Model ko’rinishi va tafsifi




Download 9.66 Mb.
bet14/36
Sana26.05.2021
Hajmi9.66 Mb.
#14598
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   36
2.5 Model ko’rinishi va tafsifi

Bitiruv malaka ishida tanlangan mavzu “O’smir yoshdagi qizlar kapyushonli paltosini konstruksiyasini qurish, modellashtirish va texnologik jarayonini loyihalash.

O’smir yoshdagi qizlar pal’to assortimentiga qishki, bahorgi, mavsumiy palto va yarim paltolar kiradi. Paltolar turli-tuman modelda to’g’ri, nim yopishgan va trapertsiyasimon siluetda bo’ladi. Tugma qadash usuli adip kengligiga ko’ra bir va ikki bortli paltolarga bo’linib, taqilmalar tugma va izmaga, knopkaga, molniyali lentaga qadaladi.

Paltolar - ko’p qavatli tikuv buyumlari bo’lib, ular ustki – asosiy gazlama, astarlik, qotirmalik (flizilin, dublirin) shuningdek, qishki paltolar isituvchi qatlamlardan iborat.

Paltolar - o’tqazma, reglan, old va ort bo’lak bilan yaxlit yengli qilib ham loyihalanadi. Yeng uchlariga qirqma, qaytarma manjetli, ochiq, yopiq qirqimli, mo’yna bilan ishlov berilgan va h.k. qilib ishlov beriladi.

Tanlangan modelga qarab - qoplama, qirqma qopqoqli, listochkali, ramkali cho’ntaklar ishlanadi va ular bezak va biriktiruvchi choklarda tikiladi.



Palto astari – etak bilan biriktirib tikiladi yoki astar etagiga ishlov berib ochiq qoldiriladi.

Yoqalar qaytarmali, tik, kapyushonli qilib ishlanadi. Ba’zi modeldagi paltolar yoqasiz bo’ladi.

Palto uzunligi moda yo’nalishiga qarab (uzun, kalta) tanlanadi.

O’smir yoshdagi qizlar pal’tsiga; turli xil taxlamalar, burmalar, har xil razmer va konstruktsiyadagi releflar, bezak materiallar (charm, zamsh) bezak chok bilan, applikatsiya usulidan foydalanib, bezak beriladi.

Paltodagi furnituralar nafaqat funktsional, balki dekorativ vazifalarni bajaradi: ya’ni ularga turli razmer va shakldagi tugmalar, lentalar, knopkalar, ilmoqlar, izmalar, shuningdek, plastmassa, yog’och, charm, zamsh bezak elementlari kiradi.

O’smir yoshdagi qizlar paltosining tashqi ko’rinishi, iste’molchi va ekspluatatsion talablari, tanlangan gazlamasiga ko’ra ilmiy jihatdan asoslangan kompleks, ko’p qavatli buyumlar hisoblanadi.

Tikuvchilik sanoatida ishlov berilish usuliga va ekspluatatsiya talablariga qarab, paltolik gazlamalar: yuza zichligi, chidamliligi, yirtilish kuchi, havo o’tkazuvchanligi, kirishmasligi, shuningdek yaxshi issiqlik saqlashi rangi, mustaqilligi, suv va yorug’lik ta’siriga chidamliligi kabi talablarga javob beradi.

Ommaviy ishlab chiqarishda o’smir yoshdagi qizlar paltosi uchun jun, kimyoviy tolalar qo’yilgan yarim jun, shakl saqlovchi, sun’iy trikotaj, polotno, ko’p qavatli qavilgan gazlamalar, tabiiy va sun’iy charm va zamshdan foydalaniladi. Shu bilan birga eng ommobop gazlamalarga kashemir, tvid, denim, movut, drap kiradi.

Astarlik uchun yuza qalinligi 100-140 gm2 viskoza tolali, yuza qalinligi 80-110 gm2 bo’lgan kapron tolali, kapron ipli trikotaj polotnolaridan foydalaniladi.

Isituvchi qatlam sifatida: 45-85% jun tolali, marli asosli 45% jun qo’shilgan vatindan foydalaniladi.

Palto umuman hech qachon modadan chiqmaydigan assortiment turidir, uning silueti, ranglari va gazlamalari o’zgarib turadi xalos, u barcha o’smir qizlar uchun kuzgi-qishki garderobining tarkibiy qismidir. Quyida turli siluet va uslub (stil) dagi ayollar palto modellaridan namunalar keltirilgan.

