«Ta‟lim to‟g‟risida»gi Qonunda tarbiya masalalari




Download 1.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/102
Sana24.03.2024
Hajmi1.52 Mb.
#175915
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   102
Bog'liq
МАЖМУА-Тарбиявий-ишлар-метод-каси-М-с-2020
Nogiron hujjatlari Qayumova Marjona, 10-sinf-informatika-testlar (1), 5-sinf(4)2020@riyoziyot ilmi, eula, Mustaqil ish, osimliklar gen muhandisligi, 07 03 musiqa pedagoglar bilan o\'zaro hamkorlik ish rejasi, 6-mavzu, 5-mavzu, 2-mavzu, 1-Mavzu, 4-mavzu, 7-mavzu, 8-mavzu, 9-mavzu
2. «Ta‟lim to‟g‟risida»gi Qonunda tarbiya masalalari. Bizga ma‘lumki, 1992 
yil 2 iyulda yurtimizda «Ta‘lim to‘g‘risida»gi birinchi qonuni qabul qilindi. Bu qonun
ta‘lim soxasidagi eski tuzumdan yangisiga o‘tishda ko‘prik vazifasini o‘tadi. Shu bilan 
birga ta‘lim tizimiga : 
- oliy va o‘rta maxsus bilim yurtlariga kirish imtihonlarida test tizimini joriy qildi; 
- yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirishni; 
- yoshlarni mustaqil Vatanning sodiq farzandlari ruxida tarbiyalashni; 
- ta‘lim – tarbiya tizimiga milliy qadriyatlarni olib kirishni kuchaytirilishi kabilar 
olib kirildi. 
Bu tizimning ishga tushganidan besh yil keyin davr talablariga javob beradigan, 
xalq ta‘limi tizimini tubdan isloh qilish zaruriyati va imkoniyati paydo bo‘ldi. Shuning 
uchun ham yurtimizda Oliy majlisgtgsh IX sessiyasida 1997 yil 29 avgustda «Ta‘lim 
to‘g‘risida»gi Qonuni qabul qilindi. Shu munosabat bilan I.Karimov «Barkamol avlod 
O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori» mavzusida nutq so‘zlab ta‘lim-tarbiya 
tizimida islohatlar o‘tkazish zarurati va omillarini asoslab berganlar.
1
И. А. Каримов . Юксак маънавият - енгилмас куч. Т. « Маънавият» 2008й.3 б. 


41 
Bu qonun oldin qabul qilingan qonundan keskin farq qilib, unda ta‟lim ijtimoiy 
taraqqiyot sohasida ustivor deb e‟lon qilindi. 
Ta‘lim to‘g‘risidagi Ushbu qonun besh bo‘lim 34 moddadan iborat bo‘lib uning 
maqsadi fuqarolarga ta‘lim-tarbiya berish, kasb–hunar o‘rgatishning huquqiy asoslari 
kabi konstitusiyaviy huquqini taminlashdan iborat.
1 – bo‘lim «Umumiy qoidalar» deb nomlanadi. Unda ta‘lim soxasidagi davlat 
siyosatining asosiy prinsiplari, ya‘ni Bular: 
- ta‘lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterda ekanligi;
- ta‘limning uzluksizligi va izchilligi; 
- umumiy o‘rta, shuningdek o‘rta maxsus, kasb-hunar ta‘limining majburiyligi; 
- o‘rta maxsus, kasb-hunar ta‘limining yo‘nalishini: akademik liseyda yoki kasb-
hunar kollejida o‘qishni tanlashning ixtiyoriyligi;
- ta‘lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi ; 
- davlat ta‘lim standartlari doirasida ta‘lim olishning hamma uchun ochiqligi; 
- ta‘lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv; 
- bilimli bo‘lishni va iste‘dodni rag‘batlantirish; 
- ta‘lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvini uyg‘unlashtirish. 
Talabalar ta‘lim soxasidagi davlat siyosatining asosiy tamoillarining mazmun 
moxiyatini to‘liq anglab yetishlari uchun, quyidagilarga e‘tibor qaratilishi maqsadga 
muvofiqdir. 
Ta‘lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterda ekanligi 
Bu tamoyilining mazmun mohiyatini yoritishda e‘tiborga olinishi kerak bo‘lgan 
jixatlar. Bular: 
- barcha xalq ta‘limi tizimi muassasalarda berilayotgan ta‘lim va tarbiya yosh 
avlodning moddiy va ma‘naviy kamolotini rivojlantirishga; 
- aql-zakovatini charxlashga; 
- insoniy faoliyatini rivojlantirish va yuksaltiriga;
- o‘zligini anglashga; 
- haq-huquqlarini ongli tarzda himoya qiladigan; 
- vatanparvar bo‘lib voyaga yetishlariga xizmat qilishni maqsad qilib qo‘yadi. 
Ta‘limning uzluksizligi va izchilligi. Bu tamoyilning mazmun moxiyatini yosh 
avlodga yetkazishda shu narsani e‘tiborga olish kerakki, bunda : 
- davlat ta‘lim standartlari asosida ta‘lim tizimli, izchil tashkil etilishi ko‘zda 
tutiladi; 
- ta‘limningn o‘quv rejasi va dasturi Davlat ta‘lim standarti asosida 
shakllantiriladi; 
- ta‘lim va tarbiya uzluksiz (ya‘ni bir-birini to‘ldiradi) o‘zaro bog‘liqlikda bo‘ladi; 
- har bir ta‘lim bosqichi o‘quv reja va dasturlari asosida keyingi ta‘lim turlariga 
moslashtiriladi va ularning davomiyligi ta‘minlanadi; 
- Bunda sharoit taqoza etsa o‘qishni, bir ta‘lim muassasasidan boshqa ta‘lim 
muassasasiga ko‘chirib o‘tish imkoniyatini yaratadi; 
- o‘quv bloklari, fanlar, mavzular kesimida ta‘lim mazmunining uzluksizligi va 
izchilligi ta‘minlanadi. 
- ta‘lim va tarbiyaning bog‘liqligi uzluksiz va izchil davom ettiriladi. 
Umumiy o‘rta, shuningdek o‘rta maxsus, kasb-hunar ta‘limining majburiyligi . Bu 
tamoyilning mazmun mohiyatini tushuntirishda ta‘lim tizimining tarixiy bosqichlariga 
ham e‘tibor qaratish maqsadga muvofiq bo‘ladi.Bunda: 


42 
- 1930 yilda boshlang‘ich ta‘lim tizimining joriy etilganligini; 
- 1949 yilda yetti yillik ta‘lim tizimining joriy etilganini; 
- 1958 yilda sakkiz yillik ta‘lim tizimining joriy etilganini; 
- 1970 yilda o‘rta umumiy majburiy ta‘limga asos solinganligini; 
- 1984 yildan boshlab, o‘n bir yillik majburiy ta‘limga o‘tilganligini; 
- 1997 yildan boshlab umumiy o‘rta (I-IX sinf) ta‘lim, ya‘ni IX sinf va keyingi uch 
yillik o‘rta maxsus, kasb-hunar (litsey yoki kollej) ta‘limini majburiy deb 
tasdiqlanganligini tushuntirish muhim ahamiyat kasb etadi. 
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta‘limining yo‘nalishini: akademik litseyda yoki kasb-
hunar kollejida o‘qishni tanlashning ixtiyoriyligi. Bu tamoyildan ko‘zlangan maqsad 
shundan iboratki, bunda yurtimiz yoshlarining: 
- qiziqishlarini e‘tiborga oladi; 
- iste‘dodining qay darajada shakllanganini; 
- imkoniyatlarni hisobga olgan holda ularga imkoniyat yaratib beradi. 
- Bu tamoyil yuqoridagilarni e‘tiborga olgan holda akademik litseyda yoki kasb-
hunar kollejlarida o‘qishni tanlash huquqini yaratib beradi. 
- kasb-hunarga moyilligi, layoqatlari yuqori bo‘lgan o‘quvchilarga bir yoki bir 
necha zamonaviy kasb hunarni egallash imkonni beradi.
Ta‘lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi. Bu tamoyilning o‘z oldiga qo‘ygan 
maqsadi shundan iboratki, unda asosan quyidagilarga e‘tibor qaratiladi. Bular: 
- bunda DTS asosida respublikamizdagi barcha ta‘lim muassasalarida dunyoviy 
bilimlarning berilishi kafolatlanadi; 
- ta‘lim muassasalaridagi barcha fanlar ilmiy asosga ega bo‘ladi; 
- o‘quvchilarga fan va texnikaning yutuqlari yoshlarga yetkazilib boriladi; 
- madaniyat va ma‘rifat soxasidagi yutuqlar bilan o‘quvchilarning bilimlari
boyitilib boriladi; 
- o‘quvchilarga tabiat va insonga taalluqli zamonaviy bilimlar beriladi. 
- o‘quvchilar ta‘lim – tarbiya jarayonlarida obyektiv dunyoni anglab olishga 
sharoitning yaratilishi; 
- ta‘lim jarayonlarida ilmiy xulosalarga kelishi; 
- biron bir kasbni tanlash va unda baxtiyor faoliyat olib borishini ta‘minlash; 
- o‘zligini anglashga yo‘naltiriladi; 
- ta‘lim jarayonlarida har bir fanning mazmun mohiyatini ongli ravishda 
o‘zlashtirib borishi; 
- olgan bilimlarini amaliyotda qo‘llay olishga yo‘naltirilganligi bilan xarakterlanadi. 
Davlat ta‘lim standartlari doirasida ta‘lim olishning hamma uchun ochiqligi. Bu 
tamoyil asosida yosh avlodga O‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasining 41-
moddasiga binoan «Har kim bilim olish huquqiga ega. Bepul umumiy ta‘lim olish 
davlat tomonidan kafolatlanishi hamda umumta‘lim maktab ishlari davlat 
nazoratidadir». 42-moddada: «Har kimga ilmiy va texnikaviy ijod erkinligi, madaniyat 
yutuqlaridan foydalanish huquqi kafolatlanadi. Davlat jamiyatning madaniy, ilmiy va 
texnikaviy rivojlanishiga g‘amxo‘rlik qiladi».deb qayd etilishi tushuntiriladi va ularning
har biri izohlanadi. 
Ta‘lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv. Bu tamoyil 
o‘quvchilarning iste‘dodi, qobiliyatini hisobga olgan holda tabaqalashtiradi bartaraf 
etishga qaratilgan dastur. Olib boriladigan ta‘lim-tarbiyaviy ishlar yosh avlodni ma‘naviy 
boy, ruxan tetik, jismonan baquvvat, axloqan pok, tafakkuri keng va mehnatsevar bo‘lib 


43 
voyaga yetishi uchun barcha moddiy va ma‘naviy sharoit hozirlaydi. Davlat tomonidan
olib borilayotgan ishlar zamirida bu tamoyilning muxim tomonlari yoshlarga 
tushuntiriladi. 
Bilimli bo‘lishni va iste‘dodni rag‘batlantirish. Bunda Davlat tomonidan olib 
borilayotgan ishlar aniq misollar doirasida yosh avlodga tushuntiriladi va ularni 
bilimlarni egallashga da‘vat etadi. Bunda asosan ta‘lim-tarbiya muassasalarida ta‘lim 
olayotgan bilimdon va iste‘dodli o‘quvchilarni rag‘batlntirish ko‘zda tutilgan. 
Respublikamiz tajribasida bilimdon, iste‘dodli o‘quvchilar uchun turli ko‘rinishdagi 
maqtov yorliqlari, moddiy yordam shakllari tashkil etilgan. O‘quvchilar o‘z bilim va 
iste‘dodlarini sinab ko‘rishlari uchun turli tanlov, konkurslarga qatnashadilar va 
bilimlarini namoyish qiladilar. G‘oliblar taqdirlanadi va hatto oliy o‘quv yurtiga 
imtihonsiz kirish, biror kasb bo‘yicha guvoxnomalarga ega bo‘lish huquqlariga ega 
bo‘lishi tegishli huquqiy – me‘yoriy hujjatlarda o‘z aksini topgan. 
Ta‘lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvini uyg‘unlashtirish. Bu tamoyilga 
asosan yoshlar shu narsani bilishlari kerakki, unda : 
- ta‘lim muassasasi qonunlarda belgilangan tartibda barpo etilgan kundan boshlab, u
mustaqil yuridik shaxs hisoblanishi; 
- ta‘lim muassasasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan vaqtdan boshlab, yuridik shaxs 
huquqini qo‘lga kiritishi; 
- ta‘lim muassasalariga muayyan maqom (gimnaziya, litsey, kollej, oliy o‘quv yurti, 
akademiya va shu kabilar) berilishi; 
- ta‘lim faoliyati tegishli idoralar tomonidan attestasiya va akredidatsiya asosida 
amalga oshirilishi; 
- ta‘lim muassasalari o‘zaro bitim tuzishga haqliligi; 
- ta‘lim muassasalari o‘quv tarbiya komplekslari tarkibida faoliyat olib borishga 
haqliligi; 
- ta‘lim muasssasalari o‘quv, ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalari va uyushmalari 
tarkibiga kirishga haqliligi; 
- ta‘lim muassasalarining vazifalari, huquqlari va majburiyatlari tegishli
nizomlarda belgilab qo‘yilishi; 
- ta‘lim muassasalarining faoliyati, jamoat tashkilotlari faoliyati bilan
integrasiyalashuvi.
Shu bilan bir qatoda bilim olish, pedagogik faoliyat bilan shugullanish 
huquqlari, ta‘lim berish tili kabi masalalar uz ifodasini topgan. 
2 – bo‘lim ta‘lim tizimi va turlari mohiyati yoritilgan. Masalan, 9 – moddada 
ta‘lim tizimining mohiyati ifodalangan. Qonunga ko‘ra ta‘lim tizimi quyidagilarni 
o‘z ichiga oladi. Bular: 
- Davlat ta‘lim standartlariga muvofiq ta‘lim dasturlarini amalga oshiruvchi 
davlat va nodavlat ta‘lim mussasalar; 
- ta‘lim tizimi rivojlanishi taminlash uchun zarur bыlgan tadkikot ishlarini 
bajaruvchi ilmiy pedagogik muassalar; 
- ta‘lim sohasidagi davlat boshqaruv organlari, shuningdek ularga qarashli 
korxona muassasa va tashkilotlar. 
Mazkur qonunning 10 – moddasida esa ta‘lim turlari o‘z ifolasini topgan. Bular: 
- Maktabgacha ta‘lim; 
- Umumiy o‘rta ta‘lim;
- O‘rta maxsus, kasb-hunar ta‘lim; 


44 
- Oliy ta‘lim; 
- Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta‘lim; 
- Kadrlar malakasini oshirish va ularni kayta tayyorlash; 
- Maktabdan tashkari ta‘lim; 

Download 1.52 Mb.
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   102




Download 1.52 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



«Ta‟lim to‟g‟risida»gi Qonunda tarbiya masalalari

Download 1.52 Mb.
Pdf ko'rish