O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi




Download 324 Kb.
bet1/4
Sana31.12.2019
Hajmi324 Kb.
#6711
  1   2   3   4

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI

NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI

TABIIY FANLAR FAKULTETI


bioloGIYa KAFEDRASI




«TASDIQLAYMAN»




O’quv ishlari bo’yicha prorektor ___________b. f. n., D.Dehqanov

«___» ______________2019yil




BIOLOGIYA

fanidan


ISHCHI O`QUV DASTURI

2019/2020 o‘quv yili kunduzgi ta’lim shakli, 2-kurslari uchun

Bilim sohasi: 100000 Gumanitar soha

Ta`lim sohasi: 140000-Tabiiy fanlar

Ta`lim yo`nalishi: 5410100-Dorivor o’simliklar yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi



Namangan-2019

Fanning ishchi o‘quv dasturi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2019 yil _ -avgustdagi __ -sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan namunaviy fan dasturi asosida tuzilgan.



Tuzuvchi: “Biologiya” kafedrasi o’qituvchi D. Ergashev

Taqrizchi: “Biologiya” kafedrasi b.f.n., dots. V.Azizov

Ishchi o’quv dasturi NamDU “Biologiya” kafedrasining 2019 yil “___” _______dagi “__” son yig’ilishida muxokamadan o’tgan va fakultet Kengashida muxokama qilish uchun tavsiya etilgan.

Kafedra mudiri: B.f.d. A. Batoshov

Ishchi o’quv dasturi “Tabiiy fanlar” fakul'tetining 2019 yil__-avgustdagi kengashida muxokama etilgan va foydalanishga tavsiya qilingan.



Fakul'tet kengash raisi: g.f.n. A. Nazarov
Kelishildi:


O`quv-uslubiy boshqarma boshlig’i: D. Dehqanov

  1. Biologiya fanining dolzabligi va oliy kasbiy ta’limdagi o’rni

Ushbu fan respublikada qishloq xo‘jalik ekinlaridan yuqori hosil olish, agrotexnologiya, o‘simliklarni kasallik va zararkunandalardan ximoya qilish, boshlang‘ich man’ba, dala ekinlari genofondi va uni qo‘llash, seleksiya uchun boshlang‘ich man’bani yaratish (duragaylash, sun’iy mutagenez, poliploidlarni sun’iy yaratish va hokazo), tanlash usullari va xillari hamda ularni amalga oshirish tartibini hamda belgi va xususiyatlarning naslga o‘tish mexanizmini o‘rganishda talabalar biologiya qonunlarnini bilishi muxim ahamiyatga ega.

“Biologiya ” fani o‘quv rejasida 1 blokka ya’ni gumanitar va tabiiy ilmiy fanlar blokiga kiritilgan bo‘lib, 2-kursning 3-semestrida o‘qitiladi. “Biologiya ” fani tabiiy fanlar turkumiga kirib, u barcha agronomiya yo‘nalishlari, agrokimyo va agrotuproqshunoslik, o‘simliklarni himoya qilish, qishloq xo‘jalik ekinlari seleksiyasi va urug‘chiligi,qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi,o‘rmonchilik,ipakchilik va tutchilik,mevachilik va uzumchilik dorivor o‘simliklarni etishtirish qayta ishlash texnologiyasi,manzarali bog‘dorchilik va ko‘kalamzorlashtirish, o‘simliklar va qishloq xo‘jalik mahsulotlari karantini,sabzavotchilik,polizchilik va kartoshkachilik, issiqxona xo‘jaligini tashkil etish va yuritish,agrobiotexnologiya,qishloq xo‘jaligida ekologik xavfsizlik kabi jami 23 bakalavriyat ta’lim yo‘nalishida o‘qitiladi. Mazkur fan ushbu yo‘nalishlarning nazariy va uslubiy asosini tashkil qiladi va ularni o‘rganish uchun zamin bo‘lib xizmat qiladi.



II. O’quv fanning maqsadi va vazifalari
Fanni o‘qitishdan maqsad talabalarni organizmlarning biologik qonuniyatlariga oid bilimlar bilan ta’minlash, ushbu fan bo‘yicha olgan nazariy va amaliy bilimlarini amaliyotda qo‘llash bo‘yicha ko‘nikmalar hosil qilishdan iboratyu

Fanning vazifasi talabalarni nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikmalar, biologik xodisa va genetik jarayonlarga uslubiy yondashuv xamda ilmiy dunyo qarashlarini kengaytirishga yordam beradi.

Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalarigi quyidagi talablar qo‘yiladi. Talaba:

organik olam, evalyusiyasi, materiyaning o‘ziga xos biologik shakllanish xususiyatlari, ko‘payish usullari va tiriklikning rivojlanishi, tabiatdagi dinamik va statistik qonuniyatlar, biologik farqlar, belgi va xususiyatlarning naslga berilish qonuniyatlari va ulardan amaliyotda foydalanish to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lishi;

− biologik va genetik jarayonlarni xamda organizmlar to‘g‘risida olingan ma’lumotlarni genetik va statistik tahlil qilishni bilishi va undan foydalana olishi;

− o‘simlikshunoslik hamda chorvachilik amaliyotida biologiya qonuniyatlarini qo‘llash, shu masalalar bo‘yicha muammolar echimi to‘g‘risida qarorlar qabul qilish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.
III. Fanning o’quv rejadagi boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi

va uslubiy jihatdan uzviyligi

Biologiya va genetika fani matematik va tabiiy-ilmiy fanlar blokiga kirib 3 semestrda o’qitiladi. Dasturni amalga oshirish o’quv rejasidagi rejalashtirilgan matematik va tabiiy (oliy matimatika, informatika va axborot texnologiyalari, fizika, kimyo, ekologiya va agrometeorologiya), umumkasbiy (botanika va o’simliklar fizologiyasi. mikrobiologiya va qishloq xo’jalik biotexnologiyasi, tsitologiya va embriologiya, umumiy selektsiya va urug’chilik, tuproqshunoslik, dehqonchilik ilmiy izlanish asoslari bilan, melioratsiya va yer tuzish, agrokimyo, o’simliklarni kimyoviy ximoya qilish vositalari, entomologiya, fito-patologiya) va ixtisoslik (o’simliklar immuniteti, meva-sabzavot va poliz ekinlari selektsiyasi va urug’chiligi, dala ekinlar selektsiyasi va urug’chiligi, paxtani tayyorlash va saqlash texnologiyasi, urug’chilik va navshunoslik, donli ekinlar selektsiyasi va urug’chiligi, g’o’za selektsiyasi va urug’chiligi) fanlaridan yetarli bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishlik talab etiladi.


IV. Fanning umumiy va o`quv ishlari bo`yicha hajmi

Semestr(lar) bo‘yicha mashg‘ulot turlariga ajratilgan soatning taqsimoti


Semestr

Yuklama

Auditoriya mashg‘ulotlari turi bo‘yicha o‘quv yuklamasi taqsimoti (soat)

Mustaqil ta’lim

Jami

Ma’ruza

Laboratoriya mashg‘uloti

3

128

72

36

36

56

Jami

128

72

36

36

56


Download 324 Kb.
  1   2   3   4




Download 324 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi

Download 324 Kb.