Birinchi model

Bitiruv malaka ishida tanlangan birinchi model o`smor yoshdagi qizlar kopyushonli paltosi modelini tanlab oldim. Bitiruv malaka ishida tanlab olingan birinchi modelim o`smir yoshdagi qizlarning qish mavsumiga mo`ljallangan kopyushonli paltosi modeli aks etilgan. Tanlab olingan model o`smir yoshdagi qizlarning qish mavsumiga moljallangan paltosi bo`lganligini etiborga olib, gigiyenik talablari yuqori bo`lgan jun gazlamani tanlab oldim. Tanlab olingan model o`smir yoshdagi qizlarning kopyushonli paltosi modeli qulaylik yaratish maqsadida, kalta fasonli, yen girqimi ikki chokli, old va ort bo`lagi to`g`ri bichiqli qilib tanlab olingan.

Modelning old bo`lagida qoplama cho`ntakli qilib tayyorlangan. Bitiruv malaka ishida tanlab olingan mavzu boyicha tanlab olingan modelning old bo`lagi tugma bo`g`ichi fazoviy qilib tanlab oldim. Bunday modelni tanlab olishimdan maqsad palto tugmalarini katta dumoloq shaklida bo`lganligi uchun ham tanlab oldim. Agar paltoda tugma bog`ish petlya ochish yo`li bilan tanlansa, palto petlyasining teshikklati katta va hunuk bo`lishi oldini olgan xolda tanlab oldim.

Tanlab olingan model o`smir yoshdagi qizlarning qish kapyushonli paltosi аniq belgilаngаn tаlаblаr qo’yilаdi. Tanlangan model uchun ikki хil tаlаb qo’yilаdi: iste’molchining tаlаbi vа ishlаb chiqаrish tаlаbi.

Iste’molchining tаlаbi o’z nаvbаtidа quyidаgilаrgа bo’linаdi:

1. Gigiyenik tаlаb.

2. Ekspluаtаsiоn tаlаb.

3. Estetik tаlаb.

Tanlab olingan birinchi modelim yuqorida ko`rsatib o`tilgan talablarga javob berishi lozimligini takidlab o`taman va ushbu tanlagan modelimni o`smir yoshdagi qizlar uchun tavsiya etaman.




Varoq

Hujjat №

Imzo

Sana


1-model



NamMTI 15au-13gr

Bajardi

Tolipova S

 

 

Qabul qildi

 Rizametova M

 

 

Ikkinchi model

Tanlab olingan ikkinchi modelim ham o`smor yoshdagi qizlar kopyushonli paltosi modelini tanlab oldim. Tanlangan model o`smor yoshdagi qizlar oish mavsumiga mo`ljallangan bo`lib, model old va ort bo`lak, kapyushon, o`tqazma yengli modelni tanlab oldim. Tanlab olingan ikkinchi modelim ham birinchi modelga oxshash bo`lib o`tqazma yengli qilib tayyorlanadi. Ikkinchi modelda tanlab olingan yeng qismi uzun manjetli qilib tanlab olingan. Tanlab olingan ikkinchi modelimi, old bolagi yoq o`mizi kapyushonli qilib tanlab olingan.

Tanlangan model old bo`lagi relef chokli qilingan. Modelning old bo`lagi qoplama cho`ntakli qilib tanlab olingan. Paltoning yeng o`mizi o`tqazma yengli qilib tayyorlangan. Paltoning kopyushoni pastki qismi tugmali va tugma bog`ichli qilib tayyorlanadi. Modelning tugma bog`ichi birinchi modelga o`hshash fazoviy tugma bog`ichli qili tayyorlangan.

Bunday turdagi modelni tanlashdan maqsad tugmani qadash qulay bo`lishini tanlab olingan.

Tanlab olingan ikkinchi modelimiz ham qishki mavsumiga mo`ljalanganligini etiborga olingan gigiyenik va estetik talablarga javob bea oladigan gazlamalardan foydalanib tayyorlashni taysiya qilaman.

Tanlab olingan model o`smir yoshdagi qizlar uchun mo`ljallangan bo`lib, аniq belgilаngаn tаlаblаr qo’yilаdi. Tanlangan model uchun ikki хil tаlаb qo’yilаdi: iste’molchining tаlаbi vа ishlаb chiqаrish tаlаbi.

Iste’molchining tаlаbi o’z nаvbаtidа quyidаgilаrgа bo’linаdi:

1. Gigiyenik tаlаb.

2. Ekspluаtаsiоn tаlаb.

3. Estetik tаlаb.

Tanlab olingan ikkinchi modelim yuqorida ko`rsatib o`tilgan talablarga javob berishi lozimligini takidlab o`taman va ushbu tanlagan modelimni o`smir yoshdagi qizlar uchun tavsiya etaman.




Varoq

Hujjat №

Imzo

Sana


2-model



NamMTI 15au-13gr

Bajardi

Tolipova S

 

 

Qabul qildi

 Rizametova M

 

 




Download 9.66 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   36




Download 9.66 Mb.