaridan foydalaniladi. Hisoblash mashinalari ETABTning, mahalliy avtomatika tizimlari va telemexanika qurilmalari bilan birgalikda, teleboshqarish, telesignallashtirish va teleo‘lchash apparaturalaridan tashkil topgan, texnik asosi hisoblanadi. Ular hisoblash va informatsion funksiyalarni bajaradilar, boshqarish bo‘yicha tavsiyanomalar beradilar, texnik-iqtisodiy va rejali ishlab chiqarish hisoblarini amalga oshiradilar.


Download 470,25 Kb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   80




Download 470,25 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Elektr ta’minot tizimi avtomatik boshqarish ob’ekti sifatida

Download 470,25 Kb.