Аннотоция: Мазкур маъруза матн тукимачилик ва енгил саноат инсти




Download 1.38 Mb.
bet16/40
Sana10.04.2017
Hajmi1.38 Mb.
#3920
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   40
Foydalanilgan adabiyotlar :

1. Sh.R. Marasulov « Paxta va ximiyaviy tolalarni yigirish», Toshkent, 1986 yil, I-qism.



  1. N.N. Milovidov , K.I.Badalov « Pryadenie xlopka», M,1972 yil, I-qism.

3.B.A. Azimov « Paxta yigirish fabrikalarini loyixalash»,T,1995 yil.

4.N.I. Truevcev «Mexanicheskaya texnologiya voloknitiux materialov», M, 1969 yil.

5.«RIETER» tizimidagi tarash mashinalari pasporti.

Qabul barabani qanchalik intensiv ishlasa, paxta (xolst) bo’lakchalari shunchalik mayda bo’lakchalarga bo’linib, xas-cho’p va iflosliklardan yaxshi tozalanadi. Qabul barabanining intensivligi tishlarining bir tolaga ta`siri bilan baxolanadi.

Tolalar tumaniga 1 minutda ta`sir qilayotgan tishlarning soni nz, bo’ladi. Mashinaga 1 min 5-1 0 ichida kelayotgan tolalar mikdori:
Tx * Vt * 1000

----------------- (1)

Tt * lt
bu yerda: Tx - xolstning yo’g’onligi, teks;

lt - tolaning o’rtacha uzunligi, mm

Tt - tolaning yo’g’onligi, teks

Vt - ta`minlovchi silindrning teziligi, m/min

nz ni (10) ga bo’lib, bitta tolaga to’g’ri keladigan tishlar sonini topamiz:

mj * Tt lt

m = ---------------

Tx * Vt * 1000


bu yerda, p - qabul barabanining teziligi, min

- qabul barabanining sirtidagi ignalarning tishlari soni.

Qabul barabani sirtidagi tishlari soni quyidagi formuladan aniqlanadi:

 P Dk*N

Z =----------

t * h
bu yerda : Dk - qabul barabani diametri, mm

N - qabul barabani ish sirtining eni, mm

h - qabul barabani sirtidagi vintsimon uyiqlar qadami, mm

t - arrasimon tishli lenta tishlarining vintsimon uyiqlar qadami, mm
(2) formuladan ko’rinib turibdiki, xolatning yo’g’onligi va ta`minlovchi silindrning tezligi ortsa, ya`ni mashinaning ish unumi oshsa, qabul barabanning tolali materialga ta`sirining intensivligi kamayar ekan.

Tajribalar shuni ko’rsatdiki, barabanning tezligini 450 min-1 dan 900 min-1 gacha oshirsak, yaxshi ishlanmagan, ya`ni mayda-mayda bo’lakchalarga ajralmagan xolst bo’lakchalari miqdori 28 % dan 17.2 % gacha kamayadi, 1 g taramga to’g’ri kelgan nuqsonlarning miqdori 181 dan 136 gacha kamayadi va nixoyat mashinadan olingan piltaning noteksiligi 6.25% dan 5.4% gacha kamayadi. Shuni ham aytish kerakki, bunda tolalarning sifati pasayadi. Demak, qabul barabanining tezligi oshsa, xolst shunchalik yaxshi taralib, undan xas-cho’p va nuqsonlar ajraladi. Shuning uchun oddiy tarash mashinasi qabul barabanining tezligi 750-900 min-1, serunum tarash mashinasining 1600 min-1 qabul barabanining tezligi ishlanayotgan paxtaning sifatiga va tozaligiga 1 sort paxtani ishlashda qabul barabanining tezligi 450-500 min-1 gacha kamaytirish tavsiya qilinadi. Serunum tarash mashinalarida tolali materialni intensiv tarash, undan ko’p mikdorda xas-cho’p, iflosliklar ajratish maqsadida ChM-450-7 va ChMV, ChMM-450-4 va boshqa ixcham mashinalar qabul barabani ostiga ikki juft ish valiklari o’rnatiladi.Har bir ish jufti diametri 72 mm li ish valigi-1 , diametri 52 mm li uzatuvchi valik-2 dan iborat. Qoplangan arrasimon tishli lenta qoplangan bo’lib, 3-8 min 5-1 0 tezlik sirtiga esa ajratuvchi baraban sirtiga qoplangan arrasimon tishli lenta qoplangan bo’lib, 735 min 5-1 0 tezlik bilan ishlaydi.

Ish valiklari bilan qabul barabanining o’zaro ta`sirlashuvi natijasida tolalar taraladi. Tolalarninng bir qismi ish valiklarida qoladi. Uzatuvchi valiklar ish valiklaridan tolalarni olib, ularni yana qabul barabaniga beradi. Ikkinchi ish juftida jarayon takrorlanadi.

Tolalar bir necha marta qabul barabaniga o`tishi natijasida tolalar tutami aloxida-aloxida tolalardan yaxshi tozalanadi. Tolali material bir tekis aralashadi.

Bir va ikki juft ish valiklari o’rnatilgan qabul barabanning samaradorligi quyidagi jadvalda ko’rsatilgan. Jadvaldan ko’rinib turibdiki, tolali material qabul barabanida yaxshilab ishlansa, taramning va demak, piltaning sifati yaxshi bular ekan.

Bir va ikki ish juftli tarash mashinalarining samaradorligi.



Ko’rsatkichlar

Ish jufti yuk mashinalar

Bri ish juftli mashinalar

Ikki ish juftli mashinalar

Qabul barabanini chiqindilar miqdori,%

0,9

1,23

1,57

Taram sifati (1G taramga to’g’ri kelgan nuqsonlar soni)

1,43

1,31

1,21

Ikkita qabul barabanli tarash mashinasi (b) rasmda belgilangan; birinchi qabul barabani-1 1800 min-1, ikkinchisi-2 esa 1400 min-1 tezlik bilan ishlaydi. Ikkita qabul barabanli tarash mashinalari eng keng tarqalgan. Tolali material birinchi qabul barabanidan ikkinchi qabul barabaniga beriladi, ikkinchi qabul barabani ostiga ish jufti-5 tolalarni qo’shimcha ishlagandan so’ng tolalar ikkinchi qabul barabanidan katta baraban-6 ga o’tadi. Tolalar birinchi qabul barabanidan ikkinchi qabul barabaniga o`tishida pichoq-3 ga o’rilib, xas-cho’p va iflosliklardan tozalanadi. Xas-cho’p va iflosliklar, nuqsonlar kolosnikli panjara-4 orqali mashina ostidagi chiqindi kamerasiga tushadi.

Tolalarning hammasi qabul barabanidan boshqa barabanga o`tishi uchun quyidagi shartlar bajarlishi kerak:

1. Qabul barabani bilan bosh baraban orasidagi oraliq minimal, odatda 0.15-0.18 mm bo’lishi;

2. Qabul barabani bilan bosh barabanlar garniturasi tishlarining yo’nalishi har xil bo’lishi;

3. Ikkala ish organlarining aylanish yo’nalishi har xil bo’lishi;

4. Qabul barabaniga nisbatan bosh baraban chiziqli zichligi katta bo’lishi;

5. Markazdan qochar kuchlar normal bo’lishi va x.k.

Agar qabul barabani bilan bosh baraban orasida tolalar tutami taralib, xas-cho’p va iflosliklardan tozalangan bo’lsa, bosh baraban bilan shlyapkalar orasida yetarli darajada taraladi, to’g’rilanadi va paralellashadi.

Tarash nazariyasini rivojlantirgan olimlardan N.A.Vasil`ev, V.A.Voroshilov, A.P.Rakov, I.G.Borzunov va G.I.Karasevlar katta xissa qo’shdi, qabul barabani xolst bo’lakchasi yoki aloxida tolalarni bosh baraban shlyapka uzeliga beradi. Bosh baraban tishlarida turgan paxta bo’lakchasi tutamiga quyidagi kuchlar ta`sir qiladi. K - paxta bo’lakchasining qarshilik kuchi; q - garnitura tishining reaksiya kuchi;

Bosh baraban tishlarini ushlab turgan tola tutamiga ta`sir qilayotgan kuchlar.

F - markazdan qochar kuch; F - kuch baraban radiusi bo’ylab yo’nalgan, q - kuch esa tishning oldi qirrasiga perpendikulyar, K - bosh barabanning sirtiga urinma bo’lib yo’nalgan, chunki baraban bilan shlyapka orasidagi (razvodka) oraliq juda kichkina. Reaksiya kuchi q tolalarni ignalarga siqib turishdan ular orasidagi ishqalanish kuchi T hosil bo’ladi:


T =(K * cos + F * sin)
bu yerda, - ishqalanish koeffisiyenti.

U vaqtda teng ta`sir qiluvchi kuch S quyidagicha topiladi:


S = K * sin - cos - F (K cos + Fsin )
lekin,  m = tg, shuning uchun
sin( –  ) sos(–  )

S = K ------------ - F -------------

cos   cos 
S - kuch tolalarni baraban garniturasiga kiritishga harakat qiladi; uning qiymati cos(-  ) = 1, bo’lganda minimal bo’ladi.

Bunda  f -  = 0 yoki  =  . Bu xolda tenglamaning birinchi xadi:


sin(– )

K = ----------- = 0 bo’ladi

cos 
Bu shuni ko’rsatadiki, K ning istalgan qiymati tolalar garnituralar orasiga kirmaydi.

Agar   =   bo’lsa


F

sin min = --------

cos 

Tolalar baraban tishlaridan tushib ketmasligi uchun quyidagi shart bajarilishi lozim:


K * sin +  (K * cos + F sin) F * cos

Bu tenglamani yechib quyidagi ifodani hosil qilamiz:


K F * ctg (  - )
 f ning optimal qiymatini  ga teng deb olamiz:

K F * ctg(-) ni hosil qilamiz.


Bu holda tolalar qoplama tishlarida maxkam ushlab turiladi.

Tola o’zining tormozlash qobiliyati tufayli qoplama tishidan tushib ketmaydi, markazdan qochar kuch esa eng kichik qiymatga ega, shuning uchun ham tolalarni baraban tishlaridan tushira olmaydi. Tola tutami mayda-mayda bo’lakchalarga bo’linishi natijasida K kuch borgan sari kamaya boradi va shunday payt keladiki, bunda K = F ctg2 bo’lib qoladi.

Bu holda tolalar baraban tishlarida maxkam tura olmaydi.

Nixoyat, quyidagi hol bo’lishi mumkin, ya`ni


K F * ctg 2
Bu holda markazdan qochar kuch tolani ushlab tutuvchi boshqa kuchlardan katta bo’lib, baraban gartirusidan tolalarni tushirib yuboradi. Shuni aytish kerakki, katta baraban sirtidan tolalarning boshqa sirtga o`tishi faqat markazdan qochar kuchgina emas, balki havoning qarshilik kuchi n va tolalarning qarshilik kuchi (reaksiya kuchi) ga ham bog`liq .

Katta baraban bilan shlyapkalarning birgalikda ishlashi paytida bosh baraban tishlarida tolalar qatlami hosil bo’ladi. Bu tolalarning bir qismi ajratuvchi barabanga o’tadi, bir qismi barabanning o’ziga qoladi. Barabanning keyingi aylanishida hosil bo’lgan tola qatlamlari ham ajratuvchi barabanga to’liq o’tmaydi. Shunday qilib, bosh baraban qoplamida tolalar qatlami to’planib qoladi. Bosh baraban bilan shlyapka va ajratuvchi barabanlar o’rtasida muvozanat hosil bo’lguncha bosh baraban qoplamida tolalarning miqdori ko’payadi, mana shu paytdan boshlab, tarash mashinasi zarur qalinlikdagi pilta ishlab chiqara boshlaydi. Bosh barabandagi tolalar qatlami ish qatlami deb ataladi. Mana shu qatlamdagi hamma tarash jarayonida qatnashadi, eski qatlam yangi qatlam bilan aralashib turadi va mashinani xolst bilan ta`minlash to’xtatilgandan keyin tolalar ajratuvchi barabanga o’tadi.

Bosh baraban bilan shlyapkalar orasida oraliq kichik bo’lganligi sababli kalta tolalar bilan birga xas-cho’p ham shlyapkaga o’tadi, F va R 41 0 kuchlar ta`sirida tolalar birinchi shlyapkaning ignalari orasiga kirib qoladi (R 41 0 - tola qatlamining elastik kuchi).

Agar tolali material bosh baraban va shlyapkalar qoplamlari orasida bir necha marta almashib tursa, shundagina bu ezel tarash mashinasi qoplamasi sirtlarini o’z vaqtida ko’zdan kechirib turish kerak, shundagina baraban bilan shlyapka orasida tarash jarayoni yaxshi o’tadi.

Tarash mashinalarida shlyapkalar to’g’ri va teskari harakat qiladi. To’g’ri harakat qilayotgan shlyapkalar mashinaning orqa tomonidan ishga tushib, bosh baraban harakatlanayotgan tomonga harakatlanadi, agar teskari harakatlansa, shlyapkalar mashinaning old tomonidan ishga tushib, bosh baraban harakatiga teskari harakat qiladi.

Ko’pchilik tarash mashinalarida shlyapka to’g’ri harakat qilib, qabul barabani tomonidan ishga tushadi va ignalari orasiga tolalar kirib, tez to’lib qoladi, natijada tarash qobiliyati pasayadi. Yangi ishlab chiqarilgan serunum va ixcham tarash mashinalarida shlyapkalar teskari harakat qiladi, ular ajratuvchi baraban tomonidan ishga tushib, ignalar orasiga tolalar asta-sekin to’ladi. Natijada ancha uzoq vaqt tarash qobiliyatini saqlab qoladi. Shuning uchun ham taram sifati 30-50% gacha yaxshilanadi. Bu kamchilikni yuqotish uchun shlyapkaning harakat tezligi kamaytiriladi. Masalan, to’g’ri harakatlanuvchi shlyapkalarning tezligi 70-100 mm/min teskari harakatlanuvchi shlyapkaniki esa 23-36 mm/min qilib olinadi.

Tajriba shuni ko’rsatadiki, shlyapka teskari harakatlanganda taramning sifati va ipning pishiqligi esa shlyapka to’g’ri harakatlanganidek qoladi.

Tarash nazariyasiga asosan tarash mashinasida shlyapkalar soni qanchalik ko’p bo’lsa, tarash darajasi shunchalik yaxshi bo’ladi. Ilmiy tadqiqot ishlaridan ma`lum bo’ldiki, ish jarayonida shlyapkalardan dastlabki 10-15 tasi ular bajargan ishining undan bir qismini ham bajarmas ekan. Birinchi bo’lib ishga tushirilgan tarash mashinasida 110 ta shlyapka o’rnatilgan bo’lib ulardan atigi 43 tasi doimo ishlab turgan xolos.

Shunga asoslanib, shlyapkasi kamaytirilgan tarash mashinalari ishlab chiqarilib, ularda doimo ishlab turgan shlyapkalar soni 13 ta bo’lgan, lekin tajriba shuni taqozo qiladiki, ipning sifati yaxshilash uchun tarash mashinasining shlyapkalar sonini ko’paytirish zarur ekan.

Shu maqsadda ital`yan firmasi "Betoni" shlyapkasi 244 gacha ko’paytirilgan tarash mashinasini ishlab chiqaradi, unda doimo ishlab turadigan shlyapkalar soni -94. Asosiy ishni dastlabki shlyapkalar bajarib, keyinchalik esa ancha kam ishlar ekan. Shuning uchun hamma shlyapkalarning intensiv ishlashini ta`minlash lozim bo’lib qoldi. Tajriba shuni ko’rsatadiki, oddiy tarash mashinasidi 38-40 shlyapka, ixcham gabaritli tarash mashinasida 24 ta shlyapka doimiy ishlab tursa, tarash mashinasida etarli darajasida sifatli mahsulot ishlab chiqarilar ekan. Tolalar tutamini qo’shimcha ravishda tarash va ularni aloxida tolalarga ajratish uchun SK modelli (Yaponiya) tarash mashinasida qabul barabani bilan shlyapka polotnosi o’rtasiga to’rtta harakatsiz shlyapka o’rnatilgan.





Download 1.38 Mb.
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   40




Download 1.38 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Аннотоция: Мазкур маъруза матн тукимачилик ва енгил саноат инсти

Download 1.38 Mb